04.12.2024 yildagi PQ-421-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, jamoaviy sport turlariga yoshlarni keng jalb qilish va iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya) hamda yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar jamoaviy sport turlarini (voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi) rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning jamoaviy sport turlariga qiziqishini oshirish, ularning jamoaviy sport turi bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, sport musobaqalarini tizimli oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terma jamoalar va professional sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy sport turlarini rivojlantirish maqsadida chet ellik mutaxassislarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy sport turlari boʻyicha zamonaviy sport obyektlarini barpo etish, mavjudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamoaviy sport turlari bilan muntazam shugʻullanishni tashkil qilish hamda ushbu sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “yoʻl xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-392-son qarori bilan 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari boʻyicha, boshqa davlat oliy taʼlim muassasalarida kamida uchta jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari tashkil etiladi. Bunda oliy taʼlim muassasalarining sport klublari faoliyati uchun tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) shaxsan masʼul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport klubi raisi etib oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tayinlanadi, sport klubi menejeri lavozimi esa oliy taʼlim muassasasi kafedra mudiri lavozimiga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalariga oʻz sport klublarini tegishli sport bazalariga begʻaraz asosda joylashtirish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarining sport klublarini saqlash, ularni sport jihozlari va ekipirovkalari bilan taʼminlash oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari va budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarining har yilgi budjetdan tashqari daromadlar va xarajatlar smetasida sport klublarini saqlash boʻyicha xarajatlar koʻzda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oliy taʼlim muassasalarining sport klublari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga tashkiliy va uslubiy koʻmaklashish Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab jamoaviy sport turlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Sport vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim maktablari maktab sport klublari oʻrtasida “Maktab ligasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) Sport vazirligi (A. Ikramov) hamda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari sport klublari oʻrtasida “Talabalar ligasi” va “Oliy taʼlim kubogi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari miqyosida “Rektor kubogi” sport musobaqalarini oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar (keyingi oʻrinlarda — idoraviy tashkilotlar) mehnat jamoasining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida ularda kamida uchta jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari tashkil qilinadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish vaqtidan soʻng belgilangan kunlarda (haftada kamida bir marta) idoraviy tashkilotlar rahbarlari mehnat jamoasining jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishini tashkil qilish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy sport turlari boʻyicha idoraviy tashkilotlar kesimida “Rahbar kubogi”, mahalliy hokimliklar kesimida “Hokim kubogi” musobaqalari oʻtkazib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlari sport musobaqalari tashkilotchilarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyaviy ragʻbatlantirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Biznes hamjamiyati, Savdo-sanoat palatasi va jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari xodimlarini jamoaviy sport turlari bilan muntazam shugʻullanib borishga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarida jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari sport klublari oʻrtasida “Korporativ sport oʻyinlari” sport musobaqasini oʻtkazib borish toʻgʻrisidagi tashabbuslari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) va Sport vazirligi (A. Ikramov) xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda asosiy faoliyati tadbirkorlik subyektlarini sportga jalb qilish va ular oʻrtasida sport musobaqalarini oʻtkazib borish boʻlgan Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasini tashkil qilish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Sport vazirligi (A. Ikramov) va Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar xodimlarining jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda jamoaviy sport turlariga homiylik mablagʻlarini yoʻnaltirganlik uchun soliq imtiyozlarini taqdim qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev) Sport vazirligi (A. Ikramov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Z. Mahkamova), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) va “Nuroniy” jamgʻarmasi (S. Turdiyev) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahalla yettiligi” imkoniyatlaridan foydalangan holda har bir mahalla aholisini mahalla hududidagi mavjud sport infratuzilmasi va umumiy oʻrta taʼlim maktablari sport inshootlarida jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishga jalb qilib borishni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar oʻrtasida “Mahalla ligasi” musobaqalarini oʻtkazib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida jamoaviy sport turlari boʻyicha hududiy sport klublari (keyingi oʻrinlarda — hududiy sport klublari) faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosqichma-bosqich hududiy sport klublarini rivojlantirish va moliyalashtirish, shuningdek, hududiy sport klublariga homiy tashkilotlarni biriktirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hududiy boʻlinmalari moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududlarning rahbar kadrlari orasidan nomzodlarni jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hududiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimiga tavsiya etib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy sport klublari natijalari va ularni rivojlantirish borasidagi muammolarni muhokama qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga hududiy sport klublarini saqlash xarajatlarini amalga oshirishda moliyaviy mustaqillik beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, sport klublari yuridik shaxs maqomi bilan yoki yuridik shaxs maqomisiz tashkil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan sport ligalarini oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport ligalarida mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, har qanday sport klublari, shu jumladan, hududiy sport klublari ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport ligalarini oʻtkazib borish tartibi jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan Sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport ligalarini oʻtkazib borish bilan bogʻliq xarajatlar Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy sport klublarining sport ligalaridagi natijalaridan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari reytingini shakllantirish va yuritish yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamoaviy sport turlari boʻyicha yuqori mahoratli sportchilar va malakali trenerlarni tayyorlash hamda sport tayyorgarligi jarayoniga xalqaro standartlarni joriy qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar aʼzolarini muntazam mahalliy va xorijiy oʻquv-yigʻin mashgʻulotlariga yuborish yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy sport turlari boʻyicha tahsil olayotgan “Sport faoliyati” bakalavriat yoʻnalishlari talabalarini doimiy mahalliy va xorijiy oʻquv-yigʻin mashgʻulotlariga jalb qilish hamda xorijlik mutaxassislarga biriktirish tartibi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport vazirligi (A. Ikramov) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov) bilan birgalikda jamoaviy sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar aʼzolarini muntazam mahalliy va xorijiy oʻquv-yigʻin mashgʻulotlariga yuborish grafigini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilansinki, ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish orqali iqtidorli yoshlarni saralab olish (seleksiya)ning shaffof tizimini joriy etish maqsadida 2025 — 2027-yillarda “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimida iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya) boʻyicha texnik imkoniyatlar yaratiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir jamoaviy sport turi boʻyicha alohida mezonlar ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilarning joriy jismoniy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga yuklab borish mexanizmi yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sunʼiy intellektdan foydalangan holda toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda sportchilarning jismoniy holati va imkoniyatlarini baholash tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy sport turlari boʻyicha iqtidorli sportchi yoshlarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya) jarayoni toʻliq raqamlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli sportchi yoshlarni aniqlash, tanlash va saralab olish boʻyicha (seleksiya) texnik imkoniyatlar yaratish bilan bogʻliq xarajatlar Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va sport federatsiyalari (uyushmalari)ning Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va olimpiya sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) oʻrtasida oʻzaro majburiyatlar kelishuvini tuzish tizimini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro majburiyatlar kelishuvi Olimpiya oʻyinlari oʻtkaziladigan muddatga qadar tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro majburiyatlar kelishuvida sport federatsiyasi (uyushmasi)ning nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishish boʻyicha vazifalari va majburiyatlari koʻzda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport federatsiyasi (uyushmasi)ning nufuzli xalqaro sport musobaqalaridagi natijalaridan kelib chiqib, ularning faoliyatini moliyalashtirish miqdorlari belgilab boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport vazirligi (A. Ikramov) 2026-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va sport federatsiyalari (uyushmalari) oʻrtasida oʻzaro majburiyatlar kelishuvini tuzish tartibini tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Belgilab qoʻyilsinki, Sport vazirligi tomonidan ushbu qaror va “yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha har yarim yilda bir marotaba Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritiladi va Bosh vazir huzurida muhokama qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sport vazirligi (A. Ikramov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarorda koʻrsatilgan musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 4-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-421-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoaviy sport turlari bilan muntazam shugʻullanishni tashkil qilish hamda ushbu sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Aholini jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishga jalb qilish

1.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida sport musobaqalarini tizimli tashkil qilib borish orqali jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish.

1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari maktab sport klublarida kamida ikkita jamoaviy sport turlarini rivojlantirish.

2. Maktab sport klublari oʻrtasida jamoaviy sport turlari boʻyicha Maktab ligasi sport musobaqalarini oʻtkazib borish.

3. “Maktab ligasi sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablariga jamoaviy sport turlari boʻyicha zarur sport jihozlari va anjomlarini yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mablagʻlari

Maktabgacha va maktab

taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

4. Jamoaviy sport turlari bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 2 million nafar oʻquvchilarini qamrab olish.

2025/2026 oʻquv yili

2.

Oliy taʼlim muassasalarida jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari boʻyicha, boshqa davlat oliy taʼlim muassasalarida kamida uchta jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublarini tashkil etish.

2025/2026 oʻquv yili

Oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari va budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari

Tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar,

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

2. Oliy taʼlim muassasalarining sport klublari faoliyati uchun tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ni shaxsan masʼul etib belgilash.

3. Sport klubi raisi etib oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ni tayinlash, sport klubi menejeri lavozimini esa oliy taʼlim muassasasi kafedra mudiri lavozimiga tenglashtirish.

4. Oliy taʼlim muassasalarining sport klublarini sport jihozlari va ekipirovkalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

3.

Oliy taʼlim muassasalari sport klublari oʻrtasida sport musobaqalarini tizimli tashkil qilib borish.

1. Oliy taʼlim muassasalarining jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari oʻrtasida har oʻquv yili davomida “Talabalar ligasi” va “Oliy taʼlim kubogi” musobaqalarini oʻtkazib borish.

2. Oliy taʼlim muassasasi miqyosida Rektor kubogi sport musobaqalarini oʻtkazib borish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari va budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov),

tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar,

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston talabalar

sporti assotsiatsiyasi

3. Jamoaviy sport turlari bilan oliy taʼlim muassasalarining 300 ming nafar talabalarni qamrab olish.

2025/2026 oʻquv yili

4.

Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar mehnat jamoasining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faollik darajasini oshirish.

1. Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar rahbarlari va xodimlarini jamoaviy sport turlariga jalb qilish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish hamda bu orqali 1,2 million nafar aholini jamoaviy sport turlari bilan qamrab olish.

2025-yil davomida

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

homiylik mablagʻlari

Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar

Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

2. Ish vaqtidan soʻng belgilangan kunlarda (haftada kamida bir marta) barcha vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar mehnat jamoasining jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishini tashkil qilish.

3. Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni, shuningdek, sogʻlom turmush tarziga amal qilish va jismoniy faollikni muntazam ravishda (har kuni) yoritib borishni taʼminlash.

4. Xodimlar oʻrtasida jamoaviy sport turlari boʻyicha “Rahbar kubogi”, “Hokim kubogi” musobaqalarini tashkil etib borish. Bunda musobaqalar gʻolib va sovrindorlarini moliyaviy ragʻbatlantirib borish.

Doimiy

5.

Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida uchta jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublarini tashkil etish.

2. Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar rahbari oʻrinbosarlaridan birini  jamoaviy sport turi boʻyicha sport klublari faoliyatini tashkil etishga masʼul etib belgilash.

2025-yil fevral

Ijrochilar mablagʻlari,

homiylik mablagʻlari

Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar

3. Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan jamoaviy sport turlari boʻyicha infratuzilmani yaratish choralarini koʻrish.

4. Zarur sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar hamda ularning vertikal tuzilmalarining Sport vazirligi tizimidagi sport taʼlim muassasalari sport inshootlaridan asosiy mashgʻulotlardan boʻsh vaqtida shartnoma asosida foydalanishini yoʻlga qoʻyish.

2025-yildan boshlab

6.

Tadbirkorlik subyektlari xodimlarini jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishga tizimli jalb qilib borishni yoʻlga qoʻyish.

1. Tadbirkorlik subyektlari xodimlarini jamoaviy sport turlari bilan muntazam shugʻullanib borishga jalb qilish.

Doimiy

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari












Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi mablagʻlari

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

“Tadbirkor ayol”

Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Soliq qoʻmitasi

(F. Pulatov)
Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi

 2. Tadbirkorlik subyektlarida jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublarini tashkil qilishga koʻmaklashish.

3. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz xodimlarining jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishini tashkil qilishi boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish.

Doimiy

4. Xodimlarining jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda jamoaviy sport turlariga homiylik mablagʻlarini yoʻnaltirganlik uchun soliq imtiyozlarini taqdim qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

5. Tadbirkorlik subyektlarining xodimlarni sportga jalb qilish boʻyicha reytingini joriy etish hamda ularning sport klublari reyestrini yuritish, shuningdek, har yili eʼlon qilib borish tizimini yoʻlga qoʻyish

2025-yil

iyun


2025-yil

aprel

7.

Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida jamoaviy sport turlari boʻyicha sport musobaqalari tizimli oʻtkazib borilishini tashkil qilish.

1. Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasini tashkil qilish.

2025-yil fevral

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari,

ijrochilar mablagʻlari

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi, tijorat banklari, korxona va tashkilotlar

2. Jamoaviy va boshqa sport turlari boʻyicha tijorat banklari, korxona va tashkilotlar oʻrtasida quyidagi sport musobaqalarini tashkil qilib borish:

Oʻzbekiston korporativ sport ligalari va kuboklari;

“Korporativ sport oʻyinlari” musobaqalari (kubok, turnir va boshqalar).

Doimiy

8.

Aholining jismoniy faolligini oshirish uchun “mahalla yettiligi” imkoniyatlaridan foydalangan holda mahalladan boshlab jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanadigan aholi qamrovini kengaytirish.

1. Har bir mahallada mahalla hududidagi mavjud sport infratuzilmasi va umumiy oʻrta taʼlim maktablari sport inshootlari bazasida aholini jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishga jalb qilib borish.

2025-yildan boshlab doimiy

Ijrochilar mablagʻlari,

homiylik mablagʻlari

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(Q. Kuranbayev),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Maktabgacha va maktab

taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

(Z. Mahkamova),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

“Nuroniy” jamgʻarmasi

(S. Turdiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

 2. Jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanadigan aholi qamrovini 3,4 million nafarga yetkazish. Bunda mahallalardagi:

21 — 30 yoshdagi 1,3 million nafar aholini;

31 — 40 yoshdagi 900 ming nafar aholini;

41 — 50 yoshdagi 650 ming nafar aholini;

51 — 60 yoshdagi 350 ming nafar aholini;

60 yoshdan oshgan 150 ming nafar aholini jamoaviy sport turlari bilan qamrab olish.

2025-yil dekabr

9.

Mahallalarda jamoaviy sport turlari boʻyicha ommaviy sport musobaqalarini tizimli oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish.

1. Har bir mahallalarda kamida bitta jamoaviy sport turi boʻyicha mahalla jamoasini tashkil qilish.

2. Mahalla jamoalari oʻrtasida “Mahalla ligasi” sport musobaqalarini oʻtkazib borish.

3. Mahalla yettiligi zimmasiga Mahalla ligasi sport musobaqalarini oʻtkazib borishni tashkil qilish vazifasini yuklash.

4. Mahallalar jamoalari oʻrtasida Mahalla kubogi, Hokim kubogi, Rahbar kubogi kabi sport musobaqalarini oʻtkazib borish.

2025-yildan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

“Nuroniy” jamgʻarmasi

(S. Turdiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

10.

Mahallalarda aholini jamoaviy sport turlariga jalb qilish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha faoliyatni ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish.

1. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport musobaqalarida yuqori natija koʻrsatgan mahallalarni sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlash.

2. Joylarda aholini jamoaviy sport turlariga jalb qilish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda faollik koʻrsatgan masʼullarni tegishli esdalik va koʻkrak nishonlari bilan taqdirlab borish.

Doimiy

Ijrochilar mablagʻlari,

homiylik mablagʻlari

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(Q. Kuranbayev),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

3. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport musobaqalaridagi natijalarni va aholini jamoaviy sport turlariga jalb qilish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha faoliyatni mahalliy hokimliklar va mahalla yettiligi” faoliyatiga baho berishning asosiy mezonlaridan biri sifatida belgilash boʻyicha tegishli qaror loyihasini Hukumatga kiritish.

2025-yil

iyun

11.

Mahallalarda jamoaviy sport turlari boʻyicha sport infratuzilmasini yaxshilash.

1. Mahallalarda jamoaviy sport turlari boʻyicha mavjud sport inshootlarini xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil fevral

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(Q. Kuranbayev),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport inshootlari mavjud boʻlmagan mahallalarda zarur sport infratuzilmasini homiylik mablagʻlarini jalb qilish orqali, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etishni kengaytirish.

Doimiy

12.

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jamoaviy sport turlari, jumladan, regbi sport turini rivojlantirish va ommalashtirish.

1. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jamoaviy sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish, harbiy xizmatchi va xodimlarini ushbu sport turlariga keng jalb qilish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil
mart

Ijrochilar mablagʻlari

Mudofaa vazirligi

(Sh. Xalmuxamedov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Qoʻldoshev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(B. Kurbanov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oʻzbekiston Milliy

olimpiya qoʻmitasi

(O. Umarov),

jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)

2. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jamoaviy sport turlari, jumladan, regbi sport turi boʻyicha muntazam shugʻullanib borishini tashkil etish.

Doimiy

3. Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari orasidan regbi sport turi boʻyicha sifatli sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantirish.

2025-yildan boshlab

II. Jamoaviy sport turlari boʻyicha yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash va iqtidorli yoshlari saralab olish tizimini takomillashtirish

13.

Jamoaviy sport turlari boʻyicha terma jamoalar va professional sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, shuningdek, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash va saralab olish tizimini takomillashtirish.

1. Jamoaviy sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan moddiy-texnik bazani yaxshilash, uzluksiz oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazib borish va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. Bunda:

jamoaviy sport turlari bilan doimiy shugʻullanuvchilar sonini 1,5 barobarga oshirish;

sport taʼlim muassasalarida jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanuvchilar sonini 130 ming nafarga yetkazish;

sport-taʼlim muassasalaridagi jamoaviy sport turlari boʻyicha trenerlar sonini 2,5 ming nafarga yetkazish;

jamoaviy sport turlari boʻyicha respublikada oʻtkaziladigan sport musobaqalari sonini 2 barobarga oshirish.

2. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport obyektlarini barpo etish, mavjudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni maxsus sport kiyimlari, sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2025-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston Milliy

olimpiya qoʻmitasi

(O. Umarov),

jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)

14.

Hududlarda jamoaviy sport turlarini rivojlantirish, hududiy sport klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Mahalliy hokimliklar huzurida jamoaviy sport turlari boʻyicha hududiy sport klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. Hududiy sport klublarini rivojlantirish va moliyalashtirish, shuningdek, hududiy sport klublariga homiy tashkilotlarni biriktirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil

sentabr

Mahalliy budjet mablagʻlari,

homiylik mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston Milliy

olimpiya qoʻmitasi

(O. Umarov),

jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)

Oʻzbekiston Milliy

olimpiya qoʻmitasi

(O. Umarov),

jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)

3. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hududiy boʻlinmalari moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish.

4. Tegishli hududlarning rahbar kadrlari orasidan nomzodlarni jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hududiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimiga tavsiya etib borish.

Doimiy

5. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hududiy boʻlinmalari faoliyatida uslubiy-tashkiliy taʼminlash hamda malakali mutaxassislarni jalb qilishga koʻmaklashib borish.

Doimiy

15.

Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport musobaqalarini tizimli oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish.

1. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport ligalarini tashkil qilish va oʻtkazib borish.

2026-yildan boshlab

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi, ijrochilar mablagʻlari

Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari),

Oʻzbekiston Milliy

olimpiya qoʻmitasi

(O. Umarov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

2. Sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan kelishilgan holda sport ligalarini oʻtkazib borish tartibini tasdiqlash.

2025-yil

iyun

3. Sport ligalari doirasida oʻtkazib boriladigan sport musobaqalariga malakali sport hakamlarini jalb qilib borish.

Doimiy

16.

Jamoaviy sport turlari boʻyicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.

1. Yuqori mahoratli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda faoliyat yuritayotgan trener va hakamlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etib borish.

2. Jamoaviy sport turlari boʻyicha terma jamoalar va sport klublariga malakali mutaxassis va trenerlarni jalb qilib borish.

3. Istiqbolli sportchilar, trenerlar va hakamlarni xorijiy davlatlarga tajriba oshirishga yuborishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yildan boshlab doimiy

Ijrochilarning mablagʻlari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston Milliy

olimpiya qoʻmitasi

(O. Umarov),

jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)

17.

Jamoaviy sport turlari boʻyicha trener, hakam va boshqa mutaxassislarga haq toʻlash tizimini takomillashtirish.

1. Jamoaviy sport turlari boʻyicha trener, hakam va boshqa mutaxassislarga haq toʻlash tizimini tahlil qilish.

2025-yil
mart

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov),

jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

2. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida jamoaviy sport turlari boʻyicha trener, hakam va boshqa mutaxassislarga haq toʻlashni takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil

aprel

3. Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish hamda sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni proaktiv shaklga oʻtkazish.

2025-yil

dekabr

18.

Jamoaviy sport turlari boʻyicha terma jamoalarning nufuzli xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishi va unda munosib ishtirok etishini taʼminlash.

1. Jamoaviy sport turlari boʻyicha terma jamoalarga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

Bunda xorijiy mutaxassislar zimmasiga terma jamoalarni tayyorlash bilan birga mahalliy trenerlarning malakasini oshirish, joylarda seleksiyani amalga oshirish orqali jamoaviy sport turlari boʻyicha milliy maktabni shakllantirishga koʻmaklashish vazifasini yuklashni nazarda tutish.

2. Nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

3. Chora-tadbirlar rejasi asosida terma jamoalar uchun xalqaro va mahalliy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etib borish.

4. Terma jamoalarning nufuzli xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini taʼminlash.

2025 — 2028-yillar

Ijrochilarning mablagʻlari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov),

jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)

19.

Jamoaviy sport turlari rivojlanmagan hududlarda ushbu sport turlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Jamoaviy sport turlari rivojlanmagan hududlarning mavjud imkoniyatlari va salohiyatini tahlil qilish, sport-taʼlim muassasalari va klublarining qamrovi va resurs taʼminoti, aholining jamoaviy sport turlariga boʻlgan qiziqishini oʻrganish.

2025-yil fevral

Ijrochilar mablagʻlari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Hududlarda jamoaviy sport turlari yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil mart

20.

Jamoaviy sport turlari boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini raqamlashtirish.

1. Iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya) boʻyicha “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimida qoʻshimcha texnik imkoniyatlarni yaratish.

2. Har bir jamoaviy sport turi boʻyicha alohida mezonlarni ishlab chiqish.

3. Sportchilarning joriy jismoniy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga yuklab borish mexanizmini yoʻlga qoʻyish.

4. Sunʼiy intellektdan foydalangan holda toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda sportchilarning jismoniy holati va imkoniyatlarini baholash tizimini joriy etish.

2025 — 2027-yillarda

Sportni

qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov),

jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)

21.

Jamoaviy sport turlari boʻyicha xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.

1. Xalqaro sport tashkilotlarining konferensiya, seminar va boshqa sport tadbirlarini Oʻzbekistonda oʻtkazib borish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirib borish.

2. Xalqaro sport tashkilotlari boshqaruviga sport hamjamiyatida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan mahalliy sportchi va sport sohasining boshqa vakillarini nomzod sifatida kiritib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov),

jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-yanvardagi PQ-22-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2024-y., 07/24/421/1008-son; 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son; 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)