29.01.2025 yildagi 46-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqichma-bosqich taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda pillachilikni yanada rivojlantirish, sohada ishlash istagida boʻlgan aholini, shu jumladan, xotin-qizlarni qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish va ularning ushbu sohada bandligini taʼminlash orqali qishloq joylarida aholining farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kuyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish va ularni sohaga jalb qilishning asosiy parametrlari (keyingi oʻrinlarda — asosiy parametrlar) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish va ularning sohada bandligini bosqichma-bosqich taʼminlash tizimini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy parametrlar doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 2025-yilda Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy parametrlarga muvofiq qisqa muddatli oʻquv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning bandligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 3-maydagi PF-72-son Farmoniga muvofiq ustuvor ravishda 105 ming gektar yer maydonida yangi tutzorlar barpo etish va dala chetlarida yangi tut koʻchatlari ekish hisobiga hamda pillachilik klasterlari, ipak qurti urugʻchiligi korxonalari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklariga mavsumiy hamda doimiy ishlarga qabul qilish orqali taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda xotin-qizlarning pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish uchun 3-ilovaga muvofiq binolardan vaqtinchalik joy ajratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xitoy, Vyetnam, Hindiston va Yaponiya davlatlaridan ipakchilik sohasidagi mutaxassislarni xotin-qizlarning pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslariga jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda chet ellik mutaxassislarning bevosita yoki videokonferensaloqa orqali ishtiroki taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda pillachilik sohasida band boʻlgan fuqarolarning maʼlumotlari “yangiish.mehnat.uz” platformasiga kiritib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi asosiy parametrlarga muvofiq pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning doimiy va mavsumiy ishlarga qabul qilinganligi hisobini “yangiish.mehnat.uz” platformasi orqali yuritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ipak qurti parvarishi bilan shugʻullanuvchi kasanachilarning ijtimoiy daftarlarda boʻlishi hamda ushbu fuqarolarning ijtimoiy nafaqalarini saqlash tartiblari yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston sharoitiga mos, chidamli va unumdorligi yuqori mahalliy ipak qurti zotlarini yaratish uchun xorijiy grantlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ipak sanoati rivojlangan xorijiy davlatlarning tadbirkorlik birlashmalari (uyushmalari) bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 46-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish va ularni sohaga jalb qilishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ASOSIY PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

Mavjud korxonalar soni

(birlik)

Jami bandligi taʼminlanadiganlar soni

(nafar)

Shundan, oʻquv kurslariga tinglovchilar soni

(nafar)

shu jumladan, sohalar kesimida

(nafar)

shu jumladan, yillar kesimida

Pillachilik klasterlari

Urugʻchilik korxonalari

Tutchilik xoʻjaliklari

Ipak qurti parvarishida

sanoat va hunarmandchilikda

urugʻchilik korxonalarida

tutchilik xoʻjaliklarida

2025-yil

2026-yil

Jami

Shundan (nafar)

Jami

Shundan (nafar)

Ipak qurti parvarishida

sanoat va hunarmandchilikda

urugʻchilik korxonalarida

tutchilik xoʻjaliklarida

Ipak qurti parvarishida

sanoat va hunarmandchilikda

urugʻchilik korxonalarida

tutchilik xoʻjaliklarida

Respublika boʻyicha jami:

73

10

16

2 002 563

1 000 125

600 011

40 020

10 076

350 018

593 048

400 008

26 680

6 716

159 644

361 632

207 477

13 340

3 358

137 457

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

4

1

i

66 094

36 336

18 195

991

150

17 000

22 274

12 130

660

100

9 384

13 199

6 065

330

50

6 754

2.

Andijon viloyati

8

2

i

252 397

98 416

67 869

2 228

1 819

26 500

62 795

45 246

1486

1 212

14 851

36 822

22 623

743

606

12 850

3.

Buxoro viloyati

6

207 667

93 774

59 896

1 578

699

31 600

57 028

39 931

1 052

466

15 579

34 076

19 965

526

233

13 352

4.

Jizzax viloyati

5

2

65 632

52 342

24 461

882

27 000

31502

16 307

588

14 607

18 690

8 153

294

10 243

5.

Qashqadaryo viloyati

6

1

1

188 828

89 168

57 818

603

747

30 000

51085

38 545

402

498

11 640

32 409

21 366

201

249

10 593

6.

Navoiy viloyati

4

1

1

86 776

49 955

32 209

451

795

16 500

31180

21473

300

530

8 877

18 627

10 737

150

265

7 475

7.

Namangan viloyati

7

2

169 971

94 018

58 441

8 466

612

26 500

56 460

38 960

5 644

408

11 448

34 168

19 907

2 822

204

11 235

8.

Samarqand viloyati

11

1

1

258 004

113 215

67 791

9 960

1 065

34 400

67 198

45 194

6 640

710

14 654

41 814

24 373

3320

355

13 766

9.

Surxondaryo viloyati

5

1

2

159 533

69 244

35 319

700

1 125

32 100

37 602

23 546

466

750

12 840

23 994

11 773

233

375

11 613

10.

Sirdaryo viloyati

1

1

54 162

41 150

16 733

1 485

415

22 518

21068

11 155

990

276

8 647

13 530

5 578

495

138

7319

11.

Toshkent viloyati

7

1

134 549

78 053

49 953

1 100

27 000

47 338

33 302

734

13 302

28 181

16 651

367

11 163

12.

Fargʻona viloyati

5

2

1

194 280

99 230

61 886

9 867

1 578

25 900

58 677

41 257

6 578

1 052

9 790

35 822

23 805

3 289

526

8 202

13.

Xorazm viloyati

4

1

2

164 670

85 224

49 442

1 710

1 072

33 000

48 841

32 962

1 140

714

14 025

30 300

16 481

570

357

12 892

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 46-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish va ularning sohada bandligini bosqichma-bosqich taʼminlash tizimini tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼullar

1.

Hududlardagi ishsiz va band boʻlmagan aholi, shu jumladan, xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish.

1. Mahallalar kesimida ishsiz va band boʻlmagan aholini, birinchi navbatda xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish hamda tuman (shahar) hokim oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshliqlariga taqdim etish.

Har chorakning soʻnggi oyi 15-sanasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2. Pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqish istagini bildirgan xotin-qizlarning yakuniy roʻyxatini viloyat hokimi oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshliqlariga taqdim etish.

har chorakning soʻnggi oyi 25-sanasi

3. Viloyat kesimida shakllantirilgan roʻyxatni Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga taqdim etish.

har chorakda

2.

Xitoy va Vyetnam tajribalari asosida ipak qurti parvarishlash va tutchilik sohasiga oid zamonaviy texnologiyalarga oʻqitish boʻyicha mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish.

1. Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent davlat agrar universitetining malakali mutaxassislari roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti,

Toshkent davlat agrar universiteti

2. Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan monomarkazlar bilan birgalikda hududlar kesimida ipakchilik sohasida oʻqitish uchun malakali mutaxassis xodimlar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

3. Ipakchilik sohasidagi chet ellik mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish.

kelishuv asosida

3.

Ipak qurtini parvarishlashning zamonaviy, samarali texnologiyalariga oid dastur va elektron maʼruza matnlari va taqdimotlarni tayyorlash.

1. Xitoy va Vyetnam tajribalari asosida zamonaviy texnologiyalarni oʻzida mujassam etgan maʼruza matnlari, tarqatma material, taqdimot, banner va videoroliklarni tayyorlash.

2025-yil fevral

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti,

Toshkent davlat agrar universiteti

2. Tayyorlangan maʼruza matnlari, tarqatma material, taqdimot, banner va videoroliklarni joylarga yetkazib berish.

Reja grafik asosida

4.

Pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarini oʻqitishga moʻljallangan joylarni tayyorlash.

