19.06.2025 yildagi 383-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning olis hududlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, turizm yo‘nalishiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish, ekstremal turizm xizmatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali aholini daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tog‘li va cho‘l hududlarda umumiy masofasi 200 metrdan kam bo‘lmagan ziplayn ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 100 million so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tog‘li va cho‘l hududlarda 150 kv metrdan kam bo‘lmagan kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 80 million so‘m miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn hamda kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan subsidiya O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) subsidiya ziplayn va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmualari to‘liq foydalanishga topshirilgandan keyin ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda tog‘li va cho‘l hududlarda ekstremal turizm obyektlarini tashkil etish xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali aholi hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida keng targ‘ibot ishlarini tashkil qilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
383-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 383-son qaroriga
1-ILOVA

Tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom 2025-yil 1-iyuldan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziplayn xizmatlari — po‘lat arqonning ikki uchi maxsus ustunlarga qotirib mahkamlangan attraksionda po‘lat arqon bo‘ylab yerdan ko‘tarilgan holda tortishish kuchi ta’sirida havo orqali maxsus moslama yordamida tushish bo‘yicha ekstremal turizm xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi — yer sathidan ma’lum masofa balandlikda arqonlar yordamida mahkamlangan attraksionlardan tashkil topgan, turli darajadagi qiyinchilikdagi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan sport va sayyohlik majmuasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Turizm qo‘mitasi) Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan mablag‘lar;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya tadbirkorlik subyektlariga ularning arizalariga asosan tog‘li va cho‘l hududlardagi 2025-2026-yillarda har bir to‘liq foydalanishga topshirilgan ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

tog‘li va cho‘l hududlarda umumiy masofasi 200 metrdan kam bo‘lmagan ziplayn ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 100 million so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tog‘li va cho‘l hududlarda 150 kv metrdan kam bo‘lmagan kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 80 million so‘m miqdorida bir martalik rag‘batlantiruvchi subsidiya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun arizalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tadbirkorlik subyekti subsidiya olish uchun ariza taqdim etish vaqtida quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarori asosida to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilinmagan bo‘lmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun arizani taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tadbirkorlik subyekti subsidiya olish uchun ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq subsidiya ajratilishi to‘g‘risida yozma yoki elektron ravishda ariza bilan Turizm qo‘mitasiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziplayn xizmatlari yoki kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi tashkil qilingan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziplayn xizmatlari yoki kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasining loyiha-smeta hujjatlari nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlangan qabul komissiyasining qurilishi tugallangan ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi foydalanishga qabul qilingani to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining ziplayn xizmatlari yoki kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdimot materiallari (mavjud bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan arizalar Turizm qo‘mitasida tashkil qilinadigan komissiya tomonidan kollegial tarzda uning majlislarida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Turizm qo‘mitasiga kelib tushgan arizalar qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida ushbu Nizom talablariga muvofiq komissiya tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Arizani o‘rganib chiqishda qo‘shimcha o‘rganishlar o‘tkazish talab etilsa, komissiya qaroriga asosan tadbirkorlik subyektini yozma ravishda xabardor qilgan holda, arizani o‘rganib chiqish muddati qo‘shimcha o‘n ish kunga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda zaruratga ko‘ra, ariza komissiya vakillari yoki Turizm qo‘mitasining hududiy boshqarmalari vakillari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya tomonidan quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada ko‘rsatilgan har bir yo‘nalish bo‘yicha moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan ishlar uchun sarflangan mablag‘larni asosli ekanligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruratga ko‘ra arizalarni ko‘rib chiqish jarayonida ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlar joyiga chiqqan holda o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Arizani o‘rganib chiqish natijasi bo‘yicha subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida komissiya qarori qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya qarorining nusxasi qabul qilingan kunda tadbirkorlik subyektiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya olish uchun hujjatlar va ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziplayn va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi tog‘li va (yoki) cho‘l hududida tashkil etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi to‘liq foydalanishga topshirilmaganda va ishga tushirilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti arizani topshirish vaqtida qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida yoxud faoliyati O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti ariza bergan sanasi holatiga ko‘ra sud qarori asosida to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilingan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya ajratishni ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilmagan asoslar bo‘yicha rad etish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi komissiya qarori tadbirkorlik subyektiga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi va unga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar aniq ko‘rsatib o‘tilgan komissiya qarori tadbirkorlik subyektiga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tadbirkorlik subyekti komissiya qarorini olgan kundan boshlab ko‘pi bilan o‘n to‘rt ish kunida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Turizm qo‘mitasiga takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti tomonidan komissiyaning avvalgi qarorida keltirilgan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgani tasdiqlanganidan so‘ng subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti tomonidan komissiyaning avvalgi qarorida keltirilgan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgan taqdirda, avval ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng taqdim etilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan har bir ariza bo‘yicha komissiya tomonidan alohida ish jildi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Subsidiya tadbirkorlik subyektining arizasini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha subsidiya ajratish to‘g‘risida komissiya qarori qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni muddatda Turizm qo‘mitasi tomonidan Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Arizalarga muvofiq ajratilishi lozim bo‘lgan subsidiya tadbirkorlik subyektining unga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklardagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Subsidiya olish uchun taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning haqqoniyligiga tadbirkorlik subyekti mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Turizm qo‘mitasi subsidiya ajratish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish, ajratilgan mablag‘larning yetkazilishi yuzasidan mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tadbirkorlik subyekti davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga

Tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

Tadbirkorlik subyekti

Tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Turizm qo‘mitasiga subsidiya olish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.

Xohishiga ko‘ra

Turizm qo‘mitasi

Arizani o‘rganib chiqadi.

10 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda — 20 ish kunida

Turizm qo‘mitasi

Subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va tadbirkorlik subyektiga yuboradi.

1 ish kunida

Tadbirkorlik subyekti

Subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni olganda, qarorda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Turizm qo‘mitasiga takroran ariza bilan murojaat qiladi.

14 ish kunida

Turizm qo‘mitasi

Ariza takroran taqdim etilganda, uni qayta ko‘rib chiqadi.

7 ish kunida

Turizm qo‘mitasi

Subsidiya ajratish to‘g‘risida qabul qilingan qaror asosida mablag‘larni tadbirkorlik subyektining unga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

10 ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasiga

Subsidiya ajratish to‘g‘risida

ARIZA

_________________________________________________________________________________________

             (tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining to‘liq nomi)

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

                                                                           (manzili, telefon, faks, elektron pochta)

_____________________________________________________________ manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan

_______________________________________________________________________________ manzilida

                                                                     (viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, uy raqami)

joylashgan tog‘li va (yoki) cho‘l hududida ziplayn xizmatlari yoki kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish uchun yo‘naltirilgan xarajatlarining bir qismini qoplash uchun

jami: __________________________________ so‘m miqdorida subsidiya ajratishingizni so‘rayman.

Dalolatnoma olingan sana va raqami: _______________________________________________________

Tadbirkorlik subyektining joylashgan joyi (pochta manzili):

________________________________________________________________________________________

STIR: __________________________

Elektron pochta manzili: __________________________________________________________________

Bank hisobvarag‘i ma’lumotlari:

Xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi: ____________________________________________

MFO: ____________

Ilova: ______ varaqda

__________________________________________

_____________

(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O)

(shaxsiy imzo)

20___ yil _______________

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 383-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Amudaryo tumani

2.

Mo‘ynoq tumani

3.

Taxtako‘pir tumani

4.

Ellikqal’a tumani

5.

Andijon viloyati

Xo‘jaobod tumani

6.

Xonobod shahri

7.

Buxoro viloyati

Kogon tumani

8.

G‘ijduvon tumani

9.

Romitan tumani

10.

Jizzax viloyati

Arnasoy tumani

11.

Baxmal tumani

12.

Zomin tumani

13.

Forish tumani

14.

Qashqadaryo viloyati

Kitob tumani

15.

Shahrisabz tumani

16.

Navoiy viloyati

Konimex tumani

17.

Nurota tumani

18.

Xatirchi tumani

19.

Zarafshon shahri

20.

Uchquduq tumani

21.

Tomdi tumani

22.

Namangan viloyati

Kosonsoy tumani

23.

Pop tumani

24.

Chortoq tumani

25.

Chust tumani

26.

Samarqand viloyati

Samarqand tumani

27.

Urgut tumani

28.

Surxondaryo viloyati

Boysun tumani

29.

Sariosiyo tumani

30.

Sirdaryo viloyati

Sayxunobod tumani

31.

Toshkent viloyati

Angren shahri

32.

Bo‘stonliq tumani

33.

Ohangaron tumani

34.

Parkent tumani

35.

Farg‘ona viloyati

So‘x tumani

36.

Farg‘ona tumani

37.

Xorazm viloyati

Bog‘ot tumani

38.

Tuproqqal’a tumani

39.

Xiva tumani

40.

Urganch tumani

41

Yangibozor tumani

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-58-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 07/26/58/0143-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/383/0527-son; 16.02.2026-y., 07/26/58/0143-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)