1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-88-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2025-yil 1-iyuldan respublikaning 15 ta tuman (shahar)larida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab esa Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini (keyingi o‘rinlarda — Tajriba-sinov loyihasi) joriy etish doirasida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish orqali oilaviy poliklinikalarda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifat va samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Sog‘liqni saqlash vazirligining tuman (shahar) darajasidagi bo‘linmasi, oilaviy poliklinikalar, markaziy shifoxonaning vazifa va funksiyalarini, shuningdek, tibbiy yordam ko‘rsatishda aholi va tibbiyot xodimlarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish, ular mehnatiga munosib haq to‘lash tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Sog‘liqni saqlash vazirligining vertikal boshqaruvida tuman (shahar) bo‘g‘inini isloh qilish orqali amalga oshiriladigan islohotlarni jadallashtirish va monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda qisqa muddatli chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlarini tashkil etish va tibbiyot muassasalari faoliyatini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish, uning ijrosi ustidan doimiy monitoring va tahlil o‘tkazib borish, shuningdek, Tajriba-sinov loyihasini respublikaning barcha hududlariga keng tatbiq etish maqsadida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mavjud birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini xatlovdan o‘tkazish hamda xatlov natijalari asosida Tajriba-sinov loyihasi talablariga muvofiq amaldagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini yuridik maqomga ega tegishli tipdagi oilaviy poliklinika shaklida qayta tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarni markaziy shifoxonalarning maslahat-diagnostika bo‘linmalariga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot brigadalarini yangi normativlarga muvofiq qayta shakllantirish hamda ularga aholining qayta biriktirilishini tashkil etish va nazorat qilish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tasarrufidagi tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlashning shaffof mexanizmlari asosida tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda uning natijalari bo‘yicha tibbiyot xodimlarini to‘liq stavkada ishga qabul qilish va ularga munosib ish sharoitini yaratish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) oilaviy shifokorlar va biriktirilgan aholi o‘rtasida bitim hamda hududdagi tibbiyot muassasalari bilan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi o‘rtasida shartnoma tuzilishini va ularga amal qilinishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) tibbiyot xodimlari faoliyatini tasdiqlangan mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilish hamda natijalar asosida ularni rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida aholiga bepul ambulator va statsionar tibbiy xizmatlar ko‘rsatish hamda dori vositalari bilan ta’minlashni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tibbiy ta’lim muassasalari bilan birgalikda tibbiyot brigadasi xodimlari va oilaviy poliklinikalar katta hamshiralarining oila salomatligi bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi hamda rahbar xodimlarning menejerlik kurslari bo‘yicha malaka oshirishlarini ta’minlash;
(4-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) tasarrufidagi tibbiyot muassasalari faoliyatidagi biznes jarayonlarni raqamlashtirish, qog‘oz shaklida yuritilayotgan barcha hisobotlarni elektron shaklda yuritish orqali tibbiyot xodimlarining ish yuklamasini kamaytirish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) Tajriba-sinov loyihasi doirasida maqbullashtiriladigan mablag‘larni tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari uchun ochilgan tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga jamlash hamda Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(l) notibbiy xizmatlar ko‘rsatishni (ovqatlanish, kir yuvish, sterilizatsiya va boshqa), shuningdek, samarasiz hamda bo‘sh turgan bino-inshootlarni davlat-xususiy sheriklik yoki autsorsing asosida xususiy sektorga berish ishlarini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(m) tibbiyot muassasalarida pulli xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish va ularning turlarini kengaytirishga ko‘maklashish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(n) Raqamli sog‘liqni saqlash platformasiga hududdagi barcha davlat hamda nodavlat tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari, shu jumladan, dorixonalar ulanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(o) aholi salomatligi ko‘rsatkichlari, kasallanish darajasi va boshqa ma’lumotlarni tahlil qilish orqali o‘z hududida sog‘liqni saqlash holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tajriba-sinov loyihasi doirasida quyidagilar tibbiyot muassasalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) oilaviy poliklinikalar uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) tibbiyot brigadalari hamda biriktirilgan aholi bilan bitim tuzish, bitim bo‘yicha kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmatlarni tasdiqlangan davolash standartlari, milliy klinik protokollarga asosan o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan tibbiy xizmatlar xaridi bo‘yicha shartnoma tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) oilaviy poliklinikalarda oilaviy shifokor, pediatr, akusher ginekolog va tashxislash bo‘yicha mutaxassislar hamda autsorsing asosida stomatolog xizmatini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) oilaviy shifokor tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan aholi sonidan kelib chiqib oilaviy shifokor faoliyatini baholab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) aholini individual davolash va sog‘lomlashtirish dasturlari asosida kafolatlangan paket doirasida zarur dori vositalari bilan bepul ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vi) oilaviy poliklinikadan 10 kmdan uzoq masofada joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi uchun tibbiyot xodimlari tomonidan sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vii) kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash maqsadida tibbiy ko‘riklar tashkil etish, Milliy profilaktik emlash taqvimiga muvofiq va favqulodda holatlarda aholini emlash ishlarini tashkil etish, reproduktiv salomatlik va xavfsiz onalikni ta’minlash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yuritish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(viii) tor soha mutaxassislari qabuliga va shifoxonalarga elektron yo‘llanmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tuman (shahar) markaziy shifoxonalari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan tibbiy xizmatlar xaridi bo‘yicha shartnoma tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) oilaviy shifokor yo‘llanmasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-311-son qarorida belgilangan tartibda aholiga bepul ambulator va rejali statsionar tibbiy xizmat ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) tashxislash va davolash standartlari hamda klinik protokollarga qat’iy amal qilgan holda aholiga tibbiy maslahat berish, laborator, tashxislash, ambulator, statsionar hamda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) tor soha mutaxassislari tomonidan aholi orasida kasallanish, nogironlikning oldini olish, o‘limni kamaytirish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni (skrining tekshiruvlari, profilaktik va sayyor tibbiy ko‘riklar) amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan shtat birliklari sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshiriladigan islohotlar natijasida bo‘shaydigan shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, o‘z nomi davlat tilida yozilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa atributlarga ega davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) faoliyatida tegishli tuman (shahar) hokimligiga va sog‘liqni saqlash boshqarmasiga bo‘ysunadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) tuman (shahar) markaziy shifoxonasi, oilaviy poliklinikalar, tez tibbiy yordam xizmati hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limidan iborat tarkibda faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) tibbiyot muassasalarining moliya-buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda inson resurslarini boshqarish xizmatini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tasarrufidagi tibbiyot muassasalari xodimlari bilan mehnat shartnomasini tuzadi va bekor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlariga 2-ilovaga muvofiq tarif razryadlarini qo‘llagan holda ish haqi hisoblanadi hamda ularga hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam ko‘rsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limining budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasiga o‘z tasarrufidagi tibbiyot muassasalari tomonidan pulli asosda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun tushumlar miqdorining 2 foizi miqdorida ajratma o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublikaning barcha davlat tibbiyot muassasalarida 2025-yil 1-iyuldan boshlab kasallikning og‘irlik darajasi va davolashning murakkabligidan kelib chiqib, maxsus ko‘nikmalarni talab qiladigan davolash choralarini ko‘rgan hamda yuqori xavf darajasiga ega bo‘lgan amaliyotlarni samarali amalga oshirgan shifokorlarning oylik lavozim maoshlariga 25 foizdan 100 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Raqamlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot muassasalarini ta’minlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025-yil 15-iyunga qadar Tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda, 2025-yil yakuniga qadar qolgan hududlarda aholini “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazsin hamda tibbiyot brigadalariga biriktirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025-yil 1-iyunga qadar “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet orqali aholini tibbiyot brigadasiga biriktirish, oilaviy shifokor va aholi o‘rtasida bitim tuzish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, Tajriba-sinov loyihasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining mehnat shartlari o‘zgaradigan shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari shaffof imtihonlar asosida belgilangan tartibda qayta ishga rasmiylashtiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) imtihonlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan birgalikda tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xodimlar malakasini aniqlashda birinchi navbatda o‘tkazilgan imtihon natijalari inobatga olinadi hamda imtihonda eng yaxshi natija ko‘rsatgan xodimlar ishga qabul qilinadi.