1. Oʻquv kurslari tashkil etilishi belgilangan binolarni tayyorlash.

2. Oʻquv kurslari tashkil etiladigan maydonlarda tut ekish sirlari, plyonka ostida boqish, “etajerka” usuli, ipak qurtiga bargni maydalab berish, 3 yoshgacha boqib tarqatish uslublarini amaliyotda tushuntirib berish uchun kerakli jihozlarni yetkazish va tayyor holga keltirish.

Oʻquv kurslari boshlanishidan bir hafta oldin

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

5.

Pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarini tizimli tashkil etish.

1. Har chorakda 2 kunlik oʻquv kurs (mashgʻulot)larini tashkil etish.

2. Xorijiy (Xitoy, Vyetnam, Hindiston va Yaponiya) ipakchilik sohasidagi mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻquv kurslarini tashkil etish.

Har chorakning soʻnggi oyi 15-sanasiga qadar kelishuv asosida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari,

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti

3. Oʻquv kurslarini yakunlagan tinglovchilarga sertifikat taqdim etish.

oʻquv kurslari yakunida

6.

Pillani qayta ishlash korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari va urugʻchilik sohasida ishlash istagidagi tinglovchilarni ishlab chiqarish va tutzorlarga dala amaliyoti oʻtash uchun jalb qilish.

1. Pillani qayta ishlash korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari va urugʻchilik sohasida ishlash istagidagi tinglovchilarni ipakchilik klasterlari, urugʻchilik korxonalari va tutchilik fermer xoʻjaliklariga biriktirish.

2025-2026-yillar oʻquv kurslari yakuni bilan

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti

2. Ishlash istagidagi tinglovchilarga amaliyot oʻtash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

doimiy

7.

Pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarini tamomlagan tinglovchilarni salohiyatiga qarab doimiy ishga joylash yoki mavsumiy pillakor sifatida roʻyxatdan oʻtkazish.

1.Oʻquv kurslarini yakunlagan tinglovchilar bilan doimiy yoki mavsumiy mehnat shartnomasi tuzish.

2025-2026-yillar

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

2. Mehnat shartnomalari tuzilgan tinglovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish.

oʻquv kurslari yakuni bilan

8.

Salohiyatli tinglovchilar xonadoniga ipakchilik sanoatini olib kirish hamda kasanachilik asosida bandligini taʼminlash.

1. Xonadoniga sanoat kirib borish istagidagi tinglovchilar roʻyxatini shakllantirish.

Har chorakda

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

2. Ipakchilik klasterlari tomonidan qoʻlda ipak gilam va ipak mato toʻqish istagidagi tinglovchilarni uch oy davomida oʻqitish.

doimiy ravishda

3. Qoʻlda ipak gilam va ipak mato toʻqish uslublarini oʻrgangan tinglovchilar xonadoniga dastgohlar yetkazib berish.

oʻquv kurslari yakuni bilan

4. Ipakchilik klasterlari tomonidan zarur xomashyolarni xonadonlarga yetkazib berish.

5. Ipakchilik klasterlari tomonidan tayyor boʻlgan mahsulotlarni shartnoma asosida yigʻib olish.

doimiy ravishda

9.

Respublika oliy taʼlim tashkilotlarini ipakchilik va tutchilik yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan bitiruvchilarni doimiy hamda ustuvor ravishda pillachilik klasterlariga ishga yoʻnaltirish choralarini koʻrish.

1. Oliy taʼlim tashkilotlarini ipakchilik va tutchilik yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan bitiruvchilar roʻyxatini shakllantirish.

2025-2026-yillar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

2. Shakllantirilgan roʻyxatga asosan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan ishga yoʻnaltirish boʻyicha pillachilik klasterlariga takliflar yuborish.

muntazam

10.

Ipak qurtlarini parvarishlashda yangi texnologiyalarni joriy etish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida maxsus moslashtirilgan ipak qurti parvarishlanadigan bino va inshootlardan foydalanishda takomillashtirilgan agrotexnik tadbirlarning majmuaviy tartibini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti

2. Hududlarga mos serhosil yangi tut navlaridan oʻrma tutzorlar tashkil etish uchun ilmiy xulosalar ishlab chiqish.

2025-yil fevral

3. Qisqa muddatlarda pilla oʻraydigan ipak qurti duragaylarini yaratish.

2025-2026-yillar

11.

