28.04.2025 yildagi 264-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni barkamol shaxs etib tarbiyalashga munosib hissa qoʻshayotgan, oʻquv-tarbiya jarayonida samarali natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlarini aniqlash hamda ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining kasbiy salohiyati va pedagogik mahorati yuqori boʻlgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” tanlovini hamda pedagogik mahorat markazlari direktorlari oʻrtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yil oʻqituvchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarining gʻoliblari Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarining mazmun-mohiyati haqida ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Oʻ. Umarova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
264-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 264-son qaroriga
1-ILOVA

“Yil oʻqituvchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) pedagog xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya komissiyasi — Vazirlik tomonidan 5 — 7 nafardan iborat tarkibda tasdiqlanadigan, tanlov davomida nomzodlardan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish hamda tegishli qaror qabul qilish vakolatiga ega komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash mezonlari — ikkinchi va uchinchi bosqichda nomzodlarni baholash uchun qoʻllaniladigan Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan mezonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus platforma — Vazirlikning pedagog.uzedu.uz platformasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzod — tanlovda ishtirok etish uchun murojaat yuborish vaqtida oliy yoki birinchi malaka toifasiga hamda kamida besh yillik pedagogik ish stajga ega, taʼlim tashkilotlarida tanlov oʻtkaziladigan oʻquv yili boshidan asosiy shtatda faoliyat yuritayotgan fan yoki boshlangʻich sinf oʻqituvchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita — Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri raisligida, soha mutaxassislari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillaridan iborat tarkibda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tanlovni tashkil etish va oʻtkazishga masʼul boʻlgan ishchi guruh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hakamlar hayʼati — nomzodlarni ikkinchi va uchinchi bosqichda baholash uchun tashkil etiladigan, malakali mutaxassis va ilgʻor oʻqituvchilar tarkibidan iborat boʻlgan Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan hayʼati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlov har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlovning maqsadi va asosiy vazifalari

5. Tanlovning maqsadi yoshlarni barkamol shaxs etib tarbiyalashga munosib hissa qoʻshayotgan, oʻquv-tarbiya jarayonida samarali natijalarga erishayotgan oʻqituvchilarni aniqlash hamda ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tanlovning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor, tashabbuskor va ijodkor oʻqituvchilarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dars beradigan fani boʻyicha yuqori pedagogik mahoratga ega oʻqituvchilarni saralash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqituvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish hamda ularni ragʻbatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tanlovni oʻtkazish bosqichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik tanlovning saralash bosqichi boshlanadigan yilning avgust oyida Tashkiliy qoʻmita, apellyatsiya komissiyasi, hakamlar hayʼati tarkibini, shuningdek, ikkinchi va uchinchi bosqich baholash mezonlarini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nomzodlar oʻzlari dars beradigan bitta fandan, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari esa boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar tanlovning saralash bosqichi boshlanadigan yilning avgust-sentabr oylarida bevosita Vazirlikning maxsus platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda — tanlovning saralash bosqichi boshlanadigan yilning oktabr — dekabr oylarida Tashkiliy qoʻmita tomonidan nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda — tanlov gʻoliblari taqdirlanadigan yilning yanvar-fevral oylarida nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod oʻtgan darsning videoyozuvi baholash uchun maxsus platformaga joylashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqichda — tanlov gʻoliblari taqdirlanadigan yilning aprel — avgust oylarida nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati taqdimoti hamda kitobxonlik boʻyicha test asosida hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlovning birinchi bosqichi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida har ikki yilda bir marta avgust-dekabr oylarida tashkil etiladigan malaka toifa sinovlari bilan integratsiya qilingan holda (onlayn tarzda) oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda malaka sinovlarida beriladigan 50 ta test topshirigʻiga (shu jumladan, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun ham) quyidagi tarzda alohida ball hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislik fanidan (35 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 3,1 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik mahorati uchun (10 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 2,1 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb standarti uchun (5 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 1,1 ball beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Har bir tuman (shahar)dan birinchi bosqichda ballar ketma-ketligiga qatʼi rioya etgan holda eng yuqori ball toʻplagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlovning birinchi bosqichida nomzodlarning ballari teng boʻlgan taqdirda, ularni tanlab olish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning amaldagi malaka toifasi yuqoriligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp yillik pedagogik ish stajiga egaligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislik fanidan yuqori ball toʻplagani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqoridagi barcha holatlarda ham ballar teng kelib qolgan taqdirda, istisno tariqasida, nomzodlarning barchasi ikkinchi bosqichga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlovning ikkinchi bosqichida nomzodlarning oʻz fanidan dars oʻtish mahorati mazkur bosqich baholash mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinov darslari oʻtkaziladigan maktablar roʻyxati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hakamlar hayʼati tomonidan nomzod dars beradigan fan boʻyicha qurʼa tashlash yoʻli bilan tanlab olingan sinfda tasodifiy mavzu (taqvim-mavzu rejaga muvofiq) tanlab olinib, ikkinchi bosqichga oʻtgan oʻqituvchi tomonidan dars mashgʻuloti oʻtiladi hamda 60 ballik tizimda baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan nomzodlar tomonidan maxsus platformaga joylashtirilgan darsning videoyozuvlari 40 ballik tizimda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ikkinchi bosqich yakunidan har bir tuman (shahar)dan eng yuqori ball toʻplagan 2 nafardan nomzod tanlovning uchinchi bosqichiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqichda ball teng kelib qolgan taqdirda, platforma orqali pedagoglar tomonidan belgilangan mezonlar asosida mazkur nomzodlar uchun qayta ovoz berish tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlovning uchinchi bosqichida nomzodning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati taqdimoti hamda kitobxonlik boʻyicha test asosida 100 ballik tizimda baholanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻqituvchilarning barcha bosqichlarda toʻplagan ballari maxsus platforma orqali eʼlon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Apellyatsiya komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Baholash natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar tanlovning har bir bosqichi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki maxsus platforma orqali elektron shaklda ariza (shikoyat) berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi Vazirlik buyrugʻi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Tashkiliy qoʻmita va hakamlar hayʼati tarkibidan aʼzo kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi arizalarni (shikoyatlarni) koʻrib chiqish jarayoniga jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ariza (shikoyat) roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 ish kunida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Apellyatsiya komissiyasi tanlov jarayonlariga oid murojaatni koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov natijasini oʻzgartirishsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov natijasini oʻzgartirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Nomzod apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlov yakunlariga koʻra har ikki yilda bir marta oktabr oyida gʻolib deb topilgan har bir nomzod reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladigan hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu sertifikat asosida gʻoliblar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yil oʻqituvchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yil oʻqituvchisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Vazirlik)

Tashkiliy qoʻmita, apellyatsiya komissiyasi, hakamlar hayʼati tarkibini hamda baholash mezonlarini tasdiqlaydi.

Ikki yilda bir marta avgust oyida

2-bosqich

Nomzodlar

1. Tanlovda ishtirok etish uchun Vazirlikning maxsus platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Ikki yilda bir marta avgust-sentabr oylarida

Tashkiliy qoʻmita

2. Nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlarini baholaydi.

Ikki yilda bir marta oktabr — dekabr oylarida

3-bosqich

Hakamlar hayʼati hamda pedagoglar jamoasi

Nomzodlarning pedagogik mahoratini baholash mezonlari asosida baholaydi.

Ikki yilda bir marta yanvar-fevral oylarida

4-bosqich

Hakamlar hayʼati

Nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati taqdimot hamda kitobxonligi boʻyicha test asosida baholaydi.

Ikki yilda bir marta aprel-may oylarida

5-bosqich

Vazirlik

1. Tanlov gʻolibini QR-kodli sertifikat bilan taqdirlaydi.

2. QR-kodli sertifikat reyestrini yuritadi va rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.

Ikki yilda bir marta oktabr oyida

6-bosqich

Vazirlik

Gʻoliblarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlaydi.

