1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qaroriga asosan 2024-yil 1-dekabrdan boshlab aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari bosqichma-bosqich “Ijtimoiy karta” axborot tizimidan (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy karta” AT) foydalangan holda ijtimoiy karta orqali taqdim etilishi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan “Oxinus Holding Limited” (Birlashgan Arab Amirliklari) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Hamkor) bilan “Ijtimoiy karta” axborot tizimini ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish, sanoat ekspluatatsiyasiga tushirish va takomillashtirib borish (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) toʻgʻrisida belgilangan tartibda kelishuv tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish moliyaviy agent vazifasini bajaruvchi Oʻzbekiston Respublikasining rezident tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda — moliyaviy agent) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha fuqarolar uchun dastlab elektron ijtimoiy karta muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta fuqarolarning xohishiga koʻra muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha arizalar quyidagilar orqali taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy karta” mobil ilovasi (keyingi oʻrinlarda — mobil ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) hamda alohida hollarda ijtimoiy xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy agent;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan shaxslar uchun besh ish kuni ichida bepul amalga oshiriladi. Bunda ijtimoiy karta uning amal qilish muddati tugamasidan oldin, shu jumladan, yaroqsiz holga kelganda yoki yoʻqotilganda, pulli asosda almashtiriladi;
(2-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovada nazarda tutilmagan boshqa shaxslarga ijtimoiy kartani berganlik uchun bank xizmatlari toʻlovi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizidan oshmasligi lozim. Bunda davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan mazkur yigʻim summasining 50 foizi undiriladi.
(2-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron ijtimoiy karta barcha fuqarolarga mobil ilova orqali real vaqt rejimida bepul asosda muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan shaxslar uchun muomalaga chiqarilgan va foydalanish uchun taqdim etilgan ijtimoiy karta quyidagilarga moliyaviy agent tomonidan haq undirilmagan holda oʻn besh kun muddatda yetkazib beriladi:
(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreslo-aravachaga muhtojlik belgilangan nogironligi boʻlgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib berish xarajatlarining toʻlovi bitta shaxs uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizi miqdorida Agentlik va moliyaviy agent oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur kichik bandda nazarda tutilgan imtiyoz ijtimoiy kartaning amal qilish muddati tugamasdan yaroqsiz holga kelgan yoki yoʻqotilgan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi — yigirmanchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarishda moliyaviy agent yoki Agentlik aybi bilan notoʻgʻri yoki noaniq maʼlumotlar joylashtirilganda ijtimoiy karta bepul asosda qayta muomalaga chiqariladi va foydalanishga taqdim etiladi hamda mazkur bandning “g” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslar uchun bepul yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy toʻlov tayinlangan va ijtimoiy kartasi boʻlmagan mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan shaxslarga ijtimoiy kartalar qoʻshimcha ariza talab etmagan holda ularning nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi murojaati hamda elektron maʼlumotlar almashinuvi orqali olingan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan elektron roʻyxat boʻyicha muomalaga chiqarilishi va foydalanishga taqdim etilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan mazkur qarorning 2-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijtimoiy kartani samarali amaliyotga tatbiq etish hamda “Ijtimoiy karta” AT va mobil ilovaning lozim darajada ishlashini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025-yil 1-yanvardan boshlab “Ijtimoiy karta” AT va mobil ilovani texnik qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy karta boʻyicha toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi toʻlov tashkilotining tunu-kun faoliyat koʻrsatadigan texnik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Agentlikning “1070” qisqa raqami orqali ijtimoiy kartaga doir qabul qilingan murojaatlar mazkur kichik bandda nazarda tutilgan texnik xizmatga yoʻnaltirib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-yil 1-fevraldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari boʻyicha Agentlikning axborot-maʼlumotnoma xizmatlarini koʻrsatuvchi “1070” qisqa raqamli va tunu-kun faoliyat koʻrsatadigan xizmati (keyingi oʻrinlarda — “Ishonch telefoni”) faoliyati test rejimida yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha “Ishonch telefoni” orqali bepul SMS-xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi. Bunda yuboriladigan SMS-xabarnomalar ijtimoiy axborot hisoblanadi va ularni yuborish bilan bogʻliq xarajatlar maxsus tariflarda Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil ilova va SMS-xabarnomalar doirasida fuqarolar bilan ularning ijtimoiy himoyaga doir huquqlarini amalga oshirish va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan doimiy va manzilli muloqot oʻrnatiladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2025-yil 1-iyuldan boshlab “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida mazkur qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari (keyingi oʻrinlarda — raqamli servis) joriy etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil ilovada ushbu raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi va ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy tartibda qabul qilinadi;
(3-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli servislarning qogʻoz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda ichki reyslarni roʻyxatdan oʻtkazishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan oʻtuvchi poyezdlarga chiqishda, davlat, korporativ va boshqa yuklatilgan vazifalarini bajarish va xizmatlarni koʻrsatish, shu jumladan, elektron xizmat koʻrsatishda hamda fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlarida, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan va boshqa tashkilotlarda talab etilmaydi;
(3-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2025-yil yakuniga qadar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning bank hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan ijtimoiy toʻlovlar, shuningdek, mazkur qarorga 3-ilovada nazarda tutilgan imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlarga ega boʻlgan fuqarolar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilingan holda, elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanib, “Ijtimoiy karta” ATda yagona hisobot yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “Ijtimoiy karta” AT doirasida “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish xizmatlari (OneID, E-imzo, MyID, Mobile-ID va boshqalar) moliyaviy agent, loyiha ofisi va toʻlov tashkilotiga bepul koʻrsatiladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 2025-yil 1-oktabrdan boshlab “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish tizimi doirasida “Ijtimoiy karta” ATning identifikatsiya qilish tizimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning “v” kichik bandiga muvofiq fuqarolar oʻz xohishiga koʻra kerakli hujjatni qogʻoz shaklida yoki mobil ilova orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega, bundan hujjatlarning qogʻoz shaklini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda almashtirish va olib qoʻyish holatlari mustasno.
(3-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025-yil 1-yanvardan boshlab yangi tayinlangan ijtimoiy toʻlovlar ijtimoiy karta orqali toʻlanganda, oluvchining ilgari tayinlangan boshqa ijtimoiy toʻlovlari ham ijtimoiy karta orqali toʻlab beriladi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.07.00 Nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlarini va moddiy yordamni, imtiyozlar va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni moliyalashtirish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-yil 1-fevraldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) oʻttiz foizidan oshmaydigan reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilish uchun mablagʻlar ushbu vositalarga muhtojlik belgilangan shaxslarning ijtimoiy kartasiga oʻtkazib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy karta orqali toʻlangan nafaqa, kompensatsiya va boshqa toʻlovlar (pensiyalar bundan mustasno) (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy toʻlov) mablagʻlaridan ijtimoiy toʻlovlarni oluvchi oilalarning aʼzolari, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolariga spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari uchun toʻlovni amalga oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu mahsulotlar uchun toʻlovni qabul qilish taqiqlanadi.
(4-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b1) 2026-yil 1-noyabrdan boshlab reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojlik belgilangan shaxslarni mazkur vositalar bilan taʼminlash ularning ijtimoiy kartalariga xarid qilish uchun mablagʻlarni oʻtkazib berish orqali amalga oshiriladi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan “b1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2026-yil 1-iyundan boshlab ijtimoiy karta transport kartasi, shu jumladan, jamoat transporti uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan shahar yoʻnalishlari boʻyicha tarif rejalaridan foydalangan holda imtiyozli transport kartasi vazifasini bajaradi.
(4-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ijtimoiy kartaning transport kartasi hamda imtiyozli transport kartasi vazifalari “Avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatori” MCHJ bilan integratsiya qilish orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2027-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy toʻlovlar fuqarolarning faqatgina ijtimoiy kartalariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik “Ijtimoiy karta” ATni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish, sanoat ekspluatatsiyasiga tushirish va takomillashtirish boʻyicha davlat buyurtmachisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish boʻyicha xarajatlar loyiha-texnik hujjatlariga muvofiq Hamkor tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va Hamkor tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼsis etiladigan masʼuliyati cheklangan jamiyat Loyihani amalga oshirish boʻyicha davlat buyurtmasining ijrochisi (keyingi oʻrinlarda — loyiha ofisi) hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil ilova bepul asosda real vaqt rejimida elektron shaklda yuklab olinadi va oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha doirasida quyidagilarga ruxsat berilsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Agentlikka:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-iyulga qadar “Inson” markazlari operatorlari uchun Loyiha ofisi tomonidan ishlab chiqilgan texnik talablarga muvofiq maxsus mobil qurilma (planshet)larni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy toʻlovlarni toʻlashning uzluksizligini taʼminlash maqsadida ijtimoiy karta respublikaning barcha hududlarida toʻliq joriy etilgunga qadar, zaruratga koʻra, fuqarolarga ijtimoiy toʻlovlarni umumiy tartibda toʻlash;
(6-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilarga “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumotlarni bepul olishga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatlariga — maktab oʻquvchilari, talabalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va pensionerlarga (nafaqa oluvchilarga) imtiyozli chiptalarni sotishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy agentga — ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarishda.
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Loyiha ofisiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istisno tariqasida, loyiha-texnik hujjatlar boʻyicha ijobiy ekspert xulosasi olingunga qadar “Ijtimoiy karta” ATni yaratish va moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi toʻlov tashkiloti bilan shartnoma tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy karta” AT boʻyicha treninglar oʻtkazish va konsultativ qoʻllab-quvvatlash boʻyicha subpudrat shartnomalarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti (yuridik shaxs) bilan “Ijtimoiy karta” ATni texnik qoʻllab-quvvatlash va “Ijtimoiy karta” ATning operatori funksiyalarini bajarish toʻgʻrisida shartnoma tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, loyiha doirasida uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi boʻyicha Loyiha ofisi yagona yetkazib beruvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy kartasi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartalarni rasmiylashtirish, muomalaga chiqarish va foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartalarni almashtirish, amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy karta” ATning maʼlumotlar bazasini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar “Ishonch telefoni”ni mazkur qarorning 3-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan toʻlov tashkilotining texnik qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar ijtimoiy kartalar orqali amalga oshirilgan xaridlar (fiskal cheklar) hamda qaytarilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalari toʻgʻrisidagi tegishli axborot tizimidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy karta” ATga taqdim etib borilishini yoʻlga qoʻysin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, ushbu qarorning 2, 3, 4 va 7-bandlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanlarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning boshqa hududlarida 2025-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
897-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy karta bepul muomalaga chiqariladigan va foydalanish uchun taqdim etiladigan shaxslar toifalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar (shaxslar)
3.
Koʻp bolali oilalarning aʼzolari
4.
Nogironligi boʻlgan shaxslar
5.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar boʻlgan yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalar
6.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar parvarishi bilan band boʻlgan shaxslar
7.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar
8.
Vasiylar (homiylar), tutingan ota-onalar
9.
Muomalaga layoqatsiz shaxslar
10.
Muomala layoqati cheklangan shaxslar
11.
Muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning qonuniy vakillari
12.
Pensionerlar va ijtimoiy nafaqa oluvchilar
13.
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan stipendiya toʻlanayotgan talabalar
14.
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan stipendiya toʻlanayotgan oʻquvchilar (tinglovchilar)
15.
Shahar yoʻlovchi transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
16.
“Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar (shaxslar)
17.
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlov oluvchilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Mazkur roʻyxatga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan, zarur hollarda, oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning tegishli toifaga kirishi axborot tizimlaridagi maʼlumotlar asosida real vaqt rejimida aniqlanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida joriy etiladigan hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti
2.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi
3.
Haydovchilik guvohnomasi
4.
Tugʻilganlik haqida guvohnoma
5.
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma
6.
Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma
7.
Transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon)
8.
Pensiya (nafaqa) guvohnomasi
9.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomasi (ID-kartasi)
10.
Nogironlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma
11.
Transport vositasining majburiy sugʻurta (fuqarolik javobgarligi) boʻyicha sugʻurta polisi
12.
Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar va professional taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjat
13.
Talabalik guvohnomasi
14.
Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma
15.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma
16.
Turar joy obyektlarining kadastr pasporti
17.
Jismoniy shaxsning shaxsiy avtomototransport vositasini boshqa shaxslarga boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma
18.
Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoni bilan tasdiqlangan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jismoniy shaxsning oʻziga tegishli boʻlgan va real vaqt rejimida taqdim etiladigan shaxsga doir maʼlumotlar roʻyxatiga kiritilgan maʼlumotlarni real vaqt rejimida taqdim etish “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida ham joriy etiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy karta” axborot tizimi orqali hisobi yuritiladigan imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Imtiyoz va ijtimoiy kafolat nomi
Normativ-huquqiy hujjat
Maʼlumot almashinuvi boʻyicha masʼul organ
I. Imtiyozlar
1.
Shahar yoʻlovchi transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish
Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-278-I-son Qonuni
Transport vazirligi
2.
Kafolatlangan davlat ijtimoiy xizmatlari
Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-415-son Qonuni
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
3.
Protez-ortopediya buyumlarini va reabilitatsiya texnik vositalarini olishda koʻmaklashish
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-son Qonuni
4.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat muassasalarida kafolatlangan tibbiy, ijtimoiy, kasbiy hamda jismoniy reabilitatsiya va abilitatsiya qilish
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-son Qonuni
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
5.
Nogironligi boʻlgan shaxslar uy-joy qurilishi boʻyicha davlat dasturlari va maxsus dasturlar doirasida imtiyozli shartlar asosida uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-son Qonuni
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
6.
Imtiyozli shartlar asosida ijtimoiy uy-joy olish
7.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarni dori vositalari bilan bepul yoki imtiyozli taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-son Qonuni
Sogʻliqni saqlash vazirligi
8.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni toʻlovdan ozod qilgan holda yoki imtiyozli shartlar asosida maxsus oʻquv qoʻllanmalari va adabiyotlar, shuningdek, surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-son Qonuni
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
9.
Nodavlat taʼlim tashkilotlari nogironligi boʻlgan shaxslarni (bolalarni) imtiyozli oʻqitish
II. Ijtimoiy kafolatlar
10.
Malakali yuridik yordam olish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyunda qabul qilingan “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-848-son Qonuni
Adliya vazirligi
11.
Davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatilishi huquqi
Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-265-I-son Qonuni
Sogʻliqni saqlash vazirligi
12.
Bepul umumiy oʻrta taʼlim olish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637-son Qonuni
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
13.
Professional taʼlim olish huquqi
14.
Madaniy meros obyektlaridan foydalanish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-269-II-son Qonuni
Madaniy meros agentligi
15.
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar (shaxslar)ning inklyuziv taʼlim olish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637-son Qonuni
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
16.
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida oʻqish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637-son Qonuni
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son qaroriga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy kartasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy kartasini (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy karta) muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish, almashtirish, foydalanish, bloklash va tugatish, shuningdek, “Ijtimoiy karta” axborot tizimining maʼlumotlar bazasini yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining roziligi — ariza beruvchining davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlaridan foydalanish uchun murojaat qilingan kundan eʼtiboran 12 oy davomida hamda tegishli davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlaridan foydalanish tugallangan kundan boshlab 12 oy davomida har oyda aholini ijtimoiy himoya qilish organiga shaxsiy, bank, notarial yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni qayta ishlash uchun bergan ruxsati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasi — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoya chora-tadbirlariga muhtoj deb topilgan shaxs (oila);
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 484-son qarori bilan tasdiqlangan Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari klassifikatori, shu jumladan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ijtimoiy himoya qilish organi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmogʻidagi foydalanuvchining shaxsiy kabineti (keyingi oʻrinlarda — Shaxsiy kabinet) — loyiha-texnik hujjatlarga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan shaxs tomonidan mobil ilovasiz Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda, mobil ilova orqali taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish imkonini beruvchi veb-ilova;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy karta” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim) — aholini ijtimoiy himoya qilish organining apparat majmuasida (serverlarida) joylashtirilgan, maʼlumotlar bazasini boshqarishni taʼminlovchi, ijtimoiy karta funksiyalarini amalga oshirish va boshqarish, shu jumladan, “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi va foydalanuvchining shaxsiy kabinetini boshqarishga moʻljallangan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy karta” mobil ilovasi (keyingi oʻrinlarda — mobil ilova) — mobil qurilmalarda ishlaydigan va telekommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda masofadan uzatiladigan yoki qabul qilinadigan elektron buyurtmalar asosida real vaqt rejimida kompleks xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi Tizimning maxsus dasturiy mahsuloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya chora-tadbirlari — ijtimoiy toʻlovlar, ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy yordamlar, imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar, shuningdek, budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy xarakterdagi boshqa qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha — Tizim loyiha-texnik hujjatlarini tayyorlash, yaratish va shakllantirish, ishga tushirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha ofisi — qonunchilik hujjatlari bilan Tizimni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish, sanoat ekspluatatsiyasiga tushirish va doimiy takomillashtirish, shuningdek, manfaatdor shaxslarga, Tizim foydalanuvchilariga va Loyiha hamkorlariga texnik, konsultativ va treninglarni oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalar yuklangan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qarori bilan tasdiqlangan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilish orqali maʼlumot almashiladigan davlat maʼlumotlari toʻplamlari roʻyxatida nazarda tutilgan elektron, qogʻoz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchilarda qayd etilgan maʼlumotlar, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan boshqa maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarni qayta ishlash — maʼlumotlarni toʻplash, qabul qilish, shakllantirish, tizimlashtirish, faollashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish va yoʻq qilish boʻyicha bir yoki bir nechta harakatlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy agent — texnik talablarga javob beradigan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni bajaruvchi, shu jumladan, ijtimoiy kartalarni emissiya qilish, ularga ijtimoiy toʻlovlarni oʻtkazadigan va ijtimoiy karta boʻyicha boshqa moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan tijorat banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimdan foydalanuvchi — davlat organi yoki vakolatli tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tegishli organ, tashkilotga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun Tizimdan foydalanish vakolati berilgan va toʻlov tashkilotiga belgilangan tartibda kirish huquqi berilgan masʼul xodim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik talablar — loyiha ofisi tomonidan loyiha doirasida ishlab chiqilgan, har bir hamkorga oʻz vazifa va funksiyalarini bajarish uchun taqdim etiladigan batafsil funksional xususiyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov tashkiloti — bank hisoblanmaydigan, toʻlov xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega va loyiha ofisi bilan toʻlov xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizim maʼlumotlar bazasi (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotlar bazasi) — ijtimoiy himoya raqamiga asosan jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisida shakllantirilgan elektron maʼlumotlar majmuasining reyestri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron ijtimoiy karta — rekvizitlari faqat “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida va undan foydalanuvchining shaxsiy kabinetida mavjud boʻlgan ijtimoiy kartaning elektron shakldagi analogi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron xabarnoma — Internet jahon axborot tarmogʻi va (yoki) mobil aloqa orqali Tizim tomonidan mobil qurilmalarga (SMS-xabarnoma, PUSH xabarlar) va (yoki) shaxsning elektron pochta manziliga yuboriladigan standart shakldagi qisqa bildirishnoma.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.07.00 Nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlarini va moddiy yordamni, imtiyozlar va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni moliyalashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijtimoiy karta bank kartasi, transport kartasi, nogironlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, talabalik guvohnomasi, pensiya, oʻquvchilik, urush qatnashchisi, urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxsning guvohnomasi vazifasini bajaradi, shuningdek, shaxsni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining bir yoki bir nechta toifasiga mansubligini koʻrsatadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy karta, qoida tariqasida, elektron bank kartasi shaklida boʻladi hamda uni muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha arizalarda koʻrsatilgan taqdirda, bank kartasi shaklida ham foydalanishga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank kartasi va elektron bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta ushbu Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan talablarga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish ixtiyoriy va majburiy tartibda amalga oshiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi hollarda ijtimoiy karta majburiy tartibda muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifasi deb topilganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 484-son qarori bilan tasdiqlangan Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari klassifikatori, shu jumladan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar shaxs talaba, oʻquvchi, urush qatnashchisi va ularga tenglashtirilgan shaxslar toifasida kiritilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartaning amal qilish muddati tugaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralaridan foydalanuvchi shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi oʻzgartirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartaning elektron axborot tashuvchisiga (chipga) kiritilgan noaniq maʼlumotlar, xatolik yoki texnik nuqsonlar aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy karta yoki elektron axborot tashuvchi (chip) yaroqsiz holga kelganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy karta yoʻqotib qoʻyilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilmagan boshqa hollarda — shaxslarning, shuningdek bola tugʻilgan kundan boshlab uning ota-onasi, vasiylari (homiylari), boshqa qonuniy vakillarining xohishiga koʻra ijtimoiy karta ixtiyoriy tartibda muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ijtimoiy karta u nomiga emissiya qilinadigan shaxsning ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining toifasi yoki ijtimoiy holati boʻyicha toifasiga qarab, aholini ijtimoiy himoya qilish organi tomonidan belgilanadigan moliyaviy agent tomonidan emissiya qilinadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy karta majburiy tartibda nomiga emissiya qilinadigan shaxs aholining ijtimoiy himoyaga muhtojlik yoki ijtimoiy holati boʻyicha ayni vaqtda turli toifalarga toʻgʻri kelsa, birinchi marotaba belgilangan ijtimoiy himoyaga muhtojlik toifasi yoki ijtimoiy holat boʻyicha moliyaviy agent belgilanadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy karta ixtiyoriy tartibda nomiga emissiya qilinadigan shaxsga xizmat koʻrsatuvchi moliyaviy agent ushbu shaxsning tanlovi asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomda belgilangan tartibda ijtimoiy karta emissiya qilingan shaxsga boshqa moliyaviy agent tomonidan ijtimoiy karta emissiya qilinmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning uchinchi xatboshisiga muvofiq tanlangan moliyaviy agent ijtimoiy karta ixtiyoriy tartibda nomiga emissiya qilinadigan shaxsga ijtimoiy kartani qayta muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish, muddatini uzaytirish va boshqa holatlarda xizmat koʻrsatadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ijtimoiy karta Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga 5 yil muddatga foydalanishga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ijtimoiy karta ularning ID kartalari va milliy pasportlarining, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ID kartalari amal qilish muddatidan oshmaydigan muddatga beriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha quyidagilar orqali murojaat qilinadi, bundan mazkur bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil ilova orqali ommaviy oferta shartnomasini (keyingi oʻrinlarda — ommaviy oferta) qabul qilgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) va mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda ijtimoiy xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy agent.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandga muvofiq berilgan murojaatlar Tizimga yoʻnaltiriladi va unda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy karta bepul muomalaga chiqariladigan va foydalanish uchun taqdim etiladigan shaxslar toifalarining roʻyxatiga kiritilgan shaxslarga ijtimoiy kartalar qoʻshimcha ariza talab etmagan holda ularning nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi murojaati hamda elektron maʼlumotlar almashinuvi orqali olingan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan elektron roʻyxat boʻyicha muomalaga chiqarilishi va foydalanishga taqdim etilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha murojaatlari ular yashash joyidagi “Inson” markazi yoki moliyaviy agentga beriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Inson” markazi tomonidan ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha murojaatlar murojaatchilarning yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼi nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida qabul qilinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ijtimoiy kartani olmoqchi boʻlgan shaxslar ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish haqida ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza shakli aholini ijtimoiy himoya qilish organi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha arizalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muomalaga layoqatli shaxslar tomonidan bevosita yoki qonuniy vakillar orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz hamda muomala layoqati cheklangan shaxslar uchun esa ularning qonuniy vakillari orqali beriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha arizani koʻrib chiqishda quyidagi maʼlumot va hujjatlar Tizimda “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga etmaganlar uchun ota-ona yoki vasiyning biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga nisbatan vasiylik (homiylik) belgilanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilgan maʼlumotlar va hujjatlarni “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ular ariza beruvchilardan talab qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish haqidagi arizalar “Inson” markaziga borgan holda taqdim etilgan taqdirda, “Inson” markazi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus mobil qurilma orqali ariza beruvchi va (yoki) ijtimoiy karta muomalaga chiqarilishi va foydalanish uchun taqdim etilishini soʻrayotgan shaxs identifikatsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining nomidan aholini ijtimoiy himoya qilish organi tomonidan tasdiqlangan shakldagi ariza toʻldiriladi hamda ariza beruvchining yuzi raqamli formatda suratga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan Tizim orqali generatsiya qilingan ommaviy oferta tasdiqlanadi;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
(13-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandga muvofiq arizani shakllantirish va ommaviy ofertani tasdiqlashda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda ariza beruvchining roziligi olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Inson” markazi tomonidan ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilgach, arizani moliyaviy agentga yuborishdan oldin quyidagilar tekshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning ijtimoiy karta bepul muomalaga chiqariladigan va foydalanish uchun taqdim etiladigan shaxslar toifasiga kirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi va (yoki) ijtimoiy karta muomalaga chiqarilishi va foydalanish uchun taqdim etilishini soʻrayotgan shaxs uchun muqaddam ijtimoiy karta muomalaga chiqarilgan va foydalanish uchun taqdim etilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan toifaga kirmagan taqdirda, ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etishga belgilangan toʻlov amalga oshirilganligi tegishli toʻlov hujjatini soʻrab olish yoʻli bilan tekshiriladi, elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirilgan toʻlovlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizomning 12 — 14-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilganidan soʻng ariza beruvchining arizasi va unga aloqador hujjatlar Tizim orqali real vaqt rejimida koʻrib chiqish va ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish maqsadida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizom 8-bandining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tartibda berilgan arizalar boʻyicha ushbu Nizomning 12 — 14-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar tegishliligi boʻyicha YIDXP, mobil ilova va moliyaviy agent tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha arizalarni rasmiylashtirishda, ariza beruvchining haqiqiy biografik va biometrik maʼlumotlari Tizim tomonidan avtomatik tarzda Elektron hukumatning Yagona identifikatsiya tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Moliyaviy agent bevosita oʻzi qabul qilgan yoki ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq yuborilgan ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish haqidagi murojaatni bir ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatni koʻrib chiqishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada keltirilgan maʼlumotlarni Tizim maʼlumotlari asosida tekshiradi (ichki qoidalarga muvofiq boshqa choralarni koʻrishi mumkin) va ushbu maʼlumotlar mos kelgan hollarda, ijtimoiy kartani emissiya qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada keltirilgan maʼlumotlarni Tizim maʼlumotlari asosida tekshirish natijasida tegishli maʼlumotlar bir-biriga mos kelmagan hollarda, ijtimoiy kartani emissiya qilish rad etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat asosida ijtimoiy karta emissiya qilinganligi yoki emissiya qilish rad etilganligi toʻgʻrisida Tizim orqali real vaqt rejimida “Inson” markaziga elektron xabarnoma yuboriladi hamda ariza beruvchi uning arizasida tanlangan xabarnoma yuborish shaklida xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Murojaatni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha moliyaviy agent tomonidan elektron ijtimoiy karta real vaqt rejimida emissiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq taqdim etilgan ariza asosida bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta emissiya qilinganligi yoki emissiya qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi ariza beruvchi uning arizasida tanlangan xabarnoma yuborish shaklida xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha arizada telefon raqami koʻrsatilmagan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasiga kiruvchi ariza beruvchilar ushbu Nizom 18-bandining beshinchi xatboshisi hamda 20-bandida nazarda tutilgan holatlar haqida ijtimoiy xodim orqali xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza beruvchi ushbu Nizomning 5 va 8-bandlariga muvofiq ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha qayta murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan shaxslar va ushbu Nizom 11-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida belgilangan shaxslarning qonuniy vakillari ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha bevosita moliyaviy agentga murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Moliyaviy agent aholini ijtimoiy qilish organi bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan aholining toifasiga ijtimoiy karta emissiya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy kartaning belgilangan tartibda ishlashi uchun moliyaviy agent tegishli maʼlumotlar almashinuvini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Moliyaviy agent tomonidan ushbu Nizom 5-bandining “a” kichik bandida nazarda tutilgan aholi toifalari nomiga emissiya qilingan ijtimoiy kartalarga xizmat koʻrsatish ushbu shaxslar tegishli aholi toifasidan chiqqan taqdirda ham davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta emissiya qilingandan soʻng moliyaviy agent quyidagilarni taʼminlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy agentning boʻlinmalarida kartani egasiga yoki uning qonuniy vakiliga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xodimlari yoki moliyaviy agent bilan shartnoma munosabatlari mavjud boʻlgan agentlik xizmati orqali kartani yetkazib berish.
(25-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta moliyaviy agentning boʻlinmalari, agentlik xizmati orqali, moliyaviy agentning xodimlari tomonidan yetkazib berilganda, ijtimoiy karta taqdim etilganligi maxsus mobil qurilma vositasida autentifikatsiya qilinadi va Tizimga bu toʻgʻrisida maʼlumot kiritiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Agentlik xizmati orqali yetkazib beriladigan barcha bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartalar yelimlangan konvertda taqdim etiladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHIR-kod bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta egasining xohishiga koʻra moliyaviy agent tomonidan yoki toʻlov tizimlarining qoidalarida nazarda tutilgan boshqa usullarda oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Muqaddam emissiya qilingan ijtimoiy kartani almashtirish uchun shaxs yoki uning qonuniy vakili mobil ilova orqali yoki “Inson” markazi yoxud moliyaviy agentning istalgan boʻlinmalariga ariza bilan murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ijtimoiy karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi yoki ijtimoiy kartaga kiritilgan boshqa maʼlumotlarda oʻzgartirishlar yoki noaniqliklar aniqlansa, shaxs ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan tartibda ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda ariza bilan murojaat qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar maʼlumotlar bazasida ijtimoiy karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi oʻzgarganligi yoki ijtimoiy kartaga kiritilgan boshqa maʼlumotlarda noaniqliklar aniqlanganligi toʻgʻrisidagi joriy maʼlumotlar mavjud boʻlsa, Tizim ijtimoiy kartani tegishli ariza qabul qilinmaguncha avtomatik ravishda bloklaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy karta karta egasining qaysi ijtimoiy himoyaga muhtoj toifaga tegishli ekanligini tasdiqlanmagan hollarda, Tizim tomonidan ijtimoiy karta egasi tegishli maʼlumotlarni taqdim etgunga qadar avtomatik ravishda bloklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartada aholining ayrim guruhlari va (yoki) aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasi koʻrsatilgan taqdirda va bunday maʼlumotlar oʻzgarganda, Tizim tegishli ariza kelib tushgunga qadar ijtimoiy kartani avtomatik ravishda bloklashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ijtimoiy karta yangi tugʻilgan chaqaloqqa uning ota-onasi, vasiylari (homiylari) va boshqa qonuniy vakillarining ixtiyoriga koʻra ushbu bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi oʻrinlarda — FHDY organlari) tomonidan roʻyxatga olinganidan va maʼlumotlar bazasida bolaning tugʻilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgandan keyin muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. “Inson” markazi yoki moliyaviy agent tomonidan qabul qilingan, yaroqsiz boʻlgan va egasi vafot etgan bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta hamda yangi ijtimoiy karta berilgan taqdirda, muqaddam berilgan bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Belgilangan ayrim toifadagi shaxslar “Inson” markaziga murojaat qilganda, ijtimoiy xodim ushbu Nizomning 5 va 8-bandlarida belgilangan talablarni inobatga olgan holda, shaxsning yashash joyiga borib ariza toʻldiradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ariza beruvchi uni rasmga olishdan bosh tortganda, shuningdek, rasmga olishda koʻzoynak, bosh kiyim yoki shaxsini tasdiqlashga xalaqit beradigan boshqa kiyimda boʻlishni xohlaganda ijtimoiy kartani rasmiylashtirish va berish rad etiladi hamda masʼul shaxs tomonidan bu toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxsning ijtimoiy kartasi maxsus mobil qurilmalar yordamida uning qonuniy vakilini identifikatsiya qilish hamda qonuniy vakilining bogʻlangan ijtimoiy kartasi mablagʻlari doirasida operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ijtimoiy karta va mobil ilovadan foydalanish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ijtimoiy karta quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bank kartasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) transport kartasi, shu jumladan, imtiyozli transport kartasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) davlat ijtimoiy himoya choralarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) shaxsning ushbu Nizom 5-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifasiga yoki guruhiga mansubligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tovarlar (ishlar, xizmatlar), dori vositalari va tibbiy xizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini belgilangan tartibda qaytarish bank kartasi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilish uchun vaucher yoki ijtimoiy toʻlovlar hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) hisob vositasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan chegirmalar, bonuslar va boshqa sodiqlik dasturlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish chiptasi operatsiyalari tizimi asosida imtiyozli, bepul yoki qisman haq toʻlash asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy obyektlariga, konsertlar, koʻngilochar tomoshalar va boshqa tadbirlarga borish huquqini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya muassasalariga kirish va chiqish boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy karta qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimlari orqali davlat, taʼlim, tibbiy, ijtimoiy, bank va boshqa xizmatlarni koʻrsatishda ijtimoiy kartaga kiritilgan maʼlumotlardan uning egasining roziligi bilan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ijtimoiy karta fuqarolarning quyidagi shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlashda qoʻllanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish haqi va unga tenglashtirilgan daromadlarni toʻlashda, ijtimoiy taʼminot, ijtimoiy sugʻurta, tibbiy sugʻurta boʻyicha davlat va nodavlat dasturlarida nazarda tutilgan pensiyalar, nafaqalar, kompensatsiyalarni tayinlash va toʻlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar, yigʻimlar, majburiy ijtimoiy sugʻurta toʻlovlari, shuningdek, boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar tomonidan bank (karta) hisobvaragʻini ochishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari, davlat xizmatlarini olish uchun murojaat qilganda yoki ularni olish jarayonida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, notarial idoralar, banklar va boshqa tashkilotlarga murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Topib olingan ijtimoiy kartalar “Inson” markaziga yoki moliyaviy agentning boʻlinmalariga qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan, shuningdek, xorijiy davlatda doimiy yashash uchun borayotgan shaxs ijtimoiy kartani oxirgi yashash joyidagi “Inson” markaziga yoki xorijda boʻlib turgan joyidagi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga topshirishi lozim.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasalari qabul qilib olingan ijtimoiy kartalarni aholini ijtimoiy himoya qilish organiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun yuboriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Mobil ilova universal boʻlib, quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtorizatsiya qilish, ariza bilan murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy karta va uning rekvizitlari haqida maʼlumot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijtimoiy karta hisobvaragʻidagi qoldiq mablagʻlar yoki belgilangan limit doirasida milliy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartaning funksiyalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaramogʻidagi shaxslarning ijtimoiy kartasini bogʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartasi qonuniy vakilga bogʻlangan vasiylikdagi shaxsning mablagʻlaridan foydalanish limitlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartaning tushumlari va xarajatlarini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron xabarnomalarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartaga bogʻlangan imtiyozlarni (ballar, keshbeklar va boshqalar) boshqarish, monitoring qilish, hisobga olish funksiyalari yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron ijtimoiy kartani boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 30-apreldagi 253-son qaroriga asosan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj shaxslarga ushbu qarorning 6-bandiga muvofiq vaucher hajmidagi mablagʻ va ushbu mahsulot va vositalar qiymati oʻrtasidagi ijobiy farqning 20 foizi miqdoridagi ragʻbatlantirish mablagʻlarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ijtimoiy himoya qilish organining “Aloqa markazi”ga ijtimoiy karta orqali amalga oshirilgan operatsiyalar, ijtimoiy kartani blokirovka qilish, texnik koʻmak olish va mobil ilovadan foydalanish masalalarida telefon, onlayn-chat, elektron pochta orqali murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar, yigʻimlar, jarimalar va boshqa toʻlovlarni toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil ilovada mavjud boʻlgan elektron hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi banklarda, notarial idoralarda, ichki reyslarni aeroportda roʻyxatdan oʻtkazishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanayotgan poyezdlarga chiqishda, davlat xizmatlarini koʻrsatish va fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etish talab qilinadigan davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari, notarial idoralar, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy muassasalar (shifoxona, poliklinika, sanatoriy, taʼlim, kommunal tashkiloti, teatr, muzey, kutubxona, sport va aholi dam olish markazi, hayvonot bogʻi, sirk, kinoteatr)ning mahsulot va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdo maydonchalariga kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-texnik hujjatlarga muvofiq boshqa kompleks xizmatlar va funksiyalardan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Mobil ilovada mavjud boʻlgan elektron hujjatni taqdim etishda tizim foydalanuvchisi QR-kodni skanerlaydi yoki taqdim etilgan hujjatlarni verifikatsiyalash imkonini beruvchi maxsus texnik vositalar yordamida maʼlumotlarni oʻqiydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Aholini ijtimoiy himoya qilish organining hamda shaxsning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Aholini ijtimoiy himoya qilish organi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizim orqali ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etishda zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etishda zarur boʻlgan maʼlumotlarni ushbu Nizomda belgilangan tartibda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarga ishlov berishda ushbu maʼlumotlarning haqqoniyligiga aniqlik kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslarning davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlariga boʻlgan huquqini identifikatsiya qilish va tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchidan uning shaxsini identifikatsiya qilish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni elektron shaklda maʼlumotlar bazalaridan olish imkoni boʻlmagan taqdirda talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlar asosida shaxsning (oilaning) ijtimoiy-iqtisodiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini aks ettiruvchi elektron pasportlarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta aloqa orqali shaxslarning tegishli xizmatlardan qoniqishini baholash, shu jumladan, davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning amaldagi va (yoki) yangi joriy etilayotgan chora-tadbirlari hamda ularni keyinchalik bekor qilish yoki kengaytirish boʻyicha ularning fikr-mulohazalarini olish uchun texnologik imkoniyatlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy oferta bekor qilinganda, ijtimoiy kartadan ushbu Nizom talablariga zid ravishda foydalanilganda hamda ijtimoiy karta boshqa fuqarolar tomonidan foydalanilganda, ijtimoiy kartani olib qoʻyish, bloklash va oʻrnatilgan tartibda tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartadan foydalanishda ayrim operatsiyalarni taqiqlash va cheklash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini ijtimoiy himoya qilish organi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Aholini ijtimoiy himoya qilish organining majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimning, maʼlumotlar bazasining normal ishlashini taʼminlash, oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish hamda Tizim ishini tashkil etish, ijtimoiy kartalar va maʼlumotlar bazasini yuritish boʻyicha tushuntirishlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan metodika va tartibga muvofiq ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etishda ijtimoiy sugʻurta raqamini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy kartalarga mablagʻlarni oʻtkazishda yordam berish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomda belgilangan tartibda maʼlumotlar bazasidan maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroning murojaatiga asosan u toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan olingan maʼlumotlar asosida yoki shaxs soʻroviga koʻra maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchilarga ushbu Nizomda belgilangan tartibda ijtimoiy karta taqdim etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini ijtimoiy himoya qilish organiga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartani olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil ilovani tekin yuklab olish va oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar bazasiga kiritilgan shaxsiy maʼlumotlari bilan tanishish yoki ularga oʻzgartirishlar kiritish uchun aholini ijtimoiy himoya qilish organiga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy karta, mobil ilova, shaxsiy kabinetdan foydalanish boʻyicha maslahat va texnik yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijtimoiy kartalardan taqiqlanmagan mablagʻlarni va ijtimoiy toʻlov mablagʻlarini cheklovlarisiz olish va sarflash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy ofertaga muvofiq majburiyatlarning bajarilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy huquqlar, olingan ijtimoiy toʻlovlar, nafaqalar va ijtimoiy kafolatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan, mobil ilova orqali olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy agentning, “Inson” markazining, aholini ijtimoiy himoya qilish organining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Shaxsning majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” markazi va moliyaviy agentga ishonchli maʼlumotlar va zarur hujjatlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imzolangan ommaviy oferta va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq ijtimoiy karta, mobil ilova va shaxsiy kabinetdan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartaning butligini taʼminlash, suiisteʼmol qilish va firibgarlik holatlarining oldini olish boʻyicha ehtiyot choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartaga hisoblangan ijtimoiy toʻlovlardan maqsadli foydalanish va qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq ijtimoiy karta orqali davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir huquqlardan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tizim va uning maʼlumotlar bazasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tizim aholini ijtimoiy himoya qilish organining ushbu Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan huquqlarini amalga oshirishga koʻmaklashishi, shuningdek, maʼlumotlar bazasini boshqarish imkonini berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Maʼlumotlar bazasi shaxslarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli toʻgʻrisidagi, shu jumladan, shaxsiy, biografik, biometrik, bank, notarial va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan va ulardan foydalanish qonun bilan cheklangan davlat elektron axborot resursidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Maʼlumotlar bazasining egasi aholini ijtimoiy himoya qilish organi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ijtimoiy sugʻurta raqami yagona boʻlib, uni oʻzgartirish mumkin emas, ijtimoiy karta olish uchun murojaat qilinganda, Tizim tomonidan fuqaroga avtomatik tarzda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ijtimoiy himoya raqamini shakllantirish metodologiyasi va uni berish tartibi aholini ijtimoiy himoya qilish organi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Maʼlumotlar bazasini shakllantirish va dolzarblashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qarori bilan tasdiqlangan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilish orqali maʼlumot almashiladigan davlat maʼlumotlari toʻplamlari roʻyxatida belgilangan maʼlumotlarni taqdim etishga masʼullar tomonidan ushbu Nizomning 53-bandi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Maʼlumotlar bazasi ijtimoiy kartaning bank identifikatsiya raqami va shaxslarning yagona ijtimoiy sugʻurta raqamini, shuningdek, jismoniy shaxslar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
familiyasi, ismi va otasining ismi (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻilgan kun, oy, yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻilgan joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinsi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
millati (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning seriyasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshdan oshgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartaning seriyasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish maqomini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida yashash huquqiga ega boʻlgan va bunday huquqqa ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan chet el fuqarolari uchun — pasport yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning seriyasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza berilgan “Inson” markazi, moliyaviy agent boʻlinmasi nomi, joylashgan joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani toʻldirgan va bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartani foydalanish uchun taqdim etgan “Inson” markazi, moliyaviy agenti boʻlinma xodimining familiyasi, ismi va shaxsiy identifikatsiya raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy karta, shu jumladan, bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta taqdim etilgan kun, oy va yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs vafot etgan taqdirda — vafot etgan kun, oy va yil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlar bazasida qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Maʼlumotlar bazasini shakllantirish va dolzarblashtirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish va qabul qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ijtimoiy himoya qilish organi bilan tasdiqlangan yoki kelishilgan texnologik yoʻriqnomaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
real vaqt rejimida bepul asosda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron hukumat Yagona identifikatorlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Maʼlumotlar bazasini maʼlumotlar bilan oʻz vaqtida va toʻliq hajmda taʼminlash, shuningdek, ularning dolzarbligi va ishonchliligi uchun shaxsiy javobgarlik maʼlumotlar bazasi egasining rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Tizimdan shaxsiy manfaatlarni yoki uchinchi shaxslar manfaatlarini koʻzlab foydalangan “Inson” markazi, moliyaviy agent xodimlari, tizim foydalanuvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. “Inson” markazi, moliyaviy agent rahbarlari va tizim foydalanuvchilari quyidagilar uchun javobgardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov tashkilotiga Tizimdan foydalanish va Tizim maʼlumotlar bazasiga kirish huquqini olish uchun buyruqni oʻz vaqtida taqdim etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizim va uning maʼlumotlar bazasidan foydalanishda oʻz xodimlari tomonidan bajariladigan harakatlar uchun.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishda tizim foydalanuvchisi operator va (yoki) provayderning aybi tufayli maʼlumotlar va soʻrovlarni joʻnatish (qabul qilish)dagi mumkin boʻlgan vaqtincha uzilishlar va kechikishlar uchun aholini ijtimoiy himoya qilish organi javobgar hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Ariza beruvchilar “Inson” markazi va moliyaviy agenti boʻlinmalariga taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻgʻriligi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ariza mobil ilova yordamida yaratilgan boʻlsa, ariza beruvchilar Tizim tomonidan tanlash uchun taklif etilgan notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etgan taqdirda, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Voyaga yetmaganlar nomidan murojaat qilgan shaxslar yoki voyaga yetgan va ijtimoiy kartani birinchi marta olayotgan shaxslar ariza yoki soʻrovda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Maʼlumotlarning egalari Tizim orqali olingan maʼlumotlarning ishonchliligi, toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy kartasi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy kartaga qoʻyilgan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ijtimoiy kartaning namunasi (dizayni):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining tegishli guruhlari uchun bir xil yoki alohida belgilanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ijtimoiy himoya qilish organining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi va tasdiqlangan kundan boshlab bir oy ichida kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarga mos keladigan bosib chiqarish va himoya usullaridan foydalangan holda bardoshli va xavfsiz materiallardan tayyorlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasi haqida kiritilgan maʼlumotlarga ega elektron vosita (chip) mavjud boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NFC-qisqa masofali simsiz maʼlumotlarni uzatish texnologiyasini oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RFID-texnologiyasini oʻz ichiga oladi (radio chastotali elektromagnit nurlanishga asoslangan obyektlarni kontaktsiz identifikatsiya qilish, kuzatish va hisobga olish usuli);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatʼiy hisobdagi hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijtimoiy karta moliyaviy agent tomonidan tasdiqlangan namuna boʻyicha, old tomonida lotin alifbosidagi oʻzbek yoki ingliz tillarida, orqa tomonida esa lotin alifbosidagi oʻzbek tilida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijtimoiy karta olishga murojaat qilgan fuqaroning xohishiga koʻra lotin alifbosidagi qoraqalpoq yoki oʻzbek tillarida personallashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta blankasiga quyidagi asosiy maʼlumotlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) old tomonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy karta nomi va logotipi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartaning bank identifikatsiya raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasining familiyasi, ismi — oʻzbek yoki ingliz tillarida (20 harfdan oshmasligi, tinish va maxsus belgilarsiz. Misol, maxsus belgilari (-), (`), (~), (ʼ), (ʻ), (,) va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov tizimi operatorining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) orqa tomonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ijtimoiy himoya qilish organining 24 soatlik xizmatining qisqa raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magnit chiziq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy karta egasining raqamli fotosurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasining familiyasi, ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik (xorijiy fuqaro, fuqaroligi boʻlmagan shaxs);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport yoki ID karta (bolalar uchun tugʻilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqami;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
familiyasi, ismi (oʻzbek yoki qoraqalpoq tillarida), raqamli fotosurat, jinsi, millati, tugʻilgan joyi, ijtimoiy sugʻurta raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, ijtimoiy karta berilgan sanasi va ariza beruvchi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan QR-kod (matritsali kod);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baraka” nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson qadri uchun” shiori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ijtimoiy himoya qilish organining nomi va logotipi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy karta emitent bankining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy kartani chiqaruvchi emitent bankning qoʻllab-quvvatlash xizmatining telefon raqami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartaning orqa tomonida Internet jahon axborot tarmogʻida toʻlovlarni avtorizatsiya qilish uchun ishlatiladigan kod koʻrsatilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ijtimoiy kartada uning egasining imzosi boʻlishi mumkin (karta egasi 16 yoshga toʻlganidan keyin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toʻlov tashkiloti aholini ijtimoiy himoya qilish organi bilan kelishgan holda texnik talablardan kelib chiqib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron ijtimoiy karta blankini va unda koʻrsatilgan maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartaning chipiga ijtimoiy karta egasi toʻgʻrisidagi kiritiladigan maʼlumotlar belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta chipi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini oʻz ichiga olishi mumkin (egasi 16 yoshga toʻlgandan keyin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda elektron raqamli imzo kaliti sertifikati ijtimoiy kartaning amal qilish muddati davomida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy kartasi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish, foydalanishga taqdim etish va emissiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. “Inson” markazi va moliyaviy agent orqali murojaat etganda:
arizani toʻldirish jarayonida qatnashadi, tegishli maʼlumotlarni taqdim qiladi va fotosuratga tushadi;
ommaviy oferta shartnomasi bilan tanishadi va tasdiqlaydi;
“Inson” markazi xodimi tomonidan toʻldirilgan arizani maxsus mobil qurilma orqali imzolaydi.
bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish uchun toʻlovni amalga oshiradi (bepul ijtimoiy karta oluvchilar bundan mustasno).
2. “Ijtimoiy karta” mobil ilova orqali murojaat etganda:
mobil ilovani yuklab oladi;
mobil ilovani mobil qurilmaga oʻrnatadi;
identifikatsiyadan oʻtadi;
ommaviy oferta shartnomasi bilan tanishadi va tasdiqlaydi;
arizani toʻldiradi va maxsus mobil qurilma orqali imzolaydi;
bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etishga ariza yuboradi (zaruratga koʻra);
bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha toʻlovni amalga oshiradi (bepul ijtimoiy karta oluvchilar bundan mustasno).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat etganda:
identifikatsiyadan oʻtadi;
ommaviy oferta shartnomasi bilan tanishadi va tasdiqlaydi;
arizani toʻldiradi;
bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha toʻlovni amalga oshiradi (bepul ijtimoiy karta oluvchilar bundan mustasno).
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. “Inson” markazi
2. Moliyaviy agent
3. Mobil ilova
4. YIDXP
1. “Inson” markazining va moliyaviy agentning masʼul xodimi:
maxsus mobil qurilma orqali shaxsni identifikatsiya qiladi;
ariza beruvchining amalda boʻlgan ijtimoiy kartaga ega ekanligini aniqlaydi;
ariza beruvchining bepul ijtimoiy karta olish huquqiga ega ekanligini aniqlaydi;
ariza beruvchi nomidan arizani toʻldiriladi;
ariza beruvchini raqamli formatda suratga oladi;
ommaviy oferta shartnomasini chop etadi, ariza beruvchini tanishtiradi, bir nusxasini ariza beruvchiga taqdim etadi;
ariza beruvchi tomonidan ariza va ommaviy oferta shartnomasi maxsus mobil qurilma orqali imzolanishini taʼminlaydi va arizani tegishli moliyaviy agentga yuboradi.
2. Mobil ilova va YIDXP orqali:
shaxs identifikatsiya qilinadi;
ariza beruvchining amalda boʻlgan ijtimoiy kartaga ega ekanligi aniqlanadi;
ariza beruvchining bepul ijtimoiy karta olish huquqiga ega ekanligi aniqlanadi;
ariza beruvchi raqamli formatda suratga olinadi;
ommaviy oferta shartnomasi shakllantiriladi;
shakllantirilgan ariza axborot tizimi orqali moliyaviy agentga yuboriladi.
30 daqiqa ichida
3-bosqich
Moliyaviy agent
Axborot tizimidagi maʼlumotlar asosida elektron ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish yoki muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etishni rad etadi.
Bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartani muomalaga chiqaradi va foydalanish uchun taqdim etadi (soʻrovga koʻra).
Ijtimoiy karta ochilganligi boʻyicha ariza beruvchiga “Ijtimoiy karta” AT orqali elektron xabarnoma yuboradi.
Aholining ayrim toifalariga bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartani egasiga yetkazib berish maqsadida “Inson” markaziga yetkazadi (ayrim toifadagi shaxslar uchun).
Bir ish kuni ichida
4-bosqich
1. “Inson” markazi, 2. Moliyaviy agent
1. Aholining ayrim toifalariga bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartani karta egasining yashash manziliga yetkazib beradi.
Bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta yetkazib berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni maxsus mobil qurilma vositasida axborot tizimiga kiritadi.
2. Emissiya qilingan bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartani oʻz xodimi yoki agentlik xizmati orqali karta egasiga yoki qonuniy vakilga taqdim etadi.
Bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta yetkazib berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni maxsus mobil qurilma vositasida axborot tizimiga kiritadi.
Oʻn besh kun ichida
5-bosqich
Ariza beruvchi
(qonuniy vakili)
1. Bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta yetkazib berilganligi haqida maxsus mobil qurilma orqali tasdiqlaydi yoki maxsus jurnalni imzolaydi.
2. Ijtimoiy kartaga belgilangan tartibda SHIR-kodni oʻrnatiladi.
3. Ijtimoiy kartadan ommaviy oferta shartnomasi doirasida foydalanadi.
4. Zarur xollarda, ijtimoiy kartani belgilangan tartibda almashtiradi.