08.07.2025 yildagi 423-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining kasbiy standartini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, maktabgacha taʼlim va tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog xodimlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son Farmonida maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining shaxsiy fazilatlari, kasbiy bilimlari, malaka va koʻnikmalariga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydigan kasbiy standartni tasdiqlash belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti tamoyillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining kasbiy standartini maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatida qoʻllash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining koʻrsatkichlar boʻyicha talab qilinadigan bilim va koʻnikmalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Oʻ. Umarova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 8-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
423-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-iyuldagi 423-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti (keyingi oʻrinlarda — Kasbiy standart) maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining shaxsiy fazilatlari, kasbiy bilim, koʻnikma va malakalariga qoʻyiladigan minimal talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kasbiy standart bolani rivojlantirish dasturlari hamda pedagogika va psixologiya sohasida toʻplangan tajribalardan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolani sifatli parvarish qilish, rivojlantirish va tarbiyalash uchun muhit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir bolaning oʻziga xosligini, his-tuygʻularini va fikrlarini qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim-tarbiya jarayonida bolaning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inklyuziv taʼlimni tashkil etishdagi masʼuliyatni anglatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
interfaol metodlarni qoʻllash, qiziquvchanlik va izlanishlarni ragʻbatlantirish, muammoli vaziyatlarni modellashtirish orqali bolaning taʼlimiy faoliyatiga yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar bilan bogʻliq oʻzaro ijtimoiy munosabatlarda maktabgacha taʼlim tashkiloti, oila va mahalla hamkorligini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Kasbiy standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bilim — mehnat bilan bogʻliq faoliyat uchun taʼlim olish va shaxsiy rivojlanish orqali muhim maʼlumotlarni oʻzlashtirish natijasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻnikma — insonning muayyan mehnat funksiyalarini bajarishda qobiliyatini ifodalovchi, taʼlim jarayonida yoki shaxsiy rivojlanish orqali egallangan sifati (mahorati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligi yuzasidan bilim va koʻnikmalarni amaliyotda qoʻllay bilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogi (keyingi oʻrinlarda pedagog) — maktabgacha taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tarbiyachi, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, suzishni oʻrgatish boʻyicha yoʻriqchi, til oʻqituvchisi, oʻqituvchi-defektolog (oʻqituvchi-logoped) lavozimlarida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli maʼlumotga ega boʻlgan jismoniy shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kasbiy standart pedagoglarni baholash, attestatsiyadan oʻtkazish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun asos hisoblanadi hamda foydalanuvchi subyektlar maqomiga koʻra quyidagi tarzda qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) pedagog:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbga qoʻyiladigan talablarni tushunish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy rivojlanishni rejalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz tajribasi va erishgan natijalarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi sharoitlarga moslashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) maktabgacha taʼlim tashkiloti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar siyosati strategiyasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagoglarni ishga qabul qilish, mehnat shartnomalarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagoglar malakasini oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kasbiy va oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka talablari va taʼlim dasturlarini hamda namunaviy oʻquv reja va dasturlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oluvchilarning nazariy va amaliy tayyorgarligi sifatini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi boshqaruv organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirish va monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagoglarni baholash, attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi darajasini tahlil