1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 24-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3589]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 6-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 29-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 12-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi 202-son buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlariga ishga qabul qilish chogʻida tanlov (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi — koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni, shuningdek korxonaga boʻlgan huquqni mulkiy majmua sifatida hamda Oʻzbekiston Respublikasining ikki yoki undan ortiq maʼmuriy-hududiy birligida joylashgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlari tomonidan tayinlanadigan masʼul shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi — koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlari tomonidan tayinlanadigan masʼul shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka talablari — nomzodlarga nisbatan ish beruvchi tomonidan belgilanadigan, ish tajribasiga va kasbiy kompetensiyasiga doir talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzod — tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan, shuningdek geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, koʻchmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga yoxud oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tanlov koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi deb yuritiladi) lavozimlari boʻsh (vakant) boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.06.00 Ishga qabul qilishda kafolatlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.11.00 Ishga qabul qilishni rad etish. Rad etishga yoʻl qoʻyilmasligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlovni oʻtkazish vaqtida nomzodlarga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, qarindoshlarida sudlanganlikning mavjudligi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, yashash joyi, dinga boʻlgan munosabati, eʼtiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek ularning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashgʻulotlar sohasida biror-bir toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek imtiyozlar berish kamsitish deb hisoblanadi va bunga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlov jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzod boshqa hududlardan ishtirok etgan hollarda tanlov masofadan turib onlayn tarzda oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlov roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdagi boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimi uchun munosib nomzodlarni tanlash maqsadida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tanlovning oʻz vaqtida va sifatli tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining buyrugʻi bilan doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi (bundan buyon matnda Tanlov komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tanlov komissiyasining tarkibi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov komissiyasi tarkibi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning xodimlari va tegishli sohaning malakali mutaxassislari orasidan kamida besh kishidan iborat va toq sonli tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida fuqarolik jamiyati institutlari, oliy taʼlim muassasalari yoki davlat organi va tashkiloti huzuridagi jamoatchilik kengashlarining vakillari ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov komissiyasi oʻz faoliyatini tanlov komissiyasi raisining rahbarligida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tanlov roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda mavjud boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlaridan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tanlov komissiyasi uning aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Tanlov komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Tanlov komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlov komissiyasi tarkibiga nomzodning yaqin qarindoshi yoki tanlovning natijasidan bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlgan yoxud tanlovning xolis oʻtkazilishiga taʼsir koʻrsatadigan shaxslar kiritilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tanlov komissiyasi quyidagi huquqlarga ega hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov oʻtkazish vaqtini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni masofadan turib onlayn tarzda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning sifatli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida komissiya tarkibiga professional va malakali mutaxassislarni jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlov komissiyasi quyidagilarga majbur hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning hujjatlarini qabul qilish va ularni oʻrganib chiqish;

nomzodning shaxsga doir maʼlumotlarini uning roziligisiz oshkor qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni oʻtkazish vaqtida nomzodlarga beriladigan savollarni sifatli va boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimi uchun belgilangan malaka talablariga muvofiq ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning hujjatlarini qabul qilish va ularni oʻrganib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodni test va suhbat sinovlaridan oʻtkazish (bundan buyon matnda tanlov tadbirlari deb yuritiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov natijalarini eʼlon qilish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlov komissiyasi kotibi tomonidan tanlov tadbirlari oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy veb-saytida boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlari boʻyicha maʼlumotlar (boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimi va unga qoʻyiladigan malaka talablari, lavozim majburiyatlari, ish haqi) hamda tanlov oʻtkazish joyi va kunlari, tanlov tadbirlarida berilishi mumkin boʻlgan savollarning namunaviy roʻyxati joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlov tadbirlarida berilishi mumkin boʻlgan savollarning namunaviy roʻyxati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasi boʻyicha tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda yangilab boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga kirish joylarida hamda ularning rasmiy veb-saytlarida nomzodlarni saralash tartibi, ularga qoʻyiladigan talablar haqidagi maʼlumotlar majburiy tartibda joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Nomzodlar Tanlov komissiyasiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tanlov komissiyasi tomonidan nomzodning arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida unda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻrganib chiqiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Nomzod tomonidan ariza va maʼlumotlar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq taqdim etilmagan boʻlsa yoki arizada tegishli maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagan yoxud notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, Tanlov komissiyasi tomonidan nomzodga kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish mumkinligi toʻgʻrisida ushbu ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Test sinovi boshlanishiga besh ish kunidan kam muddat qolganda murojaat qilgan nomzodlar ushbu tanlovda emas, balki keyingi tanlovda ishtirok etishlari mumkin boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Nomzod bir vaqtning oʻzida faqat bitta boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimi uchun tanlovda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlovda qatnashish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan nomzodlarga tanlov tadbirlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin tanlov tadbirlarining boshlanish vaqti va joyi haqida Tanlov komissiyasi tomonidan yozma yoki elektron shaklda xabar beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlov davlat tilida, shuningdek nomzodning soʻroviga koʻra u tanlagan xorijiy tilda oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Nomzodning boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimi uchun belgilangan malaka talablariga muvofiqligini, shuningdek uning ish tajribasi va kasbiy kompetensiyasini aniqlash uchun Tanlov komissiyasi tomonidan test va suhbat sinov tadbirlari oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlov tadbirlari oʻtkazilayotgan xonaga nomzodlar tomonidan mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob, lugʻat, shpargalka va boshqa materiallar olib kirish hamda foydalanish, shuningdek boshqa nomzodlar bilan suhbatlashish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu taqiqlangan materiallarni olib kirgan yoki foydalangan, shuningdek tanlov tadbirlari vaqtida boshqa nomzodlar bilan suhbatlashgan nomzod tanlov tadbirlarini oʻtkazish tartibini buzgan deb hisoblanadi hamda dalolatnoma asosida tanlov tadbirlaridan chetlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tanlov tadbirlarini oʻtkazish vaqtida nomzodning natijalari (tanlov natijalari) ballik tizimda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Birinchi bosqichda test sinovlari oʻtkaziladi va nomzodning natijalari 100 ballik tizimda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Test sinovi 50 ta savoldan iborat boʻladi va har bir toʻgʻri javob 2 ballni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovini topshirishda umumiy vaqtning davomiyligi bir yarim soatni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Test sinovi natijalari u oʻtkazilgan kunning oʻzida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning veb-saytga joylashtirish orqali eʼlon qilinadi va Tanlov komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnomada qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, bayonnomada quyidagilar koʻrsatiladi:

bayonnoma raqami va qabul qilingan sanasi;

tanlovda ishtirok etgan komissiya aʼzolari roʻyxati;

test sinovi natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan va oʻta olmagan nomzodlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan suhbat sinovi oʻtkaziladigan vaqti va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya qarori ustidan shikoyat qilish tartibi.

30. Test sinovidan olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizidan yuqori ballni toʻplagan nomzodlar test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va suhbat shaklida oʻtkaziladigan sinov tadbirining keyingi bosqichiga kiritiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Suhbat shaklida oʻtkaziladigan sinov tadbirida nomzodning natijalari 5 ballik tizimda baholanadi. Bunda, Tanlov komissiyaning har bir aʼzosi nomzodni quyidagi mezonlarga asosan baholaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga toʻliq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq tizimli bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida mustaqil foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi — 5 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga aniq, biroq toʻliq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni tahlil qila olishi — 4 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga toʻliq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga yetarli darajada ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilishi — 3 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilmasligi — 2 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga yetarli darajada ega emasligi — 1 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga umuman javob bera olmasligi — 0 ball.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Suhbat sinovi natijalari u oʻtkazilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi va Tanlov komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnomada qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, bayonnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayonnoma raqami va qabul qilingan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda ishtirok etgan komissiya aʼzolari roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodga tushgan savollar va ularga berilgan javoblarning mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda gʻolib deb topilgan, shuningdek tanlovdan oʻta olmagan nomzodlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya qarori ustidan shikoyat qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Test va suhbat sinov tadbirlarining umumlashtirilgan natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan nomzod tanlov gʻolibi deb hisoblanadi va u boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimiga ishga qabul qilinadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻolib deb topilgan nomzodning tanlov tadbirlarida umumiy toʻplagan ballar yigʻindisi tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizidan yuqori boʻlishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki yoki undan ortiq nomzodlarning umumiy toʻplagan ballari teng boʻlib qolgan taqdirda ularning test sinovi tadbirida qayd etgan natijasi inobatga olingan holda yuqori natija qayd etgan nomzod tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tanlovda gʻolib boʻlmagan nomzodlar boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimi uchun keyingi tanlovda nomzod sifatida ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Nomzodlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Nomzodlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining buyrugʻi bilan kamida besh nafar mutaxassisidan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham mutaxassislar kelishuv asosida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov komissiyasi aʼzolarining Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tanlov komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan nomzodlar tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzodni shikoyat koʻrib chiqilishidan ikki kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddat ichida koʻrib chiqadi. Bunda, apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzod mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Apellyatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Apellyatsiya komissiyasi tanlov jarayonida nomzodning bergan javoblari aks etgan videotasvirlarni koʻrish orqali tekshiruvdan oʻtkazadi. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish davomida nomzodga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov natijalariga oʻzgartirish kiritish va nomzod tanlovni muvaffaqiyatli topshirgan deb topish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya shikoyatini koʻrishda nomzodning tanlovda olgan natijasini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzodga oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Apellyatsiya komissiyasining tanlov natijalariga oʻzgartirish kiritish va nomzod tanlovni muvaffaqiyatli topshirgan deb topish toʻgʻrisidagi qarori asosida u boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimi uchun ishga tavsiya etilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan nomzod yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga asosan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qoshida doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi — tanlov komissiyasining raisi
2.
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinma rahbari — tanlov komissiyasi raisining oʻrinbosari
3.
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tarkibiy boʻlinma rahbari — tanlov komissiyasining aʼzosi
4.
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining Yuridik taʼminlash tarkibiy boʻlinma rahbari — tanlov komissiyasining aʼzosi
5.
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish tarkibiy boʻlinma rahbari — tanlov komissiyasining aʼzosi va kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Tanlov komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimga ishga qabul qilish boʻyicha tanlovni oʻtkazishda Tanlov komissiyasiga nomzod tomonidan taqdim etiladigan arizaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHAKLI

Tanlov komissiyasiga
1.
Ariza beruvchi nomzodning F.I.O:
2.
Yashash manzili (respublika, viloyat, shahar, tuman, qishloq, ovul, koʻcha xonadon raqami) toʻliq koʻrsatiladi):
3.
JSHIR raqami:
4.
Pasport yoki ID-karta maʼlumotlari:
(seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
5.
Bogʻlanish uchun telefon:
6.
Maʼlumoti:
(oliy)
7.
Tugatgan taʼlim muassasasining nomi:
8.
Diplom (shahodatnoma) boʻyicha mutaxassisligi, uning seriyasi, raqami, berilgan sanasi va bergan taʼlim muassasasining nomi:
9.
Malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (qachon va qaysi tashkilot tomonidan berilgani, seriyasi va raqami, qaysi mavzu boʻyicha malaka oshirganligi) (agar mavjud boʻlsa):
10.
Malaka toifasiga ega ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (qachon va qaysi tashkilot tomonidan berilgani, seriyasi va raqami, qaysi ixtisoslik boʻyicha toifa berilgani) (agar mavjud boʻlsa):
11.
Umumiy ish staji (agar mavjud boʻlsa), shundan boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimi uchun talab etiladigan mutaxassislik boʻyicha:
12.
Ariza toʻldirilgan sana:
13.
Shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishga roziligi (ariza beruvchi shaxsning imzosi):
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 10/24/3589/1055-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)