02.04.2025 yildagi 198-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada limonchilik sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmoniga muvofiq respublika hududlarida limon yetishtirishni koʻpaytirish, qayta ishlash, limon yetishtirishga ixtisoslashgan dehqon xoʻjaligi, tomorqa yer egalari hamda issiqxona xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida limon yetishtirishni tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda limon yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarga “Turonbank” ATB tomonidan limon koʻchatlari yetkazib berish koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda limon yetishtirishga ixtisoslashgan mahallalarda limonzorlarni kengaytirish koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda respublikada limon yetishtirish va eksportga yoʻnaltirishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va “Turonbank” ATB tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lider tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga xorijiy tajribalarni oʻrgatish, zarur hollarda xorijda tajriba orttirish va xalqaro darajada tan olingan sertifikatlar olish uchun har yili 5 mlrd soʻm mablagʻ ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limon yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarda aholi xonadonlarida va ijaraga berilgan yer maydonlarida ixcham issiqxonalar qurib berish hamda 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlardan limon mevasidan murabbo, jem va limonad ishlab chiqarish uskunalarini olib kelish, oʻrnatish hamda tadbirkorlarga lizing asosida berishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi kreditlar va foiz qarzdorliklarini qayta moliyalashtirish orqali limonchilik xoʻjaliklari faoliyatini imtiyozli shartlarda sogʻlomlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Turonbank” ATB boshqaruv raisining oʻrinbosariga qoʻshimcha Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi lavozimini yuklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda limonchilik rivojlangan xorijiy davlatlardan kamida ikkita malakali agronom, maslahatchi va ekspertlarni jalb qilish boʻyicha takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda limon yetishtirish uchun xorijdan malakali agronom va mutaxassislarni jalb qilish xarajatlari “Turonbank” ATBning mablagʻlari hisobidan hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Turonbank” ATB hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limon yetishtirishni yanada koʻpaytirish maqsadida tuman (shahar)larda limon yetishtirishga ixtisoslashmagan mahallalarda ham yangi limonzorlar barpo etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)larda limonchilik kooperatsiyasini tashkil etsin hamda limon yetishtirishga koʻmaklashish uchun “lider tadbirkorlar”ni biriktirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Norin, Shahrisabz, Uchkoʻprik va Denov tumanlaridagi bittadan mahallani ilmiy asoslangan yondashuv asosida limon koʻchatlari yetishtirishga ixtisoslashtirish hamda ushbu tumanlarda 1 mln dona sifatli limon koʻchati yetishtirishni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtirilgan limonni saqlash uchun aholi xonadonlarida energiya tejaydigan (anʼanaviy usullarni qoʻllash va quyosh panellarini oʻrnatish) omborxonalarni qurish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limonchilik xoʻjaliklari atrofida boʻsh turgan yer maydonlarida yangi issiqxonalar qurish, shuningdek, yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash sexlari hamda omborxonalar tashkil etish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmonining 2-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limonchilik tarmogʻini rivojlantirish uchun 2025-yil 1-maydan boshlab lider tadbirkor va qishloq xoʻjaligi korxonalarida limon yetishtirish, saqlash va qayta ishlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-57-son qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Turonbank” ATB va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025-yil yakuniga qadar dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalarida mavjud limon yetishtiriladigan yer maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin hamda maʼlumotlarning “Online mahalla” elektron platformasiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Qishloq xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi korxonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda “crop.agro.uz” elektron platformasiga kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori talablari asosida naqd pulda berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda xalqaro darajada tan olingan “Global G.A.P”, “GAP”, “Halol”, “Organic” va boshqa standartlar talablarini limon yetishtirish jarayonlariga keng joriy qilish uchun 2025-yil davomida limon yetishtiruvchilarga oʻquv kurslari hamda maslahat xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Turonbank” ATB, Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limon yetishtirish va eksportini rivojlantirish boʻyicha loyihalar sonini koʻpaytirish maqsadida hududlarda koʻrgazmali seminarlar oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limon yetishtiruvchilar hamda ularning ishchi-xodimlari, dehqon xoʻjaligi rahbarlari, shuningdek, tomorqa yer egalarining malakasini oshirishni tizimli tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent davlat agrar universiteti olimlari hamda mutaxassislari tomonidan limon yetishtiruvchilarga shartnoma asosida limon koʻchatlarini ekish, parvarishlash, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash yuzasidan maslahat va tavsiyalar berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda limon koʻchatlarini ekish, parvarishlash va sifatli mahsulot yetishtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilishini va joylarga yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Turonbank” ATB hamda manfaatdor vazirlik va tashkilotlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap loyihalar doirasida Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazining “Ustoz AI” platformasida fan va zamonaviy kasblarni oʻrgatadigan onlayn va bepul videokurslar tashkil etish, ushbu platforma orqali aholining limonchilik yoʻnalishi boʻyicha savodxonligini oshirish hamda platformani moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi tashabbusi bilan “Ustoz AI” platformasida yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻrgatish, shu jumladan, limonchilikda innovatsion resurs-tejamkor texnika va yangi texnologiyalarni qoʻllashga oid videomahsulotlarni koʻpaytirish. Bunda ushbu maqsadlar uchun zarur mablagʻlar Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limon yetishtirishga ixtisoslashgan tuman (shahar)larda mahsulotni qadoqlash, saqlash va qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostidagi limon mahsulotlarini chet el ommaviy axborot vositalarida yoritish hamda xalqaro savdo koʻrgazmalarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda limonning sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamli navlarini yaratish hamda ularning koʻchatini jadal koʻpaytirishga qaratilgan maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini eʼlon qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining “Turonbank” ATBning investitsiya kompaniyasi orqali faoliyati qayta tashkil etiladigan limonchilik xoʻjaliklarini boshqarish, sogʻlomlashtirish va salohiyatli investorlarga sotish hamda limon yetishtiriladigan issiqxonalarni respublikaning boshqa hududlariga koʻchirish boʻyicha takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limonchilik xoʻjaliklariga ajratilgan kreditlar muddatlarini ushbu kreditlarning taʼminoti sifatida taqdim etilgan kafillik hamda kompensatsiya muddatlariga mutanosib ravishda uzaytirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlarni qayta moliyalashtirish jarayonida ularning taʼminoti sifatida kreditning 50 foizi miqdorigacha kafillik taqdim etishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Turonbank” ATB uch oy muddatda limon yetishtirish bilan shugʻullanadigan xonadonlar sonini ikki baravarga oshirgan mahallalarda suv taʼminoti, yoʻl, elektr tarmoqlari va boshqa ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshimcha mablagʻlar ajratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Turonbank” ATB bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar limon yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini keng jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali limonchilik bilan shugʻullanuvchi tomorqa yer egalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek, koʻchatchilik xoʻjaliklarining ilgʻor tajribalarini keng targʻib qilsin hamda respublika boʻylab press-turlarni doimiy tashkil etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 2-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 198-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida limon yetishtirishni tubdan takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Respublikada limonchilikni rivojlantirish va sohani moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-57-son qaroriga asosan tashkil etilgan “Denov agro star” MCHJ ishtirokida limon koʻchatlarini topish, ekish, yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va mahsulotni eksport bozorlariga yetkazishgacha boʻlgan toʻliq zanjirni yaratish.