qilib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kasbiy standartning maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kasbiy standartning maqsadi — taʼlimning mazmuni hamda sifatiga, taʼlim turlari, bosqichlarining oʻzaro uzviyligi va uzluksizligini taʼminlashga, taʼlim oluvchilar hamda ularning tayyorgarlik darajasiga, beriladigan malakalarga, oʻqitish natijalarini baholash mexanizmlariga hamda pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazishga qoʻyiladigan talablarni belgilash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kasbiy standartning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning turlari, mazmuni, taʼlim va tarbiyaning oʻzaro bogʻliqligi, taʼlim tizimida uzviylik va uzluksizlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitish natijalarini baholash tartibi, taʼlim va tarbiya sifatini nazorat qilishni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy standartlar talablarining taʼlim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berishga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirish va monitoring qilishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Pedagogning bilim, koʻnikma va malakalariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Pedagog quyidagilar orqali bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy yoki oliy taʼlim tashkilotlarining tegishli taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik yoki kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) kurslarida taʼlim olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslarida taʼlim olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ustoz-shogird” anʼanalari asosida tajribali pedagoglar koʻmagida oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlarida ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kasbiy yoki oliy taʼlim tashkilotlarining tegishli taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Pedagogik yoki kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) hamda malaka oshirish kurslari Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Ustoz-shogird” anʼanalari asosida tajribali pedagoglarning bilim, koʻnikma va malakalarini oʻzlashtirishi uchun ularga pedagoglar biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Pedagogni uzluksiz kasbiy rivojlantirish “Metodik mahorat kuni”, “Metodik mahorat soati” tadbirlari va seminar-treninglar hamda vebinarlar orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Pedagog quyidagi koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy rivojlanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahliliy va tanqidiy fikrlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglash va kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizolar va ziddiyatlarni hal qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Shaxsiy rivojlanish — oʻz ehtiyojlariga muvofiq mustaqil taʼlim olish uchun zarur boʻlgan koʻnikmaning mavjud boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tahliliy va tanqidiy fikrlash — olingan maʼlumotlar asosida tizimli va mantiqiy izchil ketma-ketlikda tahlil qilish, baholash va turli vaziyatlar haqida oʻz fikrini shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tinglash va kuzatish — bolalarning ogʻzaki boʻlmagan xatti-harakatlariga eʼtibor qaratgan holda tushunish, nima va qanday aytilganini qayd etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hamkorlik qilish — tashabbuslarda va turli xil faoliyat turlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, shuningdek, umumiy maqsadlarga erishish uchun boshqalarni hamkorlik qilishga undash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Nizolar va ziddiyatlarni hal qilish — nostandart vaziyatlarga javob berish, ularni boshqarish hamda tinch yoʻl bilan hal qilish, nizoning barcha ishtirokchilari uchun maqbul boʻlgan yechimlar topish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Pedagogning mehnat vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisining mehnat vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotida Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish;

bolalar hayoti va salomatligini mustahkamlash, ularning huquqlarini himoya qilish, bolalarga nisbatan zoʻravonliklar sodir etilishining oldini olish, xavfsiz rivojlantiruvchi hamda inklyuziv taʼlim muhitini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab taʼlimiga sifatli tayyorlashda ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir bolaning rivojlanishini kuzatish, kuzatish natijalariga koʻra bolaning rivojlanishi boʻyicha keyingi pedagogik jarayonlarni rejalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalar bilan hamkorlik jarayonlarini mustahkamlash, dolzarb masalalar boʻyicha ota-onalar uchun seminar, trening, davra suhbatlari, soʻrovnomalar oʻtkazish, oilada bolalar tarbiyasi va ularning rivojlanishi boʻyicha tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.

19. Maktabgacha taʼlim tashkiloti musiqa rahbarining mehnat vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotida Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarda musiqaga boʻlgan qobiliyatni aniqlash, ularda estetik didni, his qilish va ijodiy iqtidorlarini shakllantirish hamda ularni musiqani tinglashga oʻrgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning musiqiy bilim darajasini aniqlash orqali ularning yosh xususiyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda, qoʻshimcha mashgʻulotlar rejasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻtkaziladigan bayram ertaliklari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda bolalarni oʻzini namoyon etishga oʻrgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bolalarning qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish yuzasidan ularga tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Maktabgacha taʼlim tashkiloti jismoniy tarbiya yoʻriqchisining mehnat vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotida Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga hissa qoʻshish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning yoshi, shaxsiy va psixofizik xususiyatlaridan kelib chiqib hamda sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlagan holda mashgʻulotlarni rejalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy zaifligi mavjud bolalar uchun jismoniy reabilitatsiya choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalar bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport tadbirlari hamda sogʻlomlashtirish kunlarini tashkil etish hamda ularga bolalarni jismoniy sogʻlom shaxs qilib shakllantirish boʻyicha tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Maktabgacha taʼlim tashkiloti suzishni oʻrgatish boʻyicha yoʻriqchisining mehnat vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarga suvda oʻzini erkin tutish va suzishni oʻrgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suzish mashgʻulotlari paytida bolalar sogʻligi va xavfsizligini taʼminlash, ularning suv havzasida harakat faolligini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suzish boʻyicha sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalar bilan hamkorlikda bolalarning suzish mashgʻulotlarini tashkil etish hamda ularga bolalarni jismoniy sogʻlom shaxs qilib shakllantirish boʻyicha tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Maktabgacha taʼlim tashkiloti til oʻqituvchisining mehnat vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotida Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinlar va mashqlar orqali xorijiy tillarni oʻrgatishda bolalarda tilga oid boshlangʻich koʻnikmalarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli mavzularda ketma-ketlikda grammatik jihatdan sodda va murakkab gaplar tuzishni oʻrgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarda rasm asosida mustaqil hikoya tuzish, fikrlash, tanqidiy tahlil qilish, harf va tovushlarni farqlash hamda ularni toʻgʻri aytish kabi koʻnikmalarni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilada xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha mustahkamlovchi mashqlarni oʻrgatish yuzasidan ota-onalarga tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻqituvchi-defektologining (oʻqituvchi-logopedi) mehnat vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotida Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari, shu jumladan, nutqida nuqsonlari boʻlgan bolalarni aniqlash hamda ularga korreksion-pedagogik yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning individual reabilitatsiya rejasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning nutqini rivojlantirishga yordam beradigan koʻrgazmali, didaktik va audio kontentlardan foydalangan holda mashgʻulotlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inklyuziv taʼlim muhitini yaratish yuzasidan pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash va ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nutqiy rivojlanishni uy sharoitida va tashkilotda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ota-onalar va pedagoglarga tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Pedagogning bilim, koʻnikma va malakalari koʻrsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Pedagogning bilim, koʻnikma va malakalari quyidagi koʻrsatkichlar asosida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlantiruvchi taʼlim muhitini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim-tarbiya jarayonini rejalashtirish va tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning rivojlanish jarayonini kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila bilan hamkorlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy rivojlanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur koʻrsatkichlar boʻyicha pedagog uchun talab qilinadigan bilim, koʻnikma va malakalar ushbu Kasbiy standartning ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu koʻrsatkichlar pedagog egallashi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarga qoʻyilgan talablar majmui boʻlib, uning kasbiy faoliyati samaradorligini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Kasbiy standart talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining kasbiy standartiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti boʻyicha talab qilinadigan bilim, koʻnikma va malaka
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-koʻrsatkich. Rivojlantiruvchi taʼlim muhitini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumiy talablar:

bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun ragʻbatlantiruvchi va rivojlantiruvchi taʼlim muhitini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning rivojlanish xususiyatlarini va uning his-tuygʻularini tushunish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir bolaning ehtiyojlari va qiziqishlarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayonida innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalarini egallash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) zarur bilimlar:

maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish, bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va davlat normativ-huquqiy hujjatlarini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari va maktabgacha taʼlim sohasiga doir davlat oʻquv dasturini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlantiruvchi taʼlim muhitini tashkil etish va uning bolaning rivojlanishiga qanday taʼsir qilishini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xavfsizlik va mehnat gigiyenasi boʻyicha bilimga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning rivojlanish xususiyatlarini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va mintaqaviy muhit hamda uning bolalar farovonligiga taʼsirini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) zarur koʻnikmalar:

bolaning rivojlanishi va taʼlim-tarbiya jarayonini qoʻllab-quvvatlash uchun rivojlanish markazlarini tashkil qilish, toʻldirish, moslashtirish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlantiruvchi taʼlim muhitini boyitish uchun materiallarni tanlash va mustaqil ravishda ishlab chiqish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolada ishonch hissini rivojlantiradigan oʻzaro hurmat va hissiy qulaylik muhitini yaratish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayot faoliyati xavfsizligi qoidalarini amalda qoʻllay bilish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga xoslikni hisobga olgan holda bolalarga teng huquqli munosabatda boʻlish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) malaka talablari

1. Bolani izlanish, oʻrganish va mustaqil boʻlishga undaydigan rivojlantiruvchi taʼlim muhitini tashkil qilish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim-tarbiya jarayonini rejalashtiradi, bolaning har tomonlama rivojlanishiga va uning salohiyatini oshirishga hissa qoʻshadigan rivojlantiruvchi muhitni yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning amaliy va eksperimental faoliyatini ragʻbatlantiradigan rivojlanishning turli sohalariga oid har xil materiallarni tanlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni taʼlim muhitini tashkil etish va saqlashda ishtirok etishga undaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning mustaqil harakat qilish, natijalarga erishish va yutuqlardan zavqlanish qobiliyatini rivojlantirishga hissa qoʻshadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir bola uchun psixologik xavfsiz va doʻstona muhit yaratish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning erkin rivojlanishi va oʻz fikrlarini bildirishi mumkin boʻlgan oʻzaro hurmat muhitini yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarda ishonch va doʻstlik tuygʻusini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruhdagi xulq-atvor qoidalarini (shu jumladan, xavfsizlik qoidalarini) belgilaydi va ularga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir bola oʻzini qadrli, qobiliyatli va taʼlim jarayoniga jalb qilingandek his qilishi uchun inklyuziv taʼlim muhitini yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinsi, etnik kelib chiqishi, madaniyati, tili, dini, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati va bolaning alohida ehtiyojlaridan qatʼi nazar, har bir bolaning rivojlanishi, oʻrganishi va taʼlim-tarbiya jarayonida ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-koʻrsatkich. Taʼlim-tarbiya jarayonini rejalashtirish va tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumiy talablar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim-tarbiya jarayonini rejalashtirishda zamonaviy taʼlim nazariyalari hamda ilgʻor xorijiy davlatlar ish tajribalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning individual qobiliyatlari va ehtiyojlarini hisobga olib, taʼlim-tarbiya jarayonini rejalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro hamkorlikda bolalarning bilim, his-tuygʻular va fikrlar almashinuvini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim-tarbiya jarayonini bolaning taʼlim va tarbiyasini bir-biriga uygʻunlashtirgan holda hamda samarali tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kattalar va bolalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatda bolalarning jismoniy, ijtimoiy, hissiy, kommunikativ va kognitiv rivojlanishini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) zarur bilimlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablarini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oʻquv dasturi talablariga muvofiq, shuningdek, bolalarning qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularning yoshi va rivojlanishiga mos sifatli taʼlimni taʼminlashda rejalashtirishning rolini hamda asosiy turlari va tamoyillarini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolaning tayanch kompetensiyalari va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalar bilan taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogik ishlarni tashkillashtirishni bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarning ham, guruhdagi boshqa bolalarning ham qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda taʼlim jarayonini rejalashtirish turlarini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim berish va tarbiyalashning klassik hamda zamonaviy nazariyalarini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha yoshdagi bolani shaxsga yoʻnaltirilgan holda oʻqitish metodikasini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
interfaol taʼlim strategiyalarini hamda maktabgacha pedagogika va psixologiyani bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) zarur koʻnikmalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola rivojlanishining barcha sohalarini hamda uning oʻziga xos ehtiyojlarini hisobga olgan holda oʻz faoliyatini rejalashtirish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish rejalarini mintaqaviy xususiyatlarga moslash koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli usullarni qoʻllash orqali bolaning rivojlanishini ragʻbatlantirish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashgʻulotlar maqsadiga muvofiq har xil turdagi oʻyinlarni qoʻllash koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli vaziyatlarda bolaning mustaqilligini shakllantirish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarga his-tuygʻularini aytish va tushunishga yordam berish hamda his-tuygʻular taʼsirida xatti-harakatlarini tartibga solish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) malaka talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq ishlab chiqilgan yillik mavzuli rejalashtirish asosida faoliyat koʻrsatish va hamkorlikni tashkil etish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola rivojlanishining barcha sohalari integratsiyalashuvini hisobga olgan holda turli xil faoliyat turlarini rejalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejalarda oʻzgaruvchan sharoitlar, shuningdek, bolalarning ehtiyojlari va manfaatlari hisobga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim-tarbiya jarayonini rejalashtirishga bolalarning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, taʼlim-tarbiya jarayoniga zarur boshqa pedagoglarni jalb qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalar bilan taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogik ishlarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir bolaning “men” konsepsiyasini shakllantirishga koʻmaklashish, uning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun davomida har bir bola bilan ishlash jarayonida uning kuchli tomonlarini hisobga oladi va rivojlanishini ragʻbatlantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning shaxsiy kompetensiyasini rivojlantirish orqali bolaga maktabgacha yoshida shakllanadigan va butun hayoti davomida takomillashib boradigan bir qator xususiyatlarini namoyish etishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarga tanlov qilish imkoniyatini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bolaning hissiy va ijtimoiy rivojlanishiga koʻmaklashadigan faoliyat turlari hamda taʼlimning turli faol usullari va shakllaridan foydalanishi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
munozarali vaziyatlarni hal qilishda bolalarga yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoasini bolalarning hissiy va ijtimoiy rivojlanishiga yordam berish uchun hamkorlik qilishga undaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyindan bolani oʻqitish va rivojlantirishning asosiy usuli sifatida foydalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarga oʻzlarida va tengdoshlarida his-tuygʻularni tan olish va ajratishga yordam beradigan faoliyat shakllarini hamda mustaqil ravishda izlanish, tajriba va ijodkorlikka undaydigan faoliyat turlarini taklif qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning nutqi va muloqotini rivojlantirishga yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim-tarbiya jarayonining mazmunini bolalarning yoshi va ilgari olingan bilimlari bilan bogʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3- koʻrsatkich. Bolalarning rivojlanish jarayonini kuzatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumiy talablar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatish natijalari asosida taʼlim-tarbiya jarayonlarini eng yuqori samaradorlik darajasiga oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har kuni bolaning rivojlanishini kuzatish va shu asosda rejalarni oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim-tarbiya jarayonida bolaning turli bilim va koʻnikmalardan qanday foydalanishi haqida kuzatishlar orqali maʼlumot toʻplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) zarur bilimlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar rivojlanishini monitoring qilish asoslarini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning oʻziga xos xususiyatlarini va ularning turli xil taʼlim ehtiyojlarini hisobga olgan holda kuzatish usullarini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatish natijalari asosida bolaning rivojlanish xaritasini yuritish tamoyillarini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) zarur koʻnikmalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning rivojlanishini kuzatish va rivojlanishdagi yutuqlarni qayd etish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatish natijalarini tahlil qilish va kuzatishdan olingan xulosalarni amaliyotda qoʻllash koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning rivojlanishini tizimli monitoring qilish bilan bogʻliq boʻlgan tavsiyalarni amalda qoʻllash koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) malaka talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir bolaning rivojlanishi va yutuqlarini tizimli ravishda kuzatib borish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oʻquv dasturiga muvofiq har bir bolaning rivojlanish sohalari boʻyicha va dasturda keltirilgan tavsiyalarga muvofiq rivojlanishini tizimli ravishda (yiliga kamida uch marta) kuzatib boradi va bolaning rivojlanish xaritasini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni turli joy, vaqt va sharoitlarda kuzatib, ularning qiziqishlari, kuchli