1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik reglamentlarning tuzilishi va mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik reglamentlarda davlat tili ustuvorligini taʼminlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik reglamentlarga ilova qilinadigan standartlar roʻyxatini shakllantirish va ularni aktuallashtirish tartiboti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik reglamentlarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, bekor qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 27-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 128-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni kelishish, tasdiqlash, maʼlumotlar bazasiga kiritish, qayta koʻrib chiqish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazi (keyingi oʻrinlarda — Axborot markazi) — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti tuzilmasida alohida boʻlinma sifatida manfaatdor tomonlarni yangi texnik reglamentlar yoki muvofiqlikni baholash tartib-taomillarining ishlab chiqilayotganligi yoxud mavjud texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillariga oʻzgartirishlar kiritilayotganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida, ularni ishlab chiqish bosqichida xabardor qilib boruvchi axborot markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standart — faoliyatning har xil turlariga yoki ularning natijalariga taalluqli boʻlgan, umumiy va koʻp marta foydalanish uchun qoidalarni, umumiy prinsiplarni yoki tavsiflarni belgilaydigan hamda muayyan sohada tartibga solishning eng maqbul darajasiga erishishga qaratilgan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik reglament — mahsulot xavfsizligining qoʻllanilishi majburiy boʻlgan tavsiflari yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish jarayonlari va usullari, qoidalar belgilangan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar — texnik reglamentlarni ishlab chiqish boʻyicha tasdiqlangan dastur asosida texnik reglamentlarni va texnik reglamentlarni qoʻllash boʻyicha uslubiy tavsiyalarning ishlab chiqilishini taʼminlovchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki xoʻjalik birlashmalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Texnik reglamentlarning tuzilishi va mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Texnik reglamentlar uning mazmunini hamda mazkur hujjat bilan majburiy talablar belgilanayotgan mahsulot yoki mahsulotlar guruhini aks ettiruvchi qisqa nomga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Texnik reglamentlar loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan boʻlishi kerak. Loyihalar matni turlicha sharhlash va talqin qilinishlarga olib kelmasligi kerak. Loyihalar jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamalardan foydalanilgan holda, umumiy qabul qilingan grammatika, imlo va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuzilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Texnik reglamentda belgilangan talablar texnik jihatdan tartibga solishning asosiy maqsadlari va prinsiplariga, moddiy-texnik bazani rivojlantirish va ilmiy-texnik rivojlanish darajasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlarda tadbirkorlik subyektlarining tovar bozori ishtirokchilariga ularning bozorga kirishiga toʻsqinlik qiladigan texnik jihatdan tartibga solishning yangi shartlarini oʻrnatadigan normalarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqishda xalqaro (mintaqaviy) standartlardan toʻliq yoki qisman asos sifatida foydalaniladi, bundan xalqaro (mintaqaviy) standartlar yoki ularning boʻlimlari texnik reglamentning Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilangan maqsadlarga erishish uchun samarasiz yoxud nomuvofiq boʻlgan hollar, shu jumladan, iqlimga oid va geografik oʻziga xos xususiyatlar tufayli samarasiz yoki nomuvofiq boʻlgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Texnik reglamentlarda xalqaro standartlar yoki xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirilgan milliy standartlar matni toʻliq yoki qisman keltirilishi yoki ushbu standartlarga havolalar berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Texnik reglamentlarda mahsulotning zarar yetkazish xavfi va xatari darajasi hisobga olingan holda xavfsizligini taʼminlovchi zaruriy talablar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Texnik reglamentlarda quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaysi mahsulotlarga nisbatan xavfsizlik talablari belgilanayotgan boʻlsa, oʻsha mahsulotlarning TIF TN kodlari koʻrsatilgan holda toʻliq roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi hisobga olingan holda aniqlanadigan muvofiqlikni baholash qoidalari, shakllari va tartib-taomillari belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlar muvofiqlikni tasdiqlash