05.03.2025 yildagi PF-43-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlarining bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlashning zamonaviy usullari va mexanizmlarini joriy etish va keng qo‘llash, aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy aktivlari o‘sib borishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ko‘chmas mulk obyektining soliq solish, oldi-sotdi qilish, garovga qo‘yish, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va boshqa holatlar uchun aniqlanadigan qiymati o‘zaro mutanosib bo‘lishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ko‘chmas mulk bozoriga oid ishonchli, to‘liq va davriy ravishda yangilanib boradigan axborot bazani yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) soliq solishda adolatlilik tamoyilini yanada keng joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2025-yildan boshlab bosqichma-bosqich barcha ko‘chmas mulk obyektlari ularning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkazilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ommaviy baholash ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2025-2026-yillarda — eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-2027-yillarda — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2027-yil va undan keyingi yillarda — qolgan hududlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tashkiliy va moliyaviy ta’minot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kadastr agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 30 nafardan iborat bo‘lgan, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Milliy markaz) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi — ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Kadastr agentligi — ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Milliy markaz — ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi hamda Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi o‘rtasida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasidagi vazifalar taqsimoti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Milliy markaz faoliyati, shu jumladan, ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tadbirlari quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Davlat budjeti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan grantlar va texnik ko‘maklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Milliy markazning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Normativ-huquqiy, uslubiy, axborot va dasturiy ta’minot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ommaviy baholash tizimini normativ-huquqiy va uslubiy jihatdan ta’minlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir oy muddatda Milliy markaz faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) uch oy muddatda Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotini belgilangan tartibda tasdiqlasin va davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026-yil oxiriga qadar Toshkent shahridagi eksperiment natijalari, ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro ekspertlarning xulosalari va tavsiyalari asosida “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda bino va inshootlar qurilishining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda ularni qayta tiklash qiymatining jamlanma ko‘rsatkichlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ommaviy baholash tizimini dasturiy jihatdan ta’minlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi 2025-yil 1-noyabrga qadar Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotiga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ko‘chmas mulk bozori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha — “Ko‘chmas mulk bozori monitoringi” avtomatlashtirilgan axborot tizimini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ko‘chmas mulkning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash bo‘yicha “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar Milliy markazning so‘roviga ko‘ra o‘n kun ichida ommaviy baholash tizimi uchun zarur bo‘lgan axborotlarni bepul taqdim etishlari, o‘zlarining axborot tizimlarini Milliy markazning axborot tizimlari bilan integratsiya qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Farmon ijrosini tashkil etish va nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikki hafta muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidagi tashkilotlar xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida Kadastr agentligi markaziy apparati tuzilmasida Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan 7 ta shtat birligidan iborat Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2025-yil 1-dekabrga qadar Toshkent shahridagi eksperimentning dastlabki natijalaridan kelib chiqib, ommaviy baholashdan o‘tkazilgan mol-mulklar va yer uchastkalari uchun mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazani qaytadan belgilash va soliq stavkalarini pasaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kadastr agentligi direktoriga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Milliy markaz xodimlarining ish yuklamasi va faoliyati samaradorligidan kelib chiqib, Milliy markazga qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Kadastr agentligi direktori F.J. Po‘latov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 5-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-43-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-martdagi PF-43-son Farmoniga
1-ILOVA

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi hamda Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi o‘rtasida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasidagi vazifalar taqsimoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligining ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasidagi asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ommaviy baholash tizimini amalga oshirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ommaviy baholash jarayonini tartibga soluvchi chora-tadbirlar va mexanizmlarni ishlab chiqish, shu jumladan, ommaviy baholash uslubiyotini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ommaviy baholash natijalarini amaliyotga tatbiq etish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) respublika miqyosida va alohida hududlarida, shu jumladan, urbanizatsiya jarayonlari va infratuzilmaning rivojlanishi, narxlar darajasi va boshqa bozor ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi munosabati bilan respublikaning alohida tuman (shahar)laridagi ko‘chmas mulk obyektlarini ommaviy baholashdan o‘tkazish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kadastr agentligining ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasidagi asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ommaviy baholash jarayonida ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlariga oid ma’lumotlarning to‘liqliligini va sifatliligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ommaviy baholash o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatini shakllantirish va yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ommaviy baholash ma’lumotlari monitoringini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ommaviy baholash tizimini samarali tashkil etish, shuningdek, jarayonni raqamlashtirish va avtomatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ko‘chmas mulk obyektlarining ommaviy baholash jarayonini tartibga soluvchi chora-tadbirlar va mexanizmlarni ishlab chiqish, shu jumladan, ommaviy baholash uslubiyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) ko‘chmas mulk obyektlarini ommaviy baholash natijalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazining ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasidagi asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ko‘chmas mulk obyektlarining bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini ommaviy baholash orqali aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ommaviy baholashning elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, yuritish va yangilab borish, ommaviy baholash natijalarini ushbu bazaga alohida murojaatsiz va haq undirmasdan kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ko‘chmas mulk obyektlarini ommaviy baholash bilan bog‘liq ma’lumotlarni o‘rganish, to‘plash va qayta ishlash asosida ko‘chmas mulk bozorini monitoring va tahlil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-martdagi PF-43-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoniga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Jami” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Jami

53 754

49 293

4 461

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi” bo‘limining “4. Kadastr agentligi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kadastr agentligi

995

422

573

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

2

2

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Izohlar qismi quyidagi mazmundagi 5.22.-kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5.22. Kadastr agentligi huzuridagi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 06/25/43/0218-son)