14.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3649
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 14.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3649
Kuchga kirish sanasi
14.07.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3649]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-martdagi PF-43-son “Koʻchmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Koʻchmas mulkni ommaviy baholash uslubiyoti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 7-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
269-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. ORTIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 19-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 12-iyun

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 7-iyuldagi 269-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkni ommaviy baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USLUBIYOTI

Mazkur Uslubiyot koʻchmas mulkni (bundan buyon matnda obyektlar deb yuritiladi) qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlarda ommaviy baholashdan oʻtkazish jarayoni va tartib-taomillarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Uslubiyot baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning baholash faoliyatiga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Koʻchmas mulkni ommaviy baholash ishlari koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi (bundan buyon matnda Ijro etuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Uslubiyotda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy baholash — baholash yondashuvlaridan foydalangan holda aniqlangan birlik qiymati asosida oʻxshash tavsif va xususiyatlarga ega boʻlgan obyektlarni guruhlashtirib, obyektning bozor narxiga yaqin boʻlgan qiymatni aniqlash jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning bozor narxiga yaqin boʻlgan qiymati (bundan buyon matnda obyekt qiymati deb yuritiladi) — qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarda bozor maʼlumotlari, obyektdan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari hamda boshqa tavsiflari bilan bogʻliq maʼlumotlar asosida, shuningdek obyektlardan samarali foydalanish imkoniyatidan kelib chiqib belgilanadigan narxni ifodalovchi qiymat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni guruhlash — koʻchmas mulk bozori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tahlili natijalari asosida bir-biriga yaqin tavsif va xususiyatlarga ega boʻlgan ommaviy baholash oʻtkaziladigan obyektlarning guruhlari hamda kichik guruhlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruh — koʻchmas mulk bozori, obyektlarning tavsiflari va xususiyatlari boʻyicha umumiylik asosida ajratib olingan obyektlarning tahlilidan kelib chiqib shakllantiriladigan hamda ommaviy baholash oʻtkaziladigan obyektlar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik guruh — obyektlar qiymatining aniqliligini oshirish maqsadida guruhni tahlil qilish asosida obyektlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladigan obyektlar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning tavsiflari va xususiyatlari — obyektning qiymatiga taʼsir koʻrsatuvchi obyektning fazoviy, ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy va boshqa koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
analog — asosiy iqtisodiy, jismoniy va boshqa tavsiflari hamda xususiyatlariga koʻra obyektga oʻxshash, narxi oʻxshash shartlarda tuzilgan bitimdan yoki bozorda qilingan taklifdan maʼlum boʻlgan boshqa obyekt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx boʻyicha zonalashtirish — obyektlar (obyektlar guruhlari) boʻyicha takliflar va bitimlar toʻgʻrisidagi bozor maʼlumotini ularning joylashgan joyi va foydalanish turidan kelib chiqib, obyekt qiymatini aniqlash sanasida grafik va semantik koʻrinishda aks ettiradigan hududlarni zonalarga boʻlgan holda tabaqalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash boʻyicha zonalashtirish — ommaviy baholashda aniqlangan obyektlarning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni grafik va semantik shaklda aks ettiradigan hududlarni zonalarga boʻlgan holda tabaqalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx shakllantiruvchi omillar — obyektlar qiymatiga taʼsir qiluvchi aniq oʻlchov birligida ifodalangan va obyektiv hisoblangan sifat va (yoki) miqdoriy koʻrsatkichlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromad yondashuvi — obyektlardan foydalanishdan kutiladigan daromadlarni aniqlashga asoslangan baholash usullari yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajat yondashuvi — obyektni sotib olish, takror ishlab chiqarish yoki almashtirish uchun zarur xarajatlarni, tadbirkorlik foydasini va eskirishni hisobga olgan holda aniqlashga asoslangan baholash usullari yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiyosiy yondashuv — baholanayotgan obyektni analog obyektlar bilan tuzilgan bitim yoki taklif narxlari toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlganda, shunday obyekt bilan qiyoslashga asoslangan baholash usullari yigʻindisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ommaviy baholashni oʻtkazish tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning qiymatini aniqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni, shu jumladan koʻchmas mulk bozori maʼlumotlarini toʻplash va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy baholash