Ikki yilda bir marta oktabr oyida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 264-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Pedagogik mahorat markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) direktorlari oʻrtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom talablari markazlardan boshqa taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan xolislik, oshkoralik va adolat tamoyillariga amal qilingan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlov markazlar direktorlarining soʻngi ikki yillik faoliyati natijadorligini baholash asosida har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlovning maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlov oʻtkazishning maqsadi markazlar direktorlari va ular orqali markazlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, rahbarlarning oʻzlari rahbarlik qilayotgan markazlarda ilmiy-pedagogik faoliyat natijadorligi va taʼlim sifatini oshirishga boʻlgan intilishini ragʻbatlantirish, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini hamda pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish ishlarini tashkil etish sifatini oshirish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar tanlovni oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlar direktorlarining mehnat faoliyati natijadorligini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijodkor Markazlar direktorlarini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlar direktorlarining ilgʻor tajribalarini ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi taʼlim texnologiyalarini, innovatsion boshqaruv usullarini, kattalar taʼlimi sohasida boshqaruv nazariyasi va amaliyotidagi yangi yoʻnalishlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining salohiyati haqida jamiyatda ijobiy qarashni shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tanlovni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tanlov Markaz faoliyati hamda Markaz direktorining soʻngi ikki yillik faoliyati natijadorligini baholash asosida Vazirlik tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda Markaz direktori lavozimida kamida ikki yil davomida faoliyat yuritayotgan rahbarlar ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tanlovni tashkil etish uchun Vazirlikda vazir oʻrinbosari raisligida kamida 7 nafar taʼlim sohasidagi malakali mutaxassislardan iborat boʻlgan tarkibda Tanlov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Tanlov komissiyasi) hamda tanlovni tashkil etish uchun Ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishchi guruh tomonidan Markazlar direktorlarining 4 ta yoʻnalish boʻyicha faoliyati natijalari oʻrganiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi yoʻnalishda — Markaz tomonidan hududda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha erishilgan natijalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi yoʻnalishda — Markazda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash boʻyicha erishilgan natijalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi yoʻnalishda — Markazda zamonaviy uslubda taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha erishilgan natijalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi yoʻnalishda — Markazni tajribali kadrlar bilan taʼminlash va zamonaviy boshqaruv usullarining joriy qilinganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markazlar tomonidan tasdiqlangan holda asoslovchi hujjatlari bilan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Markazlar direktorlarining ikki yillik faoliyati natijalari aks ettirilgan maʼlumotlar bazasi (keyingi oʻrinlarda — Maʼlumotlar bazasi) Ishchi guruh tomonidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlar direktorlarining ikki yillik faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ularni taqdim etishning shakli (jadval, hisobot, toʻldirilgan savolnoma va boshqalar) tanlov oʻtkaziladigan yilning yanvar oyida Vazirlik tomonidan Markazlarga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishchi guruh tanlov oʻtkaziladigan yil mart-aprel oylarida Vazirlik tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Markazlar direktorlarining faoliyatini Markazlarga chiqqan holda maʼlumotlarni oʻrganish va soʻrovnomalar oʻtkazish orqali tahlil qiladi. Tahlil natijalari Tanlov komissiyasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlov komissiyasi may oyida Markazlar direktorlarining faoliyati natijalarini baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov komissiyasi Markazlar direktorlarining faoliyati natijalarini baholashda Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan tahlillar va soʻrovnoma natijalariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlov komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teng ball toʻplagan Markazlar direktorlarining maʼlumotlarini qoʻshimcha tahlil qilish uchun Ishchi guruhni xizmat safariga yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tanlov gʻoliblarini aniqlash va eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlovda gʻoliblar reyting ballarini hisoblash orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyting ballari tanlovning toʻrtta yoʻnalishi natijalarini umumlashtirgan holda 100 ballik tizimda Tanlov komissiyasi tomonidan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Reyting ballarini hisoblash Nizomga 2-ilovada keltirilgan Reytingni aniqlash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Reyting ballarini hisoblash natijalariga koʻra eng yuqori natija koʻrsatgan Markaz direktori gʻolib deb eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Reyting ballarini hisoblash natijalariga koʻra eng past natija koʻrsatgan Markaz direktori va tegishli Markaz faoliyati Vazirlik hayʼati majlisida tanqidiy koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tanlov natijalari boʻyicha Tanlov komissiyasi ishidan norozi boʻlgan Markaz direktorining shikoyati Apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Apellyatsiya komissiyasi Vazirlik tomonidan 5 nafar xodimdan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyati tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida beriladi va Apellyatsiya komissiyasi tomonidan ikki ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tanlov gʻolibini mukofotlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tanlov oʻtkazilgan yilning may oyida Tanlov yakunlariga koʻra gʻolib deb topilgan Markaz direktori reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladigan hamda Vazirlik rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu sertifikat asosida gʻolib tanlov oʻtkazilgan yilning 20-iyuliga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlovda ishtirok etib, gʻolib boʻlgan Markaz direktorining navbatdagi tanlovda ikkinchi marta ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlov natijalari Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

“Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Muddatlari

1-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Vazirlik)

Pedagogik mahorat markazlari direktorlarining ikki yillik faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ularni taqdim etish shaklini (jadval, hisobot, toʻldirilgan savolnoma va boshqalar) Pedagogik mahorat markazlariga (Markazlar) yetkazadi.

