04.03.2024 yildagi PQ-109-son

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Muddat

Hujjat shakli

Mas’ul ijrochilar

I. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, budjet-soliq siyosatining samaradorligini oshirish va davlat xaridlari tizimini takomillashtirish

Muvofiqlashtiruvchilar: Prezident Administratsiyasi — B. Raxmatov, T. Ishmetov, Vazirlar Mahkamasi — J. Qo‘chqorov

1.

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va unga ishonchlilikni mustahkamlashning 2024-yildagi eng dolzarb vazifasi sifatida konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foizdan oshirmaslikni belgilash.

1. 2024-yilda bozor islohotlarini to‘laqonli amalga oshirish orqali budjet taqchilligi, shu jumladan subsidiyalar va qo‘shimcha xarajatlar oshib ketishining oldini olish.

2. Makroiqtisodiy barqarorlikni (shu jumladan, budjet taqchilligini oshirmaslik) ta’minlash maqsadida Muvofiqlashtiruvchi guruh Bosh vazir huzurida har oyda:

a) mazkur qarorda belgilangan yo‘nalishlardagi islohotlar ijrosini;

b) budjet daromadlari va xarajatlarining oylik ijrosini muhokama qilish va islohotlar kechikishining oldini olish hamda budjet taqchilligini oshirmaslikning qat’iy choralarini ko‘rib borish.

Har oyda

Amaliy choralar

Muvofiqlashtiruvchi guruh

(B. Raxmatov,

J. Qo‘chqorov)

2.

Budjet intizomini ta’minlash, budjet xarajatlari natijadorligiga erishish, davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tizimlashtirish, shuningdek, budjet barqarorligini ta’minlash orqali budjet taqchilligini qisqartirib borish. Bunda, davlat moliyasini boshqarish tizimini mamlakat strategik maqsadlarga erishishda ishonchli vosita sifatida takomillashtirish.

2025 — 2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqib, normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Noyabr

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A.Y. Xaydarov)

3.

Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, shaffoflikni oshirish orqali raqobat muhitini kuchaytirish.

“Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Avgust

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(G. Raximova)

II. Mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlash

Muvofiqlashtiruvchilar: Prezident Administratsiyasi — A. Sultanov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi — B. Xodjayev, Energetika vazirligi — J. Mirzamaxmudov

4.

Energetika tarmog‘ini tartibga soluvchi qonunchilik normalarini sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga moslashtirish.

Yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyun

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

(Sh. Xodjayev)

5.

Elektr energiyasining ulgurji va chakana-savdo bozorlarini tashkil etish, bozor ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash, ularning faoliyatini hamda tariflarni tartibga solish.

“Raqobatli energetika bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Noyabr

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

(Sh. Xodjayev),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

6.

Energetika faoliyatiga litsenziya berish jarayonlarini tartibga solishning qonunchilik asoslarini belgilash, elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish faoliyatining ayrim turlari uchun litsenziya hamda muayyan harakatlar uchun ruxsatnomalar berish talab va qoidalarini belgilash.

“O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyul

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

(Sh. Xodjayev),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

7.

2030-yilgacha energetika sohasini rivojlantirish ssenariylari va maqsadli ko‘rsatkichlarini, asosiy tarmoqlar va hududlar bo‘yicha energiya resurslariga bo‘lgan talab va taklif prognozlarini belgilash.

“O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika sohasini 2030-yilgacha muvozanatli rivojlantirish dasturini (Master plan) tasdiqlash to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyun

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

(Sh. Xodjayev)

8.

Elektr energiyasi sohasidagi maqsadli ko‘rsatkichlar va strategik vazifalarni belgilash, ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish.

Elektr energiya sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyul

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

(Sh. Xodjayev)

9.

Gaz bozorini erkinlashtirish, sohaga xususiy investorlarni jalb qilish uchun sharoit yaratish, tabiiy gaz bozori regulyatorini tashkil qilish va xususiy operatorlarni jalb qilish.

2030-yilga qadar gaz bozorini isloh qilish konsepsiyasini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Aprel

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

10.

