02.04.2024 yildagi PQ-149-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining bandligini ta’minlash va daromad topishga qaratilgan faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi o‘rinlarda — dasturlar) doirasidagi loyihalar avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning so‘ndirilishi va qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirilishi hisobidan moliyalashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturlar doirasida so‘ndirilgan kreditlar hisobidan shakllangan resurslar birinchi navbatda mazkur hududdagi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamg‘armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining resurslari tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasida joylashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, resurs mablag‘lari va kredit bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytirilishi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qolishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2024-yil 1-apreldan boshlab dasturlar doirasida kreditlar o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 33 million so‘mgacha, bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolver asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so‘mgacha garovsiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlar tuman (shahar) veterinariya bo‘limi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) va haqiqatdan yetkazib berilgan chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) sotib olishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi tomorqasida biznesni yo‘lga qo‘yish uchun o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilishni istagan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga issiqxona qurish, chorva mollari boqish, parrandachilik, quyonchilik, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun kreditlar naqd pulda berilishi mumkin.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Savdo-sanoat palatasi hamda Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda dasturlar doirasida kreditlar hisobiga mahsulot (xizmat)larning yetkazib berilishida shaffoflikni ta’minlash maqsadida “marketpleys” erkin savdo maydonchasida raqobat muhitini shakllantirish, narxlarning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ta’minotchi korxonalar tomonidan mahsulot (xizmat)larning o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berilishini ta’minlash yuzasidan kuchaytirilgan nazoratni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024-yil 1-iyuldan boshlab mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan AT “Xalq banki”ga 1 220 milliard so‘m va “Mikrokreditbank” ATBga 490 milliard so‘m hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan AT “Xalq banki”ga 1 837 milliard so‘m va “Mikrokreditbank” ATBga 1 233 milliard so‘m miqdorida ajratilgan mablag‘larni ushbu banklarning ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-338-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2024-yil 1-apreldan boshlab Hunarmandchilikni rivojlantirish, Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, “Yoshlar — kelajagimiz” dasturlari doirasida mavjud va avval berilgan kreditlarning so‘ndirilishi hisobidan shakllanadigan mablag‘lar “Har bir oila — tadbirkor” dasturiga yo‘naltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaziy bank manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 2-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-149-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda — o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son qarorining 1-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) hamda tadbirkorlik subyektlariga 6 oydan 1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan 4 yilgacha muddatga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yildan 4 yilgacha muddatga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshidagi “3 yilgacha muddatga” so‘zlari “3 yildan 4 yilgacha muddatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishidagi kreditlar chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan) va veterinariya bo‘limi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) boqish uchun ajratiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-son qarori 2-bandining yettinchi xatboshisidan “(naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-306-son qarorining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. 2024-yil 1-yanvardan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar 3 yildan 4 yilgacha muddatga 6 oydan 1 yilgacha imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratilishi belgilansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “Xorazm viloyatida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-89-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi “ushbu mablag‘lar” so‘zlaridan keyin “oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari, shuningdek,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-son qarori 1-bandining birinchi xatboshisidagi “ikki yillik imtiyozli davr bilan besh yil muddatga” so‘zlari “uch yillik imtiyozli davr bilan yetti yil muddatga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 373-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari hokim yordamchilari bilan birgalikda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini va ularning samaradorligini monitoring qilib borish hamda kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi bo‘yicha sektor rahbarlari bilan birgalikda tegishli choralarni ko‘rishga mas’ul etib belgilansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bandning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bino va inshootlar sotib olish va qurish (Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida dala do‘koni, urug‘lik, mineral o‘g‘it va ko‘chat do‘konlari tashkil qilish hamda yengil konstruksiyali bino va inshootlar qurish, kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida qurilishi 25 — 30 foiz yakuniga yetkazilmagan binolar qurilishini yakuniga yetkazish, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq binolarni ta’mirlash bundan mustasno) uchun ajratilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishidagi kreditlar chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan) va veterinariya bo‘limi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) boqish uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, kreditlar tomorqasida biznesni yo‘lga qo‘yish uchun o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan aholiga issiqxona qurish, chorva mollari boqish, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun beriladigan kreditlar biriktirilgan bank va hokim yordamchisining ushbu tadbirlar amalga oshirilishi borasidagi kafilligi asosida naqd pulda berilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kredit ajratilishida hokim yordamchisining tavsiyanomasi asos hisoblanadi. Bunda tijorat banklari o‘z mablag‘lari hisobidan kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtalaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolver asosida kredit ajratiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidan “(naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidan “naqdlashtirish imkoniyatisiz tegishli” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 308 — 3011-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“308. Aholiga ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
309. Yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3010. 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun tashabbuskorlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3011. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulotga tegishli zarur ma’lumotlar (motoroller, motokultivator, tikuv mashinalarining motor, dvigatel yoki kuzov seriya raqami) shartnomaga kiritilmasa, marketpleys tizimida shartnoma rasmiylashtirish imkoniyati avtomatik tarzda cheklanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-banddan “shartnoma summasining 0,1 foizidan oshmagan, lekin BHMning 1 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“44. Tuman (shahar) markazlari quyidagi hollarda mahsulot yetkazib beruvchini marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatadi va Nohalol ta’minotchilar reyestriga kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yetkazib beruvchi va qarz oluvchi o‘zaro kelishgan holda kredit mablag‘ini naqdlashtirish orqali maqsadsiz ishlatganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari joriy etilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlar malaka, texnik va tijorat talablariga javob bermasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yetkazib beruvchi kreditni ajratish va (yoki) mahsulotlarni tanlash (yetkazib berish) jarayonida qarz oluvchilar tomonidan biror-bir xatti-harakatning sodir etilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-taomilining qo‘llanilishiga ta’sir o‘tkazish maqsadida qarz oluvchining, tijorat banklarining yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash to‘g‘risidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yetkazib beruvchi raqobatga qarshi harakatlarni sodir etsa yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot yetkazib beruvchilar quyidagi hollarda marketpleys tizimida avtomatlashtirilgan holda Nohalol ta’minotchilar reyestriga kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq hisobotida tegishli mahsulot kirim bo‘lmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unda soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yetkazib beruvchi 5 va undan ortiq shartnoma bo‘yicha mahsulotlar yetkazib berilganligi to‘g‘risida hisob-faktura rasmiylashtirilgan, biroq hokim yordamchisi tomonidan haqiqatda mahsulot yetkazib berilmaganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 43-bandiga muvofiq xizmat ko‘rsatilgan fuqarolarning 30 foizidan ko‘pi tomonidan salbiy baholanganda”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son; 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)