Tanlov oʻtkaziladigan yilning yanvar oyida

2-bosqich

Markazlar

Maʼlumotlarni asoslovchi hujjatlari bilan tasdiqlangan holda Ishchi guruhga taqdim etadi.

Tanlov oʻtkaziladigan yilning fevral oyida

3-bosqich

Ishchi guruh

1. Markazlarga chiqqan holda maʼlumotlarni oʻrganadi va natijalarni Tanlov komissiyasiga taqdim etadi.

Tanlov oʻtkaziladigan yilning mart oyida

2. Markazlarga chiqqan holda soʻrovnomalar oʻtkazadi va Tanlov komissiyasiga taqdim etadi.

Tanlov oʻtkaziladigan yilning aprel oyida

4-bosqich

Tanlov komissiyasi

Tanlov natijalarini baholaydi.

Tanlov oʻtkazilgan yilning may oyida

5-bosqich

Vazirlik

1. Tanlov gʻolibini QR-kodli sertifikat bilan taqdirlaydi.

2. QR-kodli sertifikat reyestrini yuritadi va rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.

Tanlov oʻtkazilgan yilning may oyida

6-bosqich

Vazirlik

Gʻolibni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlaydi.

Tanlov oʻtkazilgan yilning 20-iyuliga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyting ballarini hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI

T/r

Reytingni hisoblash indikatorlari

Ball

Markaz direktorining ikki kalendar yildagi faoliyati natijadorligining asosiy koʻrsatkichlari (KPI)

100

1. Hududda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha erishilgan natijalar:

20

a) hududdagi pedagog kadrlarning malaka toifasining dinamikasi (ishchi guruh tahlili)

5

b) “Kasbiy rivojlantirish kuni va soati” hamda “Metodik mahorat kuni va soati” tadbirlari natijadorligi (ishchi guruh tahlili)

5

v) tashkil etilgan koʻchma (sayyor) kasbiy rivojlantirish tadbirlarining natijadorligi (ishchi guruh tahlili)

5

g) hududdagi pedagog kadrlarning ehtiyojlariga koʻra ilgʻor tajribalarni ommalashtirish boʻyicha tashkil etilgan treninglar natijadorligi (ishchi guruh tahlili)

5

2. Markazda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash boʻyicha erishilgan natijalar:

20

a) budjetdan tashqari mablagʻlar tushumi (ishchi guruh tahlili)

15

b) xalqaro grantlarni jalb qilish (ishchi guruh tahlili)

5

3. Markazda zamonaviy uslubda taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha erishilgan natijalar:

20

a) malaka oshirish kurslarini tashkil etishning natijadorligi (ishchi guruh tahlili)

5

b) qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishning natijadorligi (ishchi guruh tahlili)

5

v) maktablar direktorlarining malaka oshirgan oʻqituvchilari natijadorligiga muvofiq malaka oshirish kurslariga bergan bahosi (soʻrovnoma)

5

g) professor-oʻqituvchilar tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimiga oid xalqaro va mahalliy nashrlarda chop etilgan maqolalar salmogʻi (ishchi guruh tahlili)

5

4. Markazni tajribali kadrlar bilan taʼminlash va zamonaviy boshqaruv usullarining joriy qilinganligi:

40

a) markazning tajribali pedagog-xodimlar bilan taʼminlangani va xorijiy mutaxassislarning jalb qilinganligi (ishchi guruh tahlili)

8

b) markaz xodimlarining xorijiy taʼlim muassasalariga malaka oshirish va stajirovkaga yuborilganligi (ishchi guruh tahlili)

7

v) tinglovchilarning pedagog kadrlarga bergan bahosi (soʻrovnoma)

8

g) markaz direktori faoliyatiga markaz xodimlarining bergan bahosi (soʻrovnoma)

7

d) markaz direktorining hududdagi pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish boʻyicha loyiha ishi.

10

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 09/25/264/0391-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)