Tariflarni hisoblashda sohani modernizatsiya qilish va investitsiyalarni oshirishni rag‘batlantiruvchi “aktivlar bazasini tartibga solish” (Regulatory Asset Base) usulini joriy etish.

Gaz va elektr energiyasi tariflarini hisoblashning yangi metodikasini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Aprel

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(B. Xodjayev)

11.

Magistral va taqsimlash elektr tarmoqlariga yangi obyektlarni ulash tartiblari hamda texnik talablar va xavfsizlik standartlarini belgilash.

Quyidagilar bo‘yicha alohida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

(Sh. Xodjayev),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

a) magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash;

May

b) taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash.

Iyul

12.

“O‘zbekneftgaz” AJning 85 ta konida gaz qazib chiqarishni barqarorlashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish.

Mart

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

13.

Tabiiy gazni qazib olishda texnik standartlashtirish, har bir bosqichda hisoblagichlar uchun yagona texnik standartlarni ishlab chiqish va o‘rnatish, gaz hajmini ishonchli va aniq o‘lchashni ta’minlash.

Tabiiy gazni qazib olishdan iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda hisoblagichlarni o‘rnatish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Avgust

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

14.

Suyultirilgan gazni yetkazib berish funksiyasini xususiy operatorlarga o‘tkazish uchun pilot loyihalarni amalga oshirish.

5 ta tumanda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish funksiyasini xususiy operatorlarga berish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

May

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

15.

“O‘ztransgaz” AJning gaz transport tizimini modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyun

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

16.

Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan Samarqanddagi elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiyasiga DXSh asosida investorlarni jalb qilish uchun tender e’lon qilish. Shuningdek, ushbu jarayonlarni Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham boshlash.

1. Tender hujjatlarini tayyorlash.

Avgust

Amaliy tadbirlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(B. Xodjayev),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

(Sh. Xodjayev),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

2. Tenderni e’lon qilish.

Noyabr

3. Tender yakunlarini bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

III. Qishloq va suv xo‘jaligida islohotlarni kuchaytirish, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash

Muvofiqlashtiruvchilar: Prezident Administratsiyasi — A. Samadov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi — A. Y. Xaydarov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi — I. Abduraxmonov, Suv xo‘jaligi vazirligi — Sh. Xamrayev

17.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini ma’muriy joylashtirishdan voz kechish, minimal hosildorlik va fermerlar kengashiga majburiy a’zolikni bekor qilish.

Yer kodeksiga o‘zgartish kiritish yuzasidan normativ-hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Aprel

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

18.

Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasini tashkil etish, xatarlarni qayta sug‘urtalash, sug‘urta mukofotining 50 foizini davlat tomonidan qoplash.

“Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Aprel

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

19.

Sohada kooperativlar tashkil etish, suvdan foydalanish, bank va XMIlar bilan hamkorlik qilish, yetishtirilgan mahsulotlarni o‘zida qayta ishlashning huquqiy asosini yaratish.

“Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Mart

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

20.

Pillachilikda yangi quvvatlarni tashkil etishni “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan kelishishni bekor qilish, pillani birjada sotish tartibini tasdiqlash, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini transformatsiya qilish.

Ipakchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

21.

2025-yil hosilidan g‘alla yetishtirishga imtiyozli kreditlarni bevosita fermer xo‘jaliklariga ajratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

May

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

22.

2025-yil hosilidan to‘qimachilik korxonalariga ham paxta xomashyosini sotib olish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuzishga ruxsat berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

23.

Yevropa ittifoqi va Jahon banki grant mablag‘larini jalb qilgan holda sohaga ajratilayotgan barcha subsidiyalarni xatlovdan o‘tkazib, ularning samaradorligini oshirish va JST talablariga moslashtirish.

Subsidiyalar samaradorligini oshirish va Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo‘yicha doklad (hisobot) va takliflar tayyorlash.

Noyabr

Harakatlar rejasi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

24.

14 ta tumandagi qishloq xo‘jaligi bo‘limlari o‘rnida AKIS (Agroxizmatlar markazi) tashkil etish.

1. Agroxizmatlar markazlari tashkil etiladigan tumanlarni tanlash.

2. Markaz tuzilmasi va uni moliyalashtirish tartibi yuzasidan takliflar tayyorlash.

Mart-aprel

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

3. Markazlarni tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Aprel

25.

Asosiy turdagi ekinlar urug‘chiligining mustaqilligini ta’minlash, urug‘chilik institutlari (laboratoriya) moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, biriktirilgan ekin maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chilik institutlarini rivojlantirish dasturini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Avgust

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

26.

Qishloq xo‘jaligi vazirligida islohotlarni implementatsiya qilish, XMI mab�ag‘larini manzilli ishlatish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mart

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

27.

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimini qayta ko‘rib chiqish, uni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mart

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev)

28.

Tuproqning meliorativ holatini yaxshilash hamda suv inshootlari bilan band bo‘lmagan suv fondi yerlarini ijaraga berish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Sentyabr

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev)

29.

Daryolar, magistral kanallar va muhim suv obyektlarida suvning yagona onlayn hisobini yuritish tizimini joriy etish.

1. Daryolar, magistral kanallar va muhim suv obyektlarida suvning yagona onlayn hisobini yuritishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh tarkibini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash.

Mart

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev)

2. Suv o‘lchash qurilmalari o‘rnatiladigan obyektlar va nuqtalar ro‘yxatini shakllantirish va o‘rnatish muddatlarini belgilash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Aprel

3. Suv o‘lchash qurilmalarini o‘rnatish, ishga tushirish va axborot tizimiga integratsiya qilish.

2024 — 2026-yillar

30.

Kichik xo‘jalik va aholi tomorqasida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish tizimini takomillashtirish.

1. O‘zRTX birjasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan elektron savdo (UzexAgro) platformasini yaratish.

May

Jamiyat kuzatuv kengashi qarori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

2. Platformani tegishli vazirlik va idoralar hamda “Online mahalla” elektron platformasi bilan integratsiya qilish.

May

3. Mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilari orqali oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni platformaga keng jalb qilish.

Yil davomida

4. Dastlabki bosqichda davlat buyurtmachilari (tibbiyot muassasalari, bog‘cha, maktab va boshqalar) tomonidan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Yil davomida

31.

Oziq-ovqat sanoati korxonalarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.

1. Hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan oziq-ovqat sanoati korxonalarining mavjud quvvatlaridan foydalanish holatini o‘rganish va muammolarni aniqlash.

May

Chora-tadbirlar dasturi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

2. Korxonalarda mavjud muammolarni hal qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

Iyun

3. 2024-yilda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish bo‘yicha Jahon banki va Fransiya taraqqiyot agentligidan jalb qilingan 120 mln dollar mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan yangi oziq-ovqat ishlab chiqarish loyihalari ro‘yxatini shakllantirish va ularni amalga oshirish.

Yil davomida

32.

Chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash orqali go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarishni kengaytirish choralarini ko‘rish.

1. Faoliyat ko‘rsatayotgan chorvachilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida ularni to‘liq xatlovdan o‘tkazish.

May

Chora-tadbirlar dasturi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

(B. Norqobilov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

2. Xatlov natijalariga ko‘ra, ozuqa yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Iyun

3. Xalqaro moliya institutlari hisobidan chorva kompleksini tashkil qilish, qoramol olish, omuxta-em chiqarish uchun 315 mln AQSh dollari yo‘naltirish.

Yil davomida

33.

Oziq-ovqat sanoatida xalqaro standartlarni joriy qilish orqali ishlab chiqaruvchi korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish.

1. Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 5 ta xalqaro brendni jalb qilish va mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

2. Mahalliy oziq-ovqat korxonalari tomonidan injener-texnolog, marketolog, dizayner, xalqaro standartlar bo‘yicha xorijiy mutaxassislarni jalb qilishni rag‘batlantirish.

