22.11.2024 yildagi PQ-403-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sohasida xususiy sektor ulushini yanada oshirish, ushbu yo‘nalishdagi tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda o‘qitishning innovatsion pedagogik shakllari, uslublari va texnologiyalarini joriy qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3276-son hamda 2018-yil 5-sentabrdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qarorlariga muvofiq 2025-yil 1-yanvarga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddatini 2030-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pedagogik faoliyatni doimiy asosda amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga “A-2” o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma berishda undiriladigan yig‘im miqdori bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan bir baravarigacha kamaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirishni A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlari hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan reyestrga kiritilgan nodavlat malaka oshirish tashkilotlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha huquqiy eksperimentni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-236-son qarorining 5-bandi “g” kichik bandida belgilangan to‘lovlar (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lov) nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini qurish loyihalariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarga mazkur qarorda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini taqdim etish bo‘yicha qonun loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma berishda undiriladigan yig‘im miqdorini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov hamda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 22-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-403-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-403-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-232-son qarori 16-bandi “b” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “yakka tartibdagi uy-joylar” so‘zlari “yakka tartibdagi uy-joylar hamda nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha huquqiy eksperimentni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-236-son qarori 5-bandi “g” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “obyektlar va yakka tartibdagi uy-joylar” so‘zlari “obyektlar, yakka tartibdagi uy-joylar hamda nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida”gi 408-son qaroriga 4-ilovaning 21-pozitsiyasi “Ta’rif” ustuni ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlariga pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun jalb qilinadigan xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi. Vazirliklar va idoralar, shuningdek, o‘z tasarrufida ta’lim tashkilotiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomning 20-ilovasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-pozitsiyaning “e” kichik bandi “E” mehnat vizasi,” so‘zlaridan keyin “A-2” o‘qituvchilar kirish vizasi,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-pozitsiyaning birinchi xatboshisidagi “Prezident maktablari va oliy o‘quv yurtlarida” so‘zlari “davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Mazkur ilova 2025-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 07/24/403/0955-son)