08.11.2024 yildagi 748-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat sohasida milliy brend egalari hamda nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining maxsus elektron platformasida har yili 1-aprelga qadar nufuzli xalqaro va milliy brendlarning ro‘yxati shakllantirilishi va e’lon qilib borilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga hamda milliy sanoat brendlari ro‘yxatiga kiritilgan brend egalariga Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari qo‘llanilishining belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Milliy brend egalarini va nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi nufuzli xalqaro brendlar hamkorlari va milliy brend egalarining ro‘yxatlarini shakllantirish uslubiyatini tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nufuzli xalqaro brendlar ro‘yxatini shakllantirishda xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning so‘nggi reytingida birinchi 500 o‘rinni egallagan sanoat yo‘nalishidagi brend egalarini saralab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) milliy brend egalari ro‘yxatini shakllantirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar belgilari bo‘yicha milliy konsalting kompaniyalari tadqiqotlari natijalarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar belgilari ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi holati hamda ular to‘g‘risida so‘rovlar soni bo‘yicha mezonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish mezonlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 8-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
748-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-noyabrdagi 748-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy brend egalarini va nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom milliy brend egalarini hamda nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
brend hamkorlari — maxsus elektron platformada nufuzli xalqaro brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzgan yuqori va o‘rta barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus elektron platforma — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining (keyingi o‘rinlarda — Palata) brend hamkorlari va milliy brend egalarining ro‘yxati shakllantiriladigan hamda e’lon qilib boriladigan maxsus elektron axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy brend egalari — maxsus elektron platformada milliy brend egalari ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy brendlar ro‘yxatiga kiritiladigan sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori va o‘rta barqarorlik reytingiga ega hamda tovar belgisi belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlashtiruvchi organlar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan mahalliy mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish yuzasidan dastur ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi tashkilotlar — Savdo-sanoat palatasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro brendlar — maxsus elektron platformada e’lon qilingan xalqaro brendlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskor — brend hamkorlari va milliy brend egalarining ro‘yxatiga kiritilgan tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar ro‘yxati — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning ro‘yxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi qo‘llab-quvvatlash (keyingi o‘rinlarda — moliyaviy yordam) choralari amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) brend hamkorlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarni joriy qilish, ekologik va muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlash xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar ro‘yxatida ko‘rsatilgan sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan mahalliy mutaxassislarni nufuzli xalqaro brendlar egalari hisoblangan korxonalarda, shu jumladan, ularning ishlab chiqarish maydonlarida malakasini oshirish xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro brendlar ostida kamida 1 million AQSh dollari miqdorida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarganda grantlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) milliy brend egalariga quyidagi xarajatlarning 50 foizigacha qismini qoplab berish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ro‘yxatdan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro savdo maydonchalariga (marketpleyslarga) chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlardagi “Made in Uzbekistan” shourumlarida mahsulotlarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy savdo uylarini tashkil qilishda binolarni ijaraga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish, joyni ijaraga olish, ko‘rgazma stendlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar reklamasini Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha (CRM, ERP, CERM) axborot tizimlarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar ro‘yxatiga muvofiq kamida bir yilga jalb qilingan malakali xorijiy mutaxassislarning ish haqini to‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan tarmoq uyushmalari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan dastur asosida xorijiy mutaxassislar ro‘yxatida ko‘rsatilgan sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan mahalliy mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish (keyingi o‘rinlarda — sanoat sohalari uchun talab yuqori bo‘lgan mahalliy mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish yo‘nalishida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Murojaat qilish tartibi va talab etiladigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy yordam olish bo‘yicha tashabbuskorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliyaviy yordam olish uchun tashabbuskor “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamg‘armadan moliyaviy yordam olish uchun tashabbuskor tomonidan quyidagi hujjatlar Kompaniyaning elektron platformasi orqali taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) brend hamkorlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarni joriy qilish, ekologik va muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlash xarajatlarini qoplash yo‘nalishlarida standart (sertifikat) joriy qilish (olish) rejalashtirilgan mahsulot, joy, obyekt (yer) maydoni hajmi, ishlovchilar soni, ishlab chiqarish quvvatlari to‘g‘risida ma’lumot, xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomasining nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar ro‘yxatida ko‘rsatilgan sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan mahalliy mutaxassislarni nufuzli xalqaro brendlar egalari hisoblangan korxonalarda, shu jumladan, ularning ishlab chiqarish maydonlarida malakasini oshirish xarajatlarini qoplash yo‘nalishida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomasining nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro brendlar ostida kamida 1 million AQSh dollari miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilganda — grantlar ajratish yo‘nalishida nufuzli xorijiy brend ostida kamida 1 million AQSh dollari miqdorida sanoat mahsuloti ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (xorijiy brend egalari hisoblangan korxonalar bilan tuzilgan shartnoma hamda mahsulotlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar — oldi-sotdi shartnomasi, hisob-faktura va xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomasining nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) milliy brend egalari uchun xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplab berishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish yo‘nalishida standart (sertifikat) joriy qilish (olish) rejalashtirilgan mahsulot, joy, obyekt (yer) maydoni hajmi, ishlovchilar soni, ishlab chiqarish quvvatlari to‘g‘risida ma’lumot, xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomasi nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘nalishida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomasi nusxasi), milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish, joyni ijaraga olish va ko‘rgazma stendlarini tashkil etish yo‘nalishlarida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomasi nusxasi), o‘tkazilgan ko‘rgazma stendi bo‘yicha fotosurat va videolavhalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha (CRM, ERP, CERM) axborot tizimlarini joriy qilish yo‘nalishida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomasi nusxasi), axborot tizimini ishga tushirganligi haqida ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro savdo maydonchalariga (marketpleyslarga) chiqish, xorijiy davlatlardagi “Made in Uzbekistan” shourumlarida mahsulotlarini joylashtirish, xorijiy savdo uylarini tashkil qilishda binolarni ijaraga olish, mahsulotlar reklamasini Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish yo‘nalishlarida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomasi nusxasi) va fotosuratlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar ro‘yxatiga muvofiq kamida bir yilga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning ish haqini to‘lash yo‘nalishida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, dalolatnoma va xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomasi nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tashabbuskorlardan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Arizada tashabbuskor elektron manzilining ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida elektron platforma orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sanoat sohalari uchun talab yuqori bo‘lgan mahalliy mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan tarmoq uyushmalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan dastur hamda dasturga kirgan korxonalarning mahalliy mutaxassislari ro‘yxati (mutaxassislik yo‘nalishi, lavozimi, pasport ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda) va ularning korxona mutaxassislari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq yoki mehnat shartnomasi) Kompaniyaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tashabbuskor arizasini ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Kompaniya tomonidan ariza qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda taqdim etilgan hujjatlar ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligi, ishonchliligi, moliyaviy yordam ko‘rsatish yo‘nalishlari, shartlari va maqsadlariga hamda moliyaviy yordamni ushbu Nizomning 20-bandida belgilangan miqdorlarga muvofiqligi nuqtai nazardan ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kompaniya tomonidan tashabbuskorlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun ariza topshirilgan sanada barqarorlik reytingida “AAA”, “AA”, “A”, “BBB”, “BB”, “B” reytinga ega bo‘lgan korxona bo‘lishi (ro‘yxatdan o‘tganiga 6 oy bo‘lmagan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoniga muvofiq 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Moliyaviy yordam ajratish to‘g‘risidagi qaror Kompaniya tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompaniya bir ish kuni mobaynida elektron platforma orqali qabul qilingan qaror to‘g‘risida eksport qiluvchi tashkilotlarga xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, moliyaviy yordam berish to‘g‘risidagi ijobiy qaror qabul qilingan arizalar bo‘yicha Kompaniya tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Moliyaviy yordam ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida moliyaviy yordam mablag‘lari tashabbuskorning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning Kompaniyaga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar moliyaviy yordam ajratishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskor tomonidan mazkur Nizomga muvofiq belgilangan hujjatlarni