sxemalarini, berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish tartibini, atamalarga, oʻram, qadoqlarga, tamgʻalashga yoki yorliqlarga doir talablarni va ularni qoʻllash qoidalarini, sinash va oʻlchash usullarining birligini taʼminlovchi, shuningdek mahsulot xavfsizligini taʼminlashga doir boshqa talablarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Texnik reglamentlarda mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga doir talablar boʻlmasligi kerak, bundan mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga nisbatan insonning hayotiga va sogʻligʻiga zarar yetkazilishi xavfi darajasi hisobga olingan talablar mavjud emasligi sababli mahsulot xavfsizligi taʼminlanmaydigan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Texnik reglamentlarda mahsulotlarni muomalaga chiqarish shartlari belgilanadi, bunda mahsulotning texnik reglamentda belgilangan talablarga muvofiqligi va bu haqda isteʼmolchiga maʼlumot yetkazish qoidalari oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavf darajasini hisobga olgan holda belgilanadigan muvofiqlikni baholash qoidalari, shakllari va tartiblari, shuningdek, muvofiqlikni tasdiqlash sxemalari va muvofiqlik belgisini qoʻllash oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan muvofiqlikni baholash qoidalari asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Texnik reglamentlar rasmiy eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran kamida olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentda uni amalga kiritish bilan bogʻliq boʻlgan oʻtish davri vaqtini belgilovchi muddati va shartlar nazarda tutilishi, ushbu davr mobaynida texnik reglamentning amalga kiritilishi hamda mahsulotning ishlab chiqarilishiga doir masalalar hisobga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar texnik reglamentni qayta koʻrib chiqish yakunlariga koʻra mahsulotga doir texnik talablar oʻzgarmagan yoki ahamiyatsiz tarzda oʻzgargan boʻlsa, oʻtish davri belgilanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlarda yoki ular tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarda oʻtish davrida texnik reglamentlarning qoʻllanilishiga oid boshqa shartlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Texnik reglament loyihalari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish sxemasiga asosan ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi hamda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish boʻyicha dastur loyihasiga asoslantirilgan takliflar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan tegishli manfaatdor tomonlar takliflarini hisobga olgan holda tayyorlanadi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli davlat organi) har yilning 1-noyabriga qadar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kelib tushgan takliflar tahlili asosida maxsus vakolatli davlat organi texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi loyihasini tayyorlaydi va uni takliflar kelib tushgach, 30 ish kuni mobaynida Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Texnik reglamentlar ularni ishlab chiqish boʻyicha tasdiqlangan dastur asosida ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Texnik reglament loyihalari ularni ishlab chiqish uchun masʼul qilib belgilangan texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar tomonidan ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglament loyihalarini tayyorlash uchun ishchi guruhlar tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar texnik reglamentlarni ishlab chiqish bilan bir vaqtning oʻzida ularni qoʻllash boʻyicha uslubiy tavsiyalar ham ishlab chiqadilar. Ushbu tavsiyalarda texnik reglamentlarda belgilangan muvofiqlikni baholash qoidalari, shakllari va tartib-taomillari tushuntiriladi va ular ushbu reglamentlarning izchil qoʻllanilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar oʻz veb-saytlarida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi Texnik reglamentlar, ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish yoxud bekor qilish loyihasining ishlab chiqilishi boshlanganligi (muhokama qilinishi yakunlanganligi) toʻgʻrisidagi xabarnomani joylashtiradi. Texnik reglamentlar loyihasining ishlab chiqilayotgani toʻgʻrisidagi xabarnoma manfaatdor taraflarni xabardor qilish maqsadida Axborot markaziga taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish yoki texnik reglamentlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, mahsulot importiga yoki eksportiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa hamda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan chet davlatlar bilan ikki tomonlama yoxud koʻp tomonlama shartnomalar tuzilgan boʻlsa, texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar texnik reglamentlarni ishlab chiqish sabablarini ushbu davlatlarning soʻroviga koʻra tushuntirib berishi kerak boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Texnik reglamentni ishlab chiqishda texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar oʻz veb-saytida texnik reglament loyihasining ikki oy muddatda muhokama qilinishini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Texnik reglament loyihasi yuzasidan muhokama tugagach, texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar uch ish kuni ichida oʻz veb-saytida ushbu texnik reglamentlar, ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish yoxud bekor qilish loyihasi boʻyicha muhokama yakunlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani joylashtiradi hamda ushbu xabarnomani Axborot markaziga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokama natijalariga koʻra ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq Texnik reglamentlar, ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish yoxud bekor qilish loyihasi boʻyicha taklif va eʼtirozlarni koʻrib chiqish jadvali shakllantiriladi. Loyiha yuzasidan Axborot markazi manfaatdor taraflar sharhlarini yoʻllagan boʻlsa, ushbu taklif va eʼtirozlar ham koʻrib chiqiladi va jadvalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Texnik reglamentlar loyihalari oʻn ish kuni ichida kelib tushgan takliflar va eʼtirozlarni hisobga olgan holda qayta ishlanadi hamda ekspertizadan oʻtkazish maqsadida vakolatli va (yoki) maxsus vakolatli davlat organi huzurida belgilangan tartibda tashkil etilgan Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — ekspert komissiyasi) koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Texnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Texnik reglamentlarni ekspert komissiyalari tomonidan ekspertizadan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha qaytarilgan texnik reglament loyihasi berilgan taklif va eʼtirozlarni inobatga olgan holda, oʻn ish kuni mobaynida qayta koʻrib chiqiladi va ekspert komissiyasiga qaytadan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar ekspert komissiyasining yakuniy xulosasini veb-saytda eʼlon qiladi, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organiga oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilishi uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Texnik reglament va uni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash, kelishish va kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Texnik reglament loyihalari tegishli vazirlik va idoralarga kelishuvga kiritilganda xorijiy tajriba asosidagi tahlil biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu loyiha bilan bir vaqtda ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni qoʻllash boʻyicha uslubiy tavsiyalar texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Texnik reglamentlarda davlat tili ustuvorligini taʼminlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Texnik reglamentlar loyihalari davlat tilida tayyorlanadi va qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Texnik reglamentlarda, shuningdek, unga ilova qilinadigan hujjatlarda davlat tilida mavjud boʻlgan soʻz va atamalar oʻrniga xorijiy soʻzlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Texnik reglamentda mahsulotlarga oʻrnatilayotgan majburiy xavfsizlik talablari (oʻrov, tamgʻalash yoki yorliqlar, ularni qoʻllash qoidalari va boshqalar) ustuvor ravishda davlat tilida boʻlishi majburiy etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Texnik reglamentlar loyihalarida tegishli sohaga oid yangi soʻz va atama birinchi marta qoʻllanadigan taqdirda, texnik reglamentni ishlab chiquvchi taklif etayotgan yangi soʻz va atamani qoʻllash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining xulosasini olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Texnik reglamentlar loyihalari matni davlat tili talablariga mosligi, imlo, uslubiy, grammatik va punktuatsiya qoidalariga muvofiqligi yuzasidan lingvistik ekspertizadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Texnik reglamentlarga ilova qilinadigan standartlar roʻyxatini shakllantirish va ularni aktuallashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar texnik reglamentning yakuniy loyihasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgandan soʻng oʻn ish kuni ichida texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini ixtiyoriy ravishda taʼminlovchi oʻzaro bogʻliq standartlarni hamda texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotlarning muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilovchi standartlar roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — standartlar roʻyxati) shakllantiradi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Standartlar roʻyxati loyihalari texnik reglament loyihasining har bir zarur tarkibiy elementlari uchun quyidagi ustuvorliklarni hisobga olgan holda shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarga aynan oʻxshash (IDT) standartlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarga nisbatan modifikatsiyalangan (MOD) standartlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengashi doirasida qabul qilingan standartlar yoki mintaqaviy standartlar asosida ishlab chiqilgan milliy standartlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy standartlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning standartlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Standartlar roʻyxati loyihalarini ishlab chiqishda texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik reglament talablarini tahlil qiladi va texnik reglamentni texnik jihatdan tartibga solish obyektlari yoki guruhlari roʻyxatini, shuningdek, har bir obyekt yoki texnik reglamentni texnik tartibga solish obyektlari guruhi uchun texnik reglamentda belgilangan talablar roʻyxatini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 36-bandida belgilangan ustuvorliklarni hisobga olgan holda ushbu standartlarni qoʻllash natijasida texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini taʼminlash va texnik tartibga solish obyektlarining texnik reglamentlarga muvofiqligini baholashda tadqiqotlar (sinovlar) oʻtkazish imkoniyatini aniqlash maqsadida tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Standartlar roʻyxati ushbu Nizomga 4 va 5-ilovaga asosan Texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini ixtiyoriy ravishda taʼminlovchi standartlar hamda Texnik reglamentlar talablarini qoʻllash va bajarish hamda mahsulotning muvofiqligini baholash (tasdiqlash) uchun zarur boʻlgan namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilovchi standartlar roʻyxati jadvallariga tegishli standartlarga oid maʼlumotlarni kiritish orqali shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar amaldagi texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini taʼminlovchi standartlar roʻyxatini yiliga kamida bir marotaba koʻrib chiqishni hamda zarur hollarda yangilash boʻyicha asoslangan takliflar tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan standartlar roʻyxati ularning texnik reglament loyihasidagi koʻrsatkichlarga muvofiqligi va toʻliq qamrab olinganligi, shuningdek, standartlarning aktualligi jihatidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Texnik reglament talablari bevosita bajarilganda texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini taʼminlovchi standartlar roʻyxati shakllantirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Standartlar roʻyxati texnik reglamentda muvofiqlikni baholash talablari mavjud boʻlmagan hollarda yoki mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini baholash sinash va oʻlchashlarsiz amalga oshiriladigan hollarda shakllantirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Shakllantirilgan standartlar roʻyxati Vazirlar Mahkamasining texnik reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab 30 ish kuni ichida maxsus vakolatli davlat organi rahbari buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Texnik reglamentlarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Maxsus vakolatli davlat organi Vazirlar Mahkamasining texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kunida texnik reglamentni maʼlumotlar bazasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Texnik reglamentlarning belgilanishi “UzTR” indeksidan soʻng nuqta belgisi, Vazirlar Mahkamasining texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorining tartib raqami soʻng defis belgisi hamda roʻyxatga olingan tartib raqami (uch xonali son) va ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlangan yilidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun: “UzTR”.191-001:2024.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda amaldagi texnik reglamentlar qayta koʻrib chiqilgan hollarda ularning belgilanishiga roʻyxatga olingan tartib raqami saqlangan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartib raqami maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Texnik reglamentlar, ularga kiritilgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar hamda ularning kuchga kirish sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus vakolatli organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Maxsus vakolatli davlat organi tasdiqlangan texnik reglamentlar, ularga kiritilgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalarni, shuningdek, texnik reglamentlarga ilova qilinadigan standartlar roʻyxati mavjud boʻlsa, ushbu standartlar roʻyxatining oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar texnik reglamentlarning dolzarbligi va Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasida belgilangan maqsadlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqilishini (tekshirilishini) taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchga kirgan kundan eʼtiboran;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik reglamentlarni dastlabki tarzda qayta koʻrib chiqish natijalariga koʻra ularga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kuchga kirgan kundan eʼtiboran;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan dastlabki tarzda qayta koʻrib chiqish natijalariga koʻra ular oʻzgarishsiz qoldirilganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilgan kundan eʼtiboran besh yilda kamida bir marta qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Agar texnik reglamentlarning qabul qilinishiga sabab boʻlgan holatlar yoki sabablar boshqa mavjud boʻlmasa yoxud oʻzgartirilgan holatlar yoki sabablar savdoga nisbatan kamroq cheklovli taʼsir koʻrsatadigan usullardan foydalanishga imkon bersa, texnik reglamentga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritiladi yoki texnik reglament bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta koʻrib chiqish (tekshirish) natijalari boʻyicha xulosaning nusxasi maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Texnik reglamentlarga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda amaldagi texnik reglament ishlab chiquvchilari tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga tegishli texnik reglamentga kiritilishi rejalashtirilayotgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Texnik reglamentlar Oʻzbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasida belgilangan maqsadlarga, moddiy-texnik bazani rivojlantirish va ilmiy-texnik rivojlanish darajasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalarga mos kelmasa, ularni qayta koʻrib chiqish (tekshirish) xulosasi yoki maxsus vakolatli davlat organining xulosasi asosida oʻrnatilgan tartibda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1983-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki xoʻjalik birlashmalari
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli davlat organi) kiritadi
Har yili 1-noyabrga qadar
2-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflarni tahlil qiladi. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi loyihasini tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturini tasdiqlaydi
-
4-bosqich
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar
Texnik reglament loyihasini hamda ularni qoʻllash boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi
Tasdiqlangan dasturda belgilangan muddatlarda
5-bosqich
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar
Belgilangan shakldagi texnik reglamentlar loyihasi ishlab chiqilishi boshlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtiradilar. Mazkur loyiha ishlab chiqilayotgani toʻgʻrisidagi xabarnomani manfaatdor taraflarni xabardor qilish maqsadida belgilangan tartibda Axborot markaziga joʻnatadilar
Loyiha ishlab chiqilishi boshlangan kundan eʼtiboran uch ish kunida
6-bosqich
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar
Oʻz rasmiy veb-saytlarida texnik reglament loyihasini muhokamaga joylashtiradilar
Loyiha ishlab chiqilgach, ikki oy muddatga
7-bosqich
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar
Oʻz rasmiy veb-saytlarida belgilangan shakldagi texnik reglamentlar loyihasi muhokamasi yakunlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani joylashtiradilar
Uch ish kuni mobaynida
8-bosqich
Texnik reglamentni ishlab chiquvchilar,
Ekspert komissiyasi
Texnik reglament loyihasini ekspertizadan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda tuzilgan Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasiga kiritadi
Oʻttiz kun muddatda
9-bosqich
Texnik reglamentni ishlab chiquvchilar
Texnik reglament loyihasini idoralararo kelishuv uchun tegishli vazirlik va idoralarga kiritadi
-
10-bosqich
Texnik reglamentni ishlab chiquvchilar
Texnik reglamentning yakuniy loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi
-
11-bosqich
Texnik reglamentni ishlab chiquvchilar
Texnik reglamentlarga ilova qilinadigan standartlar roʻyxatini shakllantiradi va maxsus vakolatli davlat organiga tasdiqlash uchun kiritadi
Oʻn ish kuni
12-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Vazirlar Mahkamasining texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng shakllantirilgan standartlar roʻyxatini tasdiqlaydi
Oʻttiz ish kuni muddatda
13-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Vazirlar Mahkamasining texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng ushbu texnik reglamentni texnik reglamentlarning maʼlumotlar bazasiga kiritadi
Besh ish kuni mobaynida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlar, ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish yoxud bekor qilish loyihasining ishlab chiqilishi boshlanganligi (muhokama qilinishi yakunlanganligi) toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XABARNOMA SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Texnik reglamentlar, ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish yoxud bekor qilish boʻyicha loyiha nomi
2. Texnik reglamentlar, ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish yoxud bekor qilish boʻyicha loyihani ishlab chiqish uchun masʼul organ
3. Texnik reglamentlar, ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish yoxud bekor qilish boʻyicha loyiha obyektlari
4. Texnik reglamentlar, ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish yoxud bekor qilish boʻyicha loyiha maqsadi
5. Texnik reglamentlar, ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish yoxud bekor qilish loyihasi boʻyicha eʼtiroz va takliflarni (fikr-mulohazalarni) yuborish uchun pochta manzili, telefon raqamlari, elektron pochta manzili
6. Texnik reglamentlar, ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish yoxud bekor qilish boʻyicha loyiha muhokamaga joylanadigan sana (muhokama qilinishi yakunlangan sana)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlar, ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish yoxud bekor qilish loyihasi boʻyicha taklif va eʼtirozlarni koʻrib chiqish
texnik reglament, ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish yoxud bekor qilish loyihasining nomi
Texnik reglamentning tegishli qismi, bandi
Taklif va eʼtirozlarni taqdim etgan tashkilot nomi (xat raqami va sanasi, manzili mavjud boʻlganda), jismoniy shaxsning ismi va familiyasi, manzili (mavjud boʻlsa)
Taklif va eʼtirozlar
Koʻrib chiqish natijasi
1
2
3
4
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini ixtiyoriy ravishda taʼminlovchi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
STANDARTLAR ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Texnik reglamentning aniq qismi, bandi
Standartning belgilanishi
Standartning nomlanishi
Izoh
1
2
3
4
5
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-ustunda oʻzaro bogʻliq standart talablarini bajarish orqali texnik reglamentning talablari taʼminlanadigan aniq qismi (paragraf, band, kichik band, xatboshi, ilova) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-ustunda standartning belgilanishi va(yoki) texnik reglament talablariga muvofiqligi oʻzaro bogʻliq standartning alohida boʻlimlari (bandi, kichik bandi) qoʻllanilishi bilan taʼminlansa, u holda ushbu standartning belgilanishi va boʻlimlari (bandi, kichik bandi) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 4-ustunda oʻzaro bogʻliq standartning nomlanishi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 5-ustunda standartning amal qilish muddati tugayotgan boʻlsa, uning tugash sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi hamda uning oʻrniga amalga kiritilayotgan standart ishlab chiqilgan boʻlsa, uni joriy qilish sanasi beriladi yoki ushbu joriy qilinayotgan standart uchun oʻtish davri belgilangan boʻlsa, ushbu maʼlumot ham koʻrsatib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentlar talablarini qoʻllash va bajarish hamda mahsulotning muvofiqligini baholash (tasdiqlash) uchun zarur boʻlgan namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilovchi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
STANDARTLAR ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Texnik reglamentning aniq qismi, bandi
Standartning belgilanishi
Standartning nomlanishi
Izoh
1
2
3
4
5
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-ustunda ushbu sinash va oʻlchash usullari, shu jumladan, namuna olish usullari belgilangan standartlar talablarini bajarish orqali mahsulotning muvofiqligi tasdiqlanadigan texnik reglamentning aniq qismi (paragraf, band, kichik band, xatboshi, ilova) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-ustunda muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) uchun sinash va oʻlchash usullari, shu jumladan, namuna olish usullarida qoʻllaniladigan standartning belgilanishi va(yoki) ushbu talablar standartlarning alohida boʻlimlari (bandi, kichik bandi) qoʻllanilishi bilan taʼminlansa, u holda oʻzaro bogʻliq standartning belgilanishi va boʻlimlari (bandi, kichik bandi) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 4-ustunda sinash va oʻlchash usullari, namuna olish usullarining nomlanishi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 5-ustunda sinash va oʻlchash usullari, namuna olish usullari standartlarining amal qilish muddati tugayotgan boʻlsa, uning tugash sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi hamda uning oʻrniga amalga kiritilayotgan standart ishlab chiqilgan boʻlsa, uni joriy qilish sanasi beriladi yoki ushbu joriy qilinayotgan standart uchun oʻtish davri belgilangan boʻlsa, ushbu maʼlumot ham koʻrsatib oʻtiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2025-y., 09/25/128/0193-son)