oʻtkaziladigan obyektlarni guruhlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk bozoridagi maʼlumotlar tahlilidan kelib chiqib obyektlarni segmentlash yoʻli bilan ommaviy baholash oʻtkaziladigan hududlarni narx va baholash boʻyicha zonalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx shakllantiruvchi omillarni va ularning obyektlar qiymatini aniqlashga taʼsir qilish darajasini (koeffitsiyent) belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning qiymatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy baholash natijalarini tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ommaviy baholash oʻtkazilishi lozim boʻlgan obyektlar roʻyxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ommaviy baholash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-martdagi PF-43-son “Koʻchmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda — eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-2027-yillarda — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yil va undan keyingi yillarda — qolgan hududlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika miqyosida va alohida hududlarda, shu jumladan urbanizatsiya jarayonlari va infratuzilmaning rivojlanishi, narxlar darajasi va boshqa bozor koʻrsatkichlarining oʻzgarishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining topshirigʻi asosida koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan respublikaning alohida tuman (shahar)laridagi koʻchmas mulk obyektlarini ommaviy baholashdan oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyruqda ommaviy baholashni oʻtkazish yili, obyekt qiymatini aniqlash sanasi, hududi va ommaviy baholash natijalarini tasdiqlash uchun topshirish muddatlari nazarda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyruq ommaviy baholash oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki oy oldin qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik Ijro etuvchi organning soʻroviga koʻra besh ish kuni ichida ommaviy baholash oʻtkaziladigan obyektlar roʻyxatini (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi), shu jumladan avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali taqdim etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Roʻyxatda obyektlarning joylashuvi, ularning tavsiflari va xususiyatlari, obodonlashtirish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjudligi hamda obyektlarning qiymatini aniqlash uchun zarur boʻlgan boshqa xususiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Roʻyxatda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan yoki maʼlumotlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi aniqlanganda, Ijro etuvchi organ maʼlumotlarni aniqlashtirish maqsadida Agentlikka murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Agentlik tomonidan uch ish kuni ichida Ijro etuvchi organga koʻchmas mulkni ommaviy baholash uchun aniqlashtirilgan Roʻyxat taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ommaviy baholashni oʻtkazish jarayonida tavsiflari va (yoki) xususiyatlari oʻzgargan obyektlar hamda davlat roʻyxatidan yangi oʻtkazilgan obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlik tomonidan Ijro etuvchi organga har chorak yakuni boʻyicha taqdim qilinadi. Bunda, davlat roʻyxatidan yangi oʻtkazilgan obyektlarning qiymatini aniqlash uch oy ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Koʻchmas mulk bozori maʼlumotlarini toʻplash va tahlil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Koʻchmas mulk bozori maʼlumotlarini toʻplash va tahlil qilish Ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagi maʼlumotlar toʻplanadi va tahlil qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx shakllantiruvchi omillar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdo platformalaridagi maʼlumotlar, shu jumladan obyektlarni sotish va ijaraga berish boʻyicha taklif etilayotgan eʼlonlar, shuningdek rieltorlik tashkilotlarida tuzilgan, notarial rasmiylashtirilgan bitimlar hamda tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlaridan obyektlarning garov qiymatini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholashning turli yondashuvlari doirasida obyektlar qiymatini aniqlash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar Ijro etuvchi organ tomonidan soʻrov yuborilgan kundan boshlab 10 kun ichida Ijro etuvchi organga ommaviy baholash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Ijro etuvchi organ maʼlumotlarni aniqlashtirish va tuzatish, shuningdek narx shakllantiruvchi omillarni aniqlash uchun yuqoridagi tashkilotlarga tegishli soʻrovlar yuborishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Koʻchmas mulk bozorini tahlil qilishda quyidagilar koʻrib chiqilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud bino va inshootlar (segment boʻyicha turar va noturar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qurilgan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning muhandislik-kommunikatsiyalar bilan taʼminlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanish darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik holat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi soni, qurilish zichligi va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ommaviy baholash oʻtkaziladigan obyektlarni guruhlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Koʻchmas mulk bozori maʼlumotlarini toʻplash va tahlil qilish natijalaridan kelib chiqib obyektlarning turi, tavsiflari