07.05.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3342-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 07.05.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3342-2
Kuchga kirish sanasi
08.05.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3342-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 3-noyabrdagi 415-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3342, 2021-yil 14-dekabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2021-y., 10/21/3342/1158-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. TASHPULATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 18-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207-son

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi 207-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Fakultetga harbiy xizmat o‘tagan (erkaklar uchun) va oliy ma’lumotga ega, yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi (“huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” mutaxassisligiga faqat kamida ikki yillik amaliy stajiga ega ichki ishlar organlarining xodimlari qabul qilinadi).”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Fakultetga tanlov teng huquqlilik, adolatlilik, oshkoralik va o‘qishga qabul qilishning yagona qoidalari asosida bosqichma-bosqich bo‘lib, dastlabki tanlov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyat ichki ishlar boshqarmalarida (keyingi o‘rinlarda tarkibiy tuzilmalar va hududiy bo‘linmalar deb yuritiladi) hamda maxsus-professional tanlov Institutda amalga oshiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 8-banddagi “Hududiy ichki ishlar organlari” degan so‘zlar “Tarkibiy tuzilmalar va hududiy bo‘linmalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 23, 26 va 43-bandlar hamda 3-ilovaning 2-bandidagi “hududiy ichki ishlar organlari” degan so‘zlar “tarkibiy tuzilmalar va hududiy bo‘linmalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i” degan so‘zlar “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 15 va 16-bandlar hamda 3-ilovaning 20-bandi “tarkibiy” degan so‘zdan keyin “tuzilmalar” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 28-band qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“28. Departamentda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan maxsus-professional tanlov tadbirlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib, tarkibiy tuzilmalar va hududiy bo‘linmalarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibiy tuzilmalar va hududiy bo‘linmalar ishchi guruhlari reja-jadvalga muvofiq nomzodlarni maxsus-professional tanlov tadbirlarini o‘tkazish muddatlari bilan tanishtiradi, ularning belgilangan muddatlarda Institutga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan to‘liq holda yetib kelishlarini ta’minlaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 34-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 1 va 2-ilovalar mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 14-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Test sinovlarining saralash bali 34 ball (maksimal ballning 56 foizi)ni tashkil etadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 15-banddagi “32” raqami “34” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
1-ILOVA

“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

_________________________________________ga

(ichki ishlar organi boshlig‘ining lavozimi, unvoni va F.I.O.)

_________________________________________da

(nomzodning yashash joyi)

yashovchi ________________________________dan

(nomzodning F. I. O.)

ARIZA

Menga Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetining ___________________________________________ mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirish uchun

(mutaxassislik nomi)

hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni so‘rayman. Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi va moddiy ta’minoti bilan tanishtirildim.

Sinovlarni tilida _________________________________________________ topshiraman.

(o‘zbek, rus)

Chet tili bo‘yicha sinovlarni (imtihonni) __________________ tilida topshiraman.

Xizmat zaruratiga ko‘ra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat bo‘yicha menga ma’lum bo‘lgan davlat, harbiy va xizmatga oid ma’lumotlarni sir saqlashga va’da beraman.

Oilamda o‘zgarishlar bo‘lganda hamda yaqin qarindoshlarimdan birortasi jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, uch kun muddatda boshliqlarimga va kadrlar bilan ta’minlash xizmati (bo‘limi)ga yozma ravishda xabar beraman.

____________

__________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “___” ______________”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

_________________________________________ga

(ichki ishlar organi boshlig‘ining lavozimi, unvoni va F.I.O.)

BILDIRGI

Menga Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetining ___________________________________________ mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirish uchun

(mutaxassislik nomi)

hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni so‘rayman. Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi va moddiy ta’minoti bilan tanishtirildim.

Sinovlarni tilida _________________________________________________ topshiraman.

(o‘zbek, rus)

Chet tili bo‘yicha sinovlarni (imtihonni) __________________ tilida topshiraman.

Xizmat zaruratiga ko‘ra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat bo‘yicha menga ma’lum bo‘lgan davlat, harbiy va xizmatga oid ma’lumotlarni sir saqlashga va’da beraman.

____________

__________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “___” ______________ ”.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 10/25/3342-2/0422-son)