Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2017 02.07.1997 yildagi 336-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2017
Hujjat 02.07.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARNI TAShKIL ETISh, DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh VA TUGATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar va imtiyozlar toʻgʻrisida”gi Farmonga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini soddalashtirish, qoʻshma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishni va ularning samarali faoliyat koʻrsatishini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy ekspertizadan, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining birinchi rahbarlari zimmasiga ularning xodimlari tomonidan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va tegishli roʻyxatdan oʻtkazishning tasdiqlangan tartibi va muddatlariga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Muassislar taʼsis shartnomasida belgilangan muddatda ustav jamgʻarmasini shakllantirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishgan taqdirda, 1997-yil 1-yanvargacha davlat roʻyxatidan oʻtgan korxonalar uchun, mazkur korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar maqomi va kafolatlar saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishni, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan korxonalarni Davlat reyestridan chiqarishni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga mansub boʻlmagan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar qatnashgan korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazishni tartibga soluvchi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Adliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokida chet elda korxonalar, shuʼba korxonalar, filiallar hamda vakolatxonalar tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisida Nizom”ning 3-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Nizom xorijiy fuqarolar ishtirokidagi xususiy korxonalarni tashkil qilish, ularning faoliyati hamda ularni tugatishning huquqiy va iqtisodiy asoslariga tatbiq etiladi.”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularning faoliyati tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-fevraldagi 55-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
336-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyuldagi 336-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy ekspertizadan, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tugatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning amal qilishi joriy etiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar (bundan keyin Korxona deb ataladi) jumlasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma korxonalar, shuningdek aksiyalari ulushi (payi) xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar ustav jamgʻarmasining 100 foizini tashkil qiladigan xorijiy korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh korxonasi respublika tashqarisida joylashgan va xoʻjalik faoliyatini amalga oshiradigan shuʼba korxonalar va filiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning shuʼba korxonalari va filiallari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga quyidagi shartlarga javob beradigan korxonalar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning ustav jamgʻarmasi 300 ming AQSh dollariga teng summadan kam boʻlishi mumkin emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona ishtirokchilaridan biri albatta xorijiy yuridik shaxs boʻlishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar ulushi korxona ustav jamgʻarmasining kamida 30 foizini tashkil etishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan shartlarga muvofiq kelmaydigan korxonalar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi va korxona joylashgan hududdagi shahar va tumanlar hokimliklarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy korxonalarning vakolatxonalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tashkil etiladi va oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Korxona tashkil etish yoki mavjud Oʻzbekiston korxonasini 20 mln. va undan koʻproq AQSh dollariga teng summa bilan baholanadigan investitsiyalash dasturiga ega boʻlgan qoʻshma korxonaga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzbekistonlik qatnashchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtigacha Korxona ustav jamgʻarmasiga taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan ustav jamgʻarmasi miqdorining kamida 30 foizini qoʻyishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar koʻrsatib oʻtilgan 30 foiz 100 ming AQSh dollariga teng summadan oshsa, u holda Korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtigacha ustav jamgʻarmasiga 100 ming AQSh dollariga teng summami qoʻyadi. Vaqtinchalik jamgʻarish schyotlariga qoʻyilmalar summasi bank muassasalarining tegishli hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladigan Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida (bundan keyin roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb ataladi) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yuridik shaxs huquqiga ega boʻlishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarida joylashgan, 500 ming AQSh dollarigacha miqdorda ustav jamgʻarmasiga ega boʻlgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi Korxonalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida va viloyatlar hokimliklarining adliya boshqarmalarida hujjatlarning huquqiy ekspertizasidan hamda davlat roʻyxatidan oʻtadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav jamgʻarmasi 500 ming AQSh dollaridan koʻp boʻlgan, shuningdek Toshkent shahrida joylashgan Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Korxonalar huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taʼsis hujjatlari (taʼsis yigʻilishi protokoli, taʼsis shartnomasi va ustav)ning asl nusxalari va bittadan notarial tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) taʼsis hujjatlarida belgilangan ustav jamgʻarmasi miqdoridan 30 foizi soʻm va valyutadagi vaqtinchalik jamgʻarish schyotlariga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati yoki dastlabki badal hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk yoki asbob-uskunalar keltirilganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati. Koʻrsatilgan 30 foiz 100 ming AQSh dollariga teng boʻlgan summadan koʻp boʻlgan taqdirda 100 ming AQSh dollariga teng summaga bank toʻlov hujjati;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) korxonani roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun belgilangan miqdorda davlat poshlinasi toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi yoki mazkur mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi boʻlmagan taqdirda Rossiya Federatsiyasining konsullik muassasasi tomonidan tegishli tarjimasi bilan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xorijiy muassis toʻgʻrisida u roʻyxatdan oʻtgan joydagi savdo reyestridan koʻchirma va bank tavsiyanomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) roʻyxatdan oʻtkazilayotgan korxona ustavida faoliyatning litsenziyalanadigan turi mavjud boʻlgan taqdirda amaldagi qonunchilik bilan talab qilinadigan hujjatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agar ustav jamgʻarmasiga dastlabki badal sifatida intellektual mulk qoʻyilsa, u holda Korxona roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasining mazkur mulk bahosi toʻgʻrisidagi xulosasini taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Korxona tashkil etishda yoki mavjud Oʻzbekiston korxonasini 20 mln. va undan koʻp AQSh dollariga teng boʻlgan summada baholanadigan investitsiyalash dasturi bilan qoʻshma korxonaga aylantirishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar Korxonaning Oʻzbekiston tomonidan muassisi davlat mulki shaklidagi yoki davlat mulki ulushi ishtirokidagi korxona boʻlsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy organlarining korxonaga beriladigan mol-mulkni baholash va berish toʻgʻrisidagi qarori taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Shuʼba korxonalar va filiallarni roʻyxatdan oʻtkazishda qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi, mazkur mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi boʻlmagan taqdirda esa Rossiya Federatsiyasi konsullik muassasasi tomonidan tarjimasi bilan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xorijiy firmaning notarial tasdiqlangan ustavining nusxasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab turgan korxonani xorijiy investor tomonidan toʻliq oʻz mulki qilib sotib olishda xorijiy investor roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga korxona egasi bilan kelishilgan tegishli shartnoma matnini, mulkni va foydalanish huquqini sotib olishda esa — mulk egasi bilan kelishilgan oldi-sotdi yoki ijara shartnomasining matnini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatdan ortiqcha qoʻshimcha materiallar soʻrab olish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini buzishda aybdor boʻlgan xodimlari maʼmuriy javobgarlikka tortilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qoʻshma korxonalar, ularning shuʼba korxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun milliy valyutada eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdoridagi poshlina, shuningdek 500 AQSh dollari undiriladi. Poshlinaning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolgan qismi respublika budjetiga (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganda) yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy korxonalarni, ularning shuʼba korxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun 2000 AQSh dollari miqdorida boj undiriladi. Bu mablagʻlarning 15 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolgan qismi respublika budjetiga (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganda) yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojining chet el valyutasidagi koʻrsatib oʻtilgan summasi Markaziy bankning toʻlov kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada toʻlanadi, bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga toʻlangan mablagʻlarning qonuniyligi haqida hujjat taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Taʼsis hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazgan holda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yoki Korxonani yuridik shaxs sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan zarur hujjatlar ilova qilingan ariza olingan vaqtdan boshlab 5 ish kunigacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ roʻyxatdan oʻtkazish uchun kiritilgan hujjatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq kelmagan taqdirda hujjatlarni qaytadan kiritish uchun puxta ishlashga qaytarish huquqiga egadir. Bunday hollarda u qaytarib yuborishning aniq mulohazalari roʻyxatini yozma holda bayon qilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ilgari arizachiga yozma ravishda bayon qilinmagan yangi mulohazalar bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan mulohazalarni bartaraf etmasa, hujjatlar puxta ishlash uchun qaytarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonaning Ustavda koʻrsatilgan faoliyatida faoliyatning amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan turlarini amalga oshirish nazarda tutilgan yoki ataylab qalbaki hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligidan norozi boʻlgan taqdirda sud organlariga murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat roʻyxatidan oʻtgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning Davlat reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar hokimliklarining adliya boshqarmalari Korxona ustavini roʻyxatdan oʻtkazadilar. Roʻyxatdan oʻtkazish organlarida Korxonaning roʻyxatdan oʻtkazilgan taʼsis hujjatlari va boshqa hujjatlari nusxalari saqlash uchun qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat roʻyxatidan oʻtgan Korxonaga Korxona ustavining roʻyxatdan oʻtkazilgan asl nusxasi, taʼsis shartnomasi va roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida tegishli namunadagi guvohnoma beriladi. Ushbu hujjat roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbariyati tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Roʻyxatdan oʻtkazilgan Korxona bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Davlat statistika departamenti yoki tegishli hududiy organida uning Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritilganligi va unga Korxonalar va tashkilotlar umumrespublika klassifikatorining identifikatsiya kodlari berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir hafta muddatda oʻzi joylashgan joydagi soliq inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab turgan Korxonalar taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda bir hafta muddatda ularni roʻyxatga olgan organga qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona yuqori organining oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi protokoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar matni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning nomi