(12-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-331-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 07/25/331/1014-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) oila salomatligi bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi, shuningdek, milliy klinik protokollar asosida o‘qitiladigan tibbiyot brigadasi xodimlari bilimini baholash maqsadida yakuniy test sinovlari topshiriqlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining oliy ma’lumotli tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining uzluksiz kasbiy tibbiyot ta’limida to‘planadigan kreditlar hajmining 144 tasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’lim olish orqali jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tibbiyot brigadasi xodimlarini oila salomatligi yuzasidan o‘qitish bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va o‘qitish tibbiy ta’lim muassasalari tomonidan hamda rahbar xodimlarni menejerlik bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qitish Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish maqsadida jalb etilgan turk ekspertlari bilan birgalikda tibbiyot muassasalarida aholi hamda tibbiyot xodimlari uchun qulayliklar yaratish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qiluvchi “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ishlab chiqilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilansinki, 2025-yil 1-iyundan boshlab Dastur doirasida qisqa muddatda tibbiyot muassasalarida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ularning tibbiyotga bo‘lgan ishonchini orttirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tibbiyot muassasalarida kutish zallari tashkil qilinib, o‘rindiqlar bilan ta’minlanadi, qulay ro‘yxatxonalar tashkil etiladi va onlayn qabulga yozilish imkoniyatlari kengaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) aholi, bemorlar, nogironlar harakatlanishi uchun qulayliklar yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Ona va bola” xonalari tashkil qilinadi, xonalar va yo‘laklar tejamkor zamonaviy yoritish qurilmalari bilan jihozlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) sanitariya-gigiyena xonalari ta’mirlanib, shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi va bemorlar uchun qulayliklar yaratish imkonini beruvchi boshqa tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Qarorda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Belgilansinki, qurilish-ta’mirlash ishlari, shu jumladan, tuman (shahar) markaziy shifoxonasi bo‘linmalari, oilaviy poliklinikalar uchun bino va inshootlarni qurish Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda 2025 — 2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida sog‘liqni saqlash sohasiga ajratiladigan mablag‘lar birinchi navbatda mazkur maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tibbiyot xodimlarining ish haqi miqdorini qayta ko‘rib chiqish, malakasini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda ularni rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshirilsin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) o‘quv kurslari va xodimlar bilimini baholashni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar — Davlat budjetidan tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar hamda Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ish haqi miqdorini qayta ko‘rib chiqish, oila salomatligi bo‘yicha maxsus o‘quv dasturining har bir bosqichi yakuni bo‘yicha tibbiyot brigadasi xodimlari va oilaviy poliklinikalar katta hamshiralariga qo‘shimcha ustama to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar — Davlat budjeti mablag‘lari;
(16-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tibbiyot, farmatsevtika va rahbar xodimlar faoliyatini samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida moddiy rag‘batlantirish — tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Dasturdagi tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar tibbiyot muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-son Farmoniga muvofiq, mahalliy budjetlar tomonidan ajratiladigan mablag‘lar teng ulushlarda axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari xarid qilishga va Dasturdagi tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilsin. Bunda zarur hollarda, ajratilgan mablag‘lar Tajriba-sinov loyihasi doirasida belgilangan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishga ham sarflanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Respublika budjeti va mahalliy budjetlardan ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning kredit va grant mablag‘lari tibbiyot muassasalarini 3-ilovada belgilangan axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari bilan ta’minlash xarajatlari uchun yo‘naltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Kadrlar ta’minoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2025-yil 1-iyunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot muassasalarining shtat me’yorlarini qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) imtihon natijalari asosida ishga qabul qilinmagan xodimlarga tibbiyot muassasalaridagi mutaxassisligiga mos bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilsin hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ularni ishga joylashtirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning hududiy filiallari mutaxassislaridan iborat mobil ishchi guruhlar tashkil qilsin hamda 2025-yil 1-iyundan boshlab ularni tibbiyot muassasalariga biriktirsin. Bunda markazlar rahbarlari biriktirilgan tibbiyot muassasalarida biznes jarayonlarini to‘g‘ri va sifatli yo‘lga qo‘yish, muassasadagi tibbiyot xodimlariga yangi tizim bo‘yicha ishlashni o‘rgatish, kadrlar ta’minoti