18.03.2025 yildagi 166-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi sohasida “E-urugʻ” axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilikda urugʻchilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 15-dekabrdagi PQ-391-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha tanlovlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha tanlovlarni “E-urugʻ” axborot tizimida tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha tanlovlarni “E-urugʻ” axborot tizimida oʻtkazish haqidagi xabarni eʼlon qilish va elektron tanlovlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha elektron tanlov gʻoliblarini aniqlash va tanlov natijalarini rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha elektron tanlovlarni oʻtkazishda zarur boʻladigan maʼlumotlarni “E-urugʻ” axborot tizimiga integratsiya qiladigan vazirlik va idoralar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha elektron tanlovlarni oʻtkazishda, shuningdek, urugʻliklar hajmi, sifati, seleksiya navi va avlodlari boʻyicha maʼlumotlarni yuritishda “E-urugʻ” axborot tizimi keng joriy etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-son qaroriga
1-ILOVA

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha tanlovlarni “E-urugʻ” axborot tizimida tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlari oʻrtasida tanlovlarni “E-urugʻ” axborot tizimida tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom talablari qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi va istiqbolli navlarini original urugʻlarini koʻpaytirish va dastlabki koʻpaytirish hamda rayonlashgan navlarning birlamchi (elita) urugʻchiligini tashkil etish bilan shugʻullanuvchi quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tizimidagi hamda xususiy sektorga oʻtkazilgan elita urugʻchilik xoʻjaliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilmiy-tadqiqot muassasalari va ularning ilmiy-tajriba stansiyalari (ekin turiga qarab) hamda oliy taʼlim muassasalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi tomonidan tashkil etilgan xususiy urugʻchilik korxonalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza — fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlari tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun (maxsus elita urugʻchilik xoʻjaliklari bundan mustasno) taqdim etilgan elektron ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-urugʻ” axborot tizimidagi texnik uzilishlar — “E-urugʻ” axborot tizimidagi elektron tanlovlar jarayonida bir yoki bir nechta ishtirokchining qatnashishi yoxud mazkur Nizom talablari asosida texnik operatorning xizmatlar koʻrsatish imkonini cheklab qoʻyadigan texnik nosozliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-urugʻ” axborot tizimi — Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi tarkibiga kiruvchi, elektron tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish, monitoring va aprobatsiya tadbirlari uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari bazasini shakllantirish, shuningdek, yuridik shaxslarning ushbu jarayonlarda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchi — original, elita va keyingi avlodlarga mansub qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun “E-urugʻ” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda ariza yuborgan qishloq xoʻjaligi subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchini autentifikatsiyalash — avval identifikatsiya qilingan foydalanuvchidan real vaqt rejimida olingan dastlabki identifikatsiya maʼlumotlari bilan avtomatlashtirilgan holda (inson omilisiz) solishtirish orqali foydalanuvchining shaxsini tekshirish va tasdiqlash jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy oferta — tizimdan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomasini tuzish yuzasidan ishtirokchiga bildirilgan rasmiy taklif;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik operator — “E-urugʻ” axborot tizimini ishlab chiqadigan hamda ishga tushirish, texnik va dasturiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni amalga oshiradigan “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov — elektron tanlovda qatnashish, arizani qabul qilish, tanlovni tashkil etish va bayonnomani rasmiylashtirish uchun ishtirokchi tomonidan toʻlanadigan pul mablagʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchini identifikatsiyalash — shaxsiy maʼlumotlar yordamida foydalanuvchining shaxsini tasdiqlab, masofadan turib “E-urugʻ” axborot tizimi xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratuvchi mexanizm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy urugʻchilik korxonalari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining tegishli qarorlariga asosan tashkil etilgan subyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy operator — “E-urugʻ” axborot tizimi ishtirokchilari oʻrtasida shartnomaviy munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi axborotni elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiyalash imkonini beradigan imzo;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tanlov gʻolibi — elektron tanlov mezonlari va shartlariga muvofiq oʻtish balini toʻplagan ishtirokchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” idoralararo integratsion platformasi — jismoniy va yuridik shaxslarning haqiqiy identifikatsiyalash, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikda mansabdor shaxslarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridan ruxsat olib foydalanishini taʼminlovchi davlat axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QR-kod — vakolatli organ tomonidan elektron tanlov natijalari boʻyicha bayonnomalarga jahon internet tarmogʻi orqali joylashtiriladigan havola.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining hududiy boshqarmalarining elektron tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha eʼlonlari asosida texnik operator tomonidan elektron tanlovlar “E-urugʻ” axborot tizimida mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Texnik operator integratsiya qilish orqali shakllangan maʼlumotlar va hujjatlarning haqqoniyligi va ishonchligi uchun javobgar hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik operator ishtirokchining shartnomada (ofertada) belgilangan shaxsiy maʼlumotlari sir saqlanishini va maxfiyligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Texnik operator elektron tanlovni tashkil etish va oʻtkazishda “E-urugʻ” axborot tizimi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar roʻyxatga olinishini, operatsiyalar toʻgʻrisidagi hisobotlar va maʼlumotlar shakllantirilishini hamda yuborilgan yoki qabul qilingan shaklda uning yaxlitligi va oʻzgarmasligini taʼminlagan holda besh yildan kam boʻlmagan muddatda saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Huquqiy operator oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tanlovni belgilangan vaqtda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik operator bilan birgalikda elektron tanlovning inson omili aralashuvisiz “E-urugʻ” axborot tizimida oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tanlov yakunlanganligi toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik operator bilan birgalikda boshqa shaxslarning elektron hujjat va xabarlarga, shuningdek, ishtirokchining shaxsiy maʼlumotlariga ruxsatsiz kirishidan himoyalash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hujjat va xabarlarni hamda ishtirokchining shaxsiy maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik operator bilan birgalikda elektron tanlov natijalari deb eʼtirof etiladigan elektron bayonnomalarni shakllantirish hamda elektron bayonnomalarni elektron tanlov gʻoliblarining shaxsiy kabinetlari orqali taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlik subyektlarini elektron tanlovlarda ishtirok etish tartibi toʻgʻrisida ommaviy va boshqa axborot vositalari orqali muntazam ravishda tanishtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchi va elektron tanlovga aloqador boshqa shaxslarni elektron tanlovga oid maʼlumotlar bilan tezkor va qulay ravishda xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarga “E-urugʻ” axborot tizimidagi elektron tanlovlarda qatnashish imkoniyatlarining tengligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tanlovni oʻtkazish tartibi buzilishini oldini olish hamda bunday holatlar aniqlanganda ularni tezkor bartaraf etish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqiy operatorga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Texnik operator oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-urugʻ” axborot tizimini uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan elektron tanlovga oid barcha maʼlumotlarni (ishtirokchining shaxsini oshkor qilmagan holda) oʻzining axborot tizimida kunlik va muntazam (haftalik, oylik va choraklik) davriylik bilan bitimlar reyestri koʻrinishida umumiy foydalaniladigan va mashinada oʻqiladigan formatlarda yuklab olish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchi “E-urugʻ” axborot tizimini yanada qulayroq ishlashi borasida oʻz fikrini erkin va oshkora bildirishi uchun messenjer va boshqa tarmoqlardan foydalanishini hamda ushbu maqsadlarda keng foydalaniladigan boshqa servis va imkoniyatlar doimiy ishlashini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik operatorga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Huquqiy operator va uning hududiy boshqarmalari hamda ishtirokchi “E-urugʻ” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-urugʻ” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtishda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan yuridik shaxslar, yuridik shaxs hisoblanmaydigan tadbirkorlik subyektlari uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, bankdagi hisobvaragʻi rekvizitlari, bogʻlanish uchun maʼlumotlar (pochta manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami) “Elektron hukumat” idoralararo integratsion platformasiga joylanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtish maʼlumotlari toʻldirilgandan soʻng, shaxsni identifikatsiyalash elektron raqamli imzo asosida amalga oshirilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi identifikatsiyalash jarayonida elektron tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishganligi, “E-urugʻ” axborot tizimining oʻziga xos jihatlari va tartib-taomillarini qabul qilganligi toʻgʻrisida texnik va huquqiy operator bilan elektron tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha elektron shartnoma (oferta)ni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartnoma “E-urugʻ” axborot tizimida roʻyxatga olinadi va hisoboti yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-urugʻ” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtmagan (identifikatsiya qilinmagan) va mazkur Nizom talablariga mos kelmagan yuridik shaxs elektron tanlovda qatnashish uchun ariza berish huquqiga ega boʻlmaydi hamda elektron tanlovda ishtirok etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchiga “E-urugʻ” axborot tizimida shaxsiy kabinet ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishtirokchi elektron tanlovda qatnashish, elektron tanlov haqidagi maʼlumot va hujjatlar bilan tanishish, tegishli tashkilotlardan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish, bank hisobvaragʻidagi foydalanilmay qolgan mablagʻning komissiya toʻlovlaridan chegirilgan qismini olishga haqli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Texnik operator elektron tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnoma eʼlon qilingan vaqtdan boshlab ishtirokchiga ariza berish uchun “E-urugʻ” axborot tizimiga erkin kirish imkonini yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishtirokchining elektron tanlovda qatnashish boʻyicha arizasi xabarnomada keltirilgan arizani qabul qilish boshlanadigan kundan arizani qabul qilish yakunlanadigan kuni soat 23:59 gacha (GMT+5) “E-urugʻ” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Paxtachilik va gʻallachilik yoʻnalishidagi ishtirokchilarga 20 gektardan 100 gektargacha boʻlgan maydonda urugʻlik yetishtirish uchun ariza topshirish imkoni beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun urugʻlik maydonlari boʻyicha cheklovlar belgilanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxtachilik va gʻallachilik yoʻnalishidagi ishtirokchilar elektron tanlovda qatnashish uchun “E-urugʻ” axborot tizimida ochilgan hisobvaragʻiga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravariga teng mablagʻni joylashtirgan holda ariza beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tanlovda qatnashish uchun toʻlov miqdori elektron tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnoma eʼlon qilingan kundagi bazaviy hisoblash miqdorida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlari boʻyicha elektron tanlovlarda qatnashish uchun toʻlovlar undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishtirokchining hisobvaragʻidagi mablagʻ toʻlov uchun yetarli boʻlmaganda, texnik operator bu haqda ishtirokchini “E-urugʻ” axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchini xabarnoma bilan oʻz vaqtida tanishmaganligi uchun texnik operator javobgar hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishtirokchi elektron tanlovda qatnashish boʻyicha arizani “E-urugʻ” axborot tizimida elektron shaklda toʻldiradi va yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi ushbu Nizom talablariga muvofiq kelganda, texnik operator elektron tanlovda qatnashish uchun ruxsat beradi hamda bu haqda ishtirokchini uning shaxsiy kabineti yoki elektron pochta manzili orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir ishtirokchiga elektron tanlovda qatnashish va shaxsni oshkor etuvchi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash uchun maxsus raqam beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ishtirokchi elektron tanlovda qatnashish boʻyicha arizasini qabul qilish muddati tugashidan besh kun oldin qaytarib olishi, shuningdek, zaruratga koʻra unga tegishli oʻzgartirishlar kiritgan holda takroran yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi elektron tanlovda qatnashish boʻyicha arizani qaytarib olganda, texnik operatorga xabarnoma yuborishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik operator ishtirokchining soʻroviga koʻra, elektron tanlovda qatnashish uchun amalga oshirilgan toʻlov mablagʻini (komissiya toʻlovlari chegirilgan holda) bir ish kuni ichida ishtirokchining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga (yoki plastik kartasiga) qaytarilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Elektron tanlovda qatnashish boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng, elektron tanlovlar yakunlangunga qadar ishtirokchining arizasi va toʻlovlarni qaytarib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “E-urugʻ” axborot tizimida elektron tanlovlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Elektron tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tanlovni oʻtkazilishi haqidagi xabarnomani eʼlon qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Elektron tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlar huquqiy operatorning hududiy boshqarmalari tomonidan “E-urugʻ” axborot tizimida hamda ommaviy va mahalliy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi va tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari elektron tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eʼlonda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qaroriga 5-ilova bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlardagi maydonlarning prognoz koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda urugʻlik yetishtiriladigan tuman (Quvasoy shahar), ixtisoslashgan massivlar, ekin maydonlari (gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-urugʻ” axborot tizimiga joylashtirilgan elektron tanlovga ushbu tizim orqali avtomatik ravishda maxsus raqam beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Elektron tanlov oʻtkaziladigan kun huquqiy operatorning hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan eʼlonlarda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayram va dam olish kunlarida elektron tanlovlar oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tanlovni oʻtkazish va gʻoliblarni aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Elektron tanlovda mazkur Nizom talablariga mos keluvchi barcha ishtirokchilar qatnashishi va ariza berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishtirokchini “E-urugʻ” axborot tizimida roʻyxatga olish, identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash “Elektron hukumat” idoralararo integratsion platformasi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishtirokchi har yili paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish uchun — 15-yanvardan 5-fevralga qadar (2025-yilda 19-martdan 25-martga qadar), boshoqli don ekinlari urugʻliklarini yetishtirish uchun — 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ishtirokchiga tegishli maʼlumotlar qatʼiy ravishda integratsiya qilingan vazirlik va idoralarning maʼlumotlari asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishtirokchining barqarorlik reytingi hamda elektron tanlovga aloqador vazirlik va idoralarning maʼlumotlari “Elektron hukumat” idoralararo integratsion platformasidan, ishtirokchining umumiy yer maydoni, elektron tanlovda koʻrsatilgan ekin joylashtiriladigan maydon, suv bilan taʼminlanganligi, tuproq unumdorligiga oid maʼlumotlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlarini “Agro.gov.uz”, “CropAgro”, “Hosil qabuli”, “eFito” va boshqa axborot tizimlaridan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Integratsiya qilish orqali shakllantiriladigan maʼlumotlar asosida ishtirokchiga ball beriladi va ushbu Nizomga 2-ilovada muvofiq baholash reytingi yordamida ballar taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ishtirokchi har bir mezon boʻyicha yigʻgan ballari bilan ariza berish jarayonida tanishadi va zaruratga koʻra arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. “E-urugʻ” axborot tizimiga kelib tushgan har bir arizaga maxsus raqam (identifikatsiya raqami) avtomatik ravishda biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ishtirokchi arizasining holati haqidagi maʼlumotlar uning shaxsiy kabineti orqali maʼlum qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Elektron tanlov ixtisoslashgan massivlarda joylashgan ekin maydonlarida urugʻlik yetishtirish uchun oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu massivlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining hududiy boshqarmalari eʼlonlarida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Eʼlonda berilgan parametrlardan kelib chiqib, elektron tanlov gʻolibi va gʻolib boʻlmaganlarni ajratadigan chegara aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mazkur chegaraning ikki tarafida bir xil ball toʻplagan ishtirokchilar boʻlsa, bunda arizani oldin topshirgan ishtirokchi elektron tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Elektron tanlov natijalari boʻyicha axborot elektron tanlov oʻtkazilgan kuni soat 10:00 da (GMT+5) “E-urugʻ” axborot tizimida avtomatik ravishda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “E-urugʻ” axborot tizimida avtomatik ravishda elektron tanlov yakunlangan vaqt va uning natijalari toʻgʻrisidagi axborot shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Elektron tanlov natijalari boʻyicha axborotda quyidagilar bayon etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tanlov haqida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tanlov gʻoliblari roʻyxati va ularning yer maydonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirilgan sana va vaqti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. “E-urugʻ” axborot tizimida elektron tanlov yakunlangandan keyin besh ish kunida elektron tanlov natijalari boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Elektron tanlov gʻolibi deb topilmagan ishtirokchining toʻlov mablagʻi elektron tanlov yakunlangan deb topilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida “E-urugʻ” axborot tizimi orqali ishtirokchining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga (yoki plastik kartasiga) toʻliq qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchining tijorat bankidagi hisobvaragʻi (yoki plastik karta raqami) notoʻgʻri koʻrsatilishi yoki boshqa sabablarga koʻra mablagʻlar huquqiy operatorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga qaytib tushgan hollarda, texnik operator bu haqda “E-urugʻ” axborot tizimi orqali ishtirokchini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Elektron tanlovda qatnashish uchun toʻlov, ishtirokchini arizasini yuborish, elektron tanlovlarni tashkil etish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikning rivojlantirish markazi va “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJga teng miqdorlarda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Elektron tanlov natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Texnik operator mazkur Nizomda belgilangan tartibda elektron tanlov natijalari boʻyicha bayonnoma QR-kod bilan rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tanlov natijalari boʻyicha bayonnoma mazkur Nizomga 3-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tanlov sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayonnoma rasmiylashtirilgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tanlov gʻolibi haqida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan hamda ushbu Nizomda belgilangan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma elektron tanlov gʻolibi hamda huquqiy operatorning hududiy boshqarmasini shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Bayonnoma “E-urugʻ” axborot tizimi tomonidan yuritiladigan elektron tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalar reyestriga avtomatik ravishda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tanlov natijalari boʻyicha bayonnomalar reyestriga jahon internet tarmogʻi orqali QR-kod havolasi joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tanlov gʻolibining soʻroviga koʻra bayonnoma qogʻoz shaklida, huquqiy operatorning muhri bosilgan holda taqdim etilishi yoki pochta orqali yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Elektron tanlov gʻolibining vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Quyidagilar urugʻlik qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlgan elektron tanlov gʻolibining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza navlari va duragaylari urugʻliklarini belgilangan talablarga muvofiq yetishtirish, koʻpaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish va realizatsiya qilishni litsenziya shartnomasi asosida patent egasining ruxsati bilan amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuziladigan shartnomaga asosan navlar boʻyicha zarur hajmdagi, amaldagi standartlar talablariga mos keluvchi nav urugʻlarining avlodlarini hisobga olgan holda yetishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat urugʻlik, bir avlodga mansub boʻlgan bitta nav ekilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻpaytirilayotgan navning qimmatli xoʻjalik belgilari va texnologik xususiyatlarini saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori sifatli va nav sofligiga ega boʻlgan avlodli urugʻlar yetishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avlodli urugʻliklarni yetishtirish tartibi va qoidalariga amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nav originatori tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda va meʼyorlarda sifatli oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik tayyorlash korxonalari tomonidan ekish uchun sarflangan (sotilgan) urugʻlik (chigit, don) miqdorlari boʻyicha “Hisob-dalolatnoma”ni Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga, nav originatori va muallifiga hamda urugʻchilik subyektlariga topshirish muddati har yili 1-iyulga qadar, ustama haqlarini yakuniy toʻlab berish muddati har yili 1-avgustga qadar topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlgan elektron tanlov gʻolibining funksiyalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik uchun ekiladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarini unumdor tuproqli, mexanizmlar yordamida ishlov berishga qulay, suv bilan yaxshi taʼminlangan, shoʻrlanmagan va tekis dalalarga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
almashlab ekish va agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish boʻyicha reja-jadvalni tuzish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalikda urugʻchilik boʻyicha agronom yoki agronom mutaxassisi boʻlishini taʼminlash (xoʻjalik rahbari urugʻchilik boʻyicha agronom yoki agronom boʻlganda ushbu talab qoʻllanilmaydi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishga ruxsat etilgan kimyoviy preparatlar bilan qayta ishlangan (zararsizlantirilgan) urugʻlik materiallarini ekish (maxsus elita urugʻchilik xoʻjaliklari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik maydonlarini begona nav va oʻsimliklardan tozalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasallik keltirib chiqaruvchi begona ekinlarni urugʻlik maydonlar atrofiga ekmaslik hamda boshqa navlar bilan chatishishga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik paxta maydonlarda urugʻlik hosili toʻliq yigʻishtirib olingandan soʻng gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik paxta maydonlarida gʻoʻzaning har tupida oʻrta tolali navlarda 3 — 8-hosil shoxlarining 1-2 oʻrinlaridan, ingichka tolali navlarda 3 — 13-hosil shoxlarining toʻliq pishib ochilgan koʻsaklaridan qoʻl bilan, mashinalar yordamida koʻsaklar 60 — 65 foiz ochilganda urugʻlik paxta hosilini terish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik uchun ekilgan boshoqli don ekinlari maydonlarini urugʻlik don oʻrish uchun ajratilgan kombaynlarda oʻrish, urugʻlik donni urugʻlik don tashish uchun ajratilgan avtomashinalar bilan tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻishtirib olingan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini avlodlari boʻyicha amaldagi standartlar talablariga koʻra urugʻlik qabul qiluvchi korxonalarga topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Elektron tanlov gʻolibi tomonidan mazkur Nizom talablari yoki agrotexnika qoidalari muntazam ravishda buzilganda, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari yetishtirilayotgan maydonlar tuman (Quvasoy shahar) aprobatsiya komissiyasi tomonidan yaroqsiz deb topiladi hamda urugʻlik yetishtirish huquqidan mahrum etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tanlov gʻolibi tomonidan urugʻlik maydonlarda gʻoʻza va boshoqli don ekinlarining bitta navini ikkita avlodi ekilgan taqdirda, ustama toʻlashdagi farqlar inobatga olingan holda tuman (Quvasoy shahar) aprobatsiya komissiyasi tomonidan keyingi avlodga rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urugʻlik maydonlarda ilmiy asoslangan tavsiyalarga amal qilgan holda koʻchat qalinligini taʼminlash talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talablarga amal qilinmagan hollarda tuman (Quvasoy shahar) aprobatsiya komissiyasi tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtiruvchi urugʻlik yetishtirish huquqidan mahrum etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha elektron tanlovlar jarayonida yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha tanlovlarni “E-urugʻ” axborot tizimida tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlari oʻrtasida elektron tanlovlarni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Urugʻchilikni rivojlantirish markazining hududiy boshqarmalari

