1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash asoslari hamda ijtimoiy himoya qilish choralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori, uni tayinlash va to‘lash tartibi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.10 Boshqa nafaqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.05.00 Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga nogironlik pensiyasini yoxud ularning oila a’zolariga va qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini tayinlash hamda to‘lash qonunchilikda belgilangan tartibda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxslarga bir yo‘la beriladigan nafaqani to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxslarga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan yetkazilgan mulkiy zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.11 Nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash va to‘lash. Boshqa masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oliy sud, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra 2025-yildan boshlab har yili jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga bir yo‘la beriladigan nafaqani to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin hamda 2025-yil uchun tegishli mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga o‘tkazib berilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror 2025-yil 1-apreldan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 21-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-fevraldagi 103-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.10 Boshqa nafaqalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan bir yo‘la beriladigan nafaqani tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom talablari xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga nafaqa to‘lash bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy bo‘linmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxs — o‘ziga nisbatan belgilangan tartibda himoyani amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasida nazarda tutilgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organ — jinoyat ishini yuritayotgan, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llashga asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxsning jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lganligi (vafot etganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilganligi yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilganligi yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan mulkiy zarar yetkazilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ijtimoiy himoya qilish choralari
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda, halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxsning oila a’zolariga himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxsning oila a’zolari tarkibiga marhumning otasi (onasi), fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohi qayd etilgan eri (xotini), bolalari, shu jumladan, vasiylikka (homiylikka) olingan bolalari, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan aka-ukalari, opa-singillari kiritiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.03.00 Nogironlik pensiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgan yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda nogironlik pensiyasi yoki nafaqasi tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda nogironlikning guruhi, sababi va muddati tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilgan yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.05.00 Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan mulkiy zarar yetkazilgan taqdirda, himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi, keyinchalik ushbu mablag‘lar himoya qilinuvchi shaxsga mulkiy zarar yetkazilishida aybdor bo‘lgan shaxsdan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bir yo‘la beriladigan nafaqa himoya qilinuvchi shaxsning o‘ziga yoki himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda, ushbu Nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan shaxslarga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bir yo‘la beriladigan nafaqani tayinlash va to‘lash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Himoya qilinuvchi shaxs ushbu Nizomning 3-bandidagi asoslardan biri yoki bir nechtasi yuzaga kelgan taqdirda, himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi yozma ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda, ariza ushbu Nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan himoya qilinuvchi shaxsning oila a’zolari tomonidan beriladi. Agar himoya qilinuvchi shaxsning oila a’zolari voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek, sog‘lig‘ining holati, yoshi va boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslar bo‘lsa, ariza ushbu shaxslarning qonuniy vakili tomonidan beriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organga bergan xabarlari ham himoya qilinuvchi shaxsga nisbatan ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organ ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash haqidagi arizani (xabarni) olganidan so‘ng, uch sutka ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan asoslar himoya qilinuvchi shaxsning jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan vujudga kelganligini aniqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash haqida yoki ularni qo‘llashni rad etish to‘g‘risida qaror (ajrim) qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ijtimoiy himoya chorasini qo‘llash to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqarishda himoya qilinuvchi shaxs, shuningdek, uning oila a’zolari ushbu Nizomga muvofiq bir yo‘la beriladigan turli nafaqalarni olish huquqiga ega bo‘lsa, ularga ushbu nafaqalardan faqat o‘zlari tanlagan bittasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorda (ajrimda) bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lashning asoslari, nafaqani qabul qiluvchining shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llashni rad etish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organga ijro etish uchun, shuningdek, o‘ziga nisbatan ushbu qaror (ajrim) chiqarilgan shaxsga bir sutka ichida pochta orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) qabul qilinganidan so‘ng bir sutka ichida ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ nafaqani qabul qiluvchining shaxsiga oid ma’lumotlarni (familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, tug‘ilgan kuni va telefon raqami) hamda unga tayinlangan nafaqa turi va to‘liq miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda qarorning (ajrimning) elektron nusxasini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ma’lumotlar kelib tushgan kundan uch sutka ichida ushbu tizim orqali nafaqani qabul qiluvchi shaxsning mobil telefon raqamiga bir yo‘la beriladigan nafaqa ajratilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Himoya qilinuvchi shaxsga tayinlangan bir yo‘la beriladigan