hamda Tajriba-sinov loyihasida nazarda tutilgan barcha tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiy yordam ko‘rsatishda aholi hamda tibbiyot xodimlarining huquq va majburiyatlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sog‘liqni saqlash vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Guliston tibbiyot klasteri tarkibiga viloyat tibbiyot muassasalarini kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sog‘liqni saqlash vazirligi uch oy muddatda aholi va tibbiyot xodimlarining huquqiy munosabatlari hamda taraflarning huquq va majburiyatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sog‘liqni saqlash vazirligi “Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi bilan birgalikda Tajriba-sinov loyihasi doirasida loyiha amaliyotga joriy etilgunga qadar hamda 2026-yil yakuni bo‘yicha amaldagi sog‘liqni saqlash tizimidan qoniqish darajasini aniqlash maqsadida aholi va tibbiyot xodimlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazsin. Bunda so‘rovnoma o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar “Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Tajriba-sinov loyihasi doirasida mavjud birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini xatlovdan o‘tkazsin. Bunda xatlov natijalariga ko‘ra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan va zarur infratuzilma (elektr, suv, oqova suv tizimi, atrofni obodonlashtirish va boshqalar) hamda tibbiy uskunalar va jihozlar bilan ta’minlangan maxsus konteynerlarda tashkil etilgan mahalla tibbiyot punktlarini oilaviy poliklinikaning filiali sifatida qayta tashkil etish va qolganlarining faoliyatini to‘xtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) amalda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasining filiali sifatida faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalarini oilaviy poliklinikaga aylantirish yoki tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalariga biriktirilgan aholini ular joylashgan binoda tashkil etiladigan yoki boshqa oilaviy poliklinikalarga biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) barcha oilaviy poliklinikalarni belgilangan tartibda raqamlash choralarini ko‘rsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3039-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahridagi oilaviy poliklinikalar to‘g‘risidagi namunaviy nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda 2025-yil yakuniga qadar 14 ta tuman (shahar)da aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami va statsionar xizmat ko‘rsatishni yaxlit tizim sifatida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar sog‘liqni saqlash tizimidagi xodimlarning malaka toifalari, ish staji va lavozimlari bo‘yicha bazaviy tarif stavkalarini belgilagan holda rahbar va xodimlar mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda sog‘liqni saqlash vaziriga Dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda amaliyotga joriy etilishi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 19-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 — 21 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari xodimlarining cheklangan soni 21 nafar etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida bo‘lim tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni belgilangan me’yorlarga muvofiq kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tuman (shahar) tibbiyot bo‘limlarining tarkibiy bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoniga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari — statsionar sho‘basi boshlig‘iga hududda onalik va bolalikni muhofaza qilish vazifasi yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shtat me’yorlari asosida kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlarining umumiy cheklangan soniga kiritilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu xodimlarga tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-185-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Lavozim nomi
Mehnatga haq to‘lash razryadlari
1.
Bo‘lim boshlig‘i
13
2.
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari
12
3.
Sho‘ba boshlig‘i
10
4.
Bosh mutaxassis
9
5.
Yetakchi mutaxassis
8
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-185-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot muassasalarini ta’minlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Hududlar va tibbiyot muassasalari nomi
Kompyuter
Planshet
Infokiosk
Smart monitor
Printer (qog‘oz)
Printer (chek)
Printer (yorliq)
Skaner (2D)
Veb kamera (MyID uchun)
1.
Samarqand shahri sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari
628
700
15
73
220
53
29
97
56
2.
Ishtixon tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari
499
162
15
55
60
19
18
19
34
3.
Bulung‘ur tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari
369
206
20
51
89
34
44
84
48
4.
Asaka tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari
345
90
15
26
16
14
57
85
40
5.
G‘ijduvon tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari
333
342
23
37
41
26
27
52
36
6.
G‘allaorol tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari
412
223
15
44
20
34
65
83
36
7.
Kitob tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari
192
190
23
31
26
34
44
61
33
8.
Xatirchi tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari
191
103
33
34
90
55
34
2
34
9.
Chortoq tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari
70
198
19
56
55
55
62
40
34
10.
Denov tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari
655
455
22
88
29
39
109
93
55
11.
Yangiyo‘l shahri sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari
133
80
2
13
7
3
21
11
2
12.
Quva tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari
389
270
20
51
35
32
52
78
44
13.
Shovot tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* tibbiyot muassasalari tajriba-sinov loyihasini joriy etish muddatlariga muvofiq bosqichma-bosqich ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati tibbiyot muassasalarida 4 700 ming metr LAN kabel yotqizilib, 1225 ta Switch (48 portli L2 4SFP kommutatori) hamda 608 ta “Firewall” dasturi bilan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish kiritish vakolati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-185-son qaroriga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiy yordam ko‘rsatishda aholi hamda tibbiyot xodimlarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda ularning huquqlari va manfaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aholiga ularning sog‘lig‘ini saqlash bilan bog‘liq quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) o‘z sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilish, uni saqlash, mustahkamlash va tiklash bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sog‘lom turmush tarziga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) sanitariya-epidemiologik talablarga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tanlangan tashxislash va davolash taktikasini amalga oshirish uchun tibbiyot xodimlarining tavsiyalarini so‘zsiz bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) o‘zida jamoat salomatligi uchun xavf tug‘diradigan kasalliklar, odamning immunitet tanqisligi virusi mavjudligi va o‘zgalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi boshqa holatlar bo‘lsa, ular to‘g‘risida tibbiyot xodimlariga xabar berish, shuningdek, boshqa odamlar bilan aloqada bo‘lganda zarur ehtiyot choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) tibbiyot xodimlarining so‘roviga asosan dori vositalarini qo‘llash chog‘ida avval aniqlangan allergik reaksiyalari yoki nomutanosibligi haqida ularni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) tibbiyot xodimlarining so‘roviga asosan o‘zining va yaqin qarindoshlarining nasliy kasalliklari hamda oldin boshidan kechirgan xastaliklari haqida ularga ma’lumot taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) bemorlar uchun o‘rnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) agar bemor avval boshqa tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan bo‘lsa, olgan muolajalari, qo‘yilgan tashxislar va tavsiyalar haqida tibbiyot xodimlariga ma’lumot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) sog‘lig‘idagi keskin yoki bosqichma-bosqich o‘zgarishlar haqida tibbiyot xodimlarini xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(l) tibbiyot xodimlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga hurmat ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(m) sog‘liqni saqlash tashkilotining mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(n) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni 13-moddasining birinchi qismi, 15 va 18 — 27-moddalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tibbiyot xodimlari o‘z mehnat faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) amaldagi tashxislash va davolash standartlari, klinik protokollar asosida hamda vakolati doirasida bemorga tashxis qo‘yish va davolash tadbirlarini belgilash, dori va sarflov vositalarini buyurish hamda qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bemorlarning hayotini saqlab qolish maqsadida zarur tibbiy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ish beruvchidan malakali va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur sharoit yaratilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq mehnat sharoitlarida ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) qonuniy himoyaga ega bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) kasbiy malakasini oshirish, kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarga muvofiq malaka toifalarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) tibbiy faoliyatga oid yangilik va innovatsiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) qonunchilik hujjatlariga muvofiq tibbiy va farmatsevtika jamoat birlashmalarini tuzish;
LexUZ sharhi
Qarang: “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunning 2-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 41 va 43-moddalari, Mehnat kodeksining 476-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tibbiyot xodimlariga aholining sog‘lig‘ini saqlashda quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun, “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 62-son qarori, 2025-yil 29-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 48-son qarori, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3438, 2023-yil 31-may), Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat ko‘rsatish tartibi va hajmlari to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3111, 2018-yil 29-dekabr), Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) o‘z lavozim vazifalarini kompetensiyalari doirasida bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) bemorlarga malakali va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) amaldagi tashxislash va davolash standartlari hamda klinik protokollarga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) bemorlarga samaradorligi isbotlangan dori va sarflov vositalarini asoslantirilgan holda buyurish va qo‘llash. Bunda turli farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi tashkilotlar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlamaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) bemorning tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati, qo‘yilgan tashxis to‘g‘risidagi ma’lumotlari hamda uni tekshirish va davolash chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlarni sir saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) tibbiyot sohasining axloqiy va kasbiy me’yorlariga amal qilish, tibbiy etika va deontologiya prinsiplariga rioya qilish hamda bemorlarni hurmat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) tibbiy aralashuvga bemor yoki uning qonuniy vakilining roziligi yoki rad etishini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) zarur hollarda bemor holati bo‘yicha boshqa mutaxassislar ishtirokida konsilium o‘tkazish va ulardan maslahatlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) tibbiy xatolarning oldini olish va o‘z vakolati hamda kompetensiyalaridan tashqariga chiqmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(l) davlat mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(m) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi, “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 6-moddalari.