to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskor tomonidan so‘ralayotgan moliyaviy yordamning mazkur Nizomda belgilangan tartib va talablarga nomuvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda ko‘rsatilganidan boshqa sabablarga ko‘ra moliyaviy yordam ko‘rsatishni rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javobgarlik tashabbuskorlarga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizomning 3-bandi “v” kichik bandida belgilangan yo‘nalishda moliyaviy yordam ajratish muvofiqlashtiruvchi organlarning buyurtmalariga muvofiq tarmoq uyushmalari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Moliyaviy yordam yo‘nalishlari va predmeti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Moliyaviy yordam quyidagi yo‘nalishlar bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lab berish uchun ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) brend hamkorlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarni joriy qilish, ekologik va muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlash xarajatlarini qoplash yo‘nalishlarida standartlarni joriy qilish, ekologik va muvofiqlik sertifikatlarini olish, mahsulot namunalarini xorijdagi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasidagi laboratoriyalarda tekshirish, sinovdan o‘tkazish, xulosalar olish, xorijdagi laboratoriyalarga mahsulot namunalarini yetkazib berish, saqlash va (yoki) yo‘q qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar ro‘yxatida ko‘rsatilgan sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan mahalliy mutaxassislarni nufuzli xalqaro brendlar egalari hisoblangan korxonalarda, shu jumladan, ularning ishlab chiqarish maydonlarida malakasini oshirish xarajatlarini qoplash yo‘nalishida o‘quv treninglarida qatnashish to‘lovi, transport xarajati — ekonom klass uchun, mehmonxona xarajati — standart nomer uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro brendlar ostida kamida 1 million AQSh dollari miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilganda — grantlar ajratish yo‘nalishida nufuzli xorijiy brendlar ostida mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) milliy brend egalari uchun quyidagi xarajatlarning 50 foizigacha qismini qoplab berishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish yo‘nalishida standartlarni joriy qilish, muvofiqlik sertifikatlarini olish, mahsulot namunalarini xorijdagi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasidagi laboratoriyalarda tekshirish, sinovdan o‘tkazish, xulosalar olish, xorijdagi laboratoriyalarga mahsulot namunalarini yetkazib berish, saqlash va (yoki) yo‘q qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar, ro‘yxatdan o‘tkazilishi zarur bo‘lgan mahsulotlar va brendlar (tovar belgilari) hujjatlari va namunalarini tegishli xorijiy vakolatli organlarga yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro savdo maydonchalariga (marketpleyslarga) chiqish yo‘nalishida mahsulot va xizmatlarni xalqaro elektron savdo maydonchalariga, shu jumladan, ularda ro‘yxatdan o‘tish va a’zo bo‘lish orqali joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlardagi “Made in Uzbekistan” shourumida mahsulotlarini joylashtirish yo‘nalishida mahsulotlar namunalari va boshqa ko‘rgazma eksponatlarini xorijiy davlatdagi shourumlarga yetkazib berish va O‘zbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy savdo uylarini tashkil qilish uchun binolarni ijaraga olish yo‘nalishida ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish, joyni ijaraga olish va ko‘rgazma stendlarini tashkil etish yo‘nalishlarida ro‘yxatga olish yig‘imlari, ko‘rgazma maydonlarini (shu jumladan, stendlarni joylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda) hamda ko‘rgazma stendi va jihozlarini ijaraga olish, stendlarni ishlab chiqarish, montaj va demontaj qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar reklamasini Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish yo‘nalishida raqamli reklamani tayyorlash hamda Internet jahon tarmog‘i xorijiy axborot resurslarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar, messenjerlar, onlayn o‘yinlarda joylashtirish, shuningdek, chet el gazetalari, biznes jurnallar va kataloglarida nashr qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha (CRM, ERP, CERM) axborot tizimlarini joriy qilish yo‘nalishida avtomatlashtirilgan tizimni (elektron dastur) sotib olish (joriy qilish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar ro‘yxatiga muvofiq kamida bir yilga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning ish haqini to‘lash yo‘nalishida mehnatga haq to‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sanoat sohalari uchun talab yuqori bo‘lgan mahalliy mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘quv treninglari va malaka oshirish kurslari tashkil etish (jalb qilinadigan malakali xorijiy mutaxassislarning xizmat haqi, transport xarajati — ekonom klass uchun, mehmonxona xarajati — standart nomer uchun) to‘lovlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Moliyaviy yordam miqdori va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kompaniya tomonidan beriladigan moliyaviy yordam ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga muvofiq quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) brend hamkorlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarni joriy qilish, ekologik va muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlash xarajatlarini qoplash yo‘nalishlarida bir kalendar yilida 5 ta xalqaro sertifikat uchun xarajatlarning 100 foizi, biroq 20 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, tashabbuskorlar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar ro‘yxatida ko‘rsatilgan sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan mahalliy mutaxassislarni nufuzli xalqaro brendlar egalari hisoblangan korxonalarda, shu jumladan, ularning ishlab chiqