05.03.2025 yildagi PF-43-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.03.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Koʻchmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulk obyektlarining bozor narxiga yaqin boʻlgan qiymatini aniqlashning zamonaviy usullari va mexanizmlarini joriy etish va keng qoʻllash, aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy aktivlari oʻsib borishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) koʻchmas mulk obyektining soliq solish, oldi-sotdi qilish, garovga qoʻyish, jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va boshqa holatlar uchun aniqlanadigan qiymati oʻzaro mutanosib boʻlishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) koʻchmas mulk bozoriga oid ishonchli, toʻliq va davriy ravishda yangilanib boradigan axborot bazani yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) soliq solishda adolatlilik tamoyilini yanada keng joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2025-yildan boshlab bosqichma-bosqich barcha koʻchmas mulk obyektlari ularning bozor narxiga yaqin boʻlgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan oʻtkazilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ommaviy baholash ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2025-2026-yillarda — eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-2027-yillarda — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2027-yil va undan keyingi yillarda — qolgan hududlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tashkiliy va moliyaviy taʼminot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kadastr agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 30 nafardan iborat boʻlgan, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Milliy markaz) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi — koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Kadastr agentligi — koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Milliy markaz — koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi hamda Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi oʻrtasida koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasidagi vazifalar taqsimoti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Milliy markaz faoliyati, shu jumladan, koʻchmas mulkni ommaviy baholash tadbirlari quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Davlat budjeti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan grantlar va texnik koʻmaklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Milliy markazning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Normativ-huquqiy, uslubiy, axborot va dasturiy taʼminot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ommaviy baholash tizimini normativ-huquqiy va uslubiy jihatdan taʼminlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir oy muddatda Milliy markaz faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) uch oy muddatda Koʻchmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotini belgilangan tartibda tasdiqlasin va davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026-yil oxiriga qadar Toshkent shahridagi eksperiment natijalari, ilgʻor xorijiy tajriba hamda xalqaro ekspertlarning xulosalari va tavsiyalari asosida “Koʻchmas mulkni ommaviy baholash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda bino va inshootlar qurilishining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda ularni qayta tiklash qiymatining jamlanma koʻrsatkichlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ommaviy baholash tizimini dasturiy jihatdan taʼminlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi 2025-yil 1-noyabrga qadar Koʻchmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotiga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) koʻchmas mulk bozori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash va tahlil qilish boʻyicha — “Koʻchmas mulk bozori monitoringi” avtomatlashtirilgan axborot tizimini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) koʻchmas mulkning bozor narxiga yaqin boʻlgan qiymatini aniqlash boʻyicha “Koʻchmas mulkni ommaviy baholash” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar Milliy markazning soʻroviga koʻra oʻn kun ichida ommaviy baholash tizimi uchun zarur boʻlgan axborotlarni bepul taqdim etishlari, oʻzlarining axborot tizimlarini Milliy markazning axborot tizimlari bilan integratsiya qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Farmon ijrosini tashkil etish va nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikki hafta muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidagi tashkilotlar xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida Kadastr agentligi markaziy apparati tuzilmasida Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan 7 ta shtat birligidan iborat Koʻchmas mulkni ommaviy baholash tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2025-yil 1-dekabrga qadar Toshkent shahridagi eksperimentning dastlabki natijalaridan kelib chiqib, ommaviy baholashdan oʻtkazilgan mol-mulklar va yer uchastkalari uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazani qaytadan belgilash va soliq stavkalarini pasaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kadastr agentligi direktoriga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Milliy markaz xodimlarining ish yuklamasi va faoliyati samaradorligidan kelib chiqib, Milliy markazga qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Kadastr agentligi direktori F.J. Poʻlatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 5-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-43-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-martdagi PF-43-son Farmoniga
1-ILOVA

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi hamda Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi oʻrtasida koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasidagi vazifalar taqsimoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligining koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasidagi asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ommaviy baholash tizimini amalga oshirish boʻyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ommaviy baholash jarayonini tartibga soluvchi chora-tadbirlar va mexanizmlarni ishlab chiqish, shu jumladan, ommaviy baholash uslubiyotini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ommaviy baholash natijalarini amaliyotga tatbiq etish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) respublika miqyosida va alohida hududlarida, shu jumladan, urbanizatsiya jarayonlari va infratuzilmaning rivojlanishi, narxlar darajasi va boshqa bozor koʻrsatkichlarining oʻzgarishi munosabati bilan respublikaning alohida tuman (shahar)laridagi koʻchmas mulk obyektlarini ommaviy baholashdan oʻtkazish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kadastr agentligining koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasidagi asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ommaviy baholash jarayonida maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan koʻchmas mulk obyektlariga oid maʼlumotlarning toʻliqliligini va sifatliligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ommaviy baholash oʻtkazilishi lozim boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatini shakllantirish va yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ommaviy baholash maʼlumotlari monitoringini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ommaviy baholash tizimini samarali tashkil etish, shuningdek, jarayonni raqamlashtirish va avtomatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Iqtisodiyot va moliya vazirligiga koʻchmas mulk obyektlarining ommaviy baholash jarayonini tartibga soluvchi chora-tadbirlar va mexanizmlarni ishlab chiqish, shu jumladan, ommaviy baholash uslubiyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) koʻchmas mulk obyektlarini ommaviy baholash natijalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazining koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasidagi asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) koʻchmas mulk obyektlarining bozor narxiga yaqin boʻlgan qiymatini ommaviy baholash orqali aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ommaviy baholashning elektron maʼlumotlar bazasini yaratish, yuritish va yangilab borish, ommaviy baholash natijalarini ushbu bazaga alohida murojaatsiz va haq undirmasdan kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) koʻchmas mulk obyektlarini ommaviy baholash bilan bogʻliq maʼlumotlarni oʻrganish, toʻplash va qayta ishlash asosida koʻchmas mulk bozorini monitoring va tahlil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-martdagi PF-43-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Jami” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Jami

53 754

49 293

4 461

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi” boʻlimining “4. Kadastr agentligi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kadastr agentligi

995

422

573

shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni

2

2

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Izohlar qismi quyidagi mazmundagi 5.22.-kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5.22. Kadastr agentligi huzuridagi Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 06/25/43/0218-son)