1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼullar |
I. Toshkent arxitektura-qurilish universitetini rivojlantirish chora-tadbirlari | |||||
1. | Toshkent arxitektura-qurilish universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash. | 1. Universitetning yangi ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. 2. Universitet oldiga qoʻyilgan yangi maqsadlar va vazifalar yuzasidan nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribalarini tahlil qilish hamda fakultetlar, umumkasbiy va mutaxassislik kafedralari, funksional boʻlimlar tarkibini qaytadan koʻrib chiqish orqali Universitetning takomillashtirilgan tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | - | Universitet Kuzatuv kengashi, Universitet |
2. | Universitetni uzoq va oʻrta muddatli strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. | 1. Strategik rivojlantirish dasturi loyihasini ishlab chiqish hamda ekspertlar muhokamasidan oʻtkazish. 2. Ishlab chiqilgan dastur loyihasini Universitetning Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | Universitet mablagʻlari | Universitet, Universitet Kuzatuv kengashi |
3. | Universitetning moliyaviy barqarorligini yanada oshirish. | 1. Taʼlim, ilm-fan va uning natijalarini tijoratlashtirish boʻyicha tijorat va notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | Doimiy ravishda | Universitet mablagʻlari | Universitet, Universitet Kuzatuv kengashi |
2. Universitetning 2026-yilda kutilayotgan daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida prognoz koʻrsatkichlarni aniqlash. | 2025-yil dekabr | ||||
3. Milliy, xalqaro grantlar hamda homiylik va xayriya mablagʻlarini jalb qilish. | Doimiy ravishda | ||||
4. | Universitetning 2026-yilga qadar xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning sohaviy yoxud mintaqaviy, 2030-yilga qadar global reytingiga kirishiga erishish boʻyicha tizimli va samarali ishlarni olib borish. | 1. Universitetni xalqaro reytinglarga kiritish maqsadida uning faoliyatini tahlil qilish. | Doimiy ravishda | Universitet mablagʻlari | Universitet, Universitet Kuzatuv kengashi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Tahlil natijasida Quacquarelli Symonds (QS) va Times Higher Education (THE) xalqaro reytinglarida ishtirok etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | ||||
3. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi ustidan monitoring yuritish. | Reja-jadval asosida | ||||
5. | Universitetning soha yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli tashkilotlar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish, Universitetning oʻquv, ilmiy va boshqaruv jarayonlariga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish. | 1. Soha yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlar hamda ularda faoliyat olib borayotgan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish. 2. Nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlardagi ilgʻor texnologiyalar bilan tanishish hamda ularni oʻquv va amaliyot jarayonlariga tatbiq etish boʻyicha kelishuvga erishish. 3. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni Universitetdagi oʻquv va ilmiy jarayonlarga jalb etish. | Doimiy ravishda | Universitet mablagʻlari | Universitet, manfaatdor vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar |
6. | Xorijiy investitsiyalar va tashqi begʻaraz koʻmak (grant) mablagʻlarini jalb etish va oʻzlashtirish. | 1. Universitetning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarning koʻmagini tashkil etish. 2. Xorijiy fondlar va agentliklar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. 3. Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini tizimli yoʻlga qoʻyish va investitsiyalarni jalb qilish. | 2025-yil sentabrdan boshlab | - | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
7. | Universitetda yoshlar oʻrtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Yozgi maktablarni tashkil etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil iyul | Universitet mablagʻlari | Universitet, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Yozgi maktablarni tashkil etishga doir xalqaro loyihalar bazasini shakllantirish va ularda talaba-yoshlar ishtirokini tashkillashtirish. | Doimiy ravishda | ||||
3. Respublika boʻylab yozgi maktablarni targʻib qilish tadbirlarini oʻtkazish. | Doimiy ravishda | ||||
