17.12.2024 yildagi 192-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 17.12.2024 yildagi 192-V-son
Kuchga kirish sanasi
17.12.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasini tuzish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalar oʻz mazmuniga muvofiq yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanilishini, adabiy til qoidalari va normalari talablariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga aniq rioya etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 17-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192-V-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 17-dekabrdagi 192-V-sonli qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

Atodjonov Djumonozor Azodovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi, komissiya raisi

Xudayberdiyev Zafar Raximovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi, komissiya raisining oʻrinbosari

Baratova Madina Xasanovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Imamova Sayyara Yakubbayevna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Rashidova Nadira Ilxamovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Xayitov Xushvaqt Saparbayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Shukurov Raxmatillo Mirzatillayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 17-dekabrdagi 192-V-sonli qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Djurayeva Saida Abdukamilovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Lingvistik ekspertiza, tarjima va tahririyat boʻlimining mudiri

Toʻrayev Akmal Himmatovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Yuridik boshqarmasi sektorining mudiri

Kengboyev Jasur Jamirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Nazorat-tahlil boʻlimi sektorining mudiri.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 17-dekabrdagi 192-V-sonli qaroriga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning qonun hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq holda, turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanilishini, qonun loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) vakolatlari muddatiga tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiya Qonunchilik palatasining qarori bilan deputatlar orasidan Komissiya raisi, rais oʻrinbosari va aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini taʼminlash maqsadida uning huzurida Qonunchilik palatasi Devoni tegishli boʻlimlarining xodimlaridan iborat Komissiya faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning ishchi organi Qonunchilik palatasi Devonining Lingvistik ekspertiza, tarjima va tahririyat boʻlimidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning qonun hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq holda, turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarni qoʻllash izchilligini saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli maʼnoni anglatuvchi soʻzlarni qonun loyihalarida bir xil shaklda qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklarni qonun normalariga ziyon yetkazmagan holda tahrir qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalari matnlarini va ularga ilova qilingan materiallarni Qonunchilik palatasi qoʻmitalaridan va Devonining tegishli boʻlimlaridan oldindan olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini Qonunchilik palatasi majlislaridagi moddama-modda muhokamalarga tayyorlashda normativ-huquqiy atamalarning qoʻllanilishi masalalari boʻyicha Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari va Devoni boʻlimlari bilan birgalikda ishlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi va qoʻmitalar majlislarida qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanilishi masalalari boʻyicha soʻzga chiqishga, shuningdek Komissiya xulosasini bayon etishga hamda himoya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli sohada qoʻllaniladigan normativ-huquqiy atamalar boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni hal etish uchun Komissiya majlislariga ekspertlar, olimlar va mutaxassislarni taklif etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ushbu Nizomga, shuningdek Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tili haqida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi hamda “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Nizom, shuningdek Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning qonun hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq holda, turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan qonun loyihalarini oʻz vaqtida koʻrib chiqishi, ular yuzasidan oʻz xulosalarini bayon etishi hamda qonun loyihalarida aks ettirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihasining matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishiga doir talablarga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarida eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga aniq rioya etilishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning zimmasida ushbu Nizomga, shuningdek Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya aʼzosi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalari matnlarini va ularga ilova qilinadigan boshqa materiallarni oldindan olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy atamalarning qoʻllanilishi masalalari boʻyicha Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va Devonining tegishli boʻlimlari bilan birgalikda ishlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda oʻz nuqtai nazarini qonun loyihasini koʻrib chiqishning keyingi bosqichlarida bayon etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzosi ushbu Nizomga, shuningdek Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya aʼzosi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tili haqida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi va “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Nizom, shuningdek Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishida, shu jumladan qonun loyihalarini koʻrib chiqishning barcha bosqichlarida ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan qonun loyihalari matnlarini va ularga ilova qilinadigan boshqa materiallarni oʻz vaqtida koʻrib chiqishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan qonun loyihalari matnlarini va ularga ilova qilinadigan boshqa materiallarni oʻrganishi hamda tahlil qilishi, ular yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar tayyorlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzosining zimmasida ushbu Nizomga, shuningdek Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya majlisi unda Komissiya aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya oʻziga taqdim etilgan qonun loyihasini, qoida tariqasida, besh ish kuni ichida koʻrib chiqishi va Komissiya majlisini oʻtkazishi kerak. Zarur boʻlgan hollarda, mazkur muddat masʼul qoʻmita bilan kelishuvga koʻra Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiyaning Qonunchilik palatasi majlisiga ikkinchi oʻqishda, zaruratga qarab esa uchinchi oʻqishda kiritilayotgan qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida masʼul qoʻmita raisi va qonun loyihasi boʻyicha masʼullar hozir boʻlishi shart. Komissiya majlisida boshqa qoʻmitalarning aʼzolari ham ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlisida normativ-huquqiy atamalarning yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanilishi masalalarini hal etish uchun qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari ishtirok etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiyaning ishchi organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi oʻqish uchun tayyorlanib, tarjima va tahrir qilingan qonun loyihasi matnini Komissiya hamda uning ishchi guruhi aʼzolariga masʼul qoʻmita raisining imzosi bilan tarqatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihasi boʻyicha Komissiya majlisi oʻtkaziladigan vaqt va joyni Komissiya raisi bilan kelishilgan holda aniqlab, bu haqda Komissiya va uning ishchi guruhi aʼzolarini oʻz vaqtida xabardor qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qabul qilgan oʻzgartirishlarni, qoida tariqasida, uch ish kuni ichida qonun loyihasiga kiritishi va uni masʼul qoʻmitaga taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya muhokamasidan oʻtgan qonun loyihasiga normativ-huquqiy atamalarga doir oʻzgartirishlarni Komissiya hamda masʼul qoʻmitaning roziligisiz kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya oʻz muhokamasidan oʻtgan qonun loyihalarida qoʻllanilgan normativ-huquqiy atamalar boʻyicha kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasi oldida tegishli qoʻmita bilan birga masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya faoliyati Qonunchilik palatasining qaroriga muvofiq muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 17-dekabrdagi 192-V-sonli qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 30-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 121-III-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 4, 149-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 12-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi 90-IV-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 2, 120-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 22-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 12-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi 90-IV-sonli Qaroriga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi 1866-IV-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 2, 130-modda).