Doimiy

“Turonbank” ATB

(Ch. Mirzayev),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

(A. Maxamatov),

Markaziy bank

(N. Saydullayev)

2. “Denov agro star” MCHJ tomonidan limon mahsulotlarini “Uzlemon” va “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan”, “Produced by Uzbekistan” brendi ostida ommalashtirish hamda mahalliy va xorijiy sotish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida maxsus savdo nuqtalarini tashkil etish.

2025-yil davomida

3. Markaziy bank tomonidan “Turonbank” ATB investitsiya kompaniyasiga issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish, sogʻlomlashtirish uchun kiritilgan mablagʻlar summasi uchun belgilangan barcha iqtisodiy meʼyorlarni, istisno tariqasida, tatbiq etmaslikka ruxsat berish.

2025-yil davomida

2.

Limon yetishtirishda tuproq va iqlim sharoitiga mos boʻlgan hududlarni tanlab olish va uni koʻpaytirish choralarini koʻrish.

Tuproq va iqlim sharoitiga mos hamda aholida yetarli koʻnikmalari mavjud (Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona va Andijon) viloyatlarda limon mahsuloti yetishtiriladigan hududlarni aniqlash hamda limonchilikka ixtisoslashgan hududlarni yanada kengaytirish choralarini koʻrish.

Doimiy

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

“Turonbank” ATB

(Ch. Mirzayev)

3.

Limonchilik rivojlangan hududlardagi yerdan foydalanuvchilar malakasini oshirish.

1. Limonchilik sohasida yangi interaktiv platforma ishlab chiqish. Bunda “Ustoz AI” oʻquv platformasi orqali limonchilik bilan shugʻullanadigan dehqon, fermer va aholi tomorqa yer egalari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari xodimlarining limonchilik yoʻnalishi boʻyicha savodxonligini oshirib borish.

2025-yil aprel

“Turonbank” ATB

(Ch. Mirzayev),

Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi,

Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti,

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

(N. Abdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Turonbank tomonidan startap loyihalar orqali “Ustoz AI” fan va zamonaviy kasblarni oʻrgatuvchi bepul va onlayn videokurslar platformasini moliyalashtirish.

Doimiy

3. Limonchilik sohasi boʻyicha tashabbuskorlarning savollariga ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn tarzda olimlarning ilmiy yondashuvlari asosida javob berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

4. Lider tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga xorijiy tajribalarni oʻrgatish, zarur hollarda ularni xorijda tajriba orttirish uchun “Turonbank” ATB tomonidan 50 million soʻmgacha mablagʻlar ajratish choralarini koʻrish.

2025-yil yakuniga qadar

5. “Denov agro star” MCHJ tomonidan ixtisoslashgan hududlarda limonchilik agroturizmini tashkil etish.

Doimiy

4.

Limon yetishtirish bilan shugʻullanadigan tomorqa yer egalari, agregatorlar va eksportyor korxonalar loyihalarini moliyalashtirish.

1. Tijorat banklari tomonidan “Oilaviy tadbirkorlik dasturi” doirasida kreditlar ajratish hamda “Turonbank” ATBning “Barakali limonzor” kredit mahsuloti orqali aholi xonadonlarida limonchilik issiqxonalarini tashkil etish va kengaytirish uchun naqd pul shaklida kreditlar ajratish.

2. Yetishtirilgan limon mahsulotini saqlash, qadoqlash, qayta ishlash va eksportchi korxonalari hamda lider tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida moliyalashtirish tizimini soddalashtirish orqali Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari va xorijiy resurslarni jalb qilgan holda imtiyozli shartlarda kredit ajratish.

3. “Turonbank” ATB eng yaxshi takliflarni tanlab olib, tanlov (tender) usulida shartnomalar tuzish orqali limon yetishtirish uchun ixtisoslashtirilgan hududlarda aholi xonadonlari va ijaraga berilgan yerlarda ixcham issiqxonalarni qurib berish orqali 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotishga hamda xorijiy davlatlardan limondan murabbo, jem va limonad ishlab chiqarish uskunalari olib kelib, oʻrnatib, tadbirkorlarga lizing asosida ajratishga ruxsat berish.

4. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish hamda mavjud kredit va foiz qarzdorliklarini qayta moliyalashtirish vositalari yordamida issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini imtiyozli shartlarda sogʻlomlashtirish.

5. “Turonbank” ATB qoshidagi “Turon Stable” MCHJ investitsiya kompaniyasi mablagʻlari hisobidan “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida ishsiz aholini doimiy ish bilan taʼminlash, yuqori daromadli ekinlarni ekish va loyihalarni amalga oshirish maqsadida eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali tanlov (tender) usulida shartnomalar asosida moliyalashtirib borishga ruxsat berish.

2025-yil davomida

“Turonbank” ATB

(Ch. Mirzayev),

Tijorat banklari,

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

(U. Muradov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

5.

Limonchilik sohasida ilmiy innovatsion faoliyatni rivojlantirish va yangi navlarni yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Limonchilik sohasida yangi navlarni yaratish, iqlimga moslashtirish, koʻchatlarni yetishtirish va zamonaviy agrotexnologiyalar boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish. Bunda Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasiga yangi navlar onabogʻi va koʻchatchilikni rivojlantirish uchun Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan institutga tegishli yer maydonlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun zarur sharoitlar yaratish.

2026-yil yakuniga qadar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

“Turonbank” ATB

(Ch. Mirzayev),

Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti

(Z. Ziyayev),

Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

(A. Esanqulov)

2. Limonchilik sohasida yangi navlarni yaratish uchun xorijiy hamkorlar bilan aloqa oʻrnatish va limonning sovuqqa, issiqqa va suvsizlikka chidamli navlarini keng maydonlarda joriy qilish.