nafaqani berish bo‘yicha elektron to‘lov qaydnomalari tizimda avtomatik ravishda shakllantiriladi va AT “Xalq banki” tuman (shahar) bo‘limiga (filialiga) keyingi oyning 4-sanasiga qadar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ nafaqa uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan tegishli mablag‘larni AT “Xalq banki” tuman (shahar) bo‘limiga (filialiga) keyingi oyning 5-sanasiga qadar o‘tkazib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. AT “Xalq banki” tuman (shahar) bo‘limi (filiali) to‘lov oyining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-sanasidan 27-sanasiga qadar bir yo‘la beriladigan nafaqa oluvchilarga nafaqa pulini to‘laydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-sanasiga qadar nafaqa to‘langanligi to‘g‘risida ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organga ma’lumot taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-sanasiga qadar to‘lanmagan mablag‘larni tegishliligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytaradi hamda elektron ma’lumot taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nafaqa to‘lovi bo‘yicha AT “Xalq banki” tuman (shahar) bo‘limlari (filiallari) ko‘rsatadigan xizmatlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ bilan AT “Xalq banki” o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida haq to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.10 Boshqa nafaqalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda, halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxsning oila a’zolariga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida har biriga teng ulushda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxsning ushbu Nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan oila a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, nogironlik guruhiga ko‘ra quyidagicha bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I guruh — bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II guruh — bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III guruh — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, sud-tibbiy ekspertizasining xulosasi asosida aniqlangan tan jarohatining og‘irligiga hamda uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganligiga qarab quyidagicha bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘ir daraja — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta daraja — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelgan yengil daraja — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ijtimoiy himoya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ tomonidan uni olgan kunidan boshlab o‘n sutka ichida ijro etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi yoki o‘limga sabab bo‘lgan tan jarohati yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, ushbu Nizomning 19 — 21-bandlarida ko‘rsatilgan bir yo‘la beriladigan nafaqani olish huquqi nogironlik yoki o‘lim faktini yoxud sog‘liqqa yetkazilgan ziyonni belgilash paytidan boshlab vujudga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Himoya qilinuvchi shaxsga bir yil ichida tan jarohati yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilishi oqibatida uning nogironligi yoki o‘limi fakti belgilangandan so‘ng, ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ quyidagilarni to‘laydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxsga — nogironlik guruhiga mos ravishda, ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori va unga ushbu Nizomning 21-bandi asosida avval to‘langan bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori o‘rtasidagi farq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxsning oila a’zolariga — ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori bilan himoya qilinuvchi shaxsga ushbu Nizomning 20 yoki 21-bandlariga muvofiq avval to‘langan bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori o‘rtasidagi farq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan summani olish uchun tegishincha himoya qilinuvchi shaxs yoki uning oila a’zolaridan biri ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizomning 24-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tegishli farqni to‘lash himoya qilinuvchi shaxsning (uning oila a’zolaridan birining) arizasiga ko‘ra “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan quyidagi ma’lumotlar asosida o‘n sutka ichida ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ rahbarining qarori bilan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxsning vafoti to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halok bo‘lgan (vafot etgan) himoya qilinuvchi shaxsning oila a’zolarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organ tomonidan tegishli summadagi nafaqa qayta tayinlanganligi to‘g‘risida alohida qaror qabul qilinib, ushbu Nizomning 14 — 18-bandlarida belgilangan tartibda nafaqa to‘lovi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori o‘lim kunidagi, tan jarohati yetkazilgan (mayib bo‘lish) yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan hollarda esa mazkur ziyon yetkazilgan kunda belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda, ushbu faktni tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bir yo‘la beriladigan nafaqani to‘lash ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ tomonidan himoya qilinuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bir yo‘la berilgan nafaqa haqidagi ma’lumot himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning so‘rovi bo‘yicha taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Bir yo‘la beriladigan nafaqani to‘lash masalalari bo‘yicha himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organ va ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organning harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi II bo‘limining 23-bobi (“Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Bir yo‘la beriladigan nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasi birinchi qismi 7-bandiga muvofiq soliqqa tortilmaydi va undan ushlab qolishlar amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bir yo‘la beriladigan nafaqani asossiz va noqonuniy to‘lash holatlari aniqlangan taqdirda, ariza beruvchiga to‘langan nafaqa miqdori sud tartibida undiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Bir yo‘la beriladigan nafaqani to‘lash va yetkazib berish xarajatlarini moliyalashtirish (tashkilotlarning bank xizmatlari uchun xarajatlari bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoya qilinuvchi shaxsga (himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda, uning oila a’zolariga) bir yo‘la beriladigan nafaqa tayinlash va to‘lash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
1. Himoya qilinuvchi shaxs, himoya qilinuvchi shaxsning oila a’zolaridan biri
(uning qonuniy vakili)
1. Nizomning 3-bandidagi asoslardan biri yoki bir nechtasi yuzaga kelgan taqdirda, himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organga yozma ariza bilan murojaat qiladi.