va xususiyatlari, foydalanish maqsadi hamda narx shakllantiruvchi omillarni hisobga olgan holda ommaviy baholash oʻtkaziladigan obyektlarning guruhlari va (yoki) kichik guruhlari Ijro etuvchi organ tomonidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Obyektlar qiymatining aniqliligini oshirish maqsadida obyektlarning oʻziga xos xususiyatlarini (joylashgan joyi, sifat darajasi, noturar binolarning mavjudligi, tijorat salohiyati va boshqalar) inobatga olgan holda kichik guruhlarga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Obyektlarni guruhlashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir obyektni ikki yoki undan ortiq guruhda boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruhlash koʻchmas mulk bozorining segmentlariga, obyektlarning joylashuviga va narx boʻyicha zonalashtirish natijalariga asoslangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Narx va baholash boʻyicha zonalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻrtacha bozor narxlari bir-biriga yaqin boʻlgan (bozor narxlarining belgilangan diapazoni) maʼlum segmentga tegishli guruhlarni (kichik guruhlarni) aniqlash maqsadida Ijro etuvchi organ tomonidan ommaviy baholash oʻtkaziladigan hududlar narx boʻyicha zonalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Narx boʻyicha zonalashtirish bitimlar (takliflar) toʻgʻrisidagi va boshqa koʻchmas mulk bozori maʼlumotlarini obyektlar guruhlari joylashgan joyidan kelib chiqqan holda ularning qiymatini aniqlash sanasiga tizimlashtirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Narx boʻyicha zonalashtirish faqat bozor maʼlumotlari yetarli boʻlgan ommaviy baholash oʻtkaziladigan hududlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Narx boʻyicha zonalashtirilgan hududlar chegaralari obyektlar qiymatini hisoblash uchun belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ommaviy baholash natijalarini tasdiqlashga kiritishda baholangan hududlar baholash boʻyicha zonalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Narx shakllantiruvchi omillar va ularning obyektlar qiymatini aniqlashga taʼsir qilish darajasini (koeffitsiyent) belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Obyektlarning tavsiflari va xususiyatlari hamda koʻchmas mulk bozori tahlili natijasidan kelib chiqib narx shakllantiruvchi omillar Ijro etuvchi organ tomonidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, narx shakllantiruvchi omillarning taʼsir qilish darajasi (koeffitsiyent) Internet butunjahon axborot tarmogʻi, elektron savdo platformalari, mavjud axborot tizimlari va reyestrlardan maʼlumotlarni toʻplash va ularni tahlil qilish yoʻli bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Narx shakllantiruvchi omillarni aniqlashda obyektlarning joylashgan joyi, jismoniy, texnik va ekspluatatsion xususiyatlari, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa infratuzilma bilan taʼminlanganlik darajasi, obyektlarning obodonlashtirish darajasi, ulardan foydalanish boʻyicha cheklovlar va zarur boʻlgan boshqa xususiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Narx shakllantiruvchi omillar quyidagi toifalarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning umumiy holatiga, mamlakat, mintaqa yoki mahalliy darajadagi vaziyatga bogʻliq boʻlgan iqtisodiy omillar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy fondining obyektlari, shuningdek ushbu obyektlar joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan talabni va ularning narxlarini tushuntirish imkonini beradigan ijtimoiy omillar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan hududni rivojlantirish (sogʻliqni saqlash, taʼlim, dam olish va boshqa sohalar) hamda aholini imtiyozli kreditlash dasturlari mavjudligini oʻz ichiga olgan huquqiy omillar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt joylashgan joyning atrof-muhiti yoki joylashuvi bilan bogʻliq tabiiy omillar. Mazkur omil shahar yoki hududdagi obyektlarning qiymatini aniqlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Obyektning qiymatini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ijro etuvchi organ tomonidan obyektlarning qiymatini aniqlashda obyektning joylashuvi, tavsiflari va xususiyatlaridan kelib chiqib qiyoslash, xarajat va daromad yondashuvlaridan biri qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur Nizomda belgilangan yondashuvlarning biridan foydalangan holda baholash mumkin boʻlmagan, shu jumladan analogi boʻlmagan hamda ommaviy baholash oʻtkazilayotgan hududda yagona boʻlgan va (yoki) oʻziga xos (individual) xususiyatlarga ega boʻlgan obyektlar alohida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Koʻchmas mulk bozori maʼlumotlari yetarli boʻlgan hududda qiyoslash yondashuvi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiyoslash yondashuvi qoʻllanilganda, quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OQ= (BN×BM×K1×K2×…×Kn) + (YEN×YEM×K1×K2×…×Kn),
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda,

OQ — obyekt qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BN — koʻchmas mulk bozori maʼlumotlari tahlili asosida shakllangan binoning 1 kv.m. uchun narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BM — binoning maydoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YEN — koʻchmas mulk bozori maʼlumotlari tahlili asosida shakllangan yer uchastkasining (huquq turini hisobga olgan holda) 1 kv.m. uchun narxi (faqat alohida yer uchastkasida joylashgan obyektlar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YEM — yer uchastkasining maydoni (faqat alohida yer uchastkasida joylashgan obyektlar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