Aprel

Chora-tadbirlar dasturi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

IV. Telekommunikatsiya sohasini isloh qilish

Muvofiqlashtiruvchilar: Prezident Administratsiyasi — A. Samadov, Raqamli texnologiyalar vazirligi — Sh. Shermatov

34.

Telekommunikatsiya sohasini erkinlashtirish, mustaqil regulyatorni tashkil etish, tadbirkorlarga soha infratuzilmasidan foydalanishga ruxsat berishning qonuniy asoslarini yaratish.

Yangi tahrirdagi “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida” gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyun

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

35.

Xususiy provayderlarga xalqaro internet tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishga ruxsat berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Aprel

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Raqamli texnol�giyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

V. Transport infratuzilmasini rivojlantirish

Muvofiqlashtiruvchilar: Prezident Administratsiyasi — O. Raxmonov, B. Maksimkulov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi — B. Xodjayev, Transport vazirligi — I. Mahkamov

36.

Temir yo‘l sohasini rivojlantirish uchun tegishli huquqiy muhit, tadbirkorlik faoliyati uchun sharoit yaratish, sohada islohotlarni chuqurlashtirish.

Ya�gi tahrirdagi “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mart

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Transport vazirligi

(I. Mahkamov)

37.

Temir yo‘lda yuk tashish xizmatlari uchun berilgan chegirmalar hamda yo‘lovchi tashishdan ko‘rilgan zararlarni Davlat budjetidan kompensatsiya qilishda yangi mexanizmlarni joriy etish.

Temir yo‘l xizmatlarini amalga oshirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyul

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Transport vazirligi

(I. Mahkamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(B. Xodjayev)

38.

Pulli avtomobil yo‘llari tizimining (qurish, rekonstruksiya va ekspluatatsiya qilish) huquqiy asosini yaratish.

“Pulli avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Avgust

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Transport vazirligi

(I. Mahkamov)

39.

Jamoat transporti infratuzilmasini demografik va iqtisodiy o‘sish, xususan urbanizatsiya jarayonlaridan kelib chiqib rivojlantirish, sohani erkinlashtirish va xususiy sektorni jalb etish.

2030-yilgacha hududlarda jamoat transportini rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Oktyabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Transport vazirligi

(I. Mahkamov)

40.

“Uzbekistan Airports” AJga tegishli Buxoro, Urganch va Toshkent xalqaro aeroportlarida DXSh asosida loyihalarni amalga oshirish uchun xususiy investorlarni jalb qilish.

1. Buxoro xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish bo‘yicha DXSh bitimini imzolash.

Noyabr-dekabr

Amaliy choralar

Transport vazirligi

(I. Mahkamov)

2. Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish bo‘yicha DXSh bitimini imzolash.

Noyabr-dekabr

3. Toshkent xalqaro aeroportini DXSh asosida qayta qurish va boshqarish bo‘yicha loyihaning TIAsi, loyihani baholash hujjatlari va konsepsiyasini ishlab chiqish.

Yil davomida

41.

2024-yilda “Uzbekistan airways” AJda transformatsiya va xususiylashtirishni jadallashtirish.

“Uzbekistan airways” AJni xususiylashtirish va isloh qilish bo‘yicha “Deloitte” konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikni o‘rnatib, aksiya paketlarini xalqaro ommaviy savdolarda xususiylashtirish.

Noyabr

Amaliy choralar

Transport vazirligi

(I. Mahkamov)

VI. Urbanizatsiya jarayonlari va uy-joy qurilishini jadallashtirish

Muvofiqlashtiruvchilar: Prezident Administratsiyasi — O. Xakimov, A. Baxtiyev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi — I. Norqulov, S. Sadullayev

42.

Urbanizatsiya siyosatining asosiy mezonlarini ishlab chiqish hamda davlat organlarining rolini belgilash.

“Urbanizatsiya to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Noyabr

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

43.

Renovatsiya obyektlarini tanlab olish, moliyalashtirish mexanizmlari hamda renovatsiya dasturi ishtirokchilari vazifalarini belgilash.

“Renovatsiya to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Aprel

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(D. Adilov)

44.

Urbanizatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari va ularga erishishning vazifalarini belgilash, aholi o‘sishi va iqt�sodiyot tarmoqlarining rivojlanish vektoridan kelib chiqib, aglomeratsiya hududlarini belgilash hamda shaharlarning vertikal o‘sishini ta’minlash.

Urbanizatsiyani 2040-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

45.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida loyiha ofisini tashkil etish orqali shaharsozlik normalari va qoidalarini takomillashtirish, ularni tizimlashtirish, kodifikatsiyalash hamda “yashil” standartlarni kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Avgust

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

46.

Ipotekani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish, “Bir fuqaroga — bir ipoteka” tamoyilida ipoteka kreditlarini ajratish, ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish, birlamchi bozordagi uy-joylarga “Ijtimoiy majburiyat” tartibini joriy etish.

“2024-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka krediti mexanizmlaridan foydalanish amaliyotini yanada takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Aprel

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Markaziy bank

(A. Kamalov)

47.

Master rejani ishlab chiqishning mezonlarini belgilash, ularni kelishish va tasdiqlash tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mart

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

48.

Hududlarda tuman markazlarini rivojlantirish, aglomeratsiya va turizm maskanlarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish va servis obyektlarini (“service point”) barpo etishga qaratilgan master rejalarni ishlab chiqish.

70 ta tuman va shaharning master rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mart

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

49.

Tez rivojlanib borayot�an va qo‘shimcha zaxiralari mavjud hududlarni tanlab olib rivojlantirish orqali urbanizatsiyani jadallashtirish.

1. Hududlarni joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqish orqali 2024-2025-yillarda jadal rivojlantirish uchun dastlabki bosqichda 14 ta va keyingi bosqichlarda 36 ta tuman (shahar)ni tanlab olish.

Mart

Amaliy chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. 2024-2025-yillarda jadal rivojlantirish uchun tanlab olingan (14 ta) hududlar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

May

50.

Shaharlarda velosiped, skuter va piyodalar uchun xavfsiz va qulay yo‘llar, pulli avtoturargohlar infratuzilmalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Avgust

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Transport vazirligi

(I. Mahkamov)

51.

5 ta hududda Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi asosida hududlar va shaharlarni barqaror rivojlantirish loyihasini joriy etish.

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha konsepsiya hamda dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish.

Dekabr

Amaliy chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

VII. Biznes va investitsiya muhitini yaxshilash, eksportni oshirish

Muvofiqlashtiruvchilar: Prezident Administratsiyasi — B. Raxmatov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — L. Kudratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi — I. Norqulov

52.

Tadbirkorlik subyektlari va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash.

Tadbirkorlik kodeksi loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Aprel

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

53.

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda yangicha yondashuvlarni joriy etish, davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini biznes va aholi uchun soddalashtirish va raqamlashtirish orqali ularning ishonchini mustahkamlash.

2030-yilgacha yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

May

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Y. Xaydarov)

54.

Kichik va o‘rta biznes faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish.

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

55.

Yer qa’ridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilash, ruxsatnoma olishni yengillashtirish, xususiy investitsiyalarni oshirish.

“Yer qa’ri to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Aprel

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

(O. Nasritdinxodjayev)

56.

Investorlarning huquqlarini himoya qilish, investitsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni tizimlashtirish, xususiy investitsiyalar ko‘lamini oshirishga qaratilgan qulay biznes ekotizimni shakllantirish.

Yangi tahrirdagi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Avgust

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

57.

Aholi tomonidan jamg‘arilgan moliyaviy resurslarni aktivlashtirish, ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabini qondirish.

“Kapital bozori to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Avgust

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(V. Pak)

58.

Soliq to‘lovchilarning chegirilmaydigan xarajatlari turlarini qisqartirish, yo‘lovchilarni yagona tariflar asosida tashish xizmatlarini ko‘rsatish, davlat obyektlarini realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalarni qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish.

