1-ILOVA
1. | Sh.M. Mirziyoyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy kengash raisi |
2. | J.A. Qoʻchqorov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri |
3. | O.Q. Abduraxmanov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari |
4. | J.T. Joʻrayev | — | Davlat xavfsizligi xizmati raisining oʻrinbosari |
5. | B.I. Abdullayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi |
6. | N.X. Jumayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi raisi |
7. | Q.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
8. | B.O. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
9. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
10. | B.E. Zaxidov | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
11. | A.A. Xudayarov | — | sogʻliqni saqlash vaziri |
12. | O.R. Fozilkarimov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari |
13. | Sh.A. Ayupov | — | Fanlar akademiyasi prezidenti |
14. | J.Sh. Salixov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori |
15. | G.S. Ismailova | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori |
16. | Q.R. Sariyev | — | Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita raisi |
17. | V.A. Herrmann | — | “Yangi Oʻzbekiston” universiteti faxriy prezidenti |
18. | O.B. Sattarov | — | “Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi |
19. | X.U. Umarova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, masʼul kotib |
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlari | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyatini yoʻlga qoʻyish | |||||
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatni (keyingi oʻrinlarda — Maktab) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va Maktab kuzatuv kengashi faoliyatini tashkil etish. | 1. Maktab ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Maktabni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. 3. Maktab kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi nizomni va uning tarkibini tasdiqlash. | 2025 yil iyul | – | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
Maktabning pedagog xodimlari hamda maslahatchilariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilash. | (a) fan oʻqituvchilarida oʻquvchilarni xalqaro imtihonlarga (SAT, A-Level, IELTS/TOEFL) va fan olimpiadalariga tayyorlash tajribasi hamda ingliz tilidan kamida B2 (ingliz tili fani boʻyicha dars oʻtish uchun kamida C1) darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlishi, shuningdek, “CLIL” (“Content and Language Integrated Learning”) metodikasini bilishi; (b) maslahatchilar pedagogika, psixologiya, taʼlim va kouching yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga, mentorlik va yoshlar bilan ishlash boʻyicha zarur koʻnikmalarga, xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga kirish jarayonida hamrohlik qilish tajribasiga ega boʻlishi hamda ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi lozimligi va boshqa talablar nazarda tutiladi. | 2025 yil iyul | – | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Kambagʻallikni qisqartirish | |
Maktabning tashkiliy-boshqaruv faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Maktab tuzilmasi va shtat birliklarini tasdiqlash. | 2025 yil avgust | Maktabga ajratiladigan mablagʻlar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
2. Maktabga pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish tartibini tasdiqlash. | 2025 yil iyul | ||||
3. Maktabdagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni global rekruting platformalariga joylashtirish. | 2025 yil iyuldan boshlab | ||||
4. Rekruting tashkilotlari bilan shartnoma imzolab, pedagog xodimlarni Maktabga jalb qilish. | Zarur hollarda | ||||
5. Maktabning boʻsh ish oʻrinlariga xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni ishga olish. | 2025 yil avgust | ||||
Maktabga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha vaqtincha tartibini tasdiqlash. | 1. Maktabga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha vaqtincha tartibni Maktab kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash. Bunda Maktabga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 8-sinf bitiruvchilari qabul qilinishini nazarda tutish. | 2025-yil iyul | – | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) | |
2. Maktabga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha vaqtincha tartibni ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida eʼlon qilish. | 2025-yil iyul | ||||
