30.06.2025 yildagi 397-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yonish va portlash xavfi bo‘lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan kimyoviy moddalar, shuningdek, ayrim zaharli moddalar aylanmasini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yo‘q qilish jarayonida, shuningdek, ayrim zaharli moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini tezkor bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yonish va portlash xavfi bo‘lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan kimyoviy moddalar, shuningdek, ayrim zaharli moddalar aylanmasini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya berishda 2025-yil 1-avgustdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishish tartibi joriy etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi bilan kelishish tartibi bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishni litsenziyalashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarining yaratilishi, ishlab chiqarilishi, tashilishi, saqlanishi va yo‘q qilinishi tabiatni muhofaza qilish normalariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini maxsus (ixtisoslashtirilgan) avtotransport vositalarida tashishning belgilangan talablariga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilish darajasiga ko‘ra I, II va III xavflilik darajalariga (o‘ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o‘rtacha darajada xavfli) mansub zaharli moddalarning qonunchilik talablariga, shuningdek, obyektning sanitar-muhofaza zonasini belgilash bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga mosligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yo‘q qilish sohasidagi faoliyat belgilangan talablarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi 2026-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan birgalikda litsenziyalanishi belgilangan zaharli moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yo‘q qilish talablarini nazarda tutuvchi xavfsizlik qoidalarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2025-yil 1-oktabrga qadar ushbu qaror bilan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar “Litsenziya” axborot tizimida joriy qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov, O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri B.B. Kudratxodjayev hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi A.V. Rafiqov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 30-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
397-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 397-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yonish va portlash xavfi bo‘lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan kimyoviy moddalar, shuningdek, ayrim zaharli moddalar aylanmasini tartibga solishni takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLARI REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ullar

1.

Xavfli ishlab chiqarish obyekti sifatida ro‘yxatga olinmagan zaharli va portlash xavfini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan obyektlarni nazorat qilish.

1. Xavfli ishlab chiqarish obyektlari ro‘yxatiga aniqliklar kiritib borish, yangi aniqlangan obyektlarni identifikatsiya qilish va ro‘yxatga olish.

2. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan monitoring yuritish.

Doimiy

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi

2.

Litsenziyalanishi belgilangan zaharli moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yo‘q qilish talablarini nazarda tutuvchi xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash.

1. Litsenziyalanishi belgilangan zaharli moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yo‘q qilish talablarini nazarda tutuvchi xavfsizlik qoidalarini ishlab chiqish.

2. Xavfsizlik qoidalarini belgilangan tartibda tasdiqlash.

2025-yil dekabr

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarning (mahsulotlarning) respublika hududiga olib kirilishi, ishlab chiqarilishi, tashilishi, saqlanishi, foydalanilishi va yo‘q qilinishini tartibga solish amaliyoti bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2. Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) respublika hududiga olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, foydalanish va yo‘q qilishni tartibga solish amaliyoti bo‘yicha xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish.

Bunda yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bog‘liq faoliyatni tartibga solish amaliyotini o‘rganish yuzasidan xorijiy davlatlarga xizmat safarlarini tashkil etish.

3. Xorijiy davlatlar tajribasi asosida respublikada yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarning (mahsulotlarning) xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2025-yil davomida

Vazirlar Mahkamasi,

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

1. Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni tegishli ruxsatnomasiz zararsizlantirganlik hamda transportda yonuvchan, zaharlovchi, tez alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish qoidalarini buzganlik, shuningdek, portlovchi va zaharli moddalarga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2. Takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil sentabr

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

5.

Portlovchi va zaharli moddalar bilan bog‘liq faoliyat uchun litsenziya berish bo‘yicha “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini takomillashtirish.

Portlovchi va zaharli moddalar bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablaridan kelib chiqib, “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

2025-yil avgust

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash va foydalanishda qonunchilik talablariga rioya etilishini doimiy monitoring qilib borish hamda ular bilan bog‘liq texnogen avariyalar va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash va foydalanish sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2025-yil iyul

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi,

Bojxona qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish.

Doimiy

7.

Portlovchi va zaharli moddalar aylanmasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning imzolangan rasmiy tildagi matni bilan bir qatorda rus tilidagi normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tiliga rasmiy tarjima qilish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu hujjatlardan xabardorligini oshirish.

1. Portlovchi va zaharli moddalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Bosqichma-bosqich barcha hujjatlarning davlat tilidagi tarjimalarini qonunchilik hujjatlari milliy bazasida hamda tegishli davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib borish.

2025-yil davomida

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatlarini alohida litsenziya turlari sifatida belgilash.

1. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish uchun alohida litsenziya pasportlarini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil sentabr

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi,

Adliya vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 397-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga 30-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-pozitsiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) litsenziya talabgorida portlovchi va zaharli moddalarni amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq saqlash joylarining (portlovchi materiallar omborining tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnoma, ombor ijaraga olingani haqida shartnoma va boshqalar) hamda ishlab chiqarish bino va inshootlarining tayyorligi, ularni tashish uchun texnik vositalar, portlovchi moddalarni tayyorlash uchun asbob-uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi texnik hujjatlar, shuningdek, yongin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan berilgan xulosa”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d” kichik banddagi “xodimning” so‘zi “korxonaning” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi tahrirdagi “e” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“e) litsenziya talabgori tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qo‘llanadigan texnik qurilmalarni hisobga olish, identifikatsiya qilish, sertifikatlash tizimini joriy etish va sanoat xavfsizligi ekspertizadan o‘tkazilganini tasdiqlovchi hujjat”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 12-pozitsiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” kichik band quyidagi mazmundagi yigirma to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“etilen oksidi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma to‘rtinchi — o‘ttizinchi xatboshilar tegishlicha yigirma beshinchi — o‘ttiz birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma beshinchi xatboshidagi “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ttiz beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur faoliyatni litsenziyalash doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislaridan iborat ekspert guruhi tashkil etiladi. Litsenziyalovchi organ talabgordan taqdim etilgan hujjatlarni ekspert guruhiga yuborishi mumkin. Ekspert guruhi o‘z vakolatlari doirasida hujjatlarni ko‘rib chiqib, litsenziya talabgoriga tegishli litsenziyani berish yoki bermaslik yuzasidan ekspert xulosasini litsenziyalovchi organga taqdim etadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va ularni yo‘q qilish sohasidagi faoliyatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida” 2024-yil 7-martdagi 121-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qarorning nomi “ulardan” so‘zidan keyin “ishlab chiqarishda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilish sohasidagi faoliyatni nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun ombor hamda ishlab chiqarish bino va inshootlarida yong‘in va sanoat xavfsizligi talablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy moddalarni tashishda belgilangan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy moddalarni saqlash, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilishda belgilangan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilish sohasidagi asosiy funksiyalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizom talablari joylarda bir xil va to‘g‘ri bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ilovaning nomi “ulardan” so‘zidan keyin “ishlab chiqarishda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) tomonidan yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar (keyingi o‘rinlarda — kimyoviy moddalar) ushbu moddalardan foydalanuvchilar tomonidan saqlanishini, tashilishini, ulardan ishlab chiqarishda foydalanilishini hamda ularning yo‘q qilinishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom talablari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, idoraviy bo‘ysunuvidan hamda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilish bilan shug‘ullanadigan jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun majburiydir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2-bob. Kimyoviy moddalarni saqlash va ishlab chiqarish bino va inshootlari uchun belgilangan talablar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Kimyoviy moddalarni saqlovchi ombor va ishlab chiqarish bino va inshooti egalari mazkur Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan kimyoviy moddalarni saqlash uchun omborning hamda ishlab chiqarish bino va inshootining yongin hamda sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasidan (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) har uch yilda bir marotaba ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda xulosa olishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur xulosa Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq olinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-band “ombori binolari” so‘zlaridan keyin “hamda ishlab chiqarish bino va inshootlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kimyoviy moddalardan foydalanuvchilar respublika hududida ishlab chiqarilgan va chet davlatlardan olib kirilgan kimyoviy moddalarni omborxonada joylashtirishdan (saqlashdan) oldin kimyoviy moddalarni tashish yo‘nalishi, turi, miqdori va ularni ishlab chiqaruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir ish kunida Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmasiga xulosa olish uchun yuboradi. Bunda taqdim qilingan barcha hujjatlar kelib tushgan sanadan e’tiboran uni ko‘rib chiqib, xulosa berish yoxud uni berishni rad etish muddati o‘n ish kunidan oshmasligi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-band “Omborxonalarda” so‘zidan keyin “hamda ishlab chiqarish bino va inshootlarida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-band “Omborxonada” so‘zidan keyin “hamda ishlab chiqarish bino va inshootida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-band “Kimyoviy moddalarni omborda” so‘zidan keyin “hamda ishlab chiqarish bino va inshootida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12. Kimyoviy moddalar saqlanadigan ombor hamda ishlab chiqarish bino va inshooti egasi “Modda (material) xavfsizlik pasporti”da belgilangan ma’lumotlardan tashqari amaldagi qonunchilik hujjatlarida va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni bajargan holda kimyoviy moddalarni saqlash, shuningdek, quyidagi qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshirishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omborning hamda ishlab chiqarish bino va inshootining ochiq saqlash maydonida tabiiy yoki omborning hamda ishlab chiqarish bino va inshootining yopiq saqlash maydonida sun’iy shamollatish sharoitining yaratilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binoning ichki qismi haroratiga qo‘yiladigan talablarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy moddaga oftob nurlari ta’sirini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omborda hamda ishlab chiqarish bino va inshootida o‘zaro aloqada ekzotermik reaksiyalarga kirishishi mumkin bo‘lgan kimyoviy moddalar orasi maxsus ajratilgan, avariya holatlarida ham bir-biri bilan ta’sirlashishiga imkonini bermaydigan joylarga joylashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ombor hamda ishlab chiqarish bino va inshootida bir vaqtning o‘zida kimyoviy modda miqdorining maksimal saqlanishini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ombor hamda ishlab chiqarish bino va inshooti ishchi-xodimlarining shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilishga qo‘yiladigan qo‘shimcha xavfsizlik talablari bajarilishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-band “Omborlarda” so‘zidan keyin “hamda ishlab chiqarish bino va inshootlarida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-band “Omborlarda” so‘zidan keyin “hamda ishlab chiqarish bino va inshootlarida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-band “Omborda” so‘zidan keyin “hamda ishlab chiqarish bino va inshootida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-band “Omborlarda” so‘zidan keyin “hamda ishlab chiqarish bino va inshootlarida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-band “Kimyoviy moddalar saqlanayotgan davrda omborda” so‘zlaridan keyin “hamda ishlab chiqarish bino va inshootida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-band “Kimyoviy moddalardan foydalanuvchilar tomonidan omborda” so‘zlaridan keyin “va ishlab chiqarishda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-band “kimyoviy moddalarni yo‘q qilish ombor” so‘zlaridan keyin “hamda ishlab chiqarish bino va inshoot” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“30. Favqulodda vaziyatlar vazirligi kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilish sohasida quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtiradi, shuningdek, ushbu sohadagi belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kimyoviy moddalardan foydalanuvchilar tomonidan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilishda belgilangan xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) respublika hududiga olib kirilgan va respublika hududida ishlab chiqarilayotgan hamda saqlanayotgan kimyoviy moddalar to‘g‘risida yagona markazlashgan ma’lumotlar bazasini yaratadi va monitoringini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilishda yuzaga keladigan texnogen avariyalar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, oqibatlarini bartaraf etish ishlarini boshqaradi hamda muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilish sohasidagi nazoratni Bojxona qo‘mitasi, Qo‘mita, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni saqlash va ulardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun obyektning (omborning) hamda ishlab chiqarish bino va inshootining yong‘in va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) kimyoviy moddalar bo‘yicha talablarning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda respublika hududiga olib kiriladigan kimyoviy moddalar bo‘yicha Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ma’lumot almashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Ichki ishlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Bojxona qo‘mitasi hamda Qo‘mita mutaxassislarini jalb etgan holda, bo‘lim (bo‘linmalar) xodimlarining malakasini oshirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) kimyoviy moddalarni saqlash omborlarida hamda ishlab chiqarish bino va inshootlarida bir yilda ko‘pi bilan bir marotaba batafsil (dastlabki) va nazorat tartibida kimyoviy moddalarni saqlash, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilishda belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qiladi, shu jumladan, ularning omborda to‘g‘ri joylashtirilgani, yemiruvchi yoki boshqacha ta’sirga chidamli tarzda saqlanayotganligi, shuningdek, bir-biriga o‘zaro ta’sir qilmasligi va xavfli oqibatlarni keltirib chiqaruvchi reaksiyaga kirishmasligini ta’minlovchi sharoitlar yaratilganligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar asosida belgilangan tartibda tezkor tekshiruvlar o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha yillik asosiy tadbirlar rejalari asosida kimyoviy moddalar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari ishtirokida kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilish tadbirlarini xavfsiz tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv mashq va mashg‘ulotlar o‘tkazib boradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi “ulardan” so‘zidan keyin “ishlab chiqarishda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g” kichik banddagi “Kontexnazorat” so‘zi “Qo‘mita” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“32. Qo‘mita-kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish, ularni yo‘q qilish sohasida quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq kimyoviy moddalar omborda hamda ishlab chiqarish bino va inshootida saqlansa, ushbu omborlarni hamda ishlab chiqarish bino va inshootlarini XICHO sifatida ro‘yxatga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) omborlarda hamda ishlab chiqarish bino va inshootlarida, kimyoviy moddalarni saqlash uchun mo‘ljallangan XICHOlarini loyihalashtirish, qurish hamda kimyoviy moddalarni saqlash uchun mo‘ljallangan XICHOda portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziyasi mavjudligini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra quyidagi omborlarda hamda ishlab chiqarish bino va inshootlarida kimyoviy moddalarni saqlash uchun mo‘ljallangan XICHOlarida belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llanadigan texnik qurilmalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) omborlarda, ishlab chiqarish bino va inshootlarda hamda kimyoviy moddalarni saqlash uchun mo‘ljallangan XICHOda avariya yuz berganda, boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan tartibda sug‘urta qilinganligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) omborlar, ishlab chiqarish bino va inshootlari, kimyoviy moddalarni saqlash uchun mo‘ljallangan XICHOni montaj, ta’mirlash, ishga tushirish-sozlash va foydalanish ishlarini bajarish uchun quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Qo‘mita tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni saqlash uchun obyektning (omborning) hamda ishlab chiqarish bino va inshootining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilish sohasida faoliyat yuritadigan rahbarlarni uch yilda bir marotaba, mutaxassislarning bir yilda bir marotaba o‘tkaziladigan mehnat muhofazasi qoidalari va yo‘riqnomalari bo‘yicha bilim sinovlarida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) omborlarda, ishlab chiqarish bino va inshootlarida hamda kimyoviy moddalarni saqlash uchun mo‘ljallangan XICHOda avariya yoki baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus tekshirish o‘tkazadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 331-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“331. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilish sohasidagi faoliyatning tabiatni muhofaza qilish normalariga muvofiqligiga rioya etilishini nazorat qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“34. Kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va ularni yo‘q qilishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlashga quyidagilar javobgar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy moddalar omborga joylashtirilgunga qadar — tashuvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy moddalar omborga hamda ishlab chiqarish bino va inshootiga joylashtirilganda — ombor egasi va ulardan foydalanuvchi subyekt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy moddalardan foydalanish va ularni yo‘q qilishda — ulardan foydalanuvchi subyekt”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Nizomga 1-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan moddalar hamda ushbu moddalar saqlanadigan ombor hamda ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino va inshootlarning yongin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasidan xulosa olinishi zarur bo‘lgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) ro‘yxati”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Nizomga 2-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash hamda ishlab chiqarish bino va inshootlari uchun obyektning yong‘in va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“omborxona” so‘zi “obyektning” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Nizomga 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni omborxonalarda va ishlab chiqarish bino va inshootlarida saqlash faoliyati uchun ruxsatnoma olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Kimyoviy moddalarni saqlovchi ombor hamda ishlab chiqarish bino va inshooti egalari