O‘n ikki oy davomida uch va undan ortiq yengil av�omobil sotgan (hadya qilgan, ishonchnoma bergan qarindoshligi mavjud bo‘lgan shaxslar bundan mustasno) jismoniy shaxslardan daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirish yo‘li bilan daromad solig‘ini undirish.

“Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Noyabr

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Y. Xaydarov),

Strategik islohotlar agentligi

(B. Normirzayev)

59.

Aholiga xizmat ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlari, gaz va neft mahsulotini sotuvchi va mulkni ijaraga beruvchi yuridik shaxslar, qurilish korxonalari tomonidan jismoniy shaxslarga sotiladigan ko‘chmas mulk obyektlari uchun to‘lovlarni naqdsiz shaklda elektron schet-faktura asosida amalga oshirish.

“Elektron to‘lov tizimlari xizmatlaridan foydalanishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyun

O‘zbekiston Respublikasi Prezid�nti qarori

Strategik islohotlar agentligi

(B. Normirzayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Y. Xaydarov)

60.

Aholi bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirish, tartibli migratsiyani rivojlantirishda xususiy bandlik agentliklari faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirish.

“Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni jadallashtirish, tartibli mehnat migratsiyasi uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(R. Turdiboyeva)

61.

2024-2030-yillarda 30 mlrd AQSh dollarlik DXSh loyihalari dasturini ishlab chiqish.

“Davlat-xususiy sheriklik loyihalari ko‘lamini kengaytirish to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

May

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(B. Xodjayev)

62.

Oltinsiz eksport hajmining o‘sish sur’atini 2024-yilda 25 foiz darajasida ta’minlash.

Oltinsiz eksport hajmini oshirish, jumladan yaxlit institutsional tizimni, eksport geografiyasini kengaytirishni, yangi turdagi tovarlar hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

May

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

63.

Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob va tovar ayirboshlash tizimini yaxshilash.

1. Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni kuchaytirish.

2. Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidagi tashqi savdo shartnomalari sifatini yaxshilash.

3. Shubhali tashqi savdo operatsiyalari va yuqori narxlarda import qilish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish.

4. Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha debitor va kreditor qarzdorlikni kamaytirish choralarini ko‘rish.

Yil davomida

Amaliy chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Y. Xaydarov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Soliq qo‘mitasi

(Sh. Qudbiyev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Bosh prokuratura

(Sh. Aminov)

VIII. Davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish

Muvofiqlashtiruvchilar: Prezident Administratsiyasi — T. Ishmetov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi — B. Xodjayev

64.

Korporativ boshqaruv sohasini tartibga soluvchi qonunchilik normalarini takomillashtirish.

Yangi tahrirdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(V. Pak)

65.

Xususiylashtirish jarayonlarida 20 trln so‘mlik tushumlarni ta’minlash, xususan 400 ta korxonaning aksiya paketlarini, 800 ta korxonaning ko‘chmas mulk obyektlarini, 2000 ga yerlarni sotish.

“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha choralari hamda 2024-yilgi xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Aprel

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

66.

2024-2025-yillarda neft-gaz, kimyo, energetika, transport, bank sohalaridagi 18 ta yirik korxonaning aksiya paketlari xalqaro bozorda ommaviy savdolarini, aksiyalarining birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini amalga oshirish.

“Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xalqaro bozorda xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish choralari to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Aprel

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

IX. Ichki va tashqi turizmni rivojlantirish

Muvofiqlashtiruvchilar: Prezident Administratsiyasi — B. Raxmatov, Turizm qo‘mitasi — U. Shodiyev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi — B. Xodjayev

67.

Turizmni rivojlantirishning yangi modeli va “Turistik investor” tizimini joriy qilish, shu jumladan turistlar hisobini yuritishni UNWTO tavsiyalariga moslashtirish.

“O‘zbekiston Respublikasida turistlar oqimini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Turizm qo‘mitasi

(U. Shodiyev)

68.

Toshkent viloyatida yangilangan turizm konsepsiyasini ishlab chiqish, turizmning yangi turlariga ruxsat be�ish (geologiya, sanoat va harbiy turizm), Umra” xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga qo‘yilgan talablarni qayta ko‘rib chiqish.