8. | Universitetda taʼlim eksportini rivojlantirish. | 1. Bino va inshootlarni loyihalash va dizayn yoʻnalishlarida Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Ummon, Quvayt, Ruanda va boshqa xorijiy davlatlarda loyihalar tenderlarida ishtirok etib, ilmiy salohiyatni eksport qilish va sohaga investitsiyalarni jalb qilish choralarini koʻrish. | 2025-yil 1-avgustdan boshlab har yili | Universitet mablagʻlari | Universitet |
2. Har yili Buyuk Britaniya (shu jumladan, Xalqaro malakalar va baholash markazi hamda IQF tashkiloti hamkorligi doirasida), Germaniya, Italiya, Xitoy, Polsha, Belarus, Qozogʻistonning arxitektura va qurilish sohasidagi nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan kamida 200 nafar talaba va magistrantlar uchun almashinuv dasturlari yoʻlga qoʻyilishi boʻyicha kelishuvlarni yakunlash. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
3. Turli soha va yoʻnalishlarda, Universitet yoki Savdo-sanoat palatasining tashabbusiga koʻra, xorijiy davlatlar bozorlariga kirish doirasida Universitetga uning ilmiy salohiyatini eksport qilishi uchun arxitektura va qurilish sohasida xorijiy korxonalar bilan aloqalar oʻrnatishga amaliy yordam koʻrsatib borish. | Har yili 1-dekabrga qadar | - | Savdo sanoat palatasi | ||
9. | Universitetda oʻquv jarayonlarini sifatli tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. | Sobiq Toshkent mashinasozlik kasb-hunar kollejining Toshkent shahri, Yunusobod tumanining 14-mavzesida joylashgan bino-inshootlarini tegishli mol-mulki, jihozlari va vositalari bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida Universitetga bepul oʻtkazish. | 2025/2026 oʻquv yiliga qadar | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Universitet |
II. Universitetda taʼlim jarayonlarini sifatli va samarali tashkil etish | |||||
10. | Universitet oʻquv-uslubiy hujjatlarini hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasasi takliflari va xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik roʻyxatiga kirgan universitetlarning taʼlim dasturlari asosida ishlab chiqish. | 1. Taʼlim dasturlarini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalarining dasturlari asosida shakllantirish. 2. Tanlov fanlarini kadrlar buyurtmachilari bilan shakllantirish. 3. Taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari sonini oshirish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | - | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
11. | Universitetning alohida guruhlarida darslarni xorijiy tillarda oʻtkazishni tashkil etish. | 1. Taʼlim jarayoni xorijiy tilda oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini belgilash. 2. Xorijiy tillarni yaxshi oʻzlashtirgan professor-oʻqituvchi va talabalarni saralab olish hamda talabalarga mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda oʻqitish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | - | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
12. | Xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini rivojlantirish. | 1. Xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olingan oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Universitet mablagʻlari, homiylik va xayriya mablagʻlari | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarida oʻquv jarayonini xorijiy tillarda tashkil etish. 3. Qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida xorijiy talabalarni jalb qilish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
13. | Universitetda nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish. | 1. Universitetga jalb qilingan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini belgilash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil avgust | Universitet mablagʻlari, grant mablagʻlar | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Universitetni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingiga kiritish maqsadida oʻquv va ilmiy jarayonlarga xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan yetakchi professor-oʻqituvchilar hamda mutaxassislarni jalb qilish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
3. Universitet buyurtmasiga binoan belgilangan tartibda Universitet xorijiy professor-oʻqituvchilariga hamda ularning oila aʼzolariga: kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini; koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda muddati uzaytirilishini taʼminlash. | Zaruratga qarab | ||||