Maktabda oʻquv jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 1. Maktabning oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish uchun taʼlim sohasidagi xorijiy tashkilotlar va ekspertlarni hamda mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish. | 2025 yil iyul | Maktabga ajratiladigan mablagʻlar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
2. Maktabning oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Har yili iyun oyida | ||||
3. Oʻquv reja va fan dasturlarini tahlil qilish va zamon talablari asosida yangilab borish. | Doimiy | ||||
Maktab oʻqituvchilari va maslahatchilarini malaka oshirish uchun xorijga yuborish. | 1. Maktab oʻqituvchilari va maslahatchilari malakasini oshirish tartibini tasdiqlash. | 2025 yil oktabr | Maktabgacha | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
2. Malaka oshirish dasturlari boʻyicha xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish va ular bilan shartnoma imzolash. | 2026 yil avgust | ||||
3. Maktab oʻqituvchilari va maslahatchilarini malaka oshirish dasturlarida oʻqish uchun xorijga yuborish. | 2026/2027 | ||||
Maktabni zamonaviy darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash hamda oʻquvchilarga ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish. | 1. Oʻquv jarayoni uchun zarur hisoblangan zamonaviy darslik, oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, oʻquv-uslubiy, ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar roʻyxatini shakllantirish va ularni xarid qilish. | Doimiy | Maktabga ajratiladigan mablagʻlar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
2. Oʻquvchilar taʼlim jarayonida foydalanishi uchun ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalariga ulanish. | |||||
Maktab oʻquvchilarining ijtimoiy faolligini oshirish. | 1. Maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun sport toʻgaraklari va sanʼat studiyalarini tashkil qilish. Bunda: | 2025-yil oktabr | Maktabga ajratiladigan mablagʻlar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
(a) oʻquvchilar uchun ekskursiyalar, treninglar va madaniy uchrashuvlar tashkil etish reja-jadvalini tasdiqlash; | Har yili sentabr oyida | ||||
(b) reja-jadval asosida tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish. | Reja-jadval asosida | ||||
2. Maktab oʻquvchilarining dunyoning nufuzli taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli dasturlarda ishtirok etishi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026 yil sentabr | ||||
3. Nufuzli xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazish va natijasi boʻyicha kelishuv bitimini tuzish. | 2027 yil iyul oyidan boshlab | ||||
4. Maktab oʻquvchilarini qisqa muddatli dasturlarda ishtirok etish uchun xorijga yuborish. | Doimiy | ||||
Maktabning yangi binosi qurilguniga qadar uni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning boʻsh binolarida vaqtinchalik joylashtirish. | 1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 2025/2026 oʻquv yili uchun oʻquvchilarni qabul qilish parametrlarini shakllantirishda ushbu maktabning boʻsh binolariga Maktabni joylashtirishni inobatga olish. | 2025 yil avgust | Maktabga ajratiladigan mablagʻlar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
2. Maktabni joylashtirish uchun zarur tovar va xizmatlar xaridini amalga oshirish. | |||||
3. Maktabni joylashtirish ishlarini tashkil etish. | |||||
Maktab kampusini barpo etish. | 1. Maktab kampusini qurish uchun zarur yer maydonini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish. | 2025 yil iyul | 2026-yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari | Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzakov) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
2. Maktab kampusining asosiy oʻquv, maʼmuriy va oʻquvchilar yotoqxonasi binolarini foydalanishga tayyor holda topshirish va jihozlash. | 2026-yil avgust | ||||
II. “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturni amalga oshirish | |||||
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dastur (keyingi oʻrinlarda — Milliy dastur)ni amalga oshirish. | 1. Xorijiy tashkilotlar va ekspertlarni hamda mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilgan holda Milliy dasturni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025 yil avgust | Maktabgacha | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
2. Milliy dastur ishtirokchilarini saralash shartlari va muddatlarini tasdiqlash hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. | Har yili | ||||
3. Milliy dastur ishtirokchilari uchun saralash imtihonlarini oʻtkazish. | Belgilangan muddatlarda | ||||
