1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddatlari | Masʼul ijrochilar |
I. Tashqi savdo yoʻnalishlarini yanada diversifikatsiyalash va transport-logistika xarajatlarini optimallashtirish | ||||
1. | Transport-logistika sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan, umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlar va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiyasini jadallashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruh tuzish, oʻrganish oʻtkazish va ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tahliliy maʼlumotlar va takliflar | 2025-yil sentabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | “Transport vazirlari Yevropa konferensiyasi” doirasidagi avtomobilda yuklarni xalqaro tashishning koʻp tomonlama ruxsatnomalar tizimiga qoʻshilishi boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. | Yoʻl xarita | 2025-yil mart | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | Oʻzbekiston Respublikasining “Yevropa-Kavkaz-Osiyo” transport yoʻlagini rivojlantirish (TRASEKA) hukumatlararo komissiyasining doimiy kotibiyatini hamkorlikda moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshilishi haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil yanvar | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
4. | Belgiya, Serbiya, Shvetsiya, Norvegiya kabi davlatlar bilan xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida ikkitomonlama hukumatlararo bitim loyihalarini ishlab chiqish va xorij tomoniga kelishish uchun yuborish. | Xalqaro shartnoma loyihalari | 2025-yil davomida | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
5. | Turkmaniston bilan xalqaro tashuvlar ishtirokchilari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitim loyihasini imzolash masalasini ishlab chiqish. | Xalqaro shartnomani imzolashga tayyorlash | 2025-yil davomida | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
6. | “Oʻzbekiston — Afgʻoniston — Pokiston” yoʻnalishida yuk tashishlar hajmini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | Qoʻshma harakatlar rejasi loyihasi | Tomonlar kelishuviga koʻra | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (I. Irgashev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
7. | “Oʻzbekiston — Turkmaniston — Eron — Turkiya” transport yoʻlagi boʻylab tomonlar oʻrtasida temir yoʻl tashish tariflariga chegirmalarni belgilagan holda sinov tariqasida yuk tashuvlarini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Tomonlar kelishuviga koʻra | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev) |
8. | “Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” yoʻnalishida yuk tashishlar uchun qulay sharoitlar yaratish, xalqaro avtomobilda tashishlarga ruxsatnoma blankalari kvotasini oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
9. | Shimoliy yoʻnalishda yuk tashishlar uzluksizligini taʼminlash, temir yoʻl transportida tranzit tashishlarni xorijiy tomon bilan oʻz vaqtida kelishish va yuk tashish tariflariga chegirmalar olish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
10. | Xitoyda oʻzbek biznes vakillari ishtirokida omborxona, yuk terminallari, logistika markazlarini ijaraga olish yoki qurish uchun sharoit yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
II. Logistika xizmatlari bozorini rivojlantirish | ||||
11. | Moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini qoʻllagan holda harakat tarkibini yangilash uchun mahalliy transport-logistika korxonalariga shart-sharoit yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tahliliy maʼlumotlar va takliflar | 2025-yil aprel | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev) |
12. | Soliq kodeksiga yuklarni xalqaro tashishni tashkil etishdagi transport-ekspeditorlik shartnomasi asosida koʻrsatiladigan transport-ekspeditorlik xizmatlariga qoʻshilgan qiymat soligʻining nol stavkasini qoʻllashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Qonun loyihasi | 2025-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
13. | Harakat tarkibini saqlash, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan davlat mulki obyektlari (avtokorxonalar) roʻyxatini shakllantirish va ularni oʻz profilini saqlab qolgan holda ommaviy savdolarga chiqarib borish. | Tashkiliy tadbirlar | 2025-yil davomida | Davaktiv agentligi (A. Ortikov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
14. | Avtomobilda yuklarni xalqaro tashishga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni mahalliy avtotashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish. Bunda ruxsatnomalarni bosqichma-bosqich chegarada yoki hududlarda berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2025-yil fevral | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (S. Poʻlatov) |
III. Mamlakat tranzit salohiyatini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish | ||||
15. | “Oʻzbekiston — Turkmaniston — Eron — Turkiya” transport yoʻlagini tashkil etish boʻyicha imzolangan bayonnomaga boshqa manfaatdor davlatlarni jalb qilish, yoʻnalish boʻylab yuk tashishlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. | Tashkiliy tadbirlar | 2025-yil davomida | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
16. | Oʻzbekiston hududi orqali temir yoʻlda tranzit tashish tezligini oshirish imkoniyatlarini oʻrganish va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Tahliliy maʼlumot | 2025-yil may | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