2026-yil yakuniga qadar

6.

Eksportyor va lider tadbirkorlar tomonidan xalqaro darajada tan olingan standartlar talablarini ishlab chiqarishga joriy qilish va sertifikatga ega boʻlish.

1. Limon mahsuloti va limon koʻchatini yetishtirish jarayoniga xalqaro darajada tan olingan “Global G.A.P”, “GAP”, Halol va “Organic” va boshqa standartlar talablarini joriy qilishni rejalashtirgan tashabbuskor tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan yetishtirilgan limon mahsulotlarini import qiluvchi davlatlarning savdo operatorlari tomonidan talab etilgan standart talablari boʻyicha oʻqitish va maslahat xizmatlarini oʻrnatilgan tartibda koʻrsatish.

3. Tashabbuskor tadbirkor tomonidan tan olingan standart talablari ishlab chiqarishga joriy qilinganligini baholovchi sertifikatlashtirish tashkilotini tanlashda amaliy yordam koʻrsatish.

4. Sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan tashabbuskor tadbirkor faoliyatini sertifikatlash jarayonida tashabbuskor tadbirkorga koʻmaklashish.

2025-yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari,

“Turonbank” ATB

(Ch. Mirzayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov)

7.

Issiqxonalarni tashkil etishda “yashil” texnologiyalarga urgʻu berish.

1. Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun “yashil” texnologiyalarga asoslangan “xandaq” va “termos” usulidagi issiqxonalar tashkil etishga urgʻu berish.

2. Kreditlarni birinchi navbatda “xandaq” va “termos” usulini joriy etuvchi hamda kompleks resurs tejaydigan texnologiyalardan foydalanadigan aholiga ajratish.

3. Yetishtirilgan limonni saqlash uchun aholi xonadonlarida energiya tejamkor (anʼanaviy usullarni qoʻllash va quyosh panellarini oʻrnatish orqali) omborxonalarni tashkil etish.

4. 2025-2026-yillar davomida limon yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarda limonzor maydonlarini 400 gektarga kengaytirish va limon yetishtirish hajmini 2 barobarga oshirish.

Doimiy

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

“Turonbank” ATB

(Ch. Mirzayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

8.

Ekishdan hosil yetishtirilgunga qadar agrotexnik tadbirlarni tashkil etish.

1. Agrotexnik tadbirlarning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini tashkil etish va agregatorlar tomonidan biriktirilgan hududlarda ekin ekishga tayyorlash, tomorqa va ijara yer egalarini biriktirish.

2. Norin, Denov, Shahrisabz va Uchkoʻprik tumanlarida ilmiy yondashuv asosida limon koʻchatlarini yetishtiruvchi 1 tadan mahallani ixtisoslashtirib, ularda jami 1 mln dona sifatli limon koʻchati yetishtirish.

3. Limonzorlarda tomchilatib sugʻorishni keng joriy etish.

4. Limonzorlar uchun mahalliy oʻgʻitdan iborat komplekt vitaminlash tizimini joriy qilish.

5. “Turonbank” ATB huzuridagi “Turon Stable” MCHJ investitsiya kompaniyasi mablagʻlari hisobidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida zarur texnikalarni sotib olish.

6. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan limon yetishtirishga ixtisoslashgan har bir tumanga 1 tadan davlat inspektorini biriktirish.

2025-yil davomida

“Turonbank” ATB

(Ch. Mirzayev),

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

(N. Abdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

lider tadbirkorlar,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(I. Ergashev)

9.

Mahsulotlarni saqlash, qadoqlash va sotishni tashkil etish.

1. “Kooperatsiya+agrologistika” kooperatsiyalari tashkil etish, ular tomonidan limonchilik boʻyicha drayver tumanlarda resurs-tejamkor omborlar tashkil etish.

2. Qadoqlash xizmati va saqlash qutilarni ishlab chiqarish uchun kichik sexlar va yigʻish punktlarini tashkil etish hamda tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.

2025-yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“Turonbank” ATB

(Ch. Mirzayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

10.

Ixtisoslashgan hududlarda qayta ishlashni tashkil etish.

Ixtisoslashgan tumanlarda limon mahsulotini qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish orqali murabbo, jem va limon sharbatini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

2025-2026-yillar

“Turonbank” ATB

(Ch. Mirzayev),

lider tadbirkorlar

11.

Limon mahsulotlarini saqlash va qadoqlash loyihalarini amalga oshirish va eksportini tashkil etish.

1. Limon mahsulotining eksport hajmini oshirish maqsadida limonchilikka ixtisoslashgan tumanlarda limon mahsulotlari uchun eksportbop qadoqlash loyihalarini amalga oshirish hamda xorijiy davlatlarda “Denov agro star” MCHJning savdo uylarini tashkil etish. Bunda birinchi navbatda Rossiya davlatida ochilishini taʼminlash.

2. Oʻzbekistondagi limonchilik sohasini chet el ommaviy axborot vositalarida “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida (tabiiy sharoitda yetishtirilgan ekologik toza) mahsulotlarni ommalashtirish.

3. Har yili noyabr oyida limon mahsulotlari festivalini tashkil etish.

4. Davlat tashkilotlari tomonidan xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari koʻrgazmalarida ishtirok etishni tashkil etish.

2025-2026-yillar davomida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

“Turonbank” ATB

(Ch. Mirzayev),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari

12.

 Limonchilik sohasida aholi bandligi taʼminlash.

Limon koʻchatini ekish, yetishtirish, qayta ishlash hamda eksport qilishgacha boʻlgan jarayonlarda aholining 1 mln aholi bandligini taʼminlash.

2025-2026-yillarda davomida

“Turonbank” ATB

(Ch. Mirzayev),

Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

13.

Bankning moliyaviy barqarorligini taʼminlash.

1. “Turonbank” ATBga tegishli Toshkent shahridagi Yashnobod, Chilonzor, Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek bank xizmatlari markazi binolarini, Navoiy va Sirdaryo viloyatlaridagi bank xizmatlari markazlarining foydalanilmayotgan binolarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi asosida “Turonbank” ATB ustav kapitalidagi Iqtisodiyot va moliya vazirligining ulushini obyektning balans qiymatiga kamaytirish hisobiga oʻtkazish, obyektlarni mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan qiymatda ommaviy savdolar orqali sotish hamda sotishdan tushadigan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushadigan qismini “Turonbank” ATBning ustav kapitaliga Iqtisodiyot va moliya vazirligining ulushini oshirish hisobiga yoʻnaltirish.

2. Xalqaro moliya institutlari, maqsadli jamgʻarmalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan issiqxona xoʻjaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun ajratilgan milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytarish muddatlarini uzaytirish (muddati oʻtgan asosiy va foiz qarzdorliklarini kredit davriga mutanosib ravishda uzaytirish).

Bunda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan avval taqdim qilingan kafillik va kredit foizlari kompensatsiyalari saqlanib qoladi.

2025-yil davomida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Markaziy bank

(N. Saydullayev)

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

(Sh. Vafayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

“Turonbank” ATB

(Ch. Mirzayev)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 198-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda limon yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarga “Turonbank” ATB tomonidan limon koʻchatlari yetkazib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Koʻchat yetkazib beriladigan mahallalar soni

Yetkazib beriladigan koʻchatlar soni

Shundan:

2025-yilda

2026-yilda

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

27

5 000

3 000

2 000

2.

Andijon viloyati

42

30 000

15 000

15 000

3.

Buxoro viloyati

36

20 000

10 000

10 000

4.

Jizzax viloyati

16

10 000

5 000

5 000

5.

Qashqadaryo viloyati

20

50 000

22 000

28 000

6.

Navoiy viloyati

31

15 000

5 000

10 000

7.

Namangan viloyati

14

55 000

20 000

35 000

8.

Samarqand viloyati

44

30 000

15 000

15 000

9.

Sirdaryo viloyati

32

10 000

5 000

5 000

10.

Surxondaryo viloyati

52

55 000

20 000

35 000

11.

Toshkent viloyati

88

15 000

10 000

5 000

12.

Fargʻona viloyati

75

55 000

25 000

30 000

13.

Xorazm viloyati

54

10 000

5 000

5 000

Jami:

531

360 000

160 000

200 000

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 198-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda limon yetishtirishga ixtisoslashgan mahallalarda limonzorlarni kengaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Mahallalar nomi

(qishloq va ovullar)

Mavjud xonadonlar va yer maydoni

2025-2026-yillarda limonchilikka ixtisoslashadigan xonadonlar va yer maydoni

Soni

(ta)

Shundan

Yer maydon

(gektar)

Shundan

Limonchilikka ixtisoslashadigan xonadonlar soni

(ta)

Shundan

Limonchilikka ixtisoslashadigan yer maydoni

(gektar)

Shundan

Limonchilikka ixtisoslashgan xonadonlar soni

(ta)

Qolgan xonadonlar soni

(ta)

Limonchilikka ixtisoslashgan yer maydoni

(gektar)

Qolgan yer maydoni

(gektar)

2025-yil

2026-yil

2025-yil

2026-yil

Qashqadaryo viloyati

10 ta

17 506

966

16 540

2 635

21

2614

2460

1055

1405

21

11

13

1.

Shahrisabz tumani

Oqdaryo

1 197

142

1055

597

3

594

280

120

160

3

1

2

Avazmalik

1 011

112

899

445

2

443

260

110

150

2

1

1

2.

Qamashi tumani

Sohibkor

714

114

600

118

5

113

220

95

125

5

2

3

3.

Kitob tumani

Bogʻishamol

4 763

100

4 663

305

1

304

285

125

160

1

1

1

Palandara

1 708

97

1 611

216

2

214

300

135

165

2

1

1

Nurafshon

1 038

88

950

116

2

114

250

110

140

2

1

1

Qorabuloq

564

86

478

107

2

105

230

95

135

2

1

1

Xoʻjailmkoni

1 024

77

947

165

1

164

200

89

111

1

1

1

Bahor

4 100

76

4 024

316

2

314

230

97

133

2

1

1

4.

Gʻuzor tumani

Boʻston

1 387

74

1 313

250

1

249

205

79

126

1

1

1

Namangan viloyati

3 ta

11 272

499

10 773

266

24

242

970

420

550

24

11

13

5.

Norin tumani

Boyovul

3 093

340

2 753

77

14

63

370

160

210

14

6

7

6.

Namangan tumani

Namuna

4 994

81

4 913

89

7

82

310

130

180

7

3

4

Dehqonobod

3 185

78

3 107

100

3

97

290

130

160

3

2

2

Surxondaryo viloyati

24 ta

17 732

3 268

14 464

20 410

133

20 278

4 932

2 027

2 905

135

58

76

7.

Qumqoʻrgʻon tumani

Yangi avlod

1 040

658

382

524

29

495

190

80

110

9

4

5

Oʻzbekiston 5 yilligi

740

83

657

205

4

201

230

97

133

4

2

2

8.

Oltinsoy tumani

Toʻxtamish

548

284

264

2 233

10

2 223

265

110

155

3

1

2

Qoratepa

505

110

395

300

5

296

230

90

140

5

2

3

Karsagan

1 062

104

958

170

4

166

220

85

135

4

2

2

Marmin

784

95

689

230

3

227

255

110

145

3

1

2

9.

Jarqoʻrgʻon tumani

Mingchinor

515

276

239

101

10

91

250

110

140

10

5

6

Bobotogʻ

1 043

78

965

3 174

4

3 170

150

65

85

5

2

3

10.

Denov tumani

Tasmasoy

921

192

729

672

12

660

210

60

150

12

5

6

Chim

802

113

689

590

8

582

160

70

90

8

4

4

Shahrinav

807

111

696

106

4

102

205

70

135

7

3

4

11.

Sariosiyo tumani

Yoqutli bogʻ

706

165

541

244

6

238

240

110

130

6

3

4

Anorzor

736

83

653

84

3

81

225

90

135

3

1

2

Tortuvli

573

77

496

405

3

402

260

110

150

15

5

10

Shohqishloq

856

76

780

81

3

78

240

100

140

3

1

1

Shabnam

684

76

608

408

2

406

240

95

145

10

4

6

Gulobod

1 023

76

947

262

2

260

235

90

145

2

1

1

12.

Bandixon tumani

Limonzor

593

113

480

7 286

5

7 281

215

85

130

3

1

2

13.

Termiz tumani

Yangiobod

549

106

443

51

3

48

185

80

105

4

2

2

14.

Sherobod tumani

Choʻmichli

876

90

786

341

3

338

105

40

65

3

1

1

Gulchinor

727

79

648

2112

2

2 110

185

83

102

4

2

2

15.

Angor tumani

Guliston

583

75

508

98

3

95

164

74

90

4

2

2

16.

Muzrobod tumani

Guliston

753

74

679

183

2

181

142

64

78

4

2

2

17.