Ipak qurti ozuqa bazasini qishloq hududlarida rivojlantirishni tashkil etish.

1. Aholi xonadonlariga qarashli tomorqa atrofida tut koʻchatlari ekish.

2025-2026-yillarda reja asosida belgilangan hududlarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari,

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi

2. Aholi xonadonlariga qarashli tomorqa yerlarida 1 — 1,5 sotixlik oʻrma tutzorlar tashkil etish.

2025-2026-yillarda

3. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan shartnoma asosida tut koʻchatlarini hududlarga yetkazib berish.

doimiy

4. Seryomgʻir, togʻ oldi 20 ta tumanda oʻrma tutzorlarni sifatli tashkil etish.

2025-2026-yillarda

12.

Jalb qilingan xalqaro moliya institutlarining grantlari hisobidan Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutini takomillashtirish maqsadida ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlar sifatini oshirish hamda moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlashni tashkillashtirish choralarini koʻrish.

1. Xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilish.

2025-2026-yillarda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti

2. Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining mavjud laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

muntazam

3. Genetik va biotexnologiya tadqiqotlar yoʻnalishini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha kerakli uskunalar bilan jihozlash choralarini koʻrish.

muntazam

13.

Ipak matolar ekspozitsiyasini va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, joylarda tashkil qilinayotgan oʻquvlarning ahamiyatiga bagʻishlangan videoroliklar tayyorlash.

1. Reja asosida hududlarda olib borilayotgan ishlarni targʻib qilish maqsadida lavhalar tayyorlash.

2025-2026-yillarda

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

2. Oʻquv kurslarini tamomlagan va ishga joylashgan xotin-qizlar bilan muloqotlarni tashkil qilish.

muntazam

3. Videoroliklarni barcha tashkilotlarda targʻibot yoʻli bilan tashkil qilish.

reja asosida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 46-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish uchun vaqtinchalik ajratiladigan oʻquv joyi manzilining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

Oʻquv joyi manzili

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Toʻrtkoʻl tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Ellikqalʼa tumani kasb-hunar maktabi

Beruniy tuman 2-son kasb-hunar maktabi

Amudaryo muhandislik texnikumi

Xoʻjayli tumani kasb-hunar maktabi

Taxiatosh tumani kasb-hunar maktabi

Shumanay tumani kasb-hunar maktabi

Qonlikoʻl tumani kasb-hunar maktabi

Nukus veterinariya meditsinasi texnikumi

Kegeyli tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Chimboy tumani kasb-hunar maktabi

2.

Andijon viloyati

Andijon tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Izboskan tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Marhamat agrotexnologiyalar texnikumi

Paxtaobod tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Baliqchi tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Boʻston tumani kasb-hunar maktabi

Ulugʻnor tumani kasb-hunar maktabi

Asaka agrotexnologiyalar texnikumi

Oltinkoʻl iqtisodiyot texnikumi

Xoʻjaobod tumani kasb-hunar maktabi

Shahrixon agrotexnologiyalar texnikumi

Jalaquduq 1-son kasb-hunar maktabi

Qoʻrgʻontepa tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Buloqboshi tumani 2-son kasb-hunar maktabi

3.

Buxoro viloyati

Jondor tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Romitan agrotexnologiyalar texnikumi

Olot tumani kasb-hunar maktabi

Qorakoʻl tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Vobkent tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Kogon tumani kasb-hunar maktabi

Buxoro tumani kasb-hunar maktabi

Peshku tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Shofirkon tumani kasb-hunar maktabi

Gʻijduvon agrotexnologiyalar texnikumi

4.

Jizzax viloyati

Tuman hokimligi binosining majlislar zali

Paxtakor tuman kasb-hunar maktabi

Forish tuman kasb-hunar maktabi

Baxmal tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Sh. Rashidov tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Zomin tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Zarbdor tumani kasb-hunar maktabi

Yangiobod tumani kasb-hunar maktabi

Arnasoy tumani kasb-hunar maktabi

Mirzachoʻl tumani kasb-hunar maktabi

Gʻallaorol agrotexnologiyalar texnikumi

Tuman hokimligi binosining majlislar zali

5.