17. | Temir yoʻl transportida tranzit tashishlarga moslashuvchan tarif tizimini joriy etish orqali qoʻshimcha tranzit yuk oqimlarini jalb etish. | Kompleks tariflarni shakllantirish | 2025-yil oktabr | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
18. | Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qoʻllagan holda transport vositalarini onlayn kuzatib borish tizimini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Tahliliy maʼlumotnoma | 2025-yil may | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
19. | “Dovut ota” va “Gʻishtkoʻprik” chegara oʻtkazish punktlari infratuzilmasini yaxshilash. | Amaliy chora-tadbirlar |
| Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
Bunda, “Dovut-ota” chegara oʻtkazish punktini; | 2026-yil 31-dekabr | |||
“Gʻishtkoʻprik” chegara oʻtkazish punktini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish. | 2025-yil 31-dekabr | |||
20. | Chegara oʻtkazish punktlarida elektron navbatga turish hamda tegishli toʻlov va yigʻimlarni masofadan amalga oshirish imkoniyatini beruvchi qulay va soddalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil may | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
21. | Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida yuk tashish jarayonlarini uygʻunlashtirish va rivojlantirish maqsadida temir yoʻl idoralari kengashini tashkil etish tashabbusini amalga oshirish. | Konsepsiya loyihasi | Tomonlar kelishuviga koʻra | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
22. | Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab avtomobil va temir yoʻllari orqali tranzit harakat qilish uchun moʻljallangan yoʻnalishlar roʻyxatini shakllantirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2025-yil avgust | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev) |
IV. Transport infratuzilmasini kompleks va ildam rivojlantirish, logistika markazlarining keng tarmogʻini shakllantirish | ||||
23. | Yoʻlboʻyi infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida xalqaro standartlarga muvofiq 72 ta zamonaviy yoʻlboʻyi servis obyektlarini (TIR parklar, motellar va boshqalar) joylashtirish hududini aniqlash va elektron savdoga chiqarish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Davaktiv agentligi (A. Ortikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov) |
24. | “Baytqoʻrgʻon — Parkent” (23,8 km) temir yoʻl liniyasining qurilish ishlarini boshlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil may | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev) |
25. | “Samarqand — Urgut” (46 km) temir yoʻl liniyasining qurilish ishlarini boshlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyun | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev) |
26. | “Miskin — Nukus” (196 km) temir yoʻl liniyasining elektrlashtirish ishlarini yakuniga yetkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil yakuniga qadar | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev) |
27. | Temir yoʻl liniyalarining oʻtkazuvchanligini oshirish, tashish jarayoniga doir texnologiyalarni takomillashtirish hamda resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi temir yoʻl infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2025-yil oktabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev) |
28. | Toshkent shahri atrofida yangi temir yoʻl stansiyalari va saralash maydonlarini tashkil etish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tahliliy maʼlumotlar va takliflar | 2025-yil iyul | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
29. | Toshkent xalqaro aeroportining yuk terminalini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, zamon talablariga mos texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | “Uzbekistan Airpots” AJ (J. Umarxodjayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
30. | Ilgʻor xalqaro tajriba asosida logistika markazlarini zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlashga doir namunaviy talablarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2025-yil avgust | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov) |
31. | Respublikadagi mavjud transport-logistika markazlarini BMTning Quruqlik portlari toʻgʻrisidagi bitimi talablariga muvofiq xatlovdan oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish. | Tahliliy maʼlumotlar | 2025-yil sentabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
IV. Raqamli va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, logistika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||
32. | Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida Toshkent shahrida Transport va bojxona raqamli ofisini tashkil etish boʻyicha konsepsiya loyihasini ishlab chiqish va tashkilotga aʼzo-davlatlar bilan kelishish uchun IHT kotibiyatiga yuborish. | Konsepsiya loyihasi | 2025-yil dekabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
33. | Yuk tashishlarda texnologik jarayonlarni raqamlashtirish yoʻli bilan yuk joʻnatuvchilar va yuk qabul qiluvchilar hamda tashuvchilar uchun “E-logistika” axborot tizimini ommalashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyul | Transport vazirligi (I. Maxkamov) Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
34. | Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalarining elektron navbat tizimini Transport vazirligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali “E-logistika” axborot tizimida ham navbat olish imkoniyatini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
35. | “E-Permit” elektron tizimi asosida amalga oshirilayotgan avtomobilda xalqaro yuk tashishlar geografiyasini kengaytirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov) Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (S. Poʻlatov) |
36. | Geoaxborot (GAT) texnologiyalari asosida transport, logistika va yoʻl xoʻjaligi sohasidagi infratuzilma obyektlarining elektron ID-reyestrini yuritish hamda geoaxborot maʼlumotlar bazasini bosqichma-bosqich ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil avgust | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
37. | Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi qoshida xalqaro avtomobil transporti sohasida malakali kadrlar va professional haydovchilarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha Mintaqaviy oʻquv markazini tashkil etish. Bunda Mintaqaviy oʻquv markazini Toshkent avtomobil va yoʻllar texnikumining Toshkent shahri Chilonzor tumani Zavqiy koʻchasidagi bino va inshootlariga 20 yil muddatga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (S. Poʻlatov), Davaktiv agentligi (A. Ortikov) |
38. | Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining amaldagi shtat birliklari doirasida uning tashkiliy tuzilmasida Metodologiya boʻlimini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil fevral | Transport nazorati inspeksiyasi (J. Karimov) |
3-ILOVA
T/r | Koʻrsatkich va indikatorlar nomi | Oʻlchov birligi | 2024-y. | Rejalashtirilgan maqsad: | |||||
2025-y. | 2026-y. | 2027-y. | 2028-y. | 2029-y. | 2030-y. | ||||
1. | Xalqaro yuk tashish hajmi (quvur transportidan tashqari) | mln tonna | 59,6 | 63,7 | 68 | 72 | 76,9 | 83,8 | 119,2 |
2. | Tranzit yuk tashish hajmi (quvur transportidan tashqari) | mln tonna | 13,9 | 14,6 | 15,2 | 16 | 17 | 18,1 | 22,0* |
3. | Transport va logistika xizmatlari eksporti | mlrd AQSH dollari | 1,88 | 2,09 | 2,27 | 2,54 | 2,81 | 3,1 | 3,5 |
4. | Transport infratuzilma sifati: | ||||||||
elektrlashtirilgan temir yoʻllar ulushi | foiz | 48 | 51 | 52,3 | 54 | 55,3 | 60,2 | 65 | |
oʻtkazuvchanligi chegaralangan umumiy foydalanishdagi temir yoʻl liniyalari uzunligining ulushi | foiz | 15 | 14 | 13 | 12 | 11 | 10 | 9 | |
xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining taʼmirtalab qismlari | foiz | 24 | 22 | 20,5 | 19 | 17 | 16 | 15 | |
xalqaro aeroportlar yuk terminallarining yillik oʻtkazuvchanlik quvvati | ming tonna | 140 | 185 | 252 | 265 | 285 | 295 | 310 | |
5. | Bojxona samaradorligi: | ||||||||
chegara oʻtkazish punktlari orqali harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalarining davlat nazorat tartib-taomillaridan oʻtishiga sarflanadigan umumiy vaqt** | daqiqa | 40 | 35 | 30 | 25 | 20 | 15 | 10 | |
sunʼiy intellekt yordamida avtomatik tarzda rasmiylashtiriladigan bojxona tranzit yuk deklaratsiyalari ulushi | foiz | 0 | 5 | 10 | 15 | 25 | 35 | 45 | |
6. | Transport-logistika xizmatlari: | ||||||||
xalqaro yoʻnalishlarda konteynerda tashishlar ulushi | foiz | 6,2 | 6,4 | 6,6 | 6,8 | 7,4 | 8,1 | 9 | |
avtomobilda eksport-import yuk tashishlar hajmida milliy tashuvchilarning ulushi | foiz | 59,7 | 61 | 61,5 | 62,3 | 63,5 | 64,0 | 65,0 | |
logistika markazlarida yuklarga ishlov berishning yillik quvvati | mln tonna | 10,4 | 14,5 | 17 | 20,5 | 24 | 27,5 | 31,2 | |
4-ILOVA
T/r | Hududlar nomi | Xalqaro ahamiyatdagi yoʻllar uzunligi (km) | Davlat ahamiyatidagi yoʻllar uzunligi (km) | Tashkil etiladigan “Service area” va “Service point” obyektlari soni prognozi | shundan: | |
master reja asosida auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari | tayyor biznes shaklida auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari | |||||
Respublika boʻyicha jami: | 3 834 | 14 316 | 82 | 72 | 10 | |
shundan: | ||||||
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 664 | 966 | 14 | 11 | 3 |
2. | Andijon viloyati | 100 | 793 | 3 | 2 | 1 |
3. | Buxoro viloyati | 444 | 1 204 | 9 | 8 | 1 |
4. | Jizzax viloyati | 168 | 1 429 | 3 | 3 | |
5. | Qashqadaryo viloyati | 425 | 902 | 10 | 8 | 2 |
6. | Navoiy viloyati | 354 | 2 571 | 7 | 7 | |
7. | Namangan viloyati | 77 | 1 062 | 2 | 2 | |
8. | Samarqand viloyati | 385 | 977 | 8 | 7 | 1 |
9. | Sirdaryo viloyati | 241 | 476 | 6 | 5 | 1 |
10. | Surxondaryo viloyati | 351 | 991 | 6 | 6 | |
11. | Toshkent viloyati | 319 | 1 351 | 8 | 8 | |
12. | Fargʻona viloyati | 193 | 878 | 4 | 4 | |
13. | Xorazm viloyati | 113 | 716 | 2 | 1 | 1 |
5-ILOVA
“ | |||
3. | Yangidan boshlanadigan yoʻl-qurilish obyektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlari autsorsing shartlari asosida Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq mustaqil tashkilotlar, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishini taʼminlash. | 2025-yildan boshlab | Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi |
”; |
“ | |||
14. | Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va tranzit oʻtishi uchun yigʻim | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori | |
a. | 65 foizi | Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti | |
b. | 25 foizi | Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | |
v. | 10 foizi | Bojxona organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi | |
”. | |||