Milliy dastur doirasida “Renessans” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida (keyingi oʻrinlarda — Oromgoh) oʻquvchilar uchun qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish. | 1. Oromgohda tashkil etiladigan qisqa muddatli oʻquv kurslar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025 yil sentabr oyidan boshlab doimiy | Maktabgacha | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova) | |
2. Oʻquv kurslarini oʻtkazish va tashkil etish uchun yuqori malakali mutaxassislarni mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda shartnoma asosida jalb etish. | |||||
3. Qisqa muddatli oʻquv kurslarga jalb etiladigan xodimlar va oʻquvchilarni kelib-ketishlari uchun transport, turar-joy, issiq ovqat, qoʻriqlash xizmati, ofis jihozlari hamda boshqa vositalar bilan taʼminlash. | |||||
Milliy dastur ishtirokchilarining tayyorgarlik darajasini kuzatib borish va muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus platforma ishlab chiqish. | 1. “Yangi Oʻzbekiston” universitetining Ilgʻor bilim va tajribalar transferi markazini shartnoma asosida jalb qilgan holda Milliy dastur ishtirokchilarining tayyorgarlik darajasini kuzatib borish va muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus platforma ishlab chiqish va ishga tushirish. | 2025 yil oktabr | Maktabgacha | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
2. Maxsus platformaning uzluksiz ishlashini tashkil etish. | Doimiy | ||||
Milliy dasturda ishtirok etuvchi maktab maslahatchilarining malakasini oshirish. | 1. Malaka oshirishga yuboriladigan maktab maslahatchilarini saralab olish tartibini tasdiqlash. | 2025 yil dekabr | Maktabgacha | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
2. Malaka oshirish dasturlari boʻyicha xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish va ular bilan shartnoma tuzish. | 2026 yil avgust oyidan boshlab | ||||
3. Maktab maslahatchilarini saralab olish va malaka oshirish dasturlarida oʻqish uchun xorijga yuborish. | Doimiy | ||||
Milliy dasturning eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgan ishtirokchilarini dunyoning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli dasturlarga yuborish. | 1. Milliy dastur doirasida eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgan ishtirokchilarni saralab olish hamda ularni dunyoning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli dasturlarda ishtirok etish uchun yuborish tartibini tasdiqlash. | 2025 yil dekabr | Maktabgacha | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
2. Nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazish va shartnoma tuzish. | 2026 yil sentabr oyidan boshlab | ||||
3. Ishtirokchilarning qisqa muddatli dasturlarda ishtirokini taʼminlash. | Doimiy | ||||
Milliy dastur doirasida maktab maslahatchilarini ragʻbatlantirib borish. | 1. Milliy dastur ishtirokchilari oʻqishga kirgan oliy taʼlim tashkilotlarini tahlil qilish. | 2026-yildan boshlab har yili dekabr oyida | Maktabgacha | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
2. Nufuzli oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqishni boshlagan Milliy dastur ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish. | |||||
3. Roʻyxat asosida maktab maslahatchilarini belgilangan talablar asosida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash. | |||||
Oʻquvchilarni xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining imtihon tizimlariga tayyorlash boʻyicha elektron platformani ishga tushirish. | 1. Yoshlarni dunyoning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlarining imtihon tizimlariga tayyorlash boʻyicha maxsus platformani ishlab chiqish va ishga tushirish. Bunda: | 2025 yil noyabr | Maktabgacha va maktab vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
(a) elektron platforma Massachusets texnologiya institutining (AQSH) taʼlim texnologiyalari borasidagi tajribasi asosida ishlab chiqiladi; | |||||
(b) elektron platformada salohiyatli oʻqituvchilar ishtirokida muntazam ravishda jonli sessiyalar oʻtkazishga imkoniyat yaratiladi; | |||||
(v) platformani ishlab chiqish hamda uzluksiz ishlashini qoʻllab-quvvatlash shartnoma asosida jalb qilinadigan “Yangi Oʻzbekiston” universitetining Ilgʻor bilim va tajribalar transferi markazi tomonidan amalga oshiriladi | |||||
2. Elektron platformaning uzluksiz ishlashini taʼminlash. | Doimiy | ||||
III. Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyatining samarali faoliyat yuritishini taʼminlash | |||||
Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyatining (keyingi oʻrinlarda — Hamjamiyat) samarali faoliyat yuritishini taʼminlash. | 1. Hamjamiyat faoliyatini tashkil etish boʻyicha maxsus platforma ishlab chiqish hamda uning uzluksiz ishlashini taʼminlash yuzasidan “Yangi Oʻzbekiston” universitetining Ilgʻor bilim va tajribalar transferi markazi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish. | 2026 yil yanvar oyidan boshlab | Davlat budjeti mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik muassasalari | |
2. Hamjamiyat faoliyatini tashkil etish uchun maxsus platformani ishga tushirish hamda uning uzluksiz ishlashini taʼminlash. | Doimiy | ||||
3. Maxsus platformada dunyoning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olgan oʻzbekistonlik yoshlar va malakali mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda shakllantirish. | Doimiy | ||||
4. Maxsus platformada podkastlar, mahorat darslari va doimiy muloqot maydonlarini tashkil etish. | Doimiy | ||||
“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. | “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025 yil avgust | – | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) | |
Chet elda tahsil olayotgan hamda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz toʻgʻrisida turkum filmlar yaratish. | 1. Xorijiy kinokompaniyalarni jalb qilgan holda chet elda tahsil olayotgan hamda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizda Vatanga daxldorlik hissini oshirishga qaratilgan “Qayerga qaytamiz?” nomli filmlar turkumi ssenariysini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Har yili aprel | Davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) | |
2. Filmni yaratish va namoyish qilish. | Har yili sentabr | ||||
Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilarining xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olishini tashkil etish. | 1. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining kontrakt-toʻlovi miqdorlari yuzasidan tahlil oʻtkazish va hisob-kitob qilish. | 2026 yildan boshlab har yili may oyida | “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (G. Ismailova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
2. Asoslangan hisob-kitoblar asosida Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilarining xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olishi uchun zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish. | Har yili dekabr oyida | ||||
3. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilari, shu jumladan, ularni oʻqishga qabul qilish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish. | Har yili oktabr | ||||
4. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish xarajatlari qoplab beriladigan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilarini belgilangan tartibda tanlab olish. | Har yili noyabr | ||||
5-ILOVA
7-ILOVA
T/r | Oliy taʼlim tashkiloti | Oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar soni (kamida) | Mukofot puli miqdori (bazaviy hisoblash miqdorining baravari) |
1. | “Pechak ligasi” | 1 nafar | 500 |
2. | Times Higher Education reytingining | 3 nafar | 300 |
3. | Times Higher Education reytingining | 4 nafar | 200 |
8-ILOVA
1. | A.N. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi |
2. | X.U. Umarova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari |
3. | Q.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
4. | Sh.A. Karimov | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari |
5. | G.S. Ismailova | — | Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori |
6. | V.A. Herrmann | — | “Yangi Oʻzbekiston” universiteti faxriy prezidenti |
7. | B.G. Yuldashev | — | “Yangi Oʻzbekiston” universiteti innovatsiya va tadqiqot ishlari boʻyicha prorektori |
8. | B.B. Axmedov | — | “Yangi Oʻzbekiston” universiteti oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori v.b. |
9. | A.T. Ubbiyev | — | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori, Respublika komissiyasi kotibi |
9-ILOVA
1-ILOVA
T/r | Oʻrin | Pul mukofotini oluvchi | Bir martalik pul mukofoti miqdori | ||
nufuzli xalqaro olimpiada uchun | xalqaro olimpiada uchun | mintaqaviy xalqaro olimpiada uchun | |||
1. | 1-oʻrin | Gʻolib | 2 500 | 150 | 12 |
2. | Oʻqituvchi | 450 | 50 | 50 | |
3. | Terma jamoa | 35 | – | – | |
4. | 2-oʻrin | Gʻolib | 1 500 | 100 | 8 |
5. | Oʻqituvchi | 250 | 35 | 35 | |
6. | Terma jamoa rahbari | 25 | – | – | |
7. | 3-oʻrin (bronza medali) | Gʻolib | 1 000 | 50 | 6 |
8. | Oʻqituvchi | 150 | 30 | 30 | |
9. | Terma jamoa rahbari | 15 | – | – | |