14. | Universitet bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim dasturlari) bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan oʻtkazishga tayyorlash. | 1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish. | 2025-yil dekabr | Universitet mablagʻlari | Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish. | 2026-yil may | ||||
3. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | ||||
15. | Universitet talabalari uchun tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar hamda malaka amaliyotlarini davlat organlari, davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida oʻtkazishni tashkil etish. | 1. Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarining xususiyatidan kelib chiqib, korxonalar va tashkilotlarda barcha talabalar amaliyotini tashkil etish boʻyicha respublika hududlari kesimida talabalar taqsimot jadvalini ishlab chiqish. 2. Talabalarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish. 3. Taqsimot jadvalini tasdiqlash va talabalarni amaliyotga yuborish. 4. Amaliyot oʻtagan talabalar bilimini baholash. | Reja-jadval asosida | - | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
16. | Oʻquv va ilmiy tadqiqot jarayonini zamonaviy darslik, oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, oʻquv-uslubiy, ilmiy-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash, talabalarga ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalaridan foydalanish uchun sharoit yaratish. | 1. Oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonini tegishli oʻquv va ilmiy-metodik qoʻllanmalar hamda ilmiy nashrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 2. Universitet axborot-resurs markazini ilgʻor xorijiy elektron maʼlumotlar bazalariga ulash hamda talaba va pedagoglar uchun ushbu bazalardan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish. | Doimiy ravishda | Universitet mablagʻlari, grantlar, homiylik mablagʻlari | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
17. | Dual taʼlim shaklini joriy qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrish. | 1. Universitet kafedralarini hamkorlik doirasida qurilish sanoati korxonalariga biriktirish. | 2025-yil avgust | - | Universitet, hamkorlik doirasidagi qurilish sanoati korxonalari (kelishuvga koʻra) |
2. Tegishli oliy taʼlim tashkilotlari va ularning huzuridagi texnikumlar tomonidan qurilish sanoati korxonalarida amaliyot oʻtayotgan talabalar, izlanuvchilar va oʻquvchilar haqidagi maʼlumotlarni almashish uchun “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi va “HEMIS” — oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlarini oʻzaro integratsiyasini taʼminlash. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Universitet va boshqa oliy taʼlim tashkilotlari | ||||
18. | Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni maxsus maqsadli (amaliyotga yoʻnaltirilgan) magistraturada tayyorlash tizimini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | Takliflarda quyidagilarni nazarda tutish: 1. Kompetensiyani rivojlantirish institutida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida (yoʻnalishlarida) kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan oliy maʼlumotli mutaxassislarni (diplomi boʻyicha mutaxassisligidan qatʼiy nazar) toʻlov-kontrakt asosida maxsus maqsadli (amaliyotga yoʻnaltirilgan) magistraturada oʻqitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha asoslarni keltirish. Bunda quyidagilarni koʻzda tutish: talabgorlarni ish beruvchining (davlat tashkilotining yoki davlat ulushi mavjud korxonaning) tavsiyanomasi bilan suhbat asosida oʻqishga qabul qilish; oʻqishni maqbullashtirilgan kunduzgi yoki kechki taʼlim shakllarida tashkil etib, bir yil davomida nazariy fanlarni amaliyotga bogʻlagan holda oʻqitish; mutaxassisga oʻqishni yakunlaganidan keyin uch yilgacha buyurtmachi (yoki uning tizimidagi tashkilot)da ishlab berish majburiyati yuklash. 2. Mutaxassislarni maxsus maqsadli magistraturada tayyorlashni yoʻlga qoʻyish va oʻquv jarayonlarini tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish. | 2025-yil iyul | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
III. Universitetda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash | |||||
19. | Universitetda ilmiy tadqiqot natijalarini nashr qilish, amaliyotga joriy etish, xalqaro va xorijiy ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish. | 1. Universitetda ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2025-yil avgust | Universitet mablagʻlari | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Universitetda ilmiy-tadqiqot, innovatsion va iqtidorli talabalar, tadqiqotchilar bilan ishlash faoliyatini rivojlantirish maqsadida yuqori malakali konsultantlarni jalb qilish. | Doimiy ravishda | ||||
3. Yuqori malakali konsultantlar tomonidan professor-oʻqituvchilarga maslahat xizmatlarini koʻrsatish va ochiq maʼruzalar tashkil etish. | Reja-jadval asosida | ||||
20. | Universitet ilmiy-tadqiqot faoliyatiga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish samaradorligini oshirish. | 1. Davlat va xorijiy grantlar tanloviga ilmiy-tadqiqot loyihalarini tayyorlash va ularda ishtirok etish. 2. Xoʻjalik shartnomalari asosida ishlar tashkil etish va mablagʻlarni jalb etish. 3. Ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etgan oʻqituvchi va boshqa xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib borish. 4. Har yilgi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirishda arxitektura va qurilish sohasi boʻyicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini nazarda tutish. | Doimiy ravishda | Grant mablagʻlari, xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
21. | Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish. | 1. Mavjud barcha laboratoriya jihozlarini xatlovdan oʻtkazish va ularning texnik holatini oʻrganish. | 2025-yil dekabr | Universitet mablagʻlari, homiylik, xayriyalari, grant mablagʻlari | Universitet, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida amalda foydalanilayotgan normativ hujjatlar asosida Universitetning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari uchun qoʻllanmalar ishlab chiqish va ulardan foydalanish. | 2026-yil aprel | ||||
3. Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar bilan integratsiya aloqalarini kuchaytirish. | Doimiy ravishda | ||||
22. | Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va diversifikatsiya qilish. | 1. Dunyoning yetakchi universitetlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirish. 2. Professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun yangi almashinuv dasturlarini tashkil etish. 3. Qoʻshma xalqaro ilmiy-tadqiqot faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil sentabrdan boshlab | Universitet mablagʻlari doirasida, homiylik, xayriyalari, grant mablagʻlari | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
23. | Universitet talabalarining bandligini taʼminlash va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash. | 1. Talabalarning kelgusida ishga joylashishini inobatga olgan holda haq toʻlanadigan stajirovka (amaliyot) oʻtash joylarini aniqlashtirish. | Har yili yanvar-fevral | - | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Haq toʻlanadigan stajirovka (amaliyot)larni tashkil etadigan korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish. | Har yili fevral-mart | ||||
3. Talabalarning stajirovka (amaliyot) oʻtashlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish choralarini koʻrish. | Shartnomada koʻrsatilgan muddatda | ||||
IV. Ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan oʻzaro uygʻunligini taʼminlash | |||||
24. | Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli sohalarning ilmiy-texnik muammolariga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish. | 1. Sohalarning ilmiy-texnik muammolari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish. 2. Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish. | Har oʻquv yilining sentabr-oktabr | Vazirlik va idoralar mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
3. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini impakt faktori yuqori boʻlgan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etish hamda amaliyotga joriy etish. | Doimiy ravishda | ||||