K1, K2…Kn — narxni shakllantiruvchi omillarni aks ettiruvchi koeffitsiyentlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi uy-joyning qiymatini aniqlashda yordamchi binolar uchun qoʻshimcha koeffitsiyent qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Koʻchmas mulk bozori maʼlumotlari yetarli boʻlmagan hududlarda xarajat yondashuvi qoʻllaniladi. Bunda, noturar (tijorat) obyektlar qiymatini aniqlash uchun daromad yondashuvi qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarajat yondashuvi qoʻllanilganda, quyidagi formuladan foydalanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OQ = QX×(1 + TF) × (1 — JE) + YEQ,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda:

OQ — obyektning qiymati;

QX — obyektni qurish xarajatlari miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TF — tadbirkorning foydasi miqdori (%);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JE — jami eskirish miqdori (%);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YEQ — yer uchastkasining qiymati (faqat alohida yer uchastkasida joylashgan obyektlar uchun).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad yondashuvi qoʻllanilganda, quyidagi formuladan foydalanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OQ = SOD/KS,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OQ — obyektning qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOD — sof operatsion daromad;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KS — kapitallashtirish stavkasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Agentlik tomonidan Ijro etuvchi organ xodimlari foydalanishi uchun mazkur Nizomga muvofiq obyektlarni ommaviy baholashning oʻziga xos xususiyatlarini nazarda tutuvchi texnik yoʻriqnoma tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Ommaviy baholash natijalarini tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ijro etuvchi organ ommaviy baholash natijalarini ommaviy baholashning tugash muddatidan kamida oʻttiz kun oldin Agentlikka tasdiqlash uchun elektron shaklda taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Agentlik ommaviy baholash natijalarini ular taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun ichida tasdiqlaydi yoki ommaviy baholash natijalarida xatoliklar aniqlangan taqdirda, mazkur xatoliklarni bartaraf etish uchun Ijro etuvchi organga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi organ oʻn kun ichida ommaviy baholash natijalarini aniqlangan xatoliklarni bartaraf etgan holda Agentlikka tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy baholash natijalari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi hamda uch kun ichida Agentlikning rasmiy veb-saytiga ommaviy baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mulkdorlar Agentlikning rasmiy veb-saytidan obyektning kadastr raqamini kiritgan holda oʻziga tegishli obyektlarning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotni olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning rasmiy veb-saytida ommaviy baholash oʻtkazilgan har bir obyekt toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar joylashtirilgan boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning qiymatini aniqlash usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narxni shakllantiruvchi omillar va ularning obyektlar qiymatini aniqlashga taʼsir qilish darajasi (koeffitsiyent) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholashga oid boshqa hisob-kitoblar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Ommaviy baholash natijalari boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mulkdorlar va boshqa manfaatdor shaxslar (bundan buyon matnda murojaatchilar deb yuritiladi) ommaviy baholash natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, Ijro etuvchi organ yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Murojaatlar Ijro etuvchi organda kamida 5 kishidan iborat tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, komissiya tarkibiga Agentlikning masʼul xodimi kiritiladi hamda komissiyaga Ijro etuvchi organning rahbari raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Komissiya murojaat qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida murojaatchini murojaatni koʻrib chiqish kuni haqida xabardor qiladi. Bunda, murojaatchi komissiya tomonidan murojaatni koʻrib chiqishda ishtirok etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Komissiya murojaatni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi va bu haqida bir kun ichida murojaatchini xabardor qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatda keltirilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmagan taqdirda, murojaatni qanoatlantirishni rad etish va obyektning qiymatini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatda keltirilgan vajlar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, obyektning qiymatini qayta hisoblash toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, obyektning qiymatini qayta hisoblash uch ish kunida amalga oshiriladi va uning natijasi murojaatchiga maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Mazkur Uslubiyot talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3649/0612-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)