Kimyoviy moddalarni saqlash omborini tashkil etish hamda kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish bino va inshootida saqlash bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmasiga talab etiladigan materiallar bilan birga ariza bilan yozma yoki vazirlik elektron manzili orqali murojaat qiladi.

Kimyoviy moddalar omborga joylashtirilgunga qadar

2-bosqich

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmasi

1. Qo‘mitaga arizada ko‘rsatilgan omborxona hamda ishlab chiqarish bino va inshooti sanoat xavfsizligi talablariga javob berishi yuzasidan tegishli xulosa olish uchun zarur materiallarni yuboradi.

Bir ish kuni

2. Omborxona hamda ishlab chiqarish bino va inshootining yongin xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan joyiga chiqqan holda tegishli o‘rganishlar o‘tkazadi.

Uch ish kuni

3-bosqich

Qo‘mita

Arizani joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqib, omborning hamda ishlab chiqarish bino va inshootining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan tegishli xulosani Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim qiladi.

Yetti ish kuni

4-bosqich

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmasi

Qo‘mita xulosasi va omborning hamda ishlab chiqarish bino va inshootining yongin xavfsizligi talablariga muvofiqligini o‘rganish natijalari asosida yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni saqlash omborxonasi hamda ishlab chiqarish bino va inshooti faoliyati uchun tegishli ruxsatnoma yoki omborxonaning hamda ishlab chiqarish bino va inshootining sanoat va/yoki yongin xavfsizligi qoidalariga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beradi.

O‘n ish kuni

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) Nizomga 4-ilovadagi “Kontexnazorat” so‘zi “Qo‘mita” so‘zi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yongin nazorati to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bandning ikkinchi xatboshisi “tashkil etish boshqarmasi” so‘zlaridan keyin “Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza boshqarmasining Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘limi va uning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Shaharsozlik faoliyati sohasida profilaktika boshqarmasi, Uta muhim va toifalangan obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boshqarmasi hamda Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza boshqarmasi Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘limining davlat yong‘in nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan harbiy xizmatchilari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari — Yong‘inlar profilaktikasi bo‘limi, Shaharsozlik faoliyati sohasida profilaktikasi bo‘limi, O‘ta muhim va toifalangan obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi hamda Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofazani tashkil etish bo‘limining davlat yong‘in nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan harbiy xizmatchilari”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2025-y., 09/25/397/0562-son)