ILOVA
1-ILOVA
1. | Litsenziya nomi: | Elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) elektr energiyasini gidroelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarish, shu jumladan, gidroakkumulyatsiya saqlash tizimi faoliyati; b) elektr energiyasini issiqlik elektr stansiyalari yoki issiqlik elektr markazlari orqali ishlab chiqarish faoliyati; v) shamol energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati; g) quyosh energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati; d) chiqindilarni qayta ishlash jarayonida yoki biogaz orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati; e) vodoroddan elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati; j) atom elektr stansiyasi orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati; z) boshqa turdagi stansiyalar orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik yoki jismoniy shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, yuridik shaxs uchun soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxs uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, tegishli ko‘chmas mulk obyektining chizmalari va xaritalari bilan birga; v) ishlab chiqarish obyektining pasporti. Obyekt pasporti quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak: elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan obyektining turi va texnik xususiyatlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar; asosiy va yordamchi obyektlar ro‘yxati va ular to‘g‘risida ma’lumotlar; g) yoqilg‘i (yonilg‘i) yetkazib berish bo‘yicha dastlabki yoki yakuniy shartnoma (faoliyatning kichik turlariga qarab zarur hollarda); d) davlat ekologik ekspertizasi xulosasi; e) texnik ma’lumotlar, shu jumladan, asosiy texnik xususiyatlar, loyiha obyekt spetsifikatsiyalari, bir chiziqli sxema, obyektning joylashuvi va texnik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; j) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja; z) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; i) asosiy vositalari ro‘yxati va elektr energetikasi sohasida faoliyat turini (kichik turini) yuritish uchun zarur bo‘lgan aktivlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot; k) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati; l) yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish to‘g‘risida texnik shartlar va ulanish shartnomasi (yangi ishlab chiqaruvchilar uchun); m) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining ishlab chiqarish obyektlarida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi bo‘yicha xulosasi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: |
a) elektr energiyasini ishlab chiqarishda qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilish; b) O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqarish obyektini rivojlantirish va investitsiya rejasini tayyorlash va doimiy ravishda yangilab borish; v) ishlab chiqarish xavfsizligini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligini, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari hamda ekologiya talablari va normalarini ta’minlash; g) atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etish va ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etish; d) yoqilg‘i (yonilg‘i) zaxiralarini saqlash va boshqarish (faoliyatning kichik turiga qarab); e) dispetcherlik boshqaruvi qoidalari talablariga rioya qilish va dispetcher ko‘rsatmalarini bajarish; j) energiya samaradorligini oshirish choralarini ta’minlash; z) qo‘shimcha (yordamchi) xizmatlar va muvozanatlash xizmatlarini ko‘rsatish (zaruratga ko‘ra); II. Litsenziyaning alohida talablari va shartlari:
a) huquqlari: talabgor elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati litsenziyasini olgunga qadar Elektr energiyasini sotib olish bitimlari majburiyatlari mavjud bo‘lsa, olti oy ichida litsenziya olish va ushbu muddat ichida qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish; litsenziyalangan elektr energiyasini ishlab chiqarish obyektining energiya tejamkorligining xalqaro va mahalliy normalarga muvofiqligini ta’minlash; elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarga hamda xalqaro va mahalliy atrof-muhit muhofazasi talablariga muvofiq yuritish; qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar va shartlar asosida yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish; tegishli tizim operatorining ko‘rsatmalariga amal qilgan holda uzatish yoki taqsimlash tizimiga elektr energiyasini yetkazib berish; ishlab chiqarilgan elektr energiyasini qonunchilik hujjatlariga muvofiq sotish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini sotish va sotib olish, muvozanatlash va yordamchi xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish va ularga muvofiq to‘lovlarni undirish; b) majburiyatlari: tizim operatori tomonidan dispetcherlik amaliyoti, muvozanatlash, tizimdagi avariya va favqulodda vaziyatlarda boshqarish, shuningdek, yordamchi xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq operativ ko‘rsatmalarga rioya qilish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr stansiyasini ishchi holatda saqlash; elektr energiyasini ishlab chiqarishni asossiz qisqartirishning oldini olish; uzatish va taqsimlash tizimlarining operatorlariga zaxira va yordamchi xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalaniladigan elektr stansiyalarida (inshootlarda) uskunalarni erkin tekshirish, sinovdan o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish huquqini ta’minlash.
har bir litsenziyalangan elektr stansiyasining elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati uchun alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish; insonlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlash.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati uchun foydalaniladigan aktivlarini sug‘urta qilish va sug‘urta polisini Regulatorga taqdim etish.
elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar reyestrini ishlab chiqish hamda uni har yili 31-yanvardan kechiktirmay yangilash va Regulatorga taqdim etish; Regulatorning yozma roziligisiz elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini yuritish uchun foydalanadigan aktivlarni boshqa shaxsga o‘tkazish, hisobdan chiqarish, garovga qo‘yish va boshqacha tarzda tasarruf etilishini taqiqlash.
litsenziya olinganidan boshlab uch oy ichida ishlab chiqarish obyektlari va (yoki) binolariga kirish tartib-tamoyillarini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etish.
Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish.
har qanday kutilayotgan egalik huquqining boshqa shaxslarga o‘tishi to‘g‘risida oltmish ish kunidan oldin Regulatorni xabardor qilish. Egalik huquqi Regulator tomonidan ma’qullanishiga qadar boshqa shaxslarga o‘tishi taqiqlanadi. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi; v) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi; g) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (faoliyatning kichik turiga qarab); d) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi; e) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi; j) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
2-ILOVA
1. | Litsenziya nomi: | Elektr energiyasini uzatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | Elektr energiyasini uzatish faoliyati |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) talabgorning elektr energiyasini uzatish faoliyati uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-rejasi; v) uzatish tizimini rivojlantirish va investitsiya rejasi; g) so‘nggi 5 yildagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, elektr energiyasi va quvvat oqimlari, jumladan, transchegaraviy elektr energiyasi va quvvat oqimlari bo‘yicha ma’lumot; d) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; e) asosiy vositalari ro‘yxati, dasturiy ta’minot tizimlari, elektr energetikasi sohasida faoliyat turini (kichik turini) yuritish uchun zarur bo‘lgan aktivlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot; j) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati. z) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining uzatish tizimi obyektlarida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi bo‘yicha xulosasi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | I. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari: a) O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq uzatish tizimini rivojlantirish va investitsiya rejasini tayyorlash va doimiy ravishda yangilab borish; b) litsenziat litsenziyalangan faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuritish; v) litsenziat uzatish tizimiga uchinchi shaxslarning obyektiv va kamsitilmasdan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib asosida ulanishini ta’minlash; g) dispetcherlik boshqaruvi qoidalari talablariga rioya qilish va dispetcher ko‘rsatmalarini bajarish; d) hisoblash va hisob-kitoblarning tizim foydalanuvchilari to‘g‘risida ma’lumotlarini olish imkoniyatini ta’minlash; e) uzatish tizimidagi yo‘qotishlarni kamaytirish; j) Regulatorga, tizim operatoriga, tizim foydalanuvchilariga va boshqa manfaatdor shaxslarga uzatish tizimiga qabul qilingan va undan yetkazib beriladigan elektr energiyasi hajm (birlik)lari to‘g‘risida aniq ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradigan hisoblagichlarni o‘rnatish; z) qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyatini amalga oshirish. II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari: 1. Litsenziatning huquq va majburiyatlari: a) huquqlari: elektr energiyasi bozorining barcha ishtirokchilariga elektr energiyasini uzatish xizmatlarini ko‘rsatish va uzatish tarmoqlaridan teng foydalanishni ta’minlash; elektr energiyasini uzatish tizimidan foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha barcha zarur harakatlarni amalga oshirish; elektr energiyasini uzatish faoliyatini bajarish bilan bog‘liq to‘lovlar bo‘yicha taklif kiritish; elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar, taqsimlash tizimi operatori, yirik iste’molchilar va elektr energiyasi bozori boshqa ishtirokchilariga elektr energiyasini uzatish xizmatlarini ko‘rsatish; b) majburiyatlari: qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq elektr energiyasining uzluksiz va ishonchli uzatilishini ta’minlash; vakolatli tomonlarga uzatish tizimi foydalanuvchilaridan yoki boshqa tizimlardan uning tizimiga qabul qilingan va undan yetkazib berilgan elektr energiyasi to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni taqdim etishi uchun uzatish tizimiga tegishli hisoblagichlarni o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish; uzatish tizimidagi texnik yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha intizomiy ravishda choralar ko‘rish; nosozliklarning oldini olish va elektr energiyasini uzatish samaradorligini oshirish uchun uzatish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatishni, ta’mirlashni va modernizatsiya qilishni o‘z vaqtida amalga oshirish; elektr energiyasini uzatish faoliyatini yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar reyestrini ishlab chiqish hamda uni har yili 31-yanvardan kechiktirmay yangilash va Regulatorga taqdim etish. 2. Alohida hisobot yuritish: elektr energiyasini uzatish faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarini tayyorlash. 3. Uzatish tizimidan foydalanish uchun to‘lovlarni belgilash: rasmiy veb-saytda belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflar va yig‘imlarni belgilash uslubiyati, elektr energiyasi tariflari, uzatish tizimiga kirish va ulanish tartibini e’lon qilish; uzatish tizimidan foydalanish va ulanish uchun kamsitishga yo‘l qo‘ymagan holda to‘lovlarni undirish. 4. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi: uzatish tizimini rivojlantirish o‘n yillik rejasini ishlab chiqish va har yili yangilab borish; uzatish tizimini rivojlantirish majburiyatlari bilan bog‘liq faoliyati to‘g‘risida yillik hisobotda ko‘rsatish. 5. Uzatish tizimi rejalashtirish va xavfsizlik talablari: uzatish tizimini rejalashtirish va xavfsizlik talablarini ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etib borish; uzatish tizimini ekspluatatsiya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va rivojlantirish uzatish tizimini rejalashtirish va xavfsizlik talablariga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlash; uzatish tizimini rejalashtirish va xavfsizlik talablarini rasmiy veb-saytda e’lon qilish. 6. Obyektlarga kirish huquqi: litsenziya olinganidan boshlab uch oy ichida uzatish tizimi obyektlari va (yoki) binolariga kirish tartib-tamoyillarini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etish. 7. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish: iste’molchilarning telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berish va iste’molchilarni ofisda qabul qilish uchun malakali va tegishli ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan mas’ullarni tayinlash; iste’molchilarni veb-sayt, pochta manzili, telefon raqami, faks va elektron pochta manzili orqali ularning shikoyatlari yoki har qanday hodisa to‘g‘risidagi xabarlarini olish uchun tashkil etilgan axborot xizmati haqida xabardor qilish; qo‘shimcha xizmatlar paketlarini iste’molchilar uchun qulay bo‘lishini ta’minlash. 8. Atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi: atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish; insonlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlash. 9. Ma’lumotlarni taqdim etish: Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; uzatish tizimi foydalanuvchilari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish, yuritish, umumlashtirish, maxfiy va tijoriy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash; uzatish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish rejasi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘ta yuklanishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni veb-saytda joylash; Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi b) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi; v) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi; g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi; d) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi; e) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
3-ILOVA
1. | Litsenziya nomi: | Elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | Elektr energiyasini taqsimlash faoliyati |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) dastlabki biznes-reja, shu jumladan, investitsiya rejasi; v) taqsimlash tizimini rivojlantirishning birlamchi rejasi; g) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; d) biriktirilgan yoki ruxsat etilgan (foydalanish uchun) aktivlar ro‘yxati; e) asosiy vositalari ro‘yxati va elektr energetikasi sohasida faoliyat turini (kichik turini) yuritish uchun zarur bo‘lgan aktivlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot; j) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati; z) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining taqsimlash tizimi obyektlarida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi bo‘yicha xulosasi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | I. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari: a) taqsimlash tizimidan uchinchi shaxslarga obyektiv va kamsitishlarsiz foydalanishni ta’minlash, tarmoqqa ulanish so‘rovlarini yuborish, tarmoqqa ulanishni rad etish tartibi va tarmoqqa ulanish huquqiga ega bo‘lgan tomonlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibini va qoidalarini ishlab chiqish; b) O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq taqsimlash tizimini rivojlantirish va investitsiya rejasini tayyorlash va doimiy ravishda yangilab borish; v) taqsimlash tizimi foydalanuvchilariga ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yuritish, ma’lumotlarni umumlashtirish, shu bilan birga maxfiy (o‘z ichiga davlat sirini olmagan va qonunchilik bilan himoyalangan ma’lumotlar, keyingi o‘rinlarda — konfidensial) va tijorat ahamiyatiga ega bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash; g) iste’molchilarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari bajarilishi va ularga rioya etilishining nazoratini ta’minlash; d) hisoblash va hisob-kitoblarning tizim foydalanuvchilari, tizimga ulangan iste’molchilar uchun iste’mol (elektr energiyasi, reaktiv quvvat va boshqalar) to‘g‘risida ma’lumotlarini olish imkoniyatini ta’minlash; e) taqsimlash tizimidagi yo‘qotishlarni kamaytirish; j) Regulatorga, tizim operatoriga, tizim foydalanuvchilariga va boshqa manfaatdor shaxslarga taqsimlash tizimiga qabul qilingan va undan yetkazib beriladigan elektr energiyasi hajm (birlik)lari to‘g‘risida aniq ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradigan hisoblagichlarni o‘rnatish; z) ko‘chalarni yoritish tizimining aktivlarini boshqarish (xizmat ko‘rsatish), ulardan foydalanish va kengaytirish, ularning to‘g‘ri ishlashini, xavfsizligini hamda qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini ta’minlash; i) qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyatini amalga oshirish. II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:
a) huquqlari: elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini bajarish uchun uchinchi shaxslarga tegishli bo‘lgan obyektlarga va (yoki) binolarga kirish huquqi; taqsimlash tizimiga ulanish va foydalanish shartlariga rioya etilishini ta’minlash; qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini taqsimlash, muvozanatlash va yordamchi xizmatlari uchun to‘lovlarni undirish; elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini bajarish bilan bog‘liq to‘lovlar bo‘yicha taklif kiritish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqsimlash tizimini rejalashtirish, ekspluatatsiya qilish (ishlatish), texnik xizmat ko‘rsatish va rivojlantirishni amalga oshirish; b) majburiyatlari: taqsimlash tizimi foydalanuvchilari uchun, agar qonunchilik hujjatlari bilan boshqacha talab qo‘yilmasa, imtiyozlarni taqdim etmaslik; Regulatorga biznes-rejani va investitsiya rejasini taqdim etish; o‘z veb-saytida o‘zining faoliyatiga doir ma’lumotlarni e’lon qilish; O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq boshqa majburiyatlar.
elektr energiyasini taqsimlash faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish; insonlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlash.
elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar reyestrini ishlab chiqish hamda uni har yili 31-yanvardan kechiktirmay yangilash va Regulatorga taqdim etish; Regulatorning yozma roziligisiz elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini yuritish uchun foydalanadigan aktivlarini boshqa shaxsga o‘tkazish, hisobdan chiqarish, garovga qo‘yish va boshqacha tarzda tasarruf etishni taqiqlash.
hisoblagichlarni yetkazib berish, o‘rnatish, sinovdan o‘tkazish, ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish; hisoblagichlardan olingan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va Regulatorga, taqsimlash tizimi foydalanuvchilariga va iste’molchilarga taqdim etish; hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini o‘qish vazifalarini ta’minlovchilar yoki boshqa pudrat tashkilotlar orqali bajarish. Ushbu holatda litsenziat audit (tekshiruv)lar orqali hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini o‘qish bo‘yicha shartnoma tuzgan yuridik shaxs ko‘rsatkichlarni muntazam va aniq o‘qib borishini ta’minlash.
litsenziya olinganidan boshlab uch oy ichida taqsimlash tizimi obyektlari va (yoki) binolariga kirish tartib-tamoyillarini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etish.
elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni, asbob-uskunalar yoki hisoblagichlarga jismoniy shikast yetkazishni hamda boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralarni ta’minlash; muntazam ravishda texnik va texnik bo‘lmagan yo‘qotishlar tahlilini o‘tkazish va tahlil natijalari hamda xulosalarini Regulatorga taqdim etish; yo‘qotishlarni boshqarish va qisqartirish rejasini har yili 31-dekabrgacha Regulatorga taqdim etish. 8. Atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi: atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish; insonlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlash. 9. Ma’lumotlarni taqdim etish: Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili elektr energiyasini taqsimlash faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish. 10. Egalik huquqi boshqa shaxslarga o‘tishi: har qanday kutilayotgan egalik huquqining boshqa shaxslarga o‘tishi yoki 25 foizdan ortiq aksiyalarning boshqa shaxsga o‘tkazilishi to‘g‘risida oltmish ish kunidan oldin Regulatorni xabardor qilish. Egalik huquqi Regulator tomonidan ma’qullanishiga qadar boshqa shaxslarga o‘tishi taqiqlanadi. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi; v) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi; g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi; d) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi; e) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
4-ILOVA
1. | Litsenziya nomi | Elektr energiyasini saqlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) elektr energiyasini siqilgan havo orqali saqlash faoliyati; b) elektr energiyasini gravitatsiya kuchi orqali saqlash faoliyati; v) elektr energiyasini batareyada saqlash faoliyati; g) elektr energiyasini boshqa usullar orqali saqlash faoliyati. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish maqsadi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya olish uchun talabgorning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) mulkka nisbatan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, tegishli ko‘chmas mulk obyektining chizmalari va xaritalari bilan birga; v) elektr energiyasini saqlash tizimi (keyingi o‘rinlarda — Saqlash tizimi) pasporti. Saqlash tizimi pasporti quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak: elektr energiyasini saqlash uchun foydalaniladigan obyektning turi va texnik xususiyatlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar; infratuzilma, asosiy va yordamchi obyektlar ro‘yxati va ular to‘g‘risida to‘liq ma’lumot; g) sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa; d) davlat ekologik ekspertizasi xulosasi; e) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja; j) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; z) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati; i) yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish to‘g‘risida texnik shartlar va ulanish shartnomasi (yangi ulanadigan Saqlash tizimlari uchun); k) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Saqlash tizimining qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi bo‘yicha xulosasi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: |
a) mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligini, yong‘in xavfsizligi hamda ekologiya talablari va normalarini ta’minlash; b) atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etish va ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etish; v) elektr energiyasini saqlash faoliyati doirasida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilish; g) dispetcherlik boshqaruvi qoidalari talablariga rioya qilish va dispetcher ko‘rsatmalarini bajarish.
a) huquqlari: talabgor elektr energiyasini saqlash faoliyati litsenziyasini olgunga qadar Elektr energiyasini saqlash xizmati bo‘yicha bitim majburiyatlari mavjud bo‘lsa, olti oy ichida litsenziya olish va ushbu muddat ichida qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda elektr energiyasini saqlash xizmatini ko‘rsatish; litsenziyalangan Saqlash tizimi energiya tejamkorligining xalqaro va mahalliy normalarga muvofiqligini ta’minlash; Saqlash tizimi faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarga hamda xalqaro va mahalliy atrof-muhit muhofazasi talablariga muvofiq yuritish; Saqlash tizimini qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar va shartlar asosida uzatish yoki taqsimlash tizimiga ulash; tegishli tizim operatorining ko‘rsatmalariga amal qilgan holda, uzatish yoki taqsimlash tizimidan elektr energiyasini qabul qilish va ularga yetkazib berish; b) majburiyatlar: tizim operatori tomonidan dispetcherlik amaliyoti, muvozanatlash, tizimdagi avariya va favqulodda vaziyatlarda boshqarish, shuningdek, yordamchi xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq operativ ko‘rsatmalarga rioya qilish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq Saqlash tizimini ishchi holatda saqlash; uzatish va taqsimlash tizimlarining operatorlariga Saqlash tizimi uskunalarini erkin tekshirish, sinovdan o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish huquqini ta’minlash.
elektr energiyasini saqlash faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarini tayyorlash.
atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish; insonlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlash.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini saqlash faoliyati uchun foydalaniladigan aktivlarini sug‘urta qilish va sug‘urta polisini Regulatorga taqdim etish.
elektr energiyasini saqlash faoliyatini yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar reyestrini ishlab chiqish hamda uni har yili 31-yanvardan kechiktirmay yangilash va Regulatorga taqdim etish; Regulatorning yozma roziligisiz elektr energiyasini saqlash faoliyatini yuritish uchun foydalanadigan aktivlarini boshqa shaxsga o‘tkazish, hisobdan chiqarish, garovga qo‘yish va boshqacha tarzda tasarruf etishni taqiqlash.
litsenziya olganidan boshlab uch oy ichida Saqlash tizimiga kirish tartib-tamoyillarini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etish.
Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili elektr energiyasini saqlash faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi; v) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi; g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi; d) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi; e) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan. |
5-ILOVA
1. | Litsenziya nomi: | Elektr ta’minoti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | Elektr ta’minoti faoliyati |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) talabgorga tegishli bo‘lgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan, hisob-kitob, axborot tizimlari va faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud dasturiy ta’minot to‘g‘risidagi ma’lumot; v) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; g) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja; d) talabgorning iste’molchilarni elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan tuzadigan shartnoma shakllari; e) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | I. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari: a) litsenziat qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritish; b) elektr energiyasini iqtisodiy jihatdan maqbul tarzda sotib olish; v) barcha iste’molchilarni zararni qoplash to‘g‘risida xabardor qilish majburiyati va bunday da’volar va kompensatsiyalarni ko‘rib chiqish tartibini ishlab chiqish va Regulatorga tasdiqlash uchun taqdim etish; g) qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish. II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:
a) huquqlari: ikki tomonlama shartnoma asosida litsenziyalangan ishlab chiqaruvchilardan va boshqa ta’minotchilardan elektr energiyasini sotib olish; vakolatli iste’molchilarga elektr energiyasi ta’minotini kelishilgan narxlar asosida amalga oshirish; b) majburiyatlari: tayinlangan ta’minotchi sifatida vakolatli va ta’minotchini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan iste’molchilarga namunaviy shartnomalar asosida Regulator tomonidan belgilangan tarif bo‘yicha elektr energiyasi ta’minotini amalga oshirish; tayinlangan ta’minotchi sifatida belgilangan tariflarni iste’molchilar yoki iste’molchilar toifalari o‘rtasida hech qanday o‘zaro kesishma subsidiyani o‘z ichiga olmasligini ta’minlash; tariflarni va narxlarni har qanday o‘zaro kesishma subsidiya natijasida oshirilmasligi yoki kamaytirilmasligini ta’minlash.
elektr ta’minoti faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
xodimlariga iste’molchilarning ta’minotchini o‘zgartirish huquqlari bo‘yicha qoidalar va tartiblarni qo‘llash yuzasidan ta’lim berish; ta’minotchini o‘zgartirish jarayonida boshqa ta’minotchi bilan to‘liq hamkorlik qilish va bu jarayonni asossiz kechiktirmaslik yoki unga to‘sqinlik qilmaslik.
iste’molchilarning murojaatlariga javob berish uchun ish soatlarida mas’ul xodimni ta’minlash; iste’molchilarni veb-sayt, pochta manzili, telefon raqami, faks va elektron pochta manzili orqali ularning shikoyatlari yoki har qanday hodisa to‘g‘risidagi xabarlarini olish uchun tashkil etilgan axborot xizmati haqida xabardor qilish; amaldagi tariflar yoki tartibga solinadigan tariflar va ta’minotning shartlaridagi har qanday o‘zgartirishlar haqida kamida 30 ish kuni oldin iste’molchilarni xabardor qilish. Agar iste’molchilar yangi shartlarni qabul qilishga qarshi bo‘lsalar, ular elektr ta’minoti shartnomasini bekor qilish huquqiga ega; qo‘shimcha xizmatlar paketlarini iste’molchilar uchun qulay bo‘lishini ta’minlash; o‘z veb-saytida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan elektr energiyasining ta’minoti namunaviy shartnomasi, tariflar va boshqa to‘lovlar to‘g‘risida axborotlarni e’lon qilish; o‘z veb-saytida elektr energiyasining narxini hisoblash uchun kalkulyator o‘rnatish, hisob-kitob jarayonini qulaylashtirishni ta’minlash; iste’molchilarni ta’minot shartnomasining amal qilish muddati tugashidan kamida oltmish ish kuni oldin xabardor qilish; iste’molchilarni ta’minotchi almashtirish jarayoni to‘g‘risida xabardor qilish.
Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili elektr ta’minoti faoliyati to‘g‘risida, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi; v) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
6-ILOVA
1. | Litsenziya nomi: | Markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | Markaziy xarid qiluvchi faoliyati |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan, hisob-kitob, axborot tizimlari va mavjud dasturiy ta’minot to‘g‘risidagi ma’lumot; v) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; g) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja; d) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | I. Litsenziyaning umumiy talablari va shartlari: a) qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish; b) tijorat qoidalarini, shu jumladan, barcha namunaviy shartnomalar shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Regulatorga taqdim etish; v) litsenziyalangan ishlab chiqaruvchilar va litsenziyalangan yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish; g) qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablar.
a) huquqlari: qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasi bozorida Markaziy xarid qiluvchi vazifalarini bajarish; litsenziyaga ega ishlab chiqaruvchilardan ikki tomonlama shartnoma asosida elektr energiyasini xarid qilish; b) majburiyatlari: tayinlangan ta’minotchiga ikki tomonlama shartnoma asosida elektr energiyasini sotish; tegishli tizim operatorlariga tegishli tizimdagi yo‘qotishlarni qoplash uchun elektr energiyasini sotish; yirik iste’molchilarga ikki tomonlama shartnoma asosida elektr energiyasini sotish.
Markaziy xarid qiluvchi faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
o‘z faoliyatini elektr energetikasi sohasidagi boshqa subyektlardan mustaqil ravishda amalga oshirish; faoliyatini mustaqillik talablariga muvofiq amalga oshirish va muvofiqlik to‘g‘risida ma’lumotlar va hujjatlarni Regulatorga doimiy ravishda taqdim etish.
faoliyat doirasida shartnoma munosabatlariga ega bo‘lgan yoki tuzmoqchi bo‘lgan shaxslar yoki toifalarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik; qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energetikasi sohasida raqobatbardoshlik va shaffoflik tamoyillariga rioya qilish va o‘zining ustun mavqeyini suiiste’mol qilmaslik.
Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili Markaziy xarid qiluvchi faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi; v) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
7-ILOVA
1. | Litsenziya nomi: | Elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) Elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan, hisob-kitob, axborot tizimlari va faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud dasturiy ta’minot to‘g‘risidagi ma’lumot; v) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja; g) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: |
a) qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish; b) elektr energiyasi bozorini samarali boshqarish va tizimlarning uzluksizligi, ishonchliligi hamda xavfsizligini ta’minlash; v) infratuzilma, tizim va axborot texnologiya vositalari orqali elektr energiyasi bozorini samarali boshqarish; g) elektr energiyasi bozorini monitoring qilish hamda tartibga solish uchun barcha zarur ma’lumotlar va hisobotlarni Regulatorga doimiy ravishda taqdim etish. II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:
a) huquqlari: elektr energiyasi bozorida bitimlarning bajarilishini, ishtirokchilarning texnik va moliyaviy majburiyatlarini nazorat qilish; elektr energiyasi bozori ishtirokchilaridan xizmatlar ko‘rsatgani va savdo platformasi uchun haq undirish; elektr energiyasi bozoridagi jarayonlarni samarali boshqarish hamda barcha shartlar va talablarga rioya etilishini ta’minlash uchun elektr energiyasi bozori ishtirokchilaridan zarur ma’lumotlarni so‘rab olish; elektr energiyasi bozorining infratuzilmasini rivojlantirish, samaradorlik va barqarorlikni oshirish uchun uning texnologik bazasini takomillashtirish uchun investitsiyalar kiritish; b) majburiyatlari: elektr energiyasi bozorining samarali ishlashini, shu jumladan, bozor ishtirokchilari o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish va sotishni muvofiqlashtirish hamda talab va taklif muvozanatini ta’minlash; bozor ishtirokchilari tomonidan elektr energiyasi bozori doirasida tuzilgan shartnoma shartlariga rioya etilishini ta’minlash; bozor ishtirokchilari va Regulatorga elektr energiyasi bozori bo‘yicha ma’lumotlarni, shu jumladan, narxlar, savdo hajmlari va tarmoqning texnik tavsiflari haqidagi ma’lumotlarni aniq va o‘z vaqtida taqdim etish; bozor ishtirokchilarining tijorat va texnik ma’lumotlari himoya qilinishini va saqlanishini ta’minlash.
Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
elektr energiyasi bozorining savdo platformasidan foydalanishda barcha elektr energiyasi bozori ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni kafolatlash; raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yoki elektr energiyasi bozorining ayrim ishtirokchilariga ustunlik beruvchi amaliyotlarning oldi olinishini ta’minlash; elektr energiyasi bozori ishtirokchilarning mavqeyi, moliyaviy holati yoki elektr energiyasi bozoridagi ulushidan qat’i nazar elektr energiyasini oldi-sotdi shartnomalarini tuzish, ma’lumotlarni taqdim qilish va monitoringni amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatishda barcha teng sharoitlar yaratilishini ta’minlash.
Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati to‘g‘risida, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi; v) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
8-ILOVA
1. | Litsenziya nomi: | Elektr energiyasi savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) elektr energiyasi savdosi faoliyati; b) elektr energiyasi eksporti va importi faoliyati. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi to‘g‘risida bayonot; b) talabgorga tegishli bo‘lgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan, hisob-kitob, axborot tizimlari va faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud dasturiy ta’minot to‘g‘risidagi ma’lumot; v) uzatish va taqsimlash tizimlari infratuzilmasidan foydalanishga tegishli tizim operatorlari bilan tuzilgan shartnomalarning nusxalari; g) elektr energiyasi bozorida faoliyatning maqsadlari va strategiyasi, rejalashtirilgan savdo hajmlari, potensial kontragentlar, xavflar va ularni minimallashtirish choralarini nazarda tutuvchi biznes-reja; d) faoliyatning moliyaviy modeli, shu jumladan, rejalashtirilgan savdo hajmlari asosida daromadlar va xarajatlar prognozlari; e) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; j) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja; z) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | I. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari: a) litsenziat faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuritish; b) litsenziat doimiy ravishda Regulatorga faoliyati, jumladan, savdo hajmlari, energiya manbalari va narxlari to‘g‘risida hisobot taqdim etish; v) litsenziat elektr energiyasi bozori operatoriga faoliyati yuzasidan ma’lumotlar taqdim etish. II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:
a) huquqlari: qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini kelishilgan narx asosida sotib olish; elektr energiyasi savdosi faoliyatini elektr energiyasi bozori operatorining savdo platformasida amalga oshirish; xalqaro shartnomalar asosida elektr energiyasi import va eksportini (faoliyatning kichik turlariga qarab) amalga oshirish; litsenziat elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar, ta’minotchilar, yirik iste’molchilar, uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlariga kelishilgan narxlarda sotish; b) majburiyatlari: elektr energiyasi savdosi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar majburiyatlarini to‘liq bajarish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq uzatish va taqsimlash tizimlari infratuzilmasidan foydalanganligi uchun to‘lovlarni amalga oshirish; Regulatorga faoliyati yuzasidan ma’lumotlarni, shu jumladan, savdo operatsiyalari, import va eksport hajmlari (faoliyatning kichik turlariga qarab) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish; elektr energiyasi bozori operatori va tizim operatorlarining yagona elektr energetikasi tizimi xavfsizligi bilan bog‘liq ko‘rsatmalariga rioya qilish; elektr energiyasi savdosi bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning shartlarini bajara olmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy zararlar yoki xavflarni qoplash uchun moliyaviy kafolatlar va sug‘urta polislari mavjudligini ta’minlash.
Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
tizim ishonchliligini ta’minlash maqsadida elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozorlarida iste’mol va yetkazib berish hajmlarini muvozanatlash mexanizmlariga rioya qilgan holda, elektr energiyasini sotib olish va sotish; elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozorlaridagi iste’mol va yetkazib berish muvozanatiga ta’sir ko‘rsatgan holda, elektr energiyasi zaxira quvvatlaridan foydalanish bo‘yicha shartnomalar tuzish.
elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozorlaridagi ulushi yoki mavqeyidan kelib chiqqan holda, narxlarni manipulyatsiya qilish, asossiz va sun’iy oshirish, tanqislik va ajiotaj talabni yuzaga keltirish hamda raqobatni cheklashni taqiqlash.
Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili elektr energiyasi savdosi faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlatish va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi; v) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
9-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs | 1. Elektron raqamli imzodan foydalangan holda (jismoniy shaxslar Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Litsenziya” AT) yoki Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi. 2. Faoliyatning litsenziyalanadigan turini (kichik turini) tanlab, elektron shaklda, pasportning 5-bandida keltirilgan ma’lumotlarni (hujjatlarni) ilova qilgan holda ariza beradi. 3. Arizani ko‘rib chiqish uchun pasportning 6-bandida belgilangan miqdorda yig‘imni to‘laydi. | O‘z xohishiga ko‘ra | |||
2-bosqich | “Litsenziya” AT, YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi | Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar avtomatik tarzda Regulatorga hamda pasportning 10-bandida belgilangan litsenziya berishda kelishiladigan organlarga ham yuboriladi. | Yig‘im to‘langandan so‘ng real vaqt rejimida | |||
3-bosqich | Regulator | Arizani ko‘rib chiqadi, zaruratga ko‘ra obyektlarni joyiga chiqib o‘rganadi, boshqa davlat organlaridan mavjud ma’lumotlarni mustaqil ravishda oladi. | Ariza kelib tushgandan so‘ng o‘n besh ish kunida | |||
Kelishiladigan organ | Kelishiladigan organ tegishli kelishuvni yoki xulosani Regulatorga taqdim etadi (Kelishiladigan organlar belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etmasa, ariza ushbu organlar bilan kelishilgan, xulosalar esa ijobiy berilgan hisoblanadi). | Ariza kelib tushgandan so‘ng o‘n ish kunida | ||||
4-bosqich | Regulator, Kelishiladigan organ, Talabgor | Obyektlarni joyiga chiqib o‘rganish natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va “Litsenziya” ATga kiritadi. | Ariza kelib tushgandan so‘ng o‘n besh ish kunida | |||
5-bosqich | Regulator | Arizada yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, talabgorga tegishli xabarnoma yuboradi. Bunda arizani ko‘rib chiqish muddati o‘n ish kunigacha to‘xtatib turadi. | Ariza kelib tushgandan so‘ng o‘n besh ish kuni ichida | |||
Talabgor | Xabarnoma olingan kundan boshlab kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. | Xabarnoma olgandan so‘ng o‘n ish kuni ichida | ||||
6-bosqich | Regulator | Talabgor o‘n ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmasa, arizani rad etadi va bu haqda talabgorni shaxsiy kabinetiga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali xabardor qiladi. | Ariza kelib tushgandan so‘ng yigirma besh ish kunida | |||
Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga davlat boji to‘lash uchun hisobvaraq ko‘rsatilgan xabarnomani yuboradi. | Ariza kelib tushgandan so‘ng o‘n besh ish kunida | |||||
7-bosqich | Talabgor | Xabarnomada ko‘rsatilgan davlat bojini to‘laydi. | Besh ish kunida | |||
“Litsenziya” AT | QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziyani avtomatik ravishda shakllantiradi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. | Davlat boji to‘langanidan so‘ng real vaqt rejimida |
10-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Litsenziat | Litsenziyalangan faoliyat turi bo‘yicha kelgusi yil yetkazib beriladigan elektr energiyasi/xizmatlari miqdori prognozini “Litsenziya” axborot tizimidagi (keyingi o‘rinlarda — “Litsenziya” AT) shaxsiy kabineti orqali Regulatorga yuboradi. | Har yili 15-dekabr | |||
Litsenziat | Har yili 15-dekabr sanasidan keyin faoliyatni boshlagan litsenziat yillik prognozini “Litsenziya” AT orqali shaxsiy kabinetidan besh ish kuni ichida Regulatorga yuboradi. | O‘z faoliyati boshlaganidan besh ish kunida | ||||
2-bosqich | Regulator | Regulator litsenziat tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan yillik davriy yig‘im miqdorini hisoblaydi va “Litsenziya” AT orqali litsenziatning shaxsiy kabinetiga tegishli hisob-fakturani yuboradi. | O‘n besh ish kunida | |||
3-bosqich | Litsenziat | Litsenziat hisoblangan yillik davriy yig‘imi miqdorini Regulator hisobvarag‘iga o‘tkazadi. | Besh ish kunida |