19.06.2025 yildagi 383-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.06.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Togʻli va choʻl hududlarda turizm xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning olis hududlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, turizm yoʻnalishiga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilish, ekstremal turizm xizmatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali aholini daromadli ish oʻrinlari bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) togʻli va choʻl hududlarda umumiy masofasi 200 metrdan kam boʻlmagan ziplayn ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 100 million soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
togʻli va choʻl hududlarda 150 kv metrdan kam boʻlmagan kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 80 million soʻm miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) togʻli va choʻl hududlarda ziplayn hamda kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasining Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) subsidiya ziplayn va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmualari toʻliq foydalanishga topshirilgandan keyin ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda togʻli va choʻl hududlarda ekstremal turizm obyektlarini tashkil etish xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali aholi hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng targʻibot ishlarini tashkil qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
383-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 383-son qaroriga
1-ILOVA

Tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom 2025-yil 1-iyuldan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziplayn xizmatlari — poʻlat arqonning ikki uchi maxsus ustunlarga qotirib mahkamlangan attraksionda poʻlat arqon boʻylab yerdan koʻtarilgan holda tortishish kuchi taʼsirida havo orqali maxsus moslama yordamida tushish boʻyicha ekstremal turizm xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi — yer sathidan maʼlum masofa balandlikda arqonlar yordamida mahkamlangan attraksionlardan tashkil topgan, turli darajadagi qiyinchilikdagi vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan sport va sayyohlik majmuasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Turizm qoʻmitasi) Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya tadbirkorlik subyektlariga ularning arizalariga asosan togʻli va choʻl hududlardagi 2025-2026-yillarda har bir toʻliq foydalanishga topshirilgan ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

togʻli va choʻl hududlarda umumiy masofasi 200 metrdan kam boʻlmagan ziplayn ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 100 million soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
togʻli va choʻl hududlarda 150 kv metrdan kam boʻlmagan kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 80 million soʻm miqdorida bir martalik ragʻbatlantiruvchi subsidiya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun arizalar Turizm qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tadbirkorlik subyekti subsidiya olish uchun ariza taqdim etish vaqtida quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatilgan boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarori asosida toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilinmagan boʻlmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun arizani taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tadbirkorlik subyekti subsidiya olish uchun ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq subsidiya ajratilishi toʻgʻrisida yozma yoki elektron ravishda ariza bilan Turizm qoʻmitasiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziplayn xizmatlari yoki kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi tashkil qilingan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziplayn xizmatlari yoki kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasining loyiha-smeta hujjatlari nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlangan qabul komissiyasining qurilishi tugallangan ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi foydalanishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining ziplayn xizmatlari yoki kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdimot materiallari (mavjud boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan arizalar Turizm qoʻmitasida tashkil qilinadigan komissiya tomonidan kollegial tarzda uning majlislarida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Turizm qoʻmitasiga kelib tushgan arizalar qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida ushbu Nizom talablariga muvofiq komissiya tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Arizani oʻrganib chiqishda qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazish talab etilsa, komissiya qaroriga asosan tadbirkorlik subyektini yozma ravishda xabardor qilgan holda, arizani oʻrganib chiqish muddati qoʻshimcha oʻn ish kunga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda zaruratga koʻra, ariza komissiya vakillari yoki Turizm qoʻmitasining hududiy boshqarmalari vakillari tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya tomonidan quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada koʻrsatilgan har bir yoʻnalish boʻyicha moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan ishlar uchun sarflangan mablagʻlarni asosli ekanligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruratga koʻra arizalarni koʻrib chiqish jarayonida ularda koʻrsatilgan maʼlumotlar joyiga chiqqan holda oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Arizani oʻrganib chiqish natijasi boʻyicha subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida komissiya qarori qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya qarorining nusxasi qabul qilingan kunda tadbirkorlik subyektiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya olish uchun hujjatlar va maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziplayn va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi togʻli va (yoki) choʻl hududida tashkil etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi toʻliq foydalanishga topshirilmaganda va ishga tushirilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti arizani topshirish vaqtida qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida yoxud faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti ariza bergan sanasi holatiga koʻra sud qarori asosida toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilingan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya ajratishni ushbu bandda koʻrsatib oʻtilmagan asoslar boʻyicha rad etish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi komissiya qarori tadbirkorlik subyektiga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi va unga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos boʻlgan sabablar aniq koʻrsatib oʻtilgan komissiya qarori tadbirkorlik subyektiga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tadbirkorlik subyekti komissiya qarorini olgan kundan boshlab koʻpi bilan oʻn toʻrt ish kunida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Turizm qoʻmitasiga takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida qayta koʻrib chiqiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti tomonidan komissiyaning avvalgi qarorida keltirilgan kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgani tasdiqlanganidan soʻng subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti tomonidan komissiyaning avvalgi qarorida keltirilgan kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgan taqdirda, avval koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Koʻrib chiqish natijasi boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan har bir ariza boʻyicha komissiya tomonidan alohida ish jildi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Subsidiya tadbirkorlik subyektining arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisida komissiya qarori qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni muddatda Turizm qoʻmitasi tomonidan Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Arizalarga muvofiq ajratilishi lozim boʻlgan subsidiya tadbirkorlik subyektining unga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklardagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Subsidiya olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning haqqoniyligiga tadbirkorlik subyekti masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Turizm qoʻmitasi subsidiya ajratish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish, ajratilgan mablagʻlarning yetkazilishi yuzasidan masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tadbirkorlik subyekti davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga

Tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

Tadbirkorlik subyekti

Tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Turizm qoʻmitasiga subsidiya olish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.

Xohishiga koʻra

Turizm qoʻmitasi

Arizani oʻrganib chiqadi.

10 ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda — 20 ish kunida

Turizm qoʻmitasi

Subsidiya ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va tadbirkorlik subyektiga yuboradi.

1 ish kunida

Tadbirkorlik subyekti

Subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olganda, qarorda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Turizm qoʻmitasiga takroran ariza bilan murojaat qiladi.

14 ish kunida

Turizm qoʻmitasi

Ariza takroran taqdim etilganda, uni qayta koʻrib chiqadi.

7 ish kunida

Turizm qoʻmitasi

Subsidiya ajratish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror asosida mablagʻlarni tadbirkorlik subyektining unga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

10 ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasiga

Subsidiya ajratish toʻgʻrisida

ARIZA

_________________________________________________________________________________________

             (tadbirkorlik subyektini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi)

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

                                                                           (manzili, telefon, faks, elektron pochta)

_____________________________________________________________ manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan

_______________________________________________________________________________ manzilida

                                                                     (viloyat, tuman, shahar, koʻcha, uy raqami)

joylashgan togʻli va (yoki) choʻl hududida ziplayn xizmatlari yoki kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish uchun yoʻnaltirilgan xarajatlarining bir qismini qoplash uchun

jami: __________________________________ soʻm miqdorida subsidiya ajratishingizni soʻrayman.

Dalolatnoma olingan sana va raqami: _______________________________________________________

Tadbirkorlik subyektining joylashgan joyi (pochta manzili):

________________________________________________________________________________________

STIR: __________________________

Elektron pochta manzili: __________________________________________________________________

Bank hisobvaragʻi maʼlumotlari:

Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi: ____________________________________________

MFO: ____________

Ilova: ______ varaqda

__________________________________________

_____________

(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O)

(shaxsiy imzo)

20___ yil _______________

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 383-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Amudaryo tumani

2.

Moʻynoq tumani

3.

Taxtakoʻpir tumani

4.

Ellikqalʼa tumani

5.

Andijon viloyati

Xoʻjaobod tumani

6.

Xonobod shahri

7.

Buxoro viloyati

Kogon tumani

8.

Gʻijduvon tumani

9.

Romitan tumani

10.

Jizzax viloyati

Arnasoy tumani

11.

Baxmal tumani

12.

Zomin tumani

13.

Forish tumani

14.

Qashqadaryo viloyati

Kitob tumani

15.

Shahrisabz tumani

16.

Navoiy viloyati

Konimex tumani

17.

Nurota tumani

18.

Xatirchi tumani

19.

Namangan viloyati

Kosonsoy tumani

20.

Pop tumani

21.

Chortoq tumani

22.

Chust tumani

23.

Samarqand viloyati

Samarqand tumani

24.

Urgut tumani

25.

Surxondaryo viloyati

Boysun tumani

26.

Sariosiyo tumani

27.

Sirdaryo viloyati

Sayxunobod tumani

28.

Toshkent viloyati

Angren shahri

29.

Boʻstonliq tumani

30.

Oxangaron tumani

31.

Parkent tumani

32.

Fargʻona viloyati

Soʻx tumani

33.

Fargʻona tumani

34.

Xorazm viloyati

Bogʻot tumani

35.

Tuproqqalʼa tumani

36.

Xiva tumani

37.

Urganch tumani

38.

Yangibozor tumani

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/383/0527-son; 16.02.2026-y., 07/26/58/0143-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)