tomonlari va ehtiyojlari haqida toʻliq tasavvurga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning rivojlanish dinamikasini aniqlashning turli usullaridan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kuzatuvlar natijalarini tahlil qilish va taʼlim-tarbiya jarayonlarida bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos ravishda yanada samarali rejalashtirish uchun tahlil natijalaridan foydalanish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir bolaning rivojlanishini doimiy kuzatib boradi va kuzatuvlar natijalarini tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahlil natijalariga koʻra ish rejalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi hamda takomillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatish natijalari boʻyicha bolaning ota-onasi, maktabgacha taʼlim tashkilotining mutaxassislari bilan uning rivojlanishi va taʼlim olish xususiyatlari haqida maʼlumot almashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-koʻrsatkich. Oila bilan hamkorlik qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumiy talablar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim-tarbiya jarayonida bolalarning ota-onalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalarning fikri va tajribasini hurmat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) zarur bilimlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy muloqot asoslarini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamkorlik shakllari va usullarini, shu jumladan, jamoaviy ishlashni bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalar bilan ishlash shakllari va usullarini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) zarur koʻnikmalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning rivojlanishini birgalikda qoʻllab-quvvatlash uchun ularning oila aʼzolari va boshqa pedagoglar bilan hamkorlik qilish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli muhit va ruhiy holatlardagi odamlar bilan muloqot qilish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislarning tavsiyalarini amalga oshirish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) malaka talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ota-onalarni taʼlim-tarbiya jarayoniga jalb qilish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashda ishtirok etishi uchun imkoniyatlar yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning rivojlanish bosqichlarini kuzatish va natijalarni tahlil qilishda ota-onalarni hamkorlikda ishlashga jalb qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar rivojlanishining dolzarb masalalari boʻyicha seminar-treninglar, ota-onalar klubi, maslahat, konferensiya, davra suhbatlari va boshqalar orqali ota-onalarga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bolaning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash uchun boshqa pedagoglar va psixolog bilan hamkorlik qilish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning taʼlim-tarbiya jarayoniga boshqa pedagoglar va psixologni jalb qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotining boshqa pedagoglari va psixologi bilan bolaning rivojlanishi va taʼlim olish xususiyatlari haqida maʼlumot almashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-koʻrsatkich. Kasbiy rivojlanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumiy talablar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar bilan ishlash jarayonida egallagan bilimlarini amaliyotda qoʻllay olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik faoliyatida eng yaxshi natijalarga erishish uchun qanday bilim va koʻnikmalar kerakligini aniqlash hamda oʻz ustida ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlanish tadbirlarida ishtirok etish va kasbiy mahoratini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) zarur bilimlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlanish tadbirlarini tashkil etish tartibini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz kasbiy qobiliyati, kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun oʻz-oʻzini baholash usullari va vositalarini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlanishni rejalashtirishni bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) zarur koʻnikmalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ishini tahlil qilish, kuchli va zaif tomonlarini aniqlash koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ehtiyojlari, maktabgacha taʼlim tashkiloti rejalari va ustuvorliklarini hisobga olgan holda uzluksiz kasbiy rivojlanishni rejalashtirish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba almashish va hamkasblar tajribasini qabul qilish koʻnikmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) malaka talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Doimiy ravishda kasbiy kompetensiyasi boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oshirib borish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakasini oshirishni oʻzi rejalashtiradi va malakasini muntazam oshirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishning zamonaviy shakllari va usullarini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy kompetensiyalarni oshiruvchi uzluksiz kasbiy rivojlanish va uslubiy birlashmalar tadbirlarida faol ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kasbiy kompetensiyasini oshirishda hamkasblari bilan tajriba almashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda uzluksiz kasbiy rivojlanish tadbirlarida, ochiq mashgʻulotlarda, oʻquv-amaliy seminarlarda va tajribali hamkasblarining mashgʻulotlarida qatnashadi hamda olgan yangi bilimlarini taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy qiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 09/25/423/0594-son)