“Axborot taqdim etish tizimini takomillashtirish hamda turizm sohasida yangi imkoniyatlarni yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

May

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Turizm qo‘mitasi

(U. Shodiyev)

69.

Xorijiy sayyohlarga qulay muhit yaratish, turizm infratuzilmasini yaxshilash.

Quyidagilarni inobatga oluvchi amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

1. Xalqaro aeroportlarning bagaj olish (baggage claim) punktida turizm infokioskalar va mahalliy tur operatorlarini tashkil etish;

2. Temir yo‘l, havo yo‘li va jamoat transporti grafigi, avtomashinani ijaraga olishni qamrab oluvchi yaxlit Milliy sayohat mobil ilovalarini ishlab chiqish, mamlakatda “Apple” va “Google” xaritalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

3. Paypal, Alipay, WeChat, UniPay, Apple pay va Google pay kabi onlayn to‘lov tizimlarini joriy etish;

4. Avtomobillarni ijaraga olishda xorijiy kompaniyalarni (Thrifty, Dollar, Nertz, Avis) jalb qilish.

May

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Turizm qo‘mitasi

(U. Shodiyev)

X. Yashil iqtisodiyot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish

Muvofiqlashtiruvchilar: Prezident Administratsiyasi — Sh. Ismailov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi — I. Norqulov, O. Fozilkarimov

70.

Issiqxona gazlari emissiyasini tartibga solish.

Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Sentyabr

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

71.

Mamlakatni 2050 yilgacha kam uglerodli rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

72.

Xalqaro issiqxona gazi savdosi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish.

Xalqaro issiqxona gazi savdosi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mart

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

73.

Bino va inshootlarni energiya auditdan o‘tkazish tartibi, mezonlari va baholash tizimini joriy etish, binolarda yashil tamoyillar, xususan “Yashil bino” sertifikatini joriy etish.

Bino-inshootlarda energiya audit o‘tkazish hamda obyektlarning toifasidan kelib chiqib bosqichma-bosqich energiya samaradorligini aniqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mah�amasiga kiritish.

Oktyabr

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

74.

Iqtisodiyot tarmoq va sohalarida energiya tejamkorlikni ta’minlash, energiyani boshqarish tizimini xalqaro standartga o‘tkazish.

“Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda energiya tejamkorligini ta’minlash dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Energetika vazirligi

(A. Axmedxodjayev)

75.

Ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, grantlar olish uchun taqdim etilayotgan loyihalarni tekshirish mezonlarini kuchaytirish va shaffofligini ta’minlash, xorijiy grant mablag‘laridan foydalanishning tartib va talablarini soddalashtirish.

“Ilm-fan sohasini boshqarish va moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Iyul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Innovatsion rivojlanish agentligi

(Sh. Rajabbayev)

76.

Ilmiy darajalarni berish talablarini takomillashtirish, dissertatsiyani tayyorlash metodologiyasini xalqaro mezonlar asosida qayta ko‘rib chiqish, Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi faoliyatini kuchaytirish.

“Ilmiy tadqiqot faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Sentyabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sh. Turdikulova)

77.

Mamlakatning drayver soha vakillarining muammolar bankini doimiy shakllantirish va ularning yechimiga qaratilgan tanlovlar e’lon qilish, loyihalarni texnologik tayyorgarlik darajalari (Technology Readiness Level) asosida moliyalashtirish.

Ilmiy va startap loyihalarni davlat tomonidan moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Oktyabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

Innovatsion rivojlanish agentligi

(Sh. Rajabbayev)

78.

Energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish, sog‘liqni saqlash sohalarida davlat idoralari tomonidan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqish va ularni tijoratlashtirish.

Vazirlik va idoralar rahbarlarining innovatsiyalarni joriy etishga mas’ul o‘rinbosarlariga maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash.

Vazirlik va idoralarning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Innovatsion rivojlanish agentligi

(Sh. Rajabbayev)