Qashqadaryo viloyati

Gʻuzor tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Dehqonobod tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Qarshi tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Qamashi tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Mirishkor tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Muborak tuman kasb-hunar maktabi

Nishon tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Kitob tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Shahrisabz tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Yakkabogʻ tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Chiroqchi tumani 4-son kasb-hunar maktabi

Koʻkdala tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Koson tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Kasbi tumani 2-son kasb-hunar maktabi

6.

Navoiy viloyati

Qiziltepa tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Konimex tumani kasb-hunar maktabi

Navbahor suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

Nurota 2-son kasb-hunar maktabi

Karmana tumani kasb-hunar maktabi

Xatirchi agrotexnologiyalar texnikumi

7.

Namangan viloyati

Mingbuloq suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

Kosonsoy tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Chust tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Uychi tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Norin tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Uchqoʻrgʻon tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Pop tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Chortoq tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Namangan tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Toʻraqoʻrgʻon agrotexnologiyalar texnikumi

Yangiqoʻrgʻon tumani 1-son kasb-hunar maktabi

8.

Samarqand viloyati

Bulungʻur tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Urgut tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Ishtixon tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Payariq tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Oqdaryo tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Toyloq tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Pastdargʻom tumani 3-son kasb-hunar maktabi

Samarqand tumani kasb-hunar maktabi

Nurobod tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Jomboy agrotexnologiyalar texnikumi

Qoʻshrabot tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Kattaqoʻrgʻon tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Narpay tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Paxtachi tumani 1-son kasb-hunar maktabi

9.

Surxondaryo viloyati

Angor tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Bandixon agrotexnologiyalar texnikumi

Boysun koʻp tarmoqli texnikumi

Qiziriq tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Muzrabot xizmat koʻrsatish texnikumi

Sherobod tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Termiz tumani kasb-hunar maktabi

Oltinsoy tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Shoʻrchi tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Denov tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Sariosiyo tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Uzun tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Jarqoʻrgʻon biznes va yengil sanoat texnikumi

Qumqoʻrgʻon agrotexnologiyalar texnikumi

10.

Sirdaryo viloyati

Boyovut tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Guliston tumani kasb-hunar maktabi

Mirzaobod tumani kasb-hunar maktabi

Oqoltin sanoat texnikumi

Sardoba tumani kasb-hunar maktabi

Sayxunobod tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabi

Xovos tumani 1-son kasb-hunar maktabi

11.

Toshkent viloyati

Boʻka agrotexnologiyalar texnikumi

Oqqoʻrgʻon tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Ohangaron tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Piskent tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Yangiyoʻl agrotexnologiyalar texnikumi

Chinoz tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Quyichirchiq politexnika texnikumi

Toshkent viloyati pedagogika kolleji

Yuqorichirchiq tumani kasb-hunar maktabi

Oʻrtachirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Boʻstonliq tumani 2-son kasb-hunar maktabi

12.

Fargʻona viloyati

Oʻzbekiston tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Furqat tumani kasb-hunar maktabi

Quvasoy sanoat kolleji

Qoʻshtepa tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Yozyovon tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Rishton tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Bogʻdod tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Oltiariq tuman 2-son kasb-hunar maktabi

Beshariq tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Soʻx tumani kasb-hunar maktabi

Buvayda tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Dangʻara tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Fargʻona tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Quva tumani kasb-hunar maktabi

Fargʻona shahar kasb-hunar maktabi

Toshloq tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Uchkoʻprik tumani 2-son kasb-hunar maktabi

13.

Xorazm viloyati

Bogʻot tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Gurlan tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Qoʻshkoʻpir tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Xiva qishloq xoʻjaligi texnikumi

Yangibozor tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Shovot tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Urganch agrotexnologiyalar texnikumi

Xazorasp tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Xonqa tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Yangiariq tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Tuproqqalʼa tumani kasb-hunar maktabi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/46/0085-son)