Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 31.05.1996 yildagi PF-1467-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning respublikaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga hamda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga qo‘shadigan hissasini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy va investitsiya siyosatidagi muhim ustuvorlik hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida xorijiy investorlarning mulkka va olingan daromadni olib ketishga bo‘lgan huquqi himoya qilinishini ta’minlovchi, ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratuvchi kafolatlar keng tizimi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 15-son, 163-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlar chiqarish, hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyatiga eng avvalo xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga va qo‘shma ishlab chiqarishlar soni ko‘payishiga ko‘maklashishlariga va rag‘batlantirishlariga qarab baho berilishi haqida ogohlantirib qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalariga mansub deb hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 16-iyuldagi PF-3276-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar ishtirokida 3-bandga muvofiq tarmoqlar, ishlab chiqarish faoliyati sohalari, respublika hududlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish bo‘yicha investitsiya takliflarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik, “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor investitsiya takliflari ro‘yxatini chet el elchixonalari va vakolatxonalariga, manfaatdor xorijiy banklarga, firmalar va kompaniyalarga yetkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi hamda Fan va texnika davlat qo‘mitasi Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birga xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlashning yagona tizimini 1996-yil oxirigacha ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar, bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishi va borishi, iqtisodiyotga investitsiya qo‘yishning shartlari va ustuvor yo‘nalishlari, imtiyozlar va kafolatlarning, investorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning amaldagi tizimi bilan xorijiy investorlarning keng doirasini tanishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlarni zarur qonunchilik va normativ hujjatlar, yo‘riqnoma va axborot-ma’lumot materiallari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tarmog‘ini hamda ustuvor investitsiya takliflarini va mamlakatimizdagi va chet eldagi potensial sheriklar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy milliy banki hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi soddalashtirilgan viza rejimini, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar takliflariga binoan va ish yuzasidan sherikchilik aloqalari o‘rnatish uchun keluvchi chet el fuqarolari va mutaxassislarining kelishlari va ketishlari, yashashlari hamda respublika hududi bo‘ylab yurishlari tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 31-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1467-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 15-son, 163-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 84-modda; 2003-y., 6-7-son, 93-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 25-son, 282-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda)