1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Ijro shakli | Ijro muddati | Ijro uchun masʼullar |
1. | IIV Akademiyasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistratura mutaxassisliklaridagi oʻzgarishlarni inobatga olib, Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Ichki ishlar vazirligi (D. Nazarmuxamedov), Bosh prokuratura (S. Samadov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
2. | IIV Akademiyasi “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga nomzodlarni oʻqishga qabul qilish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil mart | Ichki ishlar vazirligi (D. Nazarmuxamedov) |
3. | Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash” magistratura mutaxassisligiga nomzodlarni amaldagi tartibdan kelib chiqib oʻqishga qabul qilish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil may | Bosh prokuratura (S. Samadov) |
4. | IIV Akademiyasi tuzilmasida mavjud shtatlar doirasida (tergov faoliyati boʻyicha kadrlarni maqsadli tayyorlash jarayoni tamomlanganligi hisobidan) kiberhuquq, aniq fanlar, raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi hamda kriminalistik ekspertizalar kafedralarini oʻz ichiga oluvchi Kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika fakultetini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyun | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, D. Nazarmuxamedov), IIV Akademiyasi (R. Xatamov) |
5. | IIV Akademiyasi “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻquv jarayonini huquqbuzarliklar profilaktikasi, tezkor-qidiruv va ekspert-kriminalistika faoliyatlariga ixtisoslashgan holda dual taʼlim tizimi asosida tashkil etish. Bunda tegishli oʻquv dasturlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, oʻquv inshootlari va raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash boʻyicha boʻlinmalarda (kiberxavfsizlik boʻlinmalari) oʻquv jarayonini tashkil etish sharoitlarini yaratish, ekspert guruhlari, amaliyot rahbarlari, masʼul amaliyot xodimlari va professor-oʻqituvchilarning vazifa va funksiyalarini belgilash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, D. Nazarmuxamedov), IIV Akademiyasi (R. Xatamov) |
6. | IIV Akademiyasining “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash” magistratura mutaxassisligi boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalar asosida malaka talablari, taʼlim dasturlari, oʻquv rejalari va oʻquv-metodik materiallar majmualarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil may — sentabr | Ichki ishlar vazirligi (D. Nazarmuxamedov), Bosh prokuratura (S. Samadov), IIV Akademiyasi (R. Xatamov) |
7. | Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasiga bakalavr va magistratura taʼlim yoʻnalishlarida professional kadrlar tayyorlashga masʼul professor-oʻqituvchilar tomonidan tegishli yuklamalarni bajarish hamda taʼlim oluvchilarning fanlarni oʻzlashtirish darajasini baholash mezonlari va metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyun — sentabr | Ichki ishlar vazirligi (D. Nazarmuxamedov), Bosh prokuratura (S. Samadov), IIV Akademiyasi (R. Xatamov) |
8. | “Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish asoslari” fani boʻyicha oʻquv darsligi va oʻquv-metodik materiallar ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyul — dekabr | Ichki ishlar vazirligi (D. Nazarmuxamedov), IIV Akademiyasi (R. Xatamov) |
9. | IIV Akademiyasi “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan kursantlarning ish oʻrganish amaliyoti hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash” magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan tinglovchilarning amaliyoti boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish, amaliyot oʻtash boʻlinmalari va masʼul amaliyot xodimlarining vazifa va funksiyalarini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Ichki ishlar vazirligi (D. Nazarmuxamedov), Bosh prokuratura (S. Samadov), IIV Akademiyasi (R. Xatamov) |
10. | Huquqni muhofaza qilish akademiyasining axborot-taʼlim portali orqali surishtiruvchilar, tergovchilar hamda prokuratura organlarining tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlari uchun masofaviy shaklda “Raqamli kriminalistika” yoʻnalishi boʻyicha doimiy maxsus oʻquv kurslarini tashkil etib borish. Bunda xorijiy taʼlim tashkilotlari tajribasini oʻrgangan holda masofaviy shaklda maxsus oʻquv kurslari dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Bosh prokuratura (S. Samadov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasining magistraturasiga tanlovda qatnashayotgan surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarining xodimlari xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan taqdirda, ularni chet tilidan Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijasiga koʻra oʻqishga qabul qilish boʻyicha taklif ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2025-yil may | ||
11. | IIV Akademiyasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻrtasida, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti oʻrtasida taʼlim jarayonida oʻquv-metodik va axborot-resurs masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha memorandum va (yoʻnalishlari boʻyicha) shartnomalar imzolash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil may-iyun | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
12. | IIV Akademiyasi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Axborot-resurs markazlari fondini zamonaviy oʻquv, metodik va ilmiy adabiyotlar bilan boyitish, ilgʻor xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining axborot-resurs markazlari fondlariga ulash choralarini koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil may — oktabr | Ichki ishlar vazirligi (D. Nazarmuxamedov), Bosh prokuratura (S. Samadov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
13. | IIV Akademiyasida “Kiberpoligon” oʻquv laboratoriyasini tashkil etish (budjetdan tashqari hamda taqiqlanmagan mablagʻlar hisobidan) va uni zarur kompyuter va texnik qurilmalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, D. Nazarmuxamedov), IIV Akademiyasi (R. Xatamov) |
14. | Raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida dalillarni toʻplash va izlarni tadqiq qilish uchun raqamli kriminalistikaning apparat dasturiy taʼminot vositalarini xarid qilish va oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida foydalanilishini taʼminlash choralarini koʻrish (budjetdan tashqari hamda taqiqlanmagan mablagʻlar hisobidan). | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025/2026 oʻquv yili davomida | Ichki ishlar vazirligi (D. Nazarmuxamedov), Bosh prokuratura (S. Samadov), IIV Akademiyasi (R. Xatamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
15. | IIV Akademiyasi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasida raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan tuzilmalarni malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan jamlash hamda har oylik ragʻbatlantirib borish (mezonlar asosida) tartibini tasdiqlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyul | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, D. Nazarmuxamedov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev, S. Samadov), IIV Akademiyasi (R. Xatamov) |
Idoraviy normativ hujjat | 2025-yil may | |||
16. | Raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha yetakchi xorijiy mamlakatlarning (Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Xitoy, Koreya va Turkiya Respublikasi) ixtisoslashgan va turdosh taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandum va kelishuvlarni imzolash. Bunda zamonaviy yondashuv va metodologiya yuzasidan tajriba almashish, oʻquv jarayoniga tatbiq etish, xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga professor-oʻqituvchilarni pedagogik stajirovkaga yuborishni nazarda tutish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025/2026 oʻquv yili davomida | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
17. | Raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan tadqiq etishga yoʻnaltirilgan xalqaro va davlat grantlarida IIV Akademiyasi va Malaka oshirish institutining ishtirokini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, D. Nazarmuxamedov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
18. | IIV Akademiyasi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasida huquqni muhofaza qilish organlari, yetakchi milliy va xorijiy taʼlim muassasalari mutaxassislari hamda professor-oʻqituvchilarini jalb etgan holda raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy tadbirlarni (konferensiya, seminar-trening, mahorat darslari) tizimli oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Ichki ishlar vazirligi (D. Nazarmuxamedov), Bosh prokuratura (S. Samadov), IIV Akademiyasi (R. Xatamov), tegishli vazirlik va idoralar |
19. | “Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash” ilmiy ixtisosligini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
20. | Davlat sud-ekspertiza muassasalarida raqamli kriminalistika sohasida tadqiqotlar olib boruvchi mutaxassislarning yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda muntazam ravishda malakasini oshirish tizimi va sertifikatlangan mutaxassislarning yagona elektron reyestrini yuritish tartibini joriy etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil may | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
21. | Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish hamda mazkur turdagi huquqbuzarliklarning jabrlanuvchisiga aylanishning barvaqt oldini olish boʻyicha aholining huquqiy ongini oshirishga qaratilgan maqsadli targʻibot-tashviqot choralarini tizimli ravishda amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Ichki ishlar vazirligi (D. Nazarmuxamedov), Bosh prokuratura (S. Samadov), IIV Akademiyasi (R. Xatamov) |
22. | IIV Akademiyasida “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash” magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻquv jarayoniga koʻmaklashish maqsadida Toshkent shahridagi Inxa universiteti hamda Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutini jalb etish choralarini koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025/2026 oʻquv yili davomida | Ichki ishlar vazirligi (D. Nazarmuxamedov), Bosh prokuratura (S. Samadov), IIV Akademiyasi (R. Xatamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
2-ILOVA
1-ILOVA
T/r | Taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) | Beriladigan malaka | Taʼlim shakli | Taʼlim muddati |
I. Bakalavriat* | ||||
1. | Yurisprudensiya (faoliyat turi boʻyicha): “Tezkor-qidiruv faoliyati”; “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya faoliyati”; “Ekspert-kriminalistika faoliyati”; “Jazoni ijro etish faoliyati”; “Tashkiliy-shtab faoliyati”; “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” | yurist | kunduzgi | 3 yil |
2. | Yurisprudensiya (faoliyat turi boʻyicha): “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” | yurist | kunduzgi | 4 yil |
3. | Yurisprudensiya (faoliyat turi boʻyicha): “Huquqbuzarliklarning oldini olish va fosh etish faoliyati” | yurist | sirtqi | 4 yil / 3 yil** |
II. Magistratura | ||||
4. | Tashkiliy-taktik boshqaruv | II darajali magistr-yurist | kunduzgi | 1 yil |
5. | Tashkiliy-strategik boshqaruv | I darajali magistr-yurist | kunduzgi | 1 yil |
6. | Ilmiy-pedagogik faoliyat | magistr-yurist | kunduzgi | 2 yil |