Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2017 02.07.1997 yildagi 336-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARNI TAShKIL ETISh, DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh VA TUGATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar va imtiyozlar toʻgʻrisida”gi Farmonga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini soddalashtirish, qoʻshma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishni va ularning samarali faoliyat koʻrsatishini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri zimmasiga Adliya vazirligining xodimlari tomonidan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va muddatlariga qatʼiy rioya etilishi uchun shaxsan javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi valyuta hisob raqamlarini ochish va ularning tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazilmasdan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari uchun asos hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 2001-y., 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Muassislar taʼsis shartnomasida belgilangan muddatda ustav jamgʻarmasini shakllantirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishgan taqdirda, 1997-yil 1-yanvargacha davlat roʻyxatidan oʻtgan korxonalar uchun, mazkur korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar maqomi va kafolatlar saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishni, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan korxonalarni Davlat reyestridan chiqarishni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga mansub boʻlmagan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar qatnashgan korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazishni tartibga soluvchi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Adliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokida chet elda korxonalar, shuʼba korxonalar, filiallar hamda vakolatxonalar tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyuldagi 346-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 29-son, 335-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularning faoliyati tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-fevraldagi 55-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
336-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 2001-y., 347-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)