Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.05.2025 25.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2861-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 25.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2861-1
Kuchga kirish sanasi
26.05.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.05.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2861-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 1-maydagi 10-mh-sonli “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3622, 02.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 39-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2861, 2017-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 137-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 25-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
295-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 25-maydagi 295-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasi tegishincha Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Maʼlumotlar bazalari tegishlicha Vazirlikning Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari toʻgʻrisidagi axborot Vazirlikka, viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari toʻgʻrisidagi axborot Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga, tuman (shahar) hokimliklari, shuningdek tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari toʻgʻrisidagi axborot esa, tuman adliya boʻlimlariga taqdim etiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Davlat organlari va tashkilotlari tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 10-sanasiga qadar tegishli adliya organiga mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi maʼlumotlarni yozma va elektron shaklda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 15-sanasiga qadar bazadagi maʼlumotlarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga elektron koʻrinishda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 20-sanasiga qadar hududiy bazadagi maʼlumotlarni Vazirlikka elektron koʻrinishda taqdim etadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Maʼlumotlar bazalarining oʻz vaqtida va toʻgʻri yuritilishi uchun masʼuliyat tegishlicha Vazirlikning Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari zimmasiga yuklatiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 14-banddagi “Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasi” degan soʻzlar “Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2861-1/1278-son)