26.02.2025 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron to‘lov tizimlari xizmatlaridan foydalanishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishning 2024-yildagi ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun to‘lov tizimlari xizmatlaridan foydalanishda qulay sharoitlar yaratish orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-iyuldan boshlab aholiga xizmat ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlari, gaz va neft mahsulotini sotuvchi va mulkni ijaraga beruvchi yuridik shaxslar majburiy tartibda elektron to‘lov tizimlariga ulanadi hamda to‘lovlarni ular orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar tomonidan to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari orqali qabul qilishni rad etish hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etishga tenglashtiriladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Strategik islohotlar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar 2025 — 2030-yillarda elektron to‘lovlar ulushini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 26-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 09/25/117/0216-son)