24.01.2025 yildagi PQ-24-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turkiy davlatlar o‘rtasida keyingi yillarda tobora rivojlanib borayotgan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda ilg‘or xalqaro tajribalar asosida malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika oliy ta’lim kengashi hamda Turkiya oliy ta’lim kengashining (Turkiya Respublikasi) Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati hamda iqtisodiy va ijtimoiy soha uchun xalqaro standartlarga muvofiq oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv dasturlarini xorijiy, shu jumladan, Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida joriy etish hamda ilmiy-tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida yetakchi xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni va talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tashkil etish orqali ularning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet Respublika oliy ta’lim kengashi hamda Turkiya oliy ta’lim kengashining (Turkiya Respublikasi) muassisligidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Universitetda ta’lim jarayoni ta’lim sohasida xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kirgan, shuningdek, o‘z yo‘nalishida yetakchi hisoblangan Turkiya Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusida xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kirgan boshqa turkiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va to‘lov-kontrakt miqdori Universitet tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlar fuqarolariga Universitetda tahsil olish uchun grant o‘rinlari ajratilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetga talabalarni o‘qishga qabul qilish va bitiruvchilarning attestatsiyasi Universitet tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet bitiruvchilariga hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomi hamda Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan belgilangan tartibda litsenziya olingandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika oliy ta’lim kengashi hamda Turkiya oliy ta’lim kengashi (Turkiya Respublikasi) o‘rtasidagi kelishuvga asosan quyidagilar Turkiyaning hamkor oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan o‘quv-metodik materiallar (o‘quv rejasi va dasturlari, o‘quv adabiyotlari) bilan to‘liq ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining kutubxona fondidan foydalanish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun yetakchi xorijiy, shu jumladan, Turkiyaning hamkor oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet uchun pedagog kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga har bir hamkor oliy ta’lim tashkilotining magistraturasi va doktoranturasiga maqsadli grant o‘rinlarini ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Turkiy davlatlar xalqaro universiteti faoliyatini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi (keyingi o‘rinlarda — Boshqaruv kengashi) tashkil etilsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni rivojlantirish dasturi va maqsadli ko‘rsatkichlari loyihalarini ko‘rib chiqish hamda kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetga yuklangan vazifalar ijrosi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holatini nazorat qilib borish va yillik hisobotlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, uning faoliyatini rivojlantirish uchun homiylik xayriyalari va boshqa manbalarni jalb etishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetga ajratilgan binolarni ta’mirlash va tiklash uchun zarur mablag‘larni ajratish, ushbu binolarni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, inventar, kompyuter va boshqa tashkiliy jihozlar hamda kutubxona fondi bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet rektori va prorektori lavozimlariga nomzodlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahri Uchtepa tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasi 3 va 3a-uy manzillarida joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent soliq texnikumining bino va inshootlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet ushbu bino va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent soliq texnikumi hamda Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumi negizida Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati tugatiladigan Toshkent soliq texnikumi o‘quvchilari Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida amaldagi dasturlar asosida ta’limni davom ettiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent soliq texnikumining barcha tovar-moddiy boyliklari (o‘quv bino va inshootlari bundan mustasno) Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumiga belgilangan tartibda beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi Toshkent soliq texnikumi hamda Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanishi inobatga olinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oliy ta’lim kengashi mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning o‘z mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov-kontrakt asosida talabalarni o‘qitishdan va shartnoma asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashqi ishlar vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmanomalariga asosan mazkur qarorning ijrosi doirasida Universitetga jalb qilinadigan chet ellik professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlar hamda ularning oila a’zolari uchun kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmanomalariga asosan Universitet faoliyatini tashkil etishda ishtirok etuvchi chet ellik mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 24-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-24-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-24-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turkiy davlatlar xalqaro universiteti faoliyatini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

O. Abduraxmanov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, Boshqaruv kengashi raisi

2.

E. O‘zvar

Turkiya oliy ta’lim kengashi raisi, Boshqaruv kengashi hamraisi

3.

K. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari

4.

N. Budak

Turkiyaning Ege universiteti rektori

5.

H. Mandal

Turkiyaning Istanbul texnika universiteti rektori

6.

A. Yozgatligil

Turkiyaning Yaqin sharq texnika universiteti prezidenti

7.

M. Gyuuran

Turkiyaning Xajeteppe universiteti rektori

8.

M. Madrahimov

tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

9.

Sh. Umurzakov

Toshkent shahar hokimi

11.

Lavozimiga ko‘ra

Turkiy davlatlar xalqaro universiteti rektori, Boshqaruv kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.

Boshqaruv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan uning tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv kengashi qaroriga ko‘ra uning faoliyatiga tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2025-y., 07/25/24/0074-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)