25. | Universitetda talabalar, magistrantlar va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy yangiliklarini qoʻllab-quvvatlash. | 1. “Universitet-laboratoriya-korxona-vazirlik” ekotizimi konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Universitet kuzatuv kengashiga kiritish. 2. Universitet huzurida Qurilish-muhandislari uyushmasini tashkil qilish choralarini koʻrish. | 2025-yil avgust | - | Universitet, Savdo-sanoat palatasi, Universitet, Kuzatuv kengashi |
26. | “UniLab” platformasini ishga tushirish. | 1. Platformani ishga tushirish va doimiy faoliyatini taʼminlab borish. | 2025-yil avgustdan | - | Universitet |
2. Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining arxitektura va qurilish yoʻnalishidagi barcha laboratoriyalari roʻyxatini shakllantirish, ularning faoliyatini raqamlashtirib, platformaga ulanishini tashkil etish. | 2025-yil avgustdan boshlab | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet, tegishli laboratoriyalarga ega oliy taʼlim tashkilotlar | ||
3. Joriy qilinayotgan yangi amaliyot boʻyicha ishlarni tashkil etishda Universitetga doimiy koʻmaklashib borish. | Doimiy ravishda | - | |||
27. | Universitet tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Hududlarning arxitektura va shaharsozlik qiyofasini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil etish. | 1. Markaz nizomini ishlab chiqib, uning shtat birliklarini belgilash. 2. Markaz mutaxassislari tomonidan olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar mavzulari roʻyxatini tasdiqlab, Markazning doimiy faoliyatini taʼminlab borish. | 2025-yil sentabrdan boshlab doimiy | Universitet mablagʻlari | Universitet |
28. | “Yashil” qurilish ilmi va texnologiyalarini joriy qilish kengashi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Kengash tarkibini Universitet rektori tomonidan nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari professorlari, xalqaro sertifikatga ega mutaxassislar va boshqa olimlardan shakllantirish. | 2025-yil sentabr | Universitet mablagʻlari | Universitet |
2. Belgilangan yoʻnalishlarda yangi ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni qurilish, ekologiya va energetika sohalariga masʼul davlat organlari tomonidan konsilium shaklida koʻrib chiqish uchun taqdim etish. | 2025-yil oktabrdan boshlab har chorakda | ||||
29. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga koʻra, Universitetda mavjud barcha ilmiy salohiyat va laboratoriyalarni safarbar qilgan holda arxitektura va qurilish sohasida ilmiy tadqiqotlarni, shu jumladan, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tashkillashtirish va ularni amaliyotga joriy qilish boʻyicha ilmiy yechimlarni ishlab chiqish. | 1. Quyidagi masalalar boʻyicha ilmiy yechimlarni ishlab chiqish: yuqori mustahkamlikka ega va energiya tejamkor qurilish materiallarini ishlab chiqarish uskunasi (avtoklav)ning milliy ilmiy asoslarini yaratish; qurilish chiqindilarini qayta ishlash va ulardan qoʻshimcha yangi mahsulot yaratish; yerosti va yerusti infratuzilma hamda kommunikatsiyalarning seysmik xavfsizligini taʼminlash; yangi qurilayotgan binolar sifatini zamonaviy texnologiyalar asosida inson omilisiz monitoring qilish; respublika hududidagi mavjud resurslar, xususan, choʻl qumlaridan (barxan qumi) qurilish materiallarini ishlab chiqish; devor yoriqlarini inyeksiya va kompozit materiallar orqali bartaraf etib, bino mustahkamligini qayta tiklash; qurilish tannarxini binoning seysmik himoyasini taʼminlagan holda 30 foizgacha qisqartirish; Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya va Sloveniya tajribalariga asosan “Aqlli va xavfsiz shahar” modelini yaratish; “Qurilishning hayot davomiyligi” tamoyilini keng joriy qilish. | 2026-yil yanvar | - | Universitet |
2. Mazkur masalalar doirasidagi ilmiy yechimlar natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimotni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2026-yil fevral | ||||
2-ILOVA
T/r | Ustuvor vazifalar | Maqsadli koʻrsatkichlar | Oʻlchov birligi | Yillar kesimida: | ||||
2026-yil | 2027-yil | 2028-yil | 2029-yil | 2030-yil | ||||
1. | Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash | Ilmiy salohiyat (asosiy shtatdagi professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) | foizda | 62 | 65 | 67 | 68 | 70 |
2. | Fan doktorlarining (DSc) himoya koʻrsatkichi | nafar | 8 | 8 | 8 | 10 | 10 | |
3. | Falsafa doktorlarining (PhD) himoya koʻrsatkichi | nafar | 40 | 40 | 40 | 45 | 50 | |
8. | Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish | Darsliklar soni (nashr guvohnomalari) | dona | 50 | 52 | 55 | 57 | 60 |
9. | Oʻquv qoʻllanmalar soni (nashr guvohnomalari) | dona | 75 | 77 | 79 | 80 | 85 | |
10. | Monografiyalar soni | dona | 80 | 82 | 84 | 86 | 90 | |
11. | Patentlar soni | dona | 10 | 11 | 12 | 13 | 15 | |
12. | “Scopus”, “Web of Science” xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan maqolalar soni | dona | 100 | 110 | 120 | 130 | 150 | |
13. | Respublika jurnallarida eʼlon qilingan ilmiy maqolalar soni | dona | 400 | 420 | 440 | 460 | 500 | |
14. | “Scopus”, “Web of Science” xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan har bir maqolaga toʻgʻri keluvchi iqtiboslar soni (jami maqolalar soniga nisbatan) | koeffitsiyent | 1,1 | 1,2 | 1,3 | 1,4 | 1,5 | |
15. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron bazalar uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar soni | dona | 22 | 24 | 27 | 30 | 35 | |
16. | Ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish asosida olingan mablagʻlar hajmi | Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va fondlardan olingan mablagʻlar | mlrd soʻm | 2 | 2,5 | 3 | 4 | 5 |
17. | Davlat grantlari asosida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablagʻlar | mlrd soʻm | 3,2 | 3,5 | 4 | 4,3 | 4,5 | |
18. | Sohalar buyurtmasi asosida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablagʻlar | mlrd soʻm | 6,2 | 6,8 | 7,5 | 8,0 | 8,5 | |
19. | Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish | Jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuboriladigan professor-oʻqituvchilar soni | nafar | 50 | 55 | 60 | 65 | 70 |
20. | Universitetga rivojlangan davlatlarning arxitektura va qurilish sohasida ilgʻor tajribaga ega rivojlangan davlatlar professor-oʻqituvchilari tashrifini tashkil etish | nafar | 55 | 60 | 65 | 75 | 80 | |
21. | Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar soni | nafar | 35 | 40 | 45 | 50 | 55 | |
22. | Universitet professor-oʻqituvchilari xorijiy olimlar bilan hammualliflikda chop etgan maqolalari soni | dona | 50 | 55 | 60 | 65 | 70 | |
23. | Universitet talabalarining amaliyotlarini nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bazasida tashkil etish | nafar | 40 | 42 | 44 | 46 | 48 | |
24. | Xorijiy oliy taʼlim muassasalari talabalarining amaliyotini Universitet bazasida tashkil etish | nafar | 50 | 52 | 54 | 56 | 60 | |
3-ILOVA
TARKIBI
1. | O.Q. Abduraxmanov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Kuzatuv kengashi raisi |
2. | Q.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari |
3. | Sh.S. Xidoyatov | — | qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari |
4. | D.A. Vaxobov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi |
5. | Sh.A. Ayupov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti |
6. | S.Z. Mirzayev | — | Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti |
7. | F.J. Poʻlatov | — | Kadastr agentligi direktori |
8. | B.A. Toʻlaganov | — | Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori |
9. | V.A. Ismoilov | — | Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti direktori |
10. | Y.D. Magrupov | — | “OʻZGASHKLITI” Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot, shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti bosh direktori (kelishuv asosida) |
11. | Lavozimi boʻyicha | — | “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi |
12 | B.X. Elmurodov | — | “OʻzshaharsozlikLITI” DUK bosh direktori |
13. | R.S. Sharipov | — | “ToshkentboshplanLITI” DUK bosh direktori oʻrinbosari |
14. | A.A. Sanginov | — | “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi |
15. | I.I. Isroilov | — | “Discover invest” MCHJ taʼsischisi (kelishuv asosida) |
16. | A.A. Akbarjonov | — | “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi |
17. | Lavozimi boʻyicha | — | “Golden House Development” MJCH direktori (kelishuv asosida) |
18. | B.A. Askarov | — | Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professori |
19. | X.X. Xomidov | — | Buyuk Britaniyaning “IQF — Integrated Qualifications Framework” instituti “International Partnerships” yoʻnalishi boʻyicha direktori (kelishuv asosida) |
20. | Lavozimi boʻyicha | — | Toshkent arxitektura-qurilish universiteti birinchi prorektori, Kuzatuv kengashi kotibi |