O‘z xohishiga ko‘ra
2. Ommaviy axborot vositalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar
2. Ommaviy axborot vositalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organga xabar beradi.
2-bosqich
Himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organ
1. Nizomning 3-bandidagi asoslar himoya qilinuvchi shaxsning jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan vujudga kelganligini aniqlaydi.
2. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) bo‘lsa, uning oila a’zolari tarkibini aniqlaydi.
3. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash haqida yoki ularni qo‘llashni rad etish to‘g‘risida qaror (ajrim) qabul qiladi.
Arizani (xabarni) olganidan so‘ng 3 sutka ichida
4. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni (ajrimni) ijtimoiy himoya choralarini ta’minlovchi organga ijro etish uchun, shuningdek, o‘ziga nisbatan qaror (ajrim) chiqarilgan shaxsga pochta orqali yuboradi.
Qaror (ajrim) chiqarilgandan so‘ng 1 sutka ichida
3-bosqich
Ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ
1. Nafaqani qabul qiluvchining shaxsiga doir ma’lumotlarni (familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR, tug‘ilgan kuni va telefon raqami) hamda unga tayinlangan nafaqa turi va to‘liq miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, qarorning (ajrimning) nusxasini “Ijtimoiy himoya reyestri” ATga yuboradi.
Qaror (ajrim) chiqarilgandan so‘ng 1 sutka ichida
2. “Ijtimoiy himoya reyestri” AT orqali nafaqani qabul qiluvchi shaxsning mobil telefon raqamiga bir yo‘la beriladigan nafaqa ajratilganligi to‘g‘risida xabar yuboradi.
Ma’lumotlar kelib tushgan kundan so‘ng 3 sutka ichida
3. Himoya qilinuvchi shaxsga tayinlangan bir yo‘la beriladigan nafaqani berish bo‘yicha elektron to‘lov qaydnomalarini tizimda shakllantiradi.
Avtomatik tarzda
4. Elektron to‘lov qaydnomalarini AT “Xalq banki” tuman (shahar) bo‘limiga (filialiga) yuboradi.
Keyingi oyning 4-sanasiga qadar
5. Nafaqa uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan tegishli mablag‘larni AT “Xalq banki” tuman (shahar) bo‘limining (filialining) maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazib yuboradi.
Oyning 5-sanasiga qadar
4-bosqich
AT “Xalq banki” tuman (shahar) bo‘limi
(filiali)
1. Bir yo‘la beriladigan nafaqani oluvchilarga nafaqa pulini to‘laydi.
Oyning 4-sanasidan 27-sanasiga qadar
2. Nafaqa to‘langanligi to‘g‘risida ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organga ma’lumot taqdim etadi.
Oyning 30-sanasiga qadar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonidan ___________________________________________
(ariza beruvchining F.I.O.)
ARIZA
Sizdan jinoyat protsessida ishtirok etganim munosabati bilan menga nisbatan tan jarohati yoki sog‘lig‘imga boshqacha ziyon yetkazilganligi (shaxs vafot etganda, _______________________ jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lganligi (vafot etganligi) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan quyidagi bir martalik nafaqani tayinlash va uning to‘lab berilishida amaliy yordam berishingizni so‘rayman:
□ halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxsning oila a’zolariga bir yo‘la beriladigan nafaqa;
□ nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgan yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan shaxsga bir yo‘la beriladigan nafaqa;
□ nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilgan yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan shaxsga bir yo‘la beriladigan nafaqa.
Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:
□ shaxsning halok bo‘lganligi (vafot etganligi) va/yoki tan jarohati yetkazilganligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganligini tasdiqlovchi ma’lumot.
Arizani ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi xabarni quyida keltirilgan telefon raqamiga: +998_________ yoki ________________ elektron pochtaga yuborishingizni so‘rayman.
AT “Xalq banki”da mening nomimga ijtimoiy karta ochilmagan bo‘lsa, AT “Xalq banki”da nomimga yangi bank kartasini ochishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman.
Murojaat qiluvchining imzosi: _______________
Sana: 20 ___ yil “___” _______________
Arizani ro‘yxatdan o‘tkazdim:
_____________________________
(himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida
qaror qabul qiluvchi organning mas’ul xodimi)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2025-y., 09/25/103/0171-son)