1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda mikrosanoat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qaroriga muvofiq 2025-2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida mikrosanoat markazlarini (keyingi oʻrinlarda — Mikrosanoat markazlari) barpo etish loyihalarining manzilli roʻyxati tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlari hududlarning ixtisoslashuvi va tadbirkorlik anʼanalarini (hududlarning drayveri), yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratishni, shuningdek, xorijiy davlatlar (Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya) tajribasi asosida qurish inobatga olingan holda ishlab chiqiladigan alohida konsepsiyaga muvofiq barpo etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlarida hunarmandchilik, tikuvchilik, poyabzalchilik, qandolatchilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlari bilan shugʻullanadigan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) joylashtiriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlariga ishlab chiqarishlarni joylashtirishda tabiiy gazga muqobil boʻlgan yoqilgʻi turlaridan va energiya tejamkor texnologiyalardan (geliokollektor, issiqlik nasosi, quyosh panellari, issiqlikni qayta tiklash-rekuperatsiya qilish va boshqalar) foydalanishga ustuvorlik beriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.01 Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 05.01.08.00, 06.03.03.00 larga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlarining loyiha konsepsiyasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan loyiha tashkilotlarini jalb qilish orqali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlarini qurish uchun yer uchastkalari tasdiqlangan loyiha konsepsiyasi asosida ishlab chiqarish bino va inshootlarini tayyor holda qurish va keyinchalik ularga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish uchun tashabbuskor pudrat tashkilotlariga elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion savdolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarori bilan tasdiqlangan 2025-2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida mikrosanoat markazlarini barpo etish loyihalarining manzilli roʻyxati asosida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion savdolari gʻolibi boʻlgan pudrat tashkilotlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda tuman (shahar) hokimliklari oʻrtasida Mikrosanoat markazlarini tasdiqlangan loyiha konsepsiyasi asosida qurish va ularga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish shartlari (ijaraga (lizingga) berish, kredit, toʻliq yoki boʻlib-boʻlib toʻlash orqali sotish) toʻgʻrisida uch tomonlama bitim tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlarida yaratiladigan ishlab chiqarish maydonlari tadbirkorlik subyektlariga pudrat tashkilotlari tomonidan uch tomonlama bitimda koʻrsatilgan shartlar asosida taklif etiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlar mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, shu jumladan, mahalliy budjetlarga ushbu qarorga muvofiq yerlarni elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushgan mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 81-moddasi, “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hududlarda mikrosanoat markazlarini barpo etish hamda ularga kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish boʻyicha ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruhlar) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar ishchi guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.05.00 Yerdan foydalanishni va muhofaza qilish sohasini rejalashtirish va meʼyorlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qaroriga muvofiq mikrosanoat markazlarini barpo etish uchun belgilangan hududlardan tuman (shahar) hokimliklari zaxirasidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalarini (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkalari) tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlarini loyiha konsepsiyasi asosida qurish uchun tanlangan yer uchastkalarining belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlari pudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan muddatlarda qurilishi ustidan doimiy monitoring yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlariga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish va ularning faoliyatini tashkil etishda yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlarini barpo etish loyihalari doirasida yangi ish oʻrinlari yaratilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishchi guruhlar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda, Mikrosanoat markazlari ixtisoslashuvini belgilash va Mikrosanoat markazlari loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlarining loyiha konsepsiyasida ishlab chiqarish maydonlari bilan bir qatorda shourum, omborxona, ofis va oʻquv-ishlab chiqarish xonalari tashkil etilishini inobatga olish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.01 Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 05.01.08.00, 06.03.03.00 larga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularga tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini joylashtirish uchun tajribali mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy konsultantlarni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda jalb qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari koʻmagida tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqargan mahsulotlarni onlayn platformalar orqali sotishga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.01 Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 05.01.08.00, 06.03.03.00 larga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda Mikrosanoat markazlari hududida tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda ularning ixtisoslashuvi boʻyicha Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan dual taʼlim tizimini tashkil etish orqali kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish hamda ishga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlariga tadbirkorlarni jalb qilish, ularning biznes-rejalari asosida yangi loyihalarni ishlab chiqish, loyihalarga tijorat banklari tomonidan kredit ajratish va loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla bankirlari orqali bank xizmatlarini targʻib qilish, tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va yangi mijozlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrosanoat markazlarining ixtisoslashuvi va shart-sharoitlaridan kelib chiqib, boshqa hududlardagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Mikrosanoat markazlarining loyiha konsepsiyasi tasdiqlanganidan soʻng:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Mikrosanoat markazlarini loyiha konsepsiyasi asosida qurish uchun tanlangan yer uchastkalarining belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin. Bunda elektron onlayn-auksion savdolari ishchi guruh xulosasiga asosan salohiyatli pudrat tashkilotlari oʻrtasida yopiq shaklda oʻtkazilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda ikki hafta muddatda Mikrosanoat markazlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda Mikrosanoat markazlarida bajariladigan qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda Mikrosanoat markazlari faoliyatini tashkil etishda yuzaga keladigan muammolarni joylarga chiqqan holda oʻrganib borsin va ularni bartaraf etish boʻyicha ishchi guruhlar hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan tegishli choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash dasturlari doirasida Mikrosanoat markazlarini barpo etish loyihalarini yanada kengaytirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 8-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
308-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-maydagi 308-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda mikrosanoat markazlarini barpo etish hamda ularga kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish boʻyicha ishchi guruhlarning namunaviy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, ishchi guruh rahbari
2.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
3.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari — viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmalari boshliqlari
4.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari boshliqlari
5.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari boshliqlari
6.
Lavozimiga koʻra
—
Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari boshliqlari
7.
Lavozimiga koʻra
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari
8.
Lavozimiga koʻra
—
Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari
9.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari direktorlari
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 09/25/308/0429-son)