1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.07 Maktabdan tashqari ta’lim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi uchun yetarli sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik — malaka oshirish muassasasi — ta’lim tashkiloti) yo‘lga qo‘yilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi, uning maqsadi va asosiy vazifalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlantirishning turlari va ularni tashkil etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlantirish sifatini baholash va nazorat qilish.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 20-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
867-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni (keyingi o‘rinlarda — rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni) uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, tizimida maktabgacha, umumiy o‘rta, qo‘shimcha ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, nodavlat maktabgacha va umumta’lim tashkilotlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti — A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, Pedagogik mahorat markazlari, malaka oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari, pedagog kadrlar tayyorlanadigan oliy ta’lim muassasalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) — maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan elektron axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka talablari — kasbiy rivojlanish kursi bitiruvchisining umumiy bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kursi — malaka oshirishning tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassis xodimlar — maktabgacha va maktab ta’limi tizimi tashkilotlarida psixolog, metodist, kutubxonachi, kadrlar bo‘yicha menejer, laborant, yo‘riqchi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oraliq nazorat — kurs davomida o‘quv dasturining muayyan bo‘limi (moduli) tugallangandan keyin tinglovchining bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlar — maktabgacha, maktab va qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar xodimlar — maktabgacha, qo‘shimcha va maktab ta’limi tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘linmalarida boshqaruv funksiyalari va vazifalarini bajaruvchi shaxslar;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabaqalashgan ta’lim dasturlari — rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarning malaka toifasi, kasbiy mahorati va bilim ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratlarni muntazam ravishda yangilab borishga mo‘ljallangan ta’lim dasturlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchi — kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotining qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga qabul qilingan xodim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi (keyingi o‘rinlarda — uzluksiz kasbiy rivojlantirish) — xodimlarning kasbiy kompetentligini zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish, muntazam ravishda rivojlantirib borish imkoniyatini beruvchi tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — elektron platforma) — o‘quv modullari kontentlarini yaratish, saqlash va ta’lim oluvchilarga taqdim etish, shuningdek, ta’lim oluvchilarni ro‘yxatga olish va ularga o‘quv modullarini onlayn tarzda o‘zlashtirish imkoniyatini beruvchi maxsus elektron dasturiy tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash kursi — qayta tayyorlashning tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron portfolio — rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarning kasbiy faoliyati va mustaqil malaka oshirish natijalarini baholashga qaratilgan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ish materiallarni qamrab oluvchi ma’lumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy attestatsiya — malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari oxiridagi yakuniy nazorat sinovi, ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha topshiriqlarni bajarishdan iborat malaka ishi yoki bitiruv ishini himoya qilish shaklida o‘tkaziladigan baholash jarayonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy nazorat sinovi — kurs yakunida uning dasturiga kiruvchi fanlar bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv moduli — nisbatan mustaqil, mazmunan yaxlit o‘quv kursi yoki ta’lim texnologiyasining minimal hajmdagi tarkibiy birligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi — xodimlarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahorati doimiy ravishda o‘sib borishini, ularning ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlashdan iborat.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarning kasbiy bilimlari, ko‘nikmalari va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlarni kasbiy mahorati va bilim salohiyatidan kelib chiqib, kasbiy ehtiyojlariga mos keladigan tabaqalashgan ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirish, metodik kompetentlik darajasini oshirish va kasbiy mahoratini takomillashtirish, zamonaviy ta’lim va tarbiya metodikalarini o‘zlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim sifatini oshirishning asosiy manbai sifatida pedagog xodimlarning kasbiy rivojlanishi, tashabbuskorligi, ijodkorligi va mahoratini rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning tayyorgarlik sifatiga qo‘yiladigan malaka talablarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning doimiy kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadigan ta’lim muhitini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga quyidagilar kiradi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik);
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Hududiy boshqarmalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Maktabgacha ta’lim instituti);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Pedagogik mahorat markazlari (keyingi o‘rinlarda — Hududiy markazlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha ta’lim tashkiloti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, umumiy o‘rta ta’lim va qo‘shimcha ta’lim muassasalari.
(5-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy talablarga muvofiq uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi takomillashtirib borilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning o‘quv-metodik va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarini xorijiy tajribalar asosida doimiy takomillashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari o‘quv rejalari va dasturlarining belgilangan talablarga mos bo‘lishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yillik reja ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarini Davlat budjetidan moliyalashtirish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimdagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining davlat ta’lim talablarini, malaka oshirish kurslarining malaka talablarini, o‘quv rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi ta’lim muassasalari xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari o‘quv rejalari va dasturlarini shakllantiradi va tasdiqlash uchun Vazirlikka taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha umumlashtirilgan buyurtmalarni Institutga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi ta’lim muassasalari xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslariga o‘z vaqtida va to‘la jalb qilinishini ta’minlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hududiy boshqarmalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslariga o‘z vaqtida va to‘la jalb qilinishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi kalendar yilda xodimlarni kasbiy rivojlantirish buyurtmalarini shakllantiradi hamda malaka oshirish yo‘nalishlari va tashkilotlari bo‘yicha guruhlarga ajratgan holda umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning hudud, tuman va shaharlar miqyosidagi, shuningdek, maktab va qo‘shimcha ta’lim muassasalaridagi kasbiy rivojlanish kunlari va kasbiy rivojlanish soatlari tadbirlarini tashkil qiladi;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha umumlashtirilgan buyurtmalarni Vazirlikka taqdim etadi, shuningdek, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining elektron platforma bilan ishlash faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining o‘quv rejasi, dasturi, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarini tayyorlash, o‘quv kurslarining davomiyligi hamda ularni tashkil etish shakllari bo‘yicha Institutga takliflar kiritadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platformaga xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab, maktabgacha ta’lim va qo‘shimcha ta’lim tashkilotlari tomonidan navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishning reja ko‘rsatkichlariga takliflarni yig‘adi, umumlashtiradi va Hududiy boshqarmaga taqdim etadi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlarning tasdiqlangan reja ko‘rsatkichlari bo‘yicha malaka oshirish kurslariga yuborilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning tuman (shahar) miqyosidagi, shuningdek, maktab, maktabgacha ta’lim va qo‘shimcha ta’lim tashkilotlaridagi uzluksiz malaka oshirish tadbirlarini tashkil qiladi;
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning ishdan ajralmagan shakldagi malaka oshirish jarayonlari monitoringini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Institut:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tasarrufidagi kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari uchun bosh ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda ularning o‘quv, metodik va ilmiy faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prezident maktablarida o‘quvchilarni o‘qitish, kasb-hunarga yo‘naltirish, ularda tanqidiy fikrlash, axborotni izlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini ta’minlaydi, ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini muntazam oshirib boradi, malaka oshirish va qayta tayyorlashning an’anaviy, muqobil, dual va mustaqil shakllarini amaliyotga keng joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni zamon talablari va xorijiy ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirish bo‘yicha Vazirlikka taklif kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelajak maktabi, uning rahbari va o‘qituvchisining modelini yaratish asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqadi va doimiy ravishda rivojlantirib boradi, o‘quv-metodik faoliyatning ta’lim jarayoni bilan bog‘liqligini mustahkamlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining namunaviy o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi, doimiy yangilab boradi va tasdiqlash uchun Vazirlikka kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganadi va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi, xorijiy yetakchi ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslarining ta’lim mazmuniga xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) bo‘yicha modullarni kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan turli dastur va loyihalarni amalga oshiradi, ilmiy-uslubiy konferensiya va seminarlar tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doktorantura yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi, ilmiy xodimlarning kasbiy bilim darajasini doimiy oshirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platformani yuritadi va uning faoliyatini takomillashtirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maktabgacha ta’lim instituti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha elektron platformaga ma’lumotlarni kiritishni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun namunaviy o‘quv rejasi, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kurslarning o‘quv-uslubiy ta’minotini doimiy yangilab borishga ko‘maklashadi va tasdiqlash uchun Vazirlikka kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarining yakuniy attestatsiyasi topshiriqlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini nazorat qiladi va monitoringini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlaydi, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazadi, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha xorijiy tajribani va ta’lim muassasalarining e’tirof etilgan yutuqlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshiradi, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha ta’limni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy markazlarning maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini muvofiqlashtiradi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hududiy markazlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishga ixtisoslashgan o‘quv muassasasi hisoblanib, ushbu yo‘nalishdagi o‘quv, ilmiy hamda tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududdagi xodimlar uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika, psixologiya, o‘quv fanlari va ularni o‘qitish metodikasining mamlakatimizdagi va jahondagi eng yangi yutuqlari, shuningdek, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning tinglovchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha pedagogika oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi ehtiyojdan kelib chiqqan holda, alohida kurslarni tashkil etish uchun o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Institutga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasini o‘tkazadigan komissiya tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasini tashkil etadi va o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning elektron portfolioga kiritilgan mustaqil malaka oshirish natijalarini baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarining ta’lim dasturlarini yakunlagan va yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikatlarni rasmiylashtiradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududlardagi pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini buyurtma asosida tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika, psixologiya, o‘quv fanlari va ularni o‘qitish metodikasining mamlakatimizdagi va jahondagi eng yangi yutuqlari, shuningdek, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning pedagoglar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning o‘z kasbiy malakalarini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘la qondirish maqsadida malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning malaka oshirish kurslarida o‘qiganligi haqidagi ma’lumotlar elektron platformaga kiritilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil qilingan guruhlar haqida har oylik hisobotlarni shakllantiradi va Institutga taqdim qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.06.00 Nodavlat ta’lim tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Malaka oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududlardagi pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini buyurtma asosida tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika, psixologiya, o‘quv fanlari va ularni o‘qitish metodikasining mamlakatimizdagi va jahondagi eng yangi yutuqlari, shuningdek, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning pedagoglar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning o‘z kasbiy malakalarini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘la qondirish maqsadida malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning malaka oshirish kurslarida o‘qiganligi haqidagi ma’lumotlarni elektron platformaga kiritilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil qilingan guruhlar haqida har oylik hisobotlarni shakllantiradi va Institutga taqdim qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Maktabgacha ta’lim tashkiloti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, umumiy o‘rta va qo‘shimcha ta’lim muassasalari:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni tasdiqlangan reja bo‘yicha malaka oshirish kurslariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning malaka oshirishi haqidagi ma’lumotlarni elektron platformaga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasasida uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha turli tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanish natijalarini tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining tinglovchilari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining tinglovchilari kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotidagi o‘quv-laboratoriya, axborot-resurs markazlari, sog‘lomlashtirish va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridan foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi tinglovchisi quyidagi sabablarga ko‘ra tinglovchilar safidan chetlashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv intizomini va kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash kursidagi dars mashg‘ulotlarini uzrli sabablarsiz 36 soat, malaka oshirish kurslarida — 18 soat dars qoldirgani uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchiga nisbatan sudning hukmi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida o‘qitish uchun belgilangan miqdordagi to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etganligi sababli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tinglovchini kursdan chetlatish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab uch kun ichida unga chetlatish sabablari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma beriladi, shuningdek, bu haqida uni malaka oshirishga yuborgan buyurtmachiga tegishli kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti tomonidan ma’lum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kursidan chetlatilgan tinglovchi buyurtmachi tomonidan unga ish haqi saqlanmagan holda, ta’til berilishi tartibida uch oy ichida qayta malaka oshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Malaka oshirish kurslariga qayta yuborilgan xodim yakuniy attestatsiyadan takroran o‘tmagan yoki belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan o‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asosi sifatida ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu xodim o‘z pedagogik faoliyatini davlat maktabgacha, maktab va qo‘shimcha ta’lim muassasalarida davom ettirishi uchun kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida malakasini oshirgan bo‘lishi talab qilinadi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish shakllari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda ta’lim olishning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy ta’lim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dual ta’lim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil ta’lim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil shakllarda ta’lim olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslaridagi o‘quv jarayoni kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadigan mashg‘ulotlar jadvali asosida amalga oshiriladi. Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslaridagi o‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, seminar, tajriba almashish darsi, trening, interfaol mashg‘ulotlar va boshqa shakllarda o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish — xodimlarning o‘z ish joylaridan to‘la ajralgan tarzda kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlarida o‘qishini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim olishning mazkur shakli ko‘chma kurs tarzida ham tashkil etilishi mumkin. Ko‘chma kurs kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti tomonidan tinglovchilarning yashash hududida tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xodimlar o‘z mehnat faoliyatidan bo‘sh vaqtida (o‘quvchilarning ta’tili, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish kunlari, kasbiy rivojlanish soatlari yoki boshqa hollarda) kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotida, shuningdek, bevosita ish joyida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy shaklda ham ta’lim olishi mumkin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofadan o‘qitish shakli bo‘yicha malaka oshirishda o‘quv mashg‘ulotlari professor-o‘qituvchining tinglovchilar bilan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali interaktiv dasturiy tizimlardan foydalangan holda (real vaqt rejimida) jonli muloqot tarzida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mashg‘ulotlarning bir qismi tinglovchilar bilan kontakt-sessiyalar (auditoriyadagi yuzma-yuz muloqot) tarzida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofadan o‘qitish shakli bo‘yicha o‘qitish jarayonida tinglovchilar faoliyatini nazorat qilish, ta’lim jarayonini muvofiqlashtirish va boshqarish kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Dual ta’lim o‘quv kursining nazariy qismi tinglovchi tomonidan kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti malaka oshirish kursini dual ta’lim shaklida Vazirlik bilan kelishgan holda tashkil etadi. Bunda dual ta’lim shaklidagi malaka oshirish kursining o‘quv rejasi va dasturi Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mustaqil ta’lim orqali kasbiy mahoratni oshirish — pedagog va mutaxassis xodimlar tomonidan o‘z lavozimi va mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirish, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uch yoshga to‘lmagan yosh bolasi bo‘lgan ayollar, pensiya yoshidagilar hamda nogironligi bo‘lgan pedagog va mutaxassis xodimlar maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari pedagogik kengashlarining qarori hamda o‘z arizasiga muvofiq elektron platforma orqali mustaqil malaka oshirishi mumkin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari pedagogik kengashlarining qarori hamda pedagog va mutaxassis xodimlarning arizasi asosida tinglovchining mustaqil malaka oshirishi bo‘yicha tegishli buyruqni rasmiylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil malaka oshirishi belgilangan tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasi Kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotida tuzilgan komissiya tomonidan bevosita tashkil etiladi. Ularning oraliq nazoratlari elektron platforma orqali tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil ta’lim shaklidagi malaka oshirish kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan va yakuniy attestatsiyada ijobiy baholangan tinglovchilarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darslikka mualliflik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doktorlik ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda (seminar, konferensiya, simpozium va boshqalarda) ma’ruza bilan ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot natijalari asosida xalqaro indeksatsiyalangan bazalarda (Scopus, Web of Science) e’tirof etilgan jurnallarda maqola nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan boshqa faoliyatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tomonidan har yili kelgusi kalendar yil uchun muqobil malaka oshirish sifatida tan olinadigan faoliyat turlari va ularning amal qilish muddatlari ro‘yxati tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlari quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejerlik o‘quv kurslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslari oralig‘ida tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash kurslari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Menejerlik o‘quv kurslarining maqsadi — maktabgacha yoki umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga nomzodlarni ta’lim boshqaruvi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini zamonaviy menejment talablariga mos ravishda takomillashtirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kurslarining maqsadi — xodimlarning malaka darajasiga ortib borayotgan talablar va kasbiy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish zarurati bilan bog‘liq holda nazariy va amaliy bilimlarini yangilashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog xodimlar uchun har yili tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari — pedagog xodimlarning malaka oshirish kurslari oralig‘idagi kasbiy rivojlanish jarayonlari uzluksizligini ta’minlash, ulardagi kasb mahorati va malaka saviyasining doimiy o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish asosida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarni qayta tayyorlashning maqsadi — mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olgan holda, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli, lekin tegishli pedagogik yoki kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan xodimlarning qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mavjud davlat ta’lim standartlari yoki davlat ta’lim talablari asosida shakllantirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Menejerlik o‘quv kurslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari direktorlari besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda, Maktabgacha ta’lim instituti va Institut tomonidan tashkil qilingan menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Menejerlik o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Malaka oshirish kurslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Malaka oshirish kurslari mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish maktabgacha va maktab ta’limi hududiy boshqaruv organlari yoki bevosita Vazirlikning buyurtmalariga binoan kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish Institut va Maktabgacha ta’lim instituti tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda Vazirlik tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar (keyingi o‘rinlarda — Ixtisoslashtirilgan maktablar) rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ixtisoslashtirilgan maktablarning xodimlari uchun malaka oshirish kurslari Agentlik tomonidan malakali olimlar hamda pedagog xodimlarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Uquv dasturining mazmunidan kelib chiqib, Ixtisoslashtirilgan maktablar xodimlarining malakasini oshirish kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlarida, Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarida, yetakchi oliy ta’lim muassasalarida, shu jumladan, xorijiy ilg‘or ta’lim tashkilotlarida tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ixtisoslashtirilgan maktablar xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslaridagi dars mashg‘ulotlarini amalga oshirishga xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ham belgilangan tartibda jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayoni guruhlarning to‘ldirilishiga bog‘liq holda, tinglovchilar soni 25 nafardan kam bo‘lmagan va 30 nafardan ko‘p bo‘lmagan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinglovchilar kontingentini bir guruh me’yorida shakllantirib bo‘lmaydigan alohida yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etishda, istisno tariqasida, Vazirlikning ruxsati bilan bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 15 nafar etib belgilanishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Ta’tillar / 05.02.29.01 Yillik mehnat ta’tillari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Xodim uning mehnat ta’tili yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrida malaka oshirishga jalb qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Xodimlarning har 5 yilda belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Pedagog va mutaxassis xodimlar uchun malaka oshirish kursining davomiyligi kamida 100 soat, rahbar xodimlar uchun kamida 144 soat etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Har yili 15-oktabrgacha maktabgacha, umumiy o‘rta ta’lim, Ixtisoslashtirilgan maktab va qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarining rahbari tomonidan navbatdagi kalendar yilda malaka oshiradigan pedagog va mutaxassis xodimlar haqidagi ma’lumotlarni elektron platformaga kiritish orqali malaka oshirishga buyurtma shakllantiriladi. Bunda pedagog yoki mutaxassis xodimning avvalgi malaka oshirgan muddati, shuningdek, tashkilot xodimlarining har yili o‘rtacha 20 foizi malaka oshirishi lozimligi nazarda tutiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Elektron platformada shakllangan buyurtmada xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi, ish joyi, lavozimi, dars beradigan fani, o‘qiydigan malaka oshirish kursi va kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti pedagog yoki mutaxassis xodim tomonidan tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Har yili 30-oktabrgacha tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tizimdagi barcha ta’lim muassasalari xodimlarining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga bo‘lgan buyurtmalari kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari kesimida umumlashtiriladi va raqamli reja shaklida tegishli Hududiy boshqarmaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati tizimdagi barcha maktabgacha, maktab va qo‘shimcha ta’lim muassasalari hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodimning malaka oshirish bo‘yicha tegishli buyurtmaga kiritilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Hududiy boshqarmalar tomonidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari buyurtma ko‘rinishida kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari bo‘yicha umumlashtiriladi va raqamli reja shaklida joriy yilning 5-noyabriga qadar Institutga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boshqarmalar rahbariyati o‘z hududlaridagi barcha maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari hamda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqaruv organida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodimning mazkur buyurtmaga kiritilishini ta’minlaydi hamda nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Har yili 30-oktabrgacha Agentlik tomonidan tasarrufdagi Ixtisoslashtirilgan maktablarning navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari buyurtma ko‘rinishida kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari bo‘yicha umumlashtiriladi va raqamli reja shaklida joriy yilning 5-noyabriga qadar Institutga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Institut tomonidan mazkur buyurtmalar asosida maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining Agentlik, hududlar va kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari bo‘yicha taqsimoti shakllantiriladi hamda 15-noyabrga qadar Vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur taqsimot Vazirlik tomonidan 5-dekabrga qadar tasdiqlanadi va Institut tomonidan elektron platformaga joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.03 Professional ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari taqsimot asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha o‘zlarining rejalarini ishlab chiqadi va buyurtmachilarga yetkazilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Buyurtmachilar (Agentlik, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari va ta’lim muassasalari) Reyestrdagi taqsimot va kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlarining malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha rejalariga binoan tizimlaridagi ta’lim muassasalari rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarining tegishliligi bo‘yicha kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlariga o‘qishga belgilangan muddatda yetib borishlarini ta’minlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Malaka oshirish kursi tinglovchisi kursning o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha oraliq nazoratlar va yakuniy attestatsiyada ijobiy natija ko‘rsatsa, kursning o‘quv dasturi to‘liq o‘zlashtirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq nazoratlarda yetarli ball to‘play olmagan tinglovchiga kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti rahbari ruxsati bilan (bir kundan so‘ng) qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Oraliq nazorat topshiriqlarini bajarmagan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kursining yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish uchun kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti rahbari tegishli buyruq bilan yakuniy attestatsiya komissiyasini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kursining yakuniy attestatsiyasi yakuniy nazorat sinovi va ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha topshiriqlarni bajarishdan iborat malaka ishini baholash shaklida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kursining yakuniy attestatsiyasida tinglovchi ijobiy natijaga erishmaganda ikki oy ichida bir marta kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotida tuzilgan yakuniy attestatsiyani o‘tkazadigan komissiyaga qayta topshirishga imkon beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaliy fanlar (musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya fanlari) o‘qituvchilarining yakuniy attestatsiyasi yakuniy nazorat sinovi va tegishli fan bo‘yicha amaliy topshiriqlar shaklida o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, talab darajasida o‘tkazish, ta’lim samaradorligini ta’minlash hamda tinglovchilarning yashashi uchun shart-sharoitlar yaratish (kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotida tinglovchilar turar joyi mavjud bo‘lsa) mas’uliyati tegishli kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Malaka oshirish kursi tinglovchisi kursning o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha nazorat (oraliq, yakuniy) turlarida ijobiy natija ko‘rsatsa, kursning o‘quv dasturi to‘liq o‘zlashtirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq nazoratlarda yetarli ball to‘play olmagan tinglovchiga kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti rahbari ruxsati bilan (bir kundan so‘ng) qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Oraliq nazorat topshiriqlarini bajarmagan tinglovchilar yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kursining yakuniy nazoratida tinglovchi ijobiy natijaga erishmaganda, ikki oy ichida bir marta kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotida tuzilgan yakuniy nazoratni o‘tkazadigan komissiyaga qayta topshirish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Malaka oshirish kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga kursni tashkil qilgan ta’lim muassasasi tomonidan davlat namunasidagi elektron generatsiya qilingan va elektron raqamli imzo (QR-kod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Har bir xodim haqidagi malaka oshirish kursi boshlangan va tugallangan vaqt hamda kursni tamomlaganlik haqidagi hujjat (sertifikat) bo‘yicha ma’lumotlar kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti tomonidan elektron platformaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ma’lumotlar o‘z vaqtida, aniq va to‘liq kiritilishi uchun kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti rahbari shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining Vazirlik tasarrufidagi kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishi Vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tizimida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar har yili 15-noyabrgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimiga qarab kurslardan o‘tishi bo‘yicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda, keyingi kalendar yilda Vazirlik tizimidagi kasbiy rivojlantirish kurslarida o‘qishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini shakllantiradi va Vazirlikka taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Malaka oshirish kurslari oralig‘ida tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Har yili tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari — pedagog xodimlarning malaka oshirish kurslari oralig‘idagi kasbiy rivojlanish jarayonlari uzluksizligini ta’minlash, ulardagi kasb mahorati va malaka darajasining doimiy o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish asosida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kurslari oraligida tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari mazkur Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari har yili malaka oshirish kurslari oralig‘ida tashkil qilinadigan “Metodik mahorat soati”, “Metodik mahorat kuni” “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi orqali kasbiy rivojlantirish kurslaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Metodik mahorat kuni” doirasida tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari trenerlari tomonidan boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Metodik mahorat soati” doirasida direktor o‘rinbosarlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari faoliyati tahlil qilinadi, ularga metodik yordam ko‘rsatiladi va kasbiy rivojlanishi bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy rivojlantirish kurslarida ishtirok etishi va o‘quvlar dasturini o‘zlashtirishlari majburiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari malaka oshirish kurslari oralig‘ida har yili tashkil qilinadigan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy rivojlanish kuni tadbirlarining maqsadi — haftaning belgilangan muayyan kunida o‘quv-seminar, trening, mahorat darslari va mustaqil ta’lim tadbirlari o‘tkazish orqali o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy ishlash va o‘z bilimini muntazam boyitib borish, zamonaviy o‘qitish metodikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy rivojlanish soati tadbirlarining maqsadi — darsni kuzatish, refleksiv amaliyot hamda maktab negizida malaka oshirish tadbirlari o‘tkazish orqali kasbiy rivojlanish kunlarida tashkil etilgan o‘quvlarda o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan umumta’lim maktablarida qo‘llashlarini tahlil qilish, ularga zarur metodik yordam ko‘rsatish, kasbiy rivojlanish uchun tavsiyalar berishdan iborat.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.15.00 Ta’tillar. Bolalarning yozgi dam olishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari o‘quv yili davomida haftaning belgilangan kunlarida, shuningdek, o‘quvchilarning ta’til kunlarida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘qituvchining har yili belgilangan davomiylikdagi “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida ishtirok etishi va tegishli o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishi majburiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Qayta tayyorlash kurslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Xodimlarni qayta tayyorlash yangi lavozimga tayinlash yoki mutaxassislikning malaka tasnifiga muvofiq keyinchalik professional faoliyatning yangi turini bajarish maqsadida yangi kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash kurslari mazkur Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Qayta tayyorlashning asosiy turlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv).
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Pedagogik qayta tayyorlash — oliy ta’lim muassasalarining nopedagogik yo‘nalishlarini bitirgan mutaxassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni o‘qitish hisoblanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) — oliy pedagogik ma’lumotli mutaxassislar tomonidan ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan o‘qitishning talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada o‘quv fani yoki kurs bo‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan boshqa soha mutaxassislariga pedagogik faoliyat yuritishi uchun sohasiga mos fandan kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tishi talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Pedagog hamda mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash, o‘quv rejalariga yangi o‘quv fanlari yoki kurslar joriy etilishi, buyurtmachilar yoki mehnat bozorining talablari bilan belgilanadigan ayrim pedagog hamda mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvi yoki yangi mutaxassislikka ega bo‘lishi munosabati bilan yuzaga kelgan ehtiyojlarga ko‘ra tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha ishlamaydigan pedagoglar ham o‘z xohishiga ko‘ra qayta tayyorlash kurslarida o‘qishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Pedagog va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash ularning ehtiyojlari va murojaatlariga binoan to‘lov shartnomalari asosida tashkil etiladi. To‘lovlar qayta tayyorlash kursi tinglovchisi yoki homiylar (yuridik yoki jismoniy shaxslar) tomonidan shartnomada ko‘zda tutilgan muddatlar va miqdorlarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash kurslari Vazirlik tizimidagi kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Qayta tayyorlash kurslari davlat ta’lim talablari, shuningdek ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturlar asosida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash natijasida beriladigan hujjat (diplom) faqat muayyan lavozimda faoliyat ko‘rsatish yoki muayyan fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Pedagog va mutaxassis xodimlar belgilangan tartibda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha qayta tayyorlanadi. Uquv yuklamasini rejalashtirishda tinglovchilarning mustaqil ishlashiga alohida e’tibor qaratiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Qayta tayyorlash dasturlarini o‘zlashtirish muddati o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib belgilanadi va kamida 576 soatni tashkil qiladi. Auditoriya mashg‘ulotlari haftalik yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Qayta tayyorlash kurslari ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olish, masofaviy ta’lim yoki dual ta’lim shakllari orqali o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, masofaviy ta’lim yoki dual ta’lim shakllarida tashkil etilgan kurslarning kamida bir oyi yoki kamida 144 soati bevosita kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotida o‘tkazilishi shart.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Qayta tayyorlash kurslari o‘tkaziladigan kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishda quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash kurslari uchun tayanch o‘quv rejasi va dasturlari asosida o‘quv-metodik materiallarni (ishchi o‘quv rejasi, ishchi dasturlar, o‘quv-metodik majmualarni) tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus elektron tizimga (keyingi o‘rinlarda — Portal) joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Pedagoglarni qayta tayyorlashni tashkil etish jarayonlari (talabgorlarni ro‘yxatga olish, hujjatlarni qabul qilish, kursga qabul qilish, o‘quv jarayonlari, bilimlar nazorati) Portal orqali amalga oshiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar portal orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tadi hamda o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy rivojlantirish tashkiloti tomonidan qayta tayyorlash kurslarida o‘qish istagini bildirgan talabgorlarga doir hujjatlar (ariza, qachon va qaysi oliy ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi, qayta tayyorlash yo‘nalishiga mosligi) to‘liq o‘rganib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rganish natijalari asosida qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan talabgorlarning arizasi Portal orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Qayta tayyorlash kurslari yetarli ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik bazaga ega kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti rahbari qayta tayyorlash kurslari belgilangan talablar va tartibga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Qayta tayyorlash jarayonida guruhdagi kurs tinglovchilarining soni 25 nafardan 30 nafargacha bo‘lishi lozim. Ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarga, istisno tariqasida, vazirlik bilan kelishgan holda tinglovchilar soni 15 nafardan kam bo‘lmaganda tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Qayta tayyorlash kurslaridagi o‘quv jarayoni tayanch o‘quv rejalariga mos ravishda tuzilgan va har biri bir nechta o‘quv fani modullarini o‘z tarkibiga olgan bloklardan iborat ishchi o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Qayta tayyorlash kurslaridan o‘tuvchi xodimlar kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Qayta tayyorlash kursi tinglovchisi kursning o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan barcha oraliq nazoratlar va yakuniy attestatsiyada ijobiy natija ko‘rsatsa, kursning o‘quv dasturi to‘liq o‘zlashtirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash kursining oraliq nazorat topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchi yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash kurslarining nazorat turlarida baholash mezonlari Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Qayta tayyorlash kursining oraliq nazoratlarda yetarli ball to‘play olmagan tinglovchiga 1 oy muddat davomida qayta topshirishga imkoniyat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatlarda oraliq nazoratni qayta topshira olmagan tinglovchi tinglovchilar safidan chiqariladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Qayta tayyorlash kursining yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish uchun kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti rahbari tegishli buyruq bilan yakuniy attestatsiya komissiyasini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash kursining yakuniy attestatsiyasi yakuniy nazorat sinovlari va bitiruv ishini himoya qilish orqali o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Qayta tayyorlash kursining yakuniy nazorat sinovlari Vazirlik tomonidan belgilangan tashkilot tomonidan o‘tkaziladi. Bunda mazkur tashkilotga kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti tomonidan yakuniy sinovlarda ishtirok etgan har bir nomzod uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida mablag‘lar o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash kursining yakuniy nazorat sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga bitiruv ishini himoya qilishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Bitiruv ishi himoyasi kursni tashkil qilgan kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga davlat namunasidagi hujjat (diplom) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Yakuniy attestatsiya sinovlarida yetarli ball to‘play olmagan yoki uzrli sabablarga ko‘ra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tili, xizmat safarida bo‘lish va boshqalar) qatnasha olmagan tinglovchilarga bir yil davomida qayta topshirish imkoniyati beriladi. Bunda yakuniy attestatsiya sinovlarida yetarli ball to‘play olmagan tinglovchilarning takroriy attestatsiyasi to‘lov-shartnoma asosida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Yakuniy attestatsiya sinovlarini qayta topshirish natijalari salbiy bo‘lgan taqdirda, tinglovchiga kursni tugatganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi va bir yil davomida to‘lov-shartnoma asosida qayta topshirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha ta’lim dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilarga tegishli ravishda davlat namunasidagi quyidagi hujjatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat — kamida 100 soat hajmdagi ta’lim dasturlaridan o‘tgan pedagog va mutaxassis xodimlar hamda kamida 144 soat hajmda ta’lim dasturlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan rahbar xodimlar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejerlik sertifikati — maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining kamida 144 soat hajmdagi menejerlik o‘quv kurslari ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan direktorlar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom — pedagog va mutaxassis xodimlar uchun kamida 16 hafta (576 soat) hajmida ta’lim dasturlaridan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng yakuniy attestatsiya natijasiga ko‘ra beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kurslari oralig‘ida tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlarida to‘liq ishtirok etgan va tegishli topshiriqlarni bajargan pedagog va mutaxassis xodimlarga elektron platformada elektron generatsiya qilingan va elektron raqamli imzo (QR-kod) bilan tasdiqlangan sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Malaka oshirish kursi dasturini o‘zlashtirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarning reyestri elektron platformada va qayta tayyorlash kursi dasturini o‘zlashtirganlik to‘g‘risidagi diplomlarning reyestri Portal orqali yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Diplom va sertifikatlarni rasmiylashtirish tartibi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarida elektron platformadan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishni ta’minlash uchun elektron platformadan foydalanilishi mumkin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Elektron platforma barcha maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishga doir ma’lumotlar o‘zida jamlab borilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron platformada maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining elektron portfoliosi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Ta’limning dolzarb masalalariga oid qo‘shimcha (qisqa muddatli) malaka oshirish kurslari elektron platforma orqali tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari o‘quv rejasi va dasturlari tarkibiga kiruvchi har bir o‘quv modullarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan va nazorat topshiriqlarini bajargan xodimga kursni muvaffaqiyatli tugatganligi haqida davlat namunasidagi elektron generatsiya qilingan va elektron raqamli imzo (QR-kod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Har bir o‘quv moduli yoki kursni muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlik haqidagi ma’lumotlar xodimlarning elektron portfoliosida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish sifatini baholash va nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi sifati ular tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, ulardagi bilim va amaliy mahoratning mazkur xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tomonidan tasdiqlangan nizom asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladigan ichki nazorat (kirish testi orqali dastlabki nazorat, o‘qitilayotgan fan modullari bo‘yicha oraliq nazorat va yakuniy attestatsiya);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tomonidan attestatsiya va tezkor diagnostika shaklida amalga oshiriladigan tashqi nazorat.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlarining malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha faoliyati Vazirlik tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Ta’lim sifatini nazorat qilishda tegishli kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlarida maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirish sifatini nazorat qilish hamda muntazam ravishda malaka oshirish dasturlari asosida ta’lim berishning samaradorligi baholanadi va dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Reyestrga kiritilgan kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan malaka oshirish kurslarining samaradorligini aniqlash maqsadida tinglovchilarning yakuniy sinovlarini o‘tkazish va baholash Vazirlik tomonidan tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik mazkur sinovlarni o‘tkazish bo‘yicha kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotini belgilashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy nazorat natijasida malaka oshirish kurs tinglovchilarining kamida 70 foizi ijobiy baholangan taqdirda, kursdagi ta’lim sifati ijobiy deb topiladi. Yakuniy nazorat natijasida maksimal ballning kamida 56 foizini to‘plagan tinglovchi ijobiy baholangan deb hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy nazorat natijasida malaka oshirish kurs tinglovchilarining 31 foiz va undan ko‘pi ijobiy baholanmagan taqdirda, malaka oshirish kursi sifatsiz tashkil etilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kursi sifatsiz tashkil etilgan deb topilgan kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti Reyestrdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi bitiruvchisining umumiy bilim va kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan malaka talablari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarning o‘quv rejalari va dasturlarini shakllantirish, shuningdek, o‘quv jarayonini va ta’lim sifatini nazorat qilish tartibini va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limining o‘quv rejasi va dasturlari Prezident maktabi o‘qituvchilari, yetakchi olimlar, mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar hamda metodistlardan shakllantirilgan guruhlar tomonidan tinglovchilarning ehtiyojlarini o‘rganish (pedagogik diagnostika) natijalari asosida tuziladi va ta’lim jarayonini metodik ta’minlashning ajralmas qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog va mutaxassis xodimlar malakasini oshirish ta’limining o‘quv rejasi va dasturlari zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tarzda ishlab chiqiladi hamda variativ (ixtiyoriy tanlov) va invariant (majburiy) modullardan iborat bo‘ladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Quyidagilar qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan bazaviy talablar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasblar va lavozimlarga bo‘lgan kasbiy malaka talablariga muvofiqlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini bilishga, ta’lim turlari va bosqichlari bo‘yicha davlat ta’lim talablarining (davlat ta’lim standartining) uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga, tinglovchilarning kasbiy bilimlarini yangilash va chuqurlashtirishga, yangi, qo‘shimcha kasbiy malaka va ko‘nikmalarni hosil qilishga, ta’lim-tarbiyaning samarali usullari hamda texnologiyalarini egallash va takomillashtirishga qaratilganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishni nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ta’lim talablari hajm va mazmunining qayta tayyorlash hamda malaka oshirish muddatlariga muvofiqlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Reyestrni yuritish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Pedagog kadrlar tayyorlanadigan oliy ta’lim tashkilotlari va nodavlat ta’lim tashkilotlarining maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish uchun Vazirlik tomonidan Reyestr shakllantiriladi va u bir yil muddatga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Reyestr Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi va har yili yangilanib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Reyestrga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha ta’lim instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy markazlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy murojaati asosida pedagog kadrlar tayyorlanadigan oliy ta’lim tashkilotlari.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.06.00 Nodavlat ta’lim tashkilotlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Nodavlat ta’lim tashkiloti maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari malakasini oshirganligi uchun Davlat budjetidan mablag‘lar olish uchun Reyestrda belgilangan shakldagi so‘rovnoma to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘rovnomada nodavlat ta’lim tashkiloti nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), ta’lim faoliyatini amalga oshirish joy(lar)ining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, Reyestrga kiritilayotgan malaka oshirish kurslari yo‘nalishlari, so‘rovnomani to‘ldirgan va uni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘rovnomani Vazirlikka yuborishdan oldin nodavlat ta’lim tashkiloti maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi va boshqa holatlarni nazarda tutuvchi ommaviy oferta bilan tanishib, uni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Ommaviy ofertani tasdiqlash Vazirlik va nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuzilishiga tenglashtiriladi hamda talablar va shartlarga to‘liq amal qilishga roziligini bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kursi o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Quyidagi holatlarda kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotining Reyestrga kiritish bo‘yicha murojaatiga rad javobi berilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar salbiy bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
so‘rovnomaga nodavlat tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq kiritilmaganda yoki soxta ma’lumotlar taqdim etilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Vazirlik Reyestrga kiritish yoki Reyestrga kiritishni rad etish bo‘yicha qarorni nodavlat ta’lim tashkilotiga Reyestr orqali yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishni moliyalashtirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida Institut, Maktabgacha ta’lim instituti, Hududiy markazlar, pedagog kadrlar tayyorlanadigan oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Vazirlikka ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlik tomonidan Reyestr yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Pedagog kadrlar tayyorlanadigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlarining maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar har birida 25 nafar tinglovchi bo‘lgan guruhda malaka oshirish kursining yakuni bo‘yicha guruhdagi tinglovchilar kursni muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan har bir tinglovchi uchun qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan Vazirlik o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar asosida to‘lovlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Institut har yili 15-noyabrga qadar kelgusi yilda hududiy malaka oshirish markazlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradigan maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining hududlar bo‘yicha taqsimotini tasdiqlash uchun Vazirlikka taqdim etadi va tasdiqlangan taqsimot asosida kelgusi yil uchun pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradigan tinglovchilar uchun tegishli mablag‘lar rejalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Pedagog kadrlar tayyorlanadigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradigan tinglovchilar uchun mablag‘lar alohida g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Bir nafar tinglovchi uchun to‘lanadigan mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan keyingi moliya yili boshlanishidan oldin xodimlarning malaka oshirishi uchun sarflangan o‘rtacha xarajatdan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Moliya yili davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi miqdorlari va shartlari o‘zgargan hollarda, bir nafar tinglovchi uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.06.00 Nodavlat ta’lim tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Institut pedagog kadrlar tayyorlanadigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida haqiqatda malaka oshirgan va belgilangan tartibda sertifikatga ega bo‘lgan tinglovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etgan holda, keyingi oyning 3-sanasiga qadar tegishli mablag‘ to‘lanishi yuzasidan Vazirlikka murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etgan pedagog kadrlar tayyorlanadigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shaklini tasdiqlovchi guvohnoma, bank rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqatda malaka oshirgan va sertifikatga ega bo‘lgan tinglovchilarning tasdiqlangan ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar tayyorlanadigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlari bo‘yicha ularga to‘lanishi lozim bo‘lgan tegishli hisob-kitoblar bilan birgalikda mablag‘larga buyurtma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Mablag‘ ajratish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligiga tegishli kasbiy rivojlantirish tashkiloti va Institut javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning soxtaligi aniqlanganda, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha huquqi bekor qilinadi hamda ortiqcha olingan mablag‘lar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat budjetiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Pedagog kadrlar tayyorlanadigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida haqiqatda malaka oshirgan tinglovchilar soni har oy yakuni bo‘yicha ularda malaka oshirishi rejalashtirilgan tinglovchilar sonidan kam bo‘lgan hollarda, ushbu tinglovchilar uchun rejalashtirilgan mablag‘lar Vazirlik tomonidan Institut va hududiy markazlarga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Institutda, Maktabgacha ta’lim instituti hamda Hududiy markazlarda bir nafar professor-o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativi 1:12 nisbatda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kelgusi moliya yili uchun professor-o‘qituvchilar soni (shtat birligi) quyidagicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PO‘s = Ts : 12 : 10 : (144 : MOs)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PO‘s — Institutda hamda hududiy markazlarda tinglovchilar uchun ajratiladigan professor-o‘qituvchilar soni (shtat birligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ts — bir yilda malaka oshiradigan tinglovchilar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12 — bir nafar professor-o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilarning cheklangan soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 — moliya yilidagi malaka oshiriladigan oylar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144 — bir nafar tinglovchi uchun bir yilda malaka oshirishning maksimal soati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MOs — bir nafar tinglovchi uchun bir yilda malaka oshirishga ajratilgan soat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Professor-o‘qituvchilar soni (shtat birligi) tinglovchilarning malaka oshirishi uchun belgilangan soatiga ko‘ra alohida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Institut, Maktabgacha ta’lim instituti hamda Hududiy markazlarning budjet mablag‘lari hisobidan saqlash bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlikka respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlariga ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilarning o‘qishi hamda mustaqil malaka oshirishi belgilangan tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasi o‘tkaziladigan davrda ularning asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi, o‘quv yuklamalari esa boshqa pedagog xodimlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishdan ajralgan holda malaka oshirish uchun boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qishga borish va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari ularni yuborgan tashkilot hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kursidan chetlatilgan tinglovchi qayta malaka oshirishga yuborilganda, unga safar xarajatlari to‘lanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kurslarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari
1. Navbatdagi kalendar yili uchun ta’lim tashkiloti buyurtmasini shakllantiradi.
2. Buyurtmani tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdim etadi.
Har yili 15-oktabrgacha
2-bosqich
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
1. Buyurtmalarni maktabgacha va maktab ta’limi ta’lim tashkilotlari kesimida umumlashtiradi.
2. Buyurtmani tegishli Hududiy boshqarmaga taqdim etadi.
Har yili 30-oktabrgacha
3-bosqich
Hududiy boshqarmalar
1. Buyurtmani tuman (shahar)lar kesimida umumlashtiradi.
2. Buyurtmani reja shaklida Institutga taqdim etadi.
Har yili 5-noyabrgacha
4-bosqich
A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti
1. Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining hududlar va kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari taqsimotini shakllantiradi.
2. Reja ko‘rsatkichlarini Vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Har yili 15-noyabrgacha
5-bosqich
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Hududlar va kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari taqsimotini tasdiqlaydi.
Har yili 5-dekabrgacha
6-bosqich
A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti
Hududlar va kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari taqsimotini elektron platformaga joylashtiradi.
Har yili 5-dekabrgacha
7-bosqich
Hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari, maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari
Elektron platformadagi reja ko‘rsatkichlari taqsimotini muvofiq rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarning o‘qishga belgilangan muddatda yetib borishlarini ta’minlaydi.
Yil davomida
8-bosqich
Kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari
1. Malaka oshirish kurslarini va ulardagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qiladi.
2. Kurs yakuni bo‘yicha yakuniy attestatsiyani o‘tkazadi.
3. Yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra davlat namunasidagi hujjat (sertifikat)ni beradi.
4. Malaka oshirishdan o‘tgan har bir xodim haqidagi ma’lumotlarni elektron platformaga kiritadi.
Yil davomida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kurslari orasidagi uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
1. Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari pedagog kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlarini rejalashtiradi.
2. Uquv reja va dasturlarni tasdiqlaydi.
Har yili avgust oyida
2-bosqich
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
1. Kontent materiallarini tayyorlaydi va “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturiga kiritadi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari haqidagi ma’lumotlarni “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturiga kiritilishini ta’minlaydi.
Har yili avgust oyida
A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti
1. “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining kontent materiallarini tayyorlaydi.
2. O‘qituvchilar haqidagi ma’lumotlarni “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasiga kiritilishini ta’minlaydi.
Har yili avgust oyida
3-bosqich
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturidan foydalanib mustaqil ta’lim olishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.
O‘quv yili davomida
A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti
1. “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish” soatlari tadbirlarining o‘quv jarayonlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.
O‘quv yili davomida
Hududiy boshqarmalar va tuman(shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari, maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari va maktab o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlarini tashkil etish uchun zarur sharoitlarni yaratadi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari va maktab o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlaridagi ishtirokini ta’minlaydi.
O‘quv yili davomida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari
1. Qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus portalga joylashtiradi.
Doimiy
2-bosqich
Talabgorlar
1. Maxsus portal orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tadi hamda o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshiradi.
Doimiy
3-bosqich
Kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari
1. Talabgorlarga doir hujjatlarni to‘liq o‘rganib chiqadi.
2. Qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan talabgorlarning arizasi elektron tizim orqali tasdiqlanadi.
3. Talabgorlar tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi.
Doimiy
4-bosqich
Kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari
1. Qayta tayyorlash kurslaridagi o‘quv jarayonini tashkil qiladi.
2. Qayta tayyorlash kursining o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan barcha oraliq nazoratlarni tashkil qiladi va o‘tkazadi.
Kursning o‘quv rejasiga muvofiq
5-bosqich
Vazirlik tomonidan belgilangan tashkilot
1. Qayta tayyorlash kursining yakuniy nazorat sinovlarini o‘tkazadi.
Qayta tayyorlash kursi yakunida
Kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari
2. Qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining bitiruv ishi himoyasini o‘tkazadi.
3. Tinglovchilarga davlat namunasidagi hujjat (diplom) beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi har yili qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari o‘quv-metodik jarayoni sifati va ular pedagoglari kasb malakasi darajasining mazkur qaror bilan tasdiqlangan Davlat talablariga muvofiqligining tezkor diagnostikasini amalga oshirsinlar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagi tahrirdagi 261-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“261. Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarida mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktor jamg‘armasi hisobidan ushbu Nizomning 20-bandiga asosan olishi mumkin bo‘lgan ustamaga qo‘shimcha ravishda lavozim maoshining 20 foizi miqdorida har oylik ustama haq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mentor-o‘qituvchilar ro‘yxati tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i bilan har o‘quv yili boshida tasdiqlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida” 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori)” 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 71-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarori)” 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son qaroriga ilovaning 23-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” 2019-yil 10-dekabrdagi O‘RQ-591-son Qonuni)” 2020-yil 16-apreldagi 234-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 6-apreldagi 189-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son Qonuni)” 2021-yil 20-maydagi 320-son qaroriga 1-ilovaning 8 va 10-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-iyundagi 345-son qaroriga 3-ilovaning 27-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2021-yil 16-avgustdagi 524-son qaroriga 1-ilovaning 11-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 470-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga 2-ilovaning 16-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)