Qiziriq tumani

Mustaqillik

306

74

232

550

3

547

131

59

72

4

2

2

Fargʻona viloyati

33 ta

27 412

7 311

20 101

2 653

262

2 391

6 209

2 665

3 544

217

99

118

18.

Uchkoʻprik tumani

Qurbonqashqar

1 345

1104

241

84

57

27

265

125

140

10

5

5

Oqsuv

1 400

602

798

138

20

118

245

110

135

20

9

11

Bogʻiboʻston

1 372

541

831

111

13

98

250

120

130

13

6

7

Oltin vodiy

982

388

594

85

13

72

270

110

160

13

6

7

Sariqoʻrgʻon

1 019

205

814

94

6

88

300

120

180

6

3

3

Tojik

840

136

704

72

6

66

190

80

110

6

3

3

Soyboʻyi

873

89

784

69

2

67

145

65

80

2

1

1

Katta Qashqar

1 440

758

682

113

28

85

155

70

85

28

12

15

19.

Yozyovon tumani

Yoshlik

777

369

408

88

9

79

150

60

90

9

4

5

Soyyoni

672

313

359

69

9

60

150

55

95

9

4

5

Choʻliguliston

724

220

504

68

7

61

150

65

85

7

3

4

Qorasoy

565

150

415

86

5

81

200

80

120

5

2

3

Taraqqiyot

715

135

580

89

4

85

160

65

95

4

2

2

Yuqori

659

134

525

71

3

68

142

64

78

3

1

2

Markaziy Fargʻona

734

99

635

80

3

77

150

65

85

3

1

1

Qoʻrgʻoncha

630

89

541

72

2

70

200

85

115

2

1

1

Gaston

579

85

494

57

2

55

158

68

90

2

1

1

Suvliariq

922

84

838

88

3

85

164

66

98

3

1

2

Ishtirxon

663

70

593

59

2

57

121

54

67

2

1

1

20.

Fargʻona tumani

Yangiyoʻl

706

150

556

91

3

88

170

75

95

3

2

2

Novkent

569

127

442

49

3

46

138

62

76

4

2

2

Xonqizi

713

98

615

86

3

83

129

58

71

3

1

2

21.

Quvasoy shahri

Yangiobod

625

145

480

84

4

80

174

75

99

5

2

3

Guliston

645

140

505

78

11

67

173

78

95

11

5

6

Arsif

621

95

526

56

3

53

150

65

85

3

1

2

22.

Bogʻdod tumani

Dasht

1 014

136

878

138

15

123

210

90

120

15

7

8

Ultarma

1 058

117

941

52

4

48

170

75

95

4

2

2

Qoʻshtegirmon

710

117

593

78

3

75

175

65

110

3

2

2

23.

Toshloq tumani

Xonaqa

630

110

520

54

6

48

230

110

120

6

3

3

Istiqlol

1 023

91

932

98

3

95

220

90

130

3

1

1

Koʻlariq

660

77

583

55

2

53

215

80

135

2

1

1

24.

Quva tumani

Xonobod

585

199

386

76

5

71

265

120

145

5

2

3

25.

Rishton tumani

Mevazor

942

138

804

65

3

62

225

95

130

3

2

2

Jami:

70 ta

73 922

12 044

61 878

25 964

440

25 525

14 571

6 167

8 404

397

179

220

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 198-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda respublikada limon yetishtirish va eksportga yoʻnaltirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

2025-yilda

2026-yilda

Limon yetishtirish

(tonna)

Eksport

(tonna)

Limon yetishtirish

(tonna)

Eksport

(tonna)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

374

65

406

87

2.

Andijon viloyati

3 401

1 055

3 684

1 214

3.

Buxoro viloyati

1 934

158

2 096

211

4.

Jizzax viloyati

770

35

835

47

5.

Qashqadaryo viloyati

5 378

615

5 827

825

6.

Navoiy viloyati

858

113

930

151

7.

Namangan viloyati

12 053

362

13 057

486

8.

Samarqand viloyati

2 933

140

3 177

187

9.

Sirdaryo viloyati

2 266

23

2 454

30

10.

Surxondaryo viloyati

17 248

708

18 685

817

11.

Toshkent viloyati

2 003

613

2 170

704

12.

Fargʻona viloyati

16 760

552

18 157

741

13.

Xorazm viloyati

1 002

38

1 086

50

Jami:

66 980

4 477

72 564

5 550

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 09/25/198/0316-son)