Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.12.2025 30.11.2024 yildagi 801-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-sonli “Jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi Hukumat qarorlarini tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatimizda mahallaning aholi va davlat organlari o‘rtasida ishonchli “ko‘prik” bo‘lishini ta’minlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida har bir mahallada muammolarni joyida aniqlab, kompleks yondashuv asosida hal etish mexanizmlarini joriy etish zarurati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktikani amalga oshirishning aniq mexanizmlarini belgilash nazarda tutilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishni raqamlashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimi joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni bilan mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan “mahalla yettiligi”ni tashkil qilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining huquqbuzarlik sodir etish va undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish (keyingi o‘rinlarda — ijtimoiy profilaktika tadbirlari) bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari bilan elektron axborot almashish tizimini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar doirasi va ijtimoiy profilaktika obyektlarini aniqlash, ularga doir ma’lumotlarni “mahalla yettiligi”, shuningdek, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga elektron shaklda taqdim etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahalla yettiligi” hamda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahalla yettiligi” hamda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish, shuningdek, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini yakunlash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ijtimoiy profilaktika tadbirlari bo‘yicha yagona hisobot shaklini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarining to‘liq, izchil va samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida “mahalla yettiligi”ga hamda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimidan foydalanish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimini Mahallaning yagona platformasi bilan integratsiya qilgan holda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini to‘liq yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.B. Maxkamova hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
801-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 801-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) — ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar o‘rtasida axborot almashish imkonini beradigan elektron tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika tadbirlari — huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatishda amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar — mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar — mehnat organi xodimi, tibbiyot xodimi, maktab direktori va maktab psixologi, inspektor-psixolog, shuningdek, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarning murojaatiga asosan jalb etiladigan tuman (shahar) darajasidagi tegishli davlat organlari va tashkilotlari xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika obyektlari — o‘ziga nisbatan ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslarning ijtimoiy muammolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar — huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy moslashtirish dasturi — ijtimoiy profilaktika obyektlariga nisbatan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan ijtimoiy profilaktika jarayonida amalga oshiriladigan tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijtimoiy profilaktika tadbirlari quyidagi shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli bo‘lgan shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band bo‘lmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslar;

qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan shaxslar;

g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar;

qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar;

ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari;

davlat ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar;

huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar;

ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar;

yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;

muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan xotin-qizlar;

jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan shaxslar;

og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar;

tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli bo‘lgan shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalar;

nogironligi bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ijtimoiy profilaktika obyektlarini aniqlash va ularga doir ma’lumotlarni ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga taqdim etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Profilaktika inspektori tomonidan ijtimoiy profilaktika obyektlari quyidagilar asosida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini “xonadonbay” o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla faollari, uyboshi va ko‘chaboshilar bergan ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning taqdimnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar va ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali olingan ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari tomonidan berilgan boshqa ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ijtimoiy profilaktika obyektlari bo‘yicha amalga oshiriladigan ijtimoiy profilaktika tadbirlari bo‘yicha profilaktika inspektori tomonidan axborot tizimida xulosa tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslarning turmush tarzi va ijtimoiy profilaktika obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatlari doirasida tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan olingan ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar va ularning oila a’zolari haqidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Profilaktika inspektorining o‘zi tomonidan ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar bo‘yicha xulosa rasmiylashtirilishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Profilaktika inspektori tomonidan tayyorlangan xulosa asosida quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish uchun axborot tizimi orqali tegishliligi bo‘yicha ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga yuboriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hokim yordamchisiga — band bo‘lmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) profilaktika inspektoriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yoshlar yetakchisiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan yoshlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan yoshlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xotin-qizlar faoliga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan xotin-qizlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ijtimoiy xodimga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan shaxslar;

e) soliq inspektoriga tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla raisi ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga biriktiriladigan shaxslar bilan mahallaga biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda ijtimoiy profilaktika tadbirlari hamkorlikda tashkil etilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Profilaktika inspektori ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda ular bilan hamkorlikda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Profilaktika inspektori ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarning faoliyatini tahlil qilgan holda ularga amaliy, metodik va uslubiy yordam ko‘rsatib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Profilaktika inspektori axborot tizimi orqali yuborgan ijtimoiy profilaktika obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar uch ish kuni ichida o‘rganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi yoki amalga oshirishni rad etish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar uch ish kuni ichida axborot tizimi orqali o‘zining ijtimoiy moslashtirish dasturini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rad etish to‘g‘risida xulosa tayyorlangan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarda aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish hamda takroran yuborish uchun axborot tizimi orqali profilaktika inspektoriga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Profilaktika inspektori tomonidan ijtimoiy profilaktika obyektlari bo‘yicha xulosa taqdim etilmagan yoki xulosada mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar aks ettirilmagan bo‘lsa, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish rad etilishi mumkin. Bu haqida ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishni rad etish to‘g‘risidagi xulosada ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish rad etilgan holat yuzasidan profilaktika inspektori besh ish kuni ichida xulosada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, axborot tizimi orqali ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga takroran taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida qabul qilgan qaror bo‘yicha ijtimoiy moslashtirish dasturida ijtimoiy profilaktika obyektiga nisbatan amalga oshiriladigan ijtimoiy profilaktika tadbirlari va ularning muddatlari aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijtimoiy moslashtirish dasturi ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslarning har biri uchun alohida tuziladi, ijtimoiy moslashtirish dasturiga har bir ijtimoiy profilaktika obyekti kiritiladi hamda dastur tasdiqlangan vaqtdan boshlab ijroga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy moslashtirish dasturida belgilangan tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlar muntazam ravishda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan axborot tizimiga kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun ularni kiritgan shaxs shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Profilaktika inspektorining ijtimoiy profilaktika obyektlarini aniqlash va ularga doir ma’lumotlarni ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga o‘z vaqtida taqdim etish, shuningdek, mazkur Nizomning 17-bandi “b” kichik bandiga muvofiq uning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy moslashtirish dasturida belgilangan tadbirlarning bajarilish ahvoli tuman (shahar) huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi tomonidan kunlik monitoring qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar ijtimoiy moslashtirish dasturi asosida quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hokim yordamchisi — band bo‘lmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz shaxslarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda bandligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) profilaktika inspektori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, ular bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazadi, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar bilan birgalikda kasbiy layoqatidan kelib chiqib kasb-hunar o‘rganishga jalb qilish, sog‘lom hayotga qaytarish, ijtimoiy-huquqiy, psixologik va boshqa yordamlar ko‘rsatish, shuningdek, ushbu salbiy odatga ruju qo‘yishning omillarini bartaraf etish maqsadida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va kompleks psixologik-tibbiy reabilitatsiya qilish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazadi, ushbu o‘yinlarning salbiy oqibatlarini va javobgarlikni tushuntiradi, uning omillarini bartaraf etishga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori va g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarining sabablarini o‘rganadi, ular bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazadi, ularni sog‘lom hayotga qaytarish hamda bunday salbiy xatti-harakatlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori, oilaviy sharoiti va kasbiy layoqatini o‘rganadi, hokim yordamchisi tomonidan ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishida yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, vasiy yoki homiysi bo‘lmagan voyaga yetmaganlarga vasiy va homiy biriktirish, yoshlar yetakchisi bilan birgalikda ularning qiziqishidan kelib chiqib, fan, kasb-hunar va sport to‘garaklariga jalb qiladi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yoshlar yetakchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilarining bandligiga ko‘maklashadi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini o‘rganadi hamda ularga ko‘rsatiladigan yordam turlaridan samarali foydalanishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashadi hamda profilaktika inspektori bilan birgalikda huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan tizimli ishlaydi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan yoshlarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, ular bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazadi, kasbiy layoqatidan kelib chiqib kasb-hunar o‘rganishga jalb qilish, sog‘lom hayotga qaytarish hamda ushbu salbiy odatga ruju qo‘yish omillarini bartaraf etishga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan yoshlarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, ular bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazadi, ularni sog‘lom hayotga qaytarishga hamda ushbu salbiy odatga ruju qo‘yishning omillarini bartaraf etishga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xotin-qizlar faoli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazadi, nizolarning sabablarini aniqlaydi, ular bartaraf etish maqsadida mahalla raisi bilan hamkorlikda “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” tamoyillarini tushuntiradi, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatishni ijtimoiy xodim bilan birgalikda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazib, turmush tarzi, xulq-atvori, oilaviy sharoiti hamda kasbiy layoqatini o‘rganadi, ularni tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikka jalb qilish, zarur hollarda ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan xotin-qizlarning xonadoniga borib, turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, aniqlangan muammolarini bartaraf etish choralarini ko‘radi, zarur hollarda muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan shaxslarga himoya orderini berish bo‘yicha profilaktika inspektoriga taklif kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan xotin-qizlarning turmush tarzi, xulq-atvori, oilaviy sharoiti va kasbiy layoqatini o‘rganadi, ular bilan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi, hokim yordamchisi bilan hamkorlikda bandligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ijtimoiy xodim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarning turmush tarzi va oilaviy sharoitini o‘rganadi, ularning ehtiyojlariga qarab, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni va yordam berilishini tashkil etish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan shaxslar, shuningdek, parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalarni qonunchilikda belgilangan tartibda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etadi hamda ularga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) soliq inspektori tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shaxslarga soliq xizmatlarini ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori o‘z vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mahalla raisi ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilib, har hafta mahallada ularning ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish borasidagi faoliyatini muhokama qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan zarur hollarda ijtimoiy profilaktika tadbirlariga ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarni jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga yordam ko‘rsatadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mehnat organi xodimi — band bo‘lmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tibbiyot xodimi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) maktab direktori, maktab psixologi va inspektor-psixolog:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan o‘quvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarovsiz va nazoratsiz qolgan, shuningdek, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli o‘quvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan o‘quvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan o‘quvchilar bilan ijtimoiy moslashtirish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ijtimoiy moslashtirish dasturlarini amalga oshirishga ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarning murojaatiga asosan mahalla faollari, imom-xatib, otinoyilar va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish hamda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini yakunlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarning faoliyati tuman (shahar) darajasida — tuman (shahar) ichki ishlar organlari, viloyat darajasida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tahlil qilingan holda ularga tashkiliy, texnik va metodik yordam ko‘rsatgan holda muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish jarayonida vujudga kelayotgan muammolarni hal etish, shuningdek, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga amaliy va boshqa yordam ko‘rsatish maqsadida ijtimoiy profilaktika tadbirlari quyidagi tartibda nazorat qilib boriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tuman (shahar) darajasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla raisining faoliyati — O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo‘limlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hokim yordamchisining faoliyati — tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika inspektorining faoliyati — tuman (shahar) ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar faolining faoliyati — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar yetakchisining faoliyati — Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xodimning faoliyati — tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq inspektorining faoliyati — tuman (shahar) soliq inspeksiyalari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) viloyat darajasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasining, Yoshlar ishlari agentligining, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) respublika darajasida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Soliq qo‘mitasi tomonidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan ijtimoiy moslashtirish dasturi profilaktika inspektori bilan, profilaktika inspektorining o‘zi tomonidan amalga oshirilgan ijtimoiy moslashtirish dasturi esa mahalla raisi bilan birgalikda tuziladigan qo‘shma xulosa asosida yakunlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar vafot etganda, ozodlikdan mahrum etilganda yoki doimiy yashash uchun xorijiy davlatga ko‘chib ketganda, ularga nisbatan ijtimoiy moslashtirish dasturini tugatish haqida mahalla profilaktika inspektori bilan birgalikda qo‘shma xulosa tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar uzoq muddatga xorijiy davlatga ketganda ijtimoiy moslashtirish dasturi vaqtincha to‘xtatilib turiladi va qaytganidan so‘ng qayta tiklanib, holatdan kelib chiqib yakunlanishi yoki davom ettirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy profilaktika tadbirlari takroran amalga oshirilganda, ijtimoiy moslashtirish dasturi qayta tiklanib, ishlar davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ijtimoiy moslashtirish dasturini yakunlash bo‘yicha tuzilgan qo‘shma xulosa asosida tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasining, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari, tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda tuman (shahar) soliq inspeksiyalari nazoratni yakunlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar respublikaning boshqa hududiga doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ko‘chib ketsa, ular bilan olib borilayotgan ijtimoiy profilaktika tadbirlari borgan joyidagi ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan davom ettirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi har yil yakuni bo‘yicha mazkur Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bevosita joylarga chiqqan holda o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ijtimoiy profilaktika obyektlariga nisbatan elektron shaklda yuritilgan hujjatlar (xulosa, ijtimoiy moslashtirish dasturi, uning ijrosi bo‘yicha ma’lumotnomalar, qo‘shma xulosa) axborot tizimida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2024-y., 09/24/801/0989-son)