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha elektron tanlovlarni oʻtkazish toʻgʻrisida “E-urugʻ” axborot tizimida hamda mahalliy va ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi.

Ariza topshirish boshlanishidan kamida 5 kun oldin

2-bosqich

Ishtirokchilar

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha elektron tanlovda ishtirok etish uchun “E-urugʻ” axborot tizimi orqali ariza topshiradi.

Urugʻlik paxta xom ashyosi va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari boʻyicha — 15-yanvardan 5-fevralga qadar (2025-yilda 19-martdan 25-martga qadar), boshoqli don ekinlari boʻyicha — 15-iyuldan 5-avgustga qadar

3-bosqich

“E-urugʻ” axborot tizimi

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha fyermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlari oʻrtasida elektron tanlovlarni oʻtkazadi.

Hujjat qabul qilish yakunlangandan keyin 1 ish kunida

4-bosqich

Texnik operator

Tanlov gʻoliblari uchun QR-kodli bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Tanlov oʻtkazilgandan soʻng 5 ish kunida

5-bosqich

“E-urugʻ” axborot tizimi

Tanlovda gʻolib boʻlganlarning arizasiga berilgan noyob identifikatsiya raqamlari roʻyxati eʼlon qilinadi.

Tanlov oʻtkazilgandan soʻng 2 ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha tanlovlarni “E-urugʻ” axborot tizimida tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha elektron tanlovlarni oʻtkazishda fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlari imkoniyatlarini baholash uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REYTING BALLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Baholanadigan imkoniyatlar (holatlar)

Reyting koʻrsatkichlari

Reyting ballar

Taqdim etiladigan maʼlumotlar (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki “Raqamli hukumat” markazining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali)

1.

Tuproq unumdorligi
(ball bonitet)

90 — 100

10 ball

Qishloq xoʻjaligi vazirligining “CropAgro axborot tizimi maʼlumotlari (konturlar kesimida)

80 — 89

9 ball

70 — 79

8 ball

60 — 69

7 ball

50 — 59

6 ball

40 —49

5 ball

2.

Suv taʼminoti

yaxshi (80 foiz va undan yuqori)

10 ball

Qishloq xoʻjaligi vazirligining “CropAgro axborot tizimi maʼlumotlari (xoʻjaliklar kesimida)

oʻrta (50 dan 80 foizgacha)

5 ball

yomon (50 foizdan kam)

0 ball

3.

Xoʻjalikning ekin maydoni kasalliklarga chalinmaganligi

2 yil ichida

4 ball

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining “eFito” axborot tizimi maʼlumotlari 
(t
uman va xoʻjaliklar kesimida)

1 yil ichida

2 ball

Xoʻjalikning ekin maydoni zararkunandalar bilan zararlanmaganligi

2 yil ichida

4 ball

1 yil ichida

2 ball

Xoʻjalikning ekin maydonida begona oʻt-lar tarqalmaganligi

2 yil ichida

2 ball

1 yil ichida

1 ball

4.

Xoʻjalikning tashkil etilgan muddati

20 yildan yuqori

10 ball

Soliq qoʻmitasi maʼlumotlari

10 yildan 20 yilgacha

7 ball

3 yildan 10 yilgacha

4 ball

5.

Ishtirokchining mavjud qishloq xoʻjaligi texnikasi
va agregatlari
(texnik koʻrikdan oʻtkazilgan)

haydov traktori

2 ball

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi maʼlumotlari

chopiq traktori

3 ball

don oʻrish kombayni

1 ball

lazerli yer tekislagich

1 ball

urugʻ ekish seyalkasi

2 ball

OVX, shtangali purkagich

1 ball

6.

Soʻnggi yilda yetishtirilgan paxta hosildorligining oʻrtacha koʻrsatkichi

(urugʻlik paxta tanlovi uchun)

50 sentner va undan yuqori

10 ball

Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Hosil qabul” axborot tizimi maʼlumotlari

(tuman va xoʻjaliklar kesimida)

40 sentnerdan

50 sentnergacha

6 ball

35 sentnerdan

40 sentnergacha

3 ball

30 sentnerdan

35 sentnergacha

1 ball

7.

Ishtirokchining barqarorlik reytingi

(ariza yuborilgan kundagi reyting koʻrsatkichi)

0 dan 100 gacha

Reyting koʻrsatkichi 10 ga boʻlinadi

Soliq qoʻmitasining  “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi maʼlumotlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Fermer xoʻjaligi yoki boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotining imkoniyatlarini baholashda har bir yoʻnalish uchun eng yuqori ball 10 balldan oshmagan holda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha tanlovlarni “E-urugʻ” axborot tizimida tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha elektron tanlov natijalari rasmiylashtiriladigan bayonnomaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” DM

“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ

ELEKTRON TANLOV NATIJALARI TOʻGʻRISIDA
BAYONNOMA
 _____

Elektron tanlov oʻtkazilgan sana: ___________________

Bayonnoma rasmiylashtirilgan sana: _________________

Tanlov №: ________________

Tanlov turi: ____________ (paxta, gʻalla va boshqa ekinlar boʻyicha)

Tanlov oʻtkazilgan hudud: ____________ viloyati, ____________ tumani

Tuman uchun prognoz koʻrsatkichlari asosidagi maydon: ____ gektar.

TANLOV GʻOLIBLARI VA ISHTIROKCHILARI ROʻYXATI

T/r

Ariza raqami

Sanasi

Ishtirokchi (fermer xoʻjaligi) nomi

Ishtirokchining STIRi

Toʻplangan reyting ball

Yer maydoni (ga)

Taqsimot boʻyicha maydon (ga)

Tanlov gʻoliblari roʻyxati

1.

2.

3.

Gʻolib boʻlmaganlar roʻyxati

1.

2.

3.

QR-kod uchun joy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha elektron tanlovlarni oʻtkazishda zarur boʻladigan maʼlumotlarni “E-urugʻ” axborot tizimiga integratsiya qiladigan vazirlik va idoralar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.

1. Vazirliklar va idoralar “E-urugʻ” axborot tizimga “Elektron hukumat” idoralararo integratsion platformasi orqali belgilangan tartibda ulanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlik va idoralar oʻrtasida oʻzaro maʼlumotlar almashish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarorining 11-bandida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ tomonidan zaruratga qarab, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro kelishuv asosida tegishli maʼlumotlar “E-urugʻ” axborot tizimiga integratsiya qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilova chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qarori)” 2022-yil 9-iyundagi 320-son qaroriga ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “a” kichik bandning birinchi-ikkinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “b” bandi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son)