28.02.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3610
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 28.02.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3610
Kuchga kirish sanasi
01.03.2025
Hujjat 01.03.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3610]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 19-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 18-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 10-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 19-fevraldagi 15-son buyrugʻiga
1-ILOVA

Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyatini amalga oshirish tartibini, shuningdek qimmatli qogʻozlarni chiqarish va (yoki) joylashtirishda emitent va anderrayter oʻrtasidagi munosabatlarning asoslarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent — emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qogʻozlarning egalari oldida majburiyatlari boʻlgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anderrayter — anderrayting faoliyatini amalga oshiruvchi investitsiya vositachisi yoki tijorat banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anderrayting faoliyati (anderrayting) — emitent va anderrayter (anderrayterlar) oʻrtasidagi shartnomada belgilangan shartlar asosida emitentning qimmatli qogʻozlarini chiqarilishini tashkillashtirish va/yoki kafolatli joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anderrayting xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma — bir tomondan, maʼlum bir narxda joylashtirilishi kerak boʻlgan qimmatli qogʻozlarni chiqarayotgan emitent va boshqa tomondan anderrayter (anderrayterlar) oʻrtasidagi shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar — hujjatlar boʻlib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi oʻrtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad toʻlashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish imkoniyatini nazarda tutadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya memorandumi — emitent haqida barcha zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hamda qimmatli qogʻozlarni joylashtirish narxi toʻgʻrisidagi axborotlarni va bitim tafsilotlarini koʻrsatmaydigan investorlarga taqdim etish uchun oldindan tayyorlangan hujjatlar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Anderrayting faoliyati va uni tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Anderrayting faoliyatini amalga oshirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya vositachilari qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari esa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3493, 2024-yil 29-yanvar) hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchilari boʻlgan investitsiya vositachilari anderrayting faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Anderrayting faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent bilan birgalikda qimmatli qogʻozlarni chiqarish va joylashtirishning maqbul tuzilmasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni chiqarishning kutilayotgan hajmidan qimmatli qogʻozlarni sotib olish huquqiga oldindan obuna oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, shu jumladan potensial investorlar tomonidan chiqarilishi kutilayotgan qimmatli qogʻozlar hajmidan ularni sotib olish huquqiga amalga oshirilgan dastlabki obunalardan kelib chiqib bozor konyunkturasi va imkoniyatlarini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni chiqarish va joylashtirish bilan bogʻliq hujjatlarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruratga koʻra, anderrayterlarning vaqtinchalik birlashmasini shakllantirish va uning faoliyatini taʼminlash uchun investitsiya vositachilari va tijorat banklarini tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anderrayting xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan, qabul qilingan majburiyatlar va muddatlarga muvofiq emitentning qimmatli qogʻozlarining kafolatli joylashtirilishini oʻtkazish (qimmatli qogʻozlarning chiqarilishlarini muayyan minimal narxda joylashtirish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anderrayting xizmatlarini koʻrsatganlik uchun anderrayterlarning vaqtinchalik birlashmasi aʼzolari (ishtirokchilari) oʻrtasida (agar mavjud boʻlsa) sotib olish va sotish farqidan olingan daromad yoki xizmat haqini (mukofotini) taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentga qimmatli qogʻozlarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya memorandumini tuzish va investorlarga taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Anderrayter tomonidan qimmatli qogʻozlarni kafolatli joylashtirish turlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq kafolatli joylashtirish — chiqarilgan barcha qimmatli qogʻozlarni joylashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisman kafolatli joylashtirish — chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning 10 foizidan kam boʻlmagan qismining joylashtirilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Anderrayting faoliyatini amalga oshirish jarayonida anderrayter quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni toʻliq yoki qisman kafolatli dastlabki joylashtirishga shartnoma tuzishda emitentdan qimmatli qogʻozlarning nominal qiymatidan chegirma taqdim etishni shartnoma bilan belgilanadigan miqdorda talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni joylashtirish shartlarini bajarmagan taqdirda emitent oldida javobgarlik tavakkalchiligini sugʻurta qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent aksiyadorlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha mumkin boʻlgan choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda shartnomada belgilangan miqdorda emitentdan xizmat haqi olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Emitent anderrayterga investitsiya memorandumini tuzish va investorlarga berish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya memorandumida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsis hujjatlariga muvofiq emitent tomonidan qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun emitentning kelgusi yil uchun strategiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning boshqaruv tizimini tavsiflash (kasbiy tayyorgarlik, boshqaruv xodimlarining ish tajribasi, soʻnggi uch yil ichida ish joylari va egallab turgan lavozimlarni koʻrsatgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozordagi raqobat muhitini va emitentning ulushini tahlil qilish, shuningdek emitent va tarmoq faoliyatining tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning oxirgi uch moliya yilidagi moliyaviy natijalarining (choraklar boʻyicha) tahlili, daromadlarning pasayishi yoki oshishi sabablari, moliyaviy qoʻyilmalar olinganidan (emissiyani amalga oshirishdan) keyingi moliyaviy natijalar prognozi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning moliyaviy kamomadini (daromadini) vaqtinchalik oraliq muddatda aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar chiqarilishidan (emissiyasidan) olingan mablagʻlarni sarflash smetasi xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent va anderrayterlar har bir potensial xaridorga joylashtirilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish paytiga qadar sotish shartlari va emissiya risolasi bilan tanishish imkoniyatini berishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent va anderrayterlar emissiya risolasida eʼlon qilingan axborotning ishonchliligi va toʻliqligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda birgalikda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Emitent tomonidan anderrayterni tanlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlar bilan anderrayting boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun dastlabki muzokaralar asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anderrayting boʻyicha xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun ommaviy (yoxud yopiq) tanlov (tender) oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Anderrayterlarning vaqtinchalik birlashmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda ehtimoliy zarar koʻrish tavakkalchiligini taqsimlash maqsadida birgalikda faoliyat yuritish uchun anderrayterlarning vaqtinchalik birlashmasi (bundan buyon matnda birlashma deb yuritiladi) tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Birlashmani tashkil etish tashabbuskori emitent tomonidan tanlangan anderrayter hisoblanadi. Anderrayting xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma emitent bilan birlashma oʻrtasida qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizomning 15-bandiga muvofiq tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Birlashma aʼzolarining (ishtirokchilarining) oʻzaro munosabatlari oʻzaro hamkorlik shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzaro hamkorlik shartnomasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlashma aʼzolarining (ishtirokchilarining) roʻyxati, ularning birlashmadagi hissasi miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror qabul qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlashma aʼzolarining (ishtirokchilarining) huquqlari va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar kelishilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Emitent tomonidan tanlangan anderrayter emitentdan qoʻshimcha haq olmagan holda birlashma ichki ishlarini yuritish va ularni tashkillashtirishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashma tomonidan amalga oshirilgan joylashtirish boʻyicha xarajatlar birlashma aʼzolarining (ishtirokchilarining) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Anderrayting xizmatlarini koʻrsatganlik uchun xizmat haqi (mukofot) emitent va birlashma oʻrtasida shartnomada belgilangan miqdorda toʻlanadi va qimmatli qogʻozlarni kafolatli joylashtirish boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarga mutanosib ravishda birlashma aʼzolari (ishtirokchilari) oʻrtasida emitent tomonidan tanlangan anderrayter tomonidan taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish tugallanganidan soʻng birlashma oʻz faoliyatini tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Anderrayting xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Emitent va anderrayter oʻrtasidagi qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonidagi oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasida tuzilgan anderrayting xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Anderrayting xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma anderrayter tomonidan qonunchilikka muvofiq tayyorlanadi va quyidagi majburiy (muhim) shartlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni joylashtirish shartlari va anderrayting xizmatining xususiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent va anderrayter (birlashma) oʻrtasida qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonida oʻzaro munosabatlarning shartlari va tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent bilan anderrayter (birlashma) oʻrtasida qimmatli qogʻozlarni joylashtirishdan keyingi oʻzaro munosabatlarning shartlari va tartibi (ikkilamchi bozorda joylashtirilgan qimmatli qogʻozlarni anderrayter (birlashma) tomonidan qoʻllab-quvvatlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anderrayting xizmatlari uchun haq toʻlash miqdori va tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Anderrayter faoliyatini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Anderrayterlar faoliyatini nazorat qilish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonida anderrayter tomonidan quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar uchun ahamiyatga ega boʻlgan axborotni lozim darajada oshkor qilmasdan turib anderrayting xizmatlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorining alohida bir ishtirokchilariga yoki investorlarga boshqalarga nisbatan imtiyozli huquqlarni taqdim etish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent bilan tuzilgan shartnomaning shartlarini bajarmaslik, lozim darajada bajarmaslik va (yoki) oʻz vaqtida bajarmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentga, birlashma boʻyicha hamkorlariga yoki investorlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday harakatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Anderrayter emitentning qimmatli qogʻozlarini joylashtirishda aksiyadorlik jamiyatining foydasini va qimmatli qogʻozlarning likvidliligini yanada oshishini hisobga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Anderrayter mazkur Nizom talablarini bajarmaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 19-fevraldagi 15-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 1999-yil 21-dekabrda tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 860, 1999-yil 28-dekabr).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004-yil 3-iyundagi 2004-10-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 860-1, 2004-yil 14-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2004-y., 24-son, 281-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 24-sentabrdagi 2008-19-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 860-2, 2008-yil 13-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 42-son, 427-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2013-yil 11-dekabrdagi 2013-14-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 860-3, 2013-yil 19-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 680-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-19-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 1.3-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 860-4, 2019-yil 9-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2019-y., 10/19/860-4/2908-son).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2019-yil 14-oktabrdagi 2019-59-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 2.1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/860-5/3982-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 10/25/3610/0205-son)