yoki tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav jamgʻarmasi oʻzgargan taqdirda ustav jamgʻarmasining shakllanishi toʻgʻrisidagi hujjat taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning pochta va yuridik manzilini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi haqida bank tomonidan berilgan toʻlov hujjati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassislar tarkibi oʻzgargan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazishda muassislardan talab qilingan hujjatlar va chiqib ketgan muassisning roziligi haqidagi hujjat qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼsis hujjatlari oʻzgartirilganda va unga qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek korxonani qayta tashkil etishda korxona qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi, buning uchun roʻyxatdan oʻtkazilganlik uchun milliy valyutada toʻlanadigan summaning 20 foizi miqdorida boj undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tashkil etish va tugatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va Korxonaning taʼsis hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Korxona tomonidan Ustavda qayd etilgan faoliyat qoʻpol ravishda buzilgan, ataylab qalbaki hujjatlar taqdim etilgan, shuningdek Korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida oʻz faoliyatini (statistika organlari hisobotlariga koʻra) boshlamagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ Korxonaga Ushbu tartibni buzishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida ogohlantirish yuboradi. Agar ogohlantirishda koʻrsatilgan qoida buzilishlari bir oy muddatda bartaraf etilmasa, adliya organlari Korxonani tugatish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilish huquqiga ega. Bunday daʼvo xoʻjalik sudi tomonidan qondirilgandan keyin Korxona Korxonalarning davlat reyestridan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Korxonani tugatishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarning davlat reyestridan chiqarish haqida ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona yuqori organining Korxonani tugatish toʻgʻrisidagi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik sudining korxonani tugatish toʻgʻrisidagi qarori (Korxona sudning qarori bilan tugatilganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona tugatilganligi haqida matbuotda eʼlon berilganligini tasdiqlovchi hujjat (eʼlon tugatishdan kamida 2 oy oldin beriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank hisob-kitob hujjatlari, shu jumladan valyuta schyotlari yopilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi tugatilayotgan korxona muhrlari va shtamplari yoʻq qilinganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarining maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona yuqori organi tomonidan tasdiqlangan tugatish balansi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlarining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlar yoʻqligi haqidagi tugatish balansini tekshirish yuzasidan maʼlumotnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassislaridan biri mulkchilikning davlat shaklidagi korxona yoki davlat mulki ulushi qoʻshilgan korxona hisoblangan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun tugatish balansi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmalari bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Korxona Korxonalarning davlat reyestridan chiqarilgan vaqtdan boshlab tugatilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatilgan Korxonani Korxonalarning davlat reyestridan chiqarish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan Korxona muassislarining qarori, yohud xoʻjalik sudining qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Korxona tugatilganda va u Korxonalarning davlat reyestridan chiqarilganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Davlat statistika departamentiga, Davlat soliq qoʻmitasiga va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga bu haqda maʼlum qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ sifatida korxonalar tomonidan oʻz taʼsis hujjatlariga va ustavda koʻrsatilgan faoliyatga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalar buzilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ korxonadan xoʻjalik sudi orqali eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda jarima undirishga haqlidir. Jarimaning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolgan mablagʻlar esa — respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi. Bunday daʼvolar bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyuldagi 336-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat roʻyxatidan oʻtgan va Korxonalarning davlat reyestriga kiritilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida (keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb ataladi) tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani roʻyxatdan oʻtkazish va uni tegishli roʻyxatdan oʻtkazish raqami bilan tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari reyestriga kiritish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan hozir boʻlish tartibida korxona taqdim etgan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) rahbar tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan belgilangan shakldagi roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) korxona yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy organlari tomonidan berilgan guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun yigʻimning belgilangan miqdori toʻlanganligi toʻgʻrisida bank tomonidan berilgan toʻlov hujjati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hujjatlar ariza beruvchidan olingan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida uni tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazadi va unga vazirlik rahbariyati tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan belgilangan namunadagi roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi, undan roʻyxatga olish yuzasidan koʻrsatilgan xizmatlar bilan bogʻliq ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qoplash uchun vazirlik tomonidan mustaqil ravishda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona yuridik shaxs sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, u tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida ham qayta roʻyxatdan oʻtishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Korxona tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida har yili qayta roʻyxatdan oʻtishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.