1-ILOVA
T/r | Koʻrsatkichlar nomi | Birlik | 2024-y. | 2025-y. | 2026-y. |
1. | Xorijiy turistlar soni | mln kishi | 1,0 | 1,4 | 1,8 |
2. | Ichki turistlar soni | mln kishi | 4,0 | 4,5 | 5,0 |
3. | Xizmatlar eksporti* | mln AQSH doll | 350,0 | 500,0 | 700,0 |
4. | Faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan joylashtirish vositalari soni | dona | 41 | 50 | 65 |
5. | Faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan mehmonxonalarda qoʻshimcha oʻrinlar soni | dona | 300 | 550 | 900 |
6. | Faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan oilaviy mehmon uylarida qoʻshimcha oʻrinlar soni | dona | 150 | 210 | 280 |
7. | Faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan xostellarda qoʻshimcha oʻrinlar soni | dona | 30 | 45 | 80 |
8. | Faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan turoperator/turagentlar soni | dona | 15 | 25 | 35 |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Bajarish uchun masʼullar |
I. Turizm infratuzilmasini tashkil qilish | |||||
1. | Viloyatdagi turizm va unga yondosh soha obyektlarida infratuzilmani yaxshilash choralarini koʻrish maqsadida taʼmirlanadigan yoʻllarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritib borish. | 1. Manzilli roʻyxatni shakllantirish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida dasturlarga kiritish. | 2025-2026-yillar davomida | - | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi |
2. | Bogʻot tumani “Qalʼajiq qalʼa” turistik majmuasiga olib boruvchi ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Tarmoq jadvalini tasdiqlash. 3. Taʼmirlash ishlarini yakunlash. | 2025-2026-yillar davomida | Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi | Xorazm viloyati hokimligi, Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi |
3. | Xiva tumanidagi 4R164 avtomobil yoʻlidan “Qorakoʻl” ekoturizm obyektiga olib boruvchi 5 km ichki yoʻlni joriy taʼmirlash. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Tarmoq jadvalini tasdiqlash. 3. Taʼmirlash ishlarini yakunlash. | 2024-2025-yillar davomida | Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi | Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi |
4. | “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasidagi Arab Muhammadxon madrasasida joylashgan muzey fondini eksponatlari bilan birgalikda boshqa joyga koʻchirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 1. Muzey fondini boshqa joyga koʻchirish boʻyicha oʻrganish ishlarini amalga oshirish maqsadida tegishli vazirlik va idora vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2024-yil noyabr | - | Xorazm viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Madaniy meros agentligi |
2. Ishchi guruh tomonidan muzey fondini boshqa joyga koʻchirish boʻyicha taklif ishlab chiqish. | 2024-yil dekabr | ||||
3. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishib, takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil mart | ||||
5. | “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Xiva turizm va madaniy meros texnikumi faoliyatini takomillashtirish. | 1. Texnikumning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, amaliyot jihozlari bilan taʼminlash, laboratoriyalar tashkil qilish, obodonlashtirish, sport majmualarini ishga tushirish. 2. Xorijiy mamlakatlar, jumladan, Turkiyadan turizm taʼlim yoʻnalishida mutaxassislarni jalb qilish. | 2024 — 2026-yillar davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Turizm qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi |
6. | Viloyatning Amudaryoga tutash hududlarida dam olish joylari va ekohududlarni tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2024 — 2026-yillar davomida | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
7. | Ichan qalʼa va Deshon qalʼaning tarixiy ahamiyatini, shuningdek, Ichan qalʼa hududidagi aholi turar joylari binolarining tarixiy koʻrinishini saqlab qolish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 1. Hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil fevral | - | Xorazm viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Turizm qoʻmitasi |
8. | Ichan qalʼa va Deshon qalʼada milliy hunarmandchilik, ayniqsa, suvenir mahsulotlarining raqobatbardoshligi va sifatini, turistlar uchun jozibadorligini yanada oshirish, shuningdek, hunarmandchilik mahsulotlarini keng targʻib qilish yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil yanvar | - | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi |
II. Turizm sohasida yangi xizmat turlarini kengaytirish va xizmat sifatini yaxshilash | |||||
9. | Tuproqqalʼa tumanida 5 ming gektar maqbul yer maydonlarida qoʻriqlanma zonalarni tashkil qilish orqali safari va ov turizmini rivojlantirish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil davomida | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
10. | Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasiga kirish va chiqish tizimini raqamlashtirish uchun onlayn chipta xarid qilish imkoniyatini yaratish boʻyicha yangi platforma ishlab chiqish. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tanlov eʼlon qilish. 2. “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasiga kirish uchun onlayn chiptalarni xarid qilish imkonini beradigan platformani ishga tushirish. | 2025-yil may | “Ichan-qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi mablagʻlari | Madaniy meros agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
11. | Xorazm viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy turistlarga va yuqori martabali mehmonlarga xizmat koʻrsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari (restoranlar)da xizmat sifatini yaxshilash boʻyicha xorijiy tajriba asosida konsepsiya ishlab chiqish. | 1. Hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2024-yil dekabr | - | Turizm qoʻmitasi, Oshpazlar uyushmasi, Xorazm viloyat hokimligi |
3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil fevral | ||||
12. | Xorazm viloyatining Amudaryo daryosi boʻyidagi hududlaridan oqilona foydalanish maqsadida xavfsizlik omillarini inobatga olgan holda suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish. Bunda: Amudaryo daryosining qirgʻoqlarini betonlashtirish; daryo boʻyida zamonaviy plyaj va aholi hordiq chiqarish zonalarini tashkil qilish; zamonaviy mehmonxona, savdo va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish nazarda tutiladi. | 1. Hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil dekabr 2025-yil mart | - | Turizm qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
13. |
Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligida ekoturizm infratuzilmasini yaxshilash va investorlarni jalb etish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2024 — 2026-yillar davomida | - | Oʻrmon xoʻjaligi agentligi |
III. Madaniy koʻngilochar tadbir va festivallar oʻtkazish, targʻibot tadbirlarini amalga oshirish | |||||
14. | Xiva shahrida “Gilamlar jilosi” nomi ostida xalqaro gilam koʻrgazmasini tashkil etish. | 1. Koʻrgazmani oʻtkazish joyini belgilash. 2. Koʻrgazma bilan bogʻliq sarf-xarajatlar smetasini va koʻrgazmani oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi bayoni loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Koʻrgazmani yuqori saviyada oʻtkazish. | 2025-yil oktabr oyidan boshlab har yili | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | “Hunarmand” uyushmasi, Turizm qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi |
15. | Xiva shahrida “Xorazm xonlari milliy taomlari” xalqaro gastronomik festivalini tashkil etish. | 1. Gastrofestivalni oʻtkazish joyini aniqlash. 2. Gastrofestival bilan bogʻliq sarf-xarajatlar smetasini va tadbirni oʻtkazish boʻyicha tegishli bayon loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish. | 2025-yil sentabr oyidan boshlab, har yili | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi |
16. | Turistlarni jalb qilish va ularning viloyatda qolish muddatini uzaytirish maqsadida turistik mavsum davomida (mart-oktabr) “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasida “Har kuni bir tadbir” loyihasini amalga oshirish. | 1. Tadbirlarni oʻtkazish vaqtini belgilash. 2. Tadbirni oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar smetasini va tadbirni oʻtkazish boʻyicha tegishli bayon loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish. | 2025-yildan boshlab doimiy | Shartnoma asosida “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
17. | Xorazm viloyatining turizm salohiyatini Turkiya, Xitoy, Eron hamda Ozarbayjon davlatlarida tizimli targʻib qilib borish. | Turkiya, Xitoy, Eron hamda Ozarbayjon davlatlarida tashkil qilinadigan turistik yarmarkalarda viloyat delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash va targʻibotini amalga oshirish. | 2024 — 2026-yillar davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
3-ILOVA
T/r | Tadbir nomi | Oʻtkaziladigan davlat nomi | Ishtirok etuvchilar | Muddati* | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul tashkilotlar |
2024-yil | ||||||
1. | “Tourism Expo Japan” turizm koʻrgazmasida qatnashish | Tokio, Yaponiya | Turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, hunarmandlar, madaniyat sohasi vakillari, madaniy meros va “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi vakillari, gastroturizm, turizm sohasi xodimlari | Noyabr | Xorazm viloyati hokimligi mablagʻlari, tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. | “WTM London” turizm koʻrgazmasida ishtirok etish | London, Buyuk Britaniya | Dekabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | ||
2025-yil | ||||||
3. | Yevropaning nufuzli shaharlarida “Road show” taqdimotlarini tashkil qilish va “FITUR” turizm koʻrgazmasida ishtirok etish | Yevropa davlatlari | Turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, hunarmandlar, madaniyat sohasi vakillari, madaniy meros va “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi vakillari, gastroturizm, turizm sohasi xodimlari | Yanvar-fevral | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi Madaniyat vazirligi |
4. | “EMIT” turizm koʻrgazmasida ishtirok etish | Istanbul, Turkiya | Fevral | Xorazm viloyati hokimligi mablagʻlari, tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari | ||
5. | “ITB Berlin” turizm koʻrgazmasida ishtirok etish | Berlin, Germaniya | Mart | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | ||
6. | “AITF” turizm koʻrgazmasida ishtirok etish | Boku, Ozarbayjon | Aprel | Xorazm viloyati hokimligi mablagʻlari, tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari | ||
7. | “ITB China” turizm koʻrgazmasida ishtirok etish | Shanxay, Xitoy | May | Tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari | ||
8. | “IFTM Top Resa” | Parij, Fransiya | Oktabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari tashabbuskorlar mablagʻlari | ||
9. | “Tourism Expo Japan” | Tokio, Yaponiya | Oktabr | Xorazm viloyati hokimligi mablagʻlari, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | ||
10. | “TTG Rimini” | Rimini, Italiya | Oktabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari | ||
11. | “WTM London” | London, Buyuk Britaniya | Noyabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, tashabbuskor mablagʻlari | ||
2026-yil | ||||||
12. | “FITUR” turizm koʻrgazmasida ishtirok etish | Madrid, Ispaniya | Turizm sohasi tadbirkorlik subyektlari, madaniyat sohasi vakillari, madaniy meros va “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi vakillari, turizm sohasi xodimlari | Yanvar | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, tashabbuskorlar mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi |
13. | “IFTM Top Resa” turizm koʻrgazmasida ishtirok etish | Parij, Fransiya | Oktabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari | ||
14. | “TTG Rimini” turizm koʻrgazmasida ishtirok etish | Rimini, Italiya | Oktabr | Tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari | ||
15. | Salohiyatli hududlarda “Khiva tourism and culture days” tadbirini tashkil qilish va “WTE Miami” turizm koʻrgazmasida ishtirok etish | Mayami, AQSH | Oktabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari | ||
16. | “WTM London” turizm koʻrgazmasida ishtirok etish | London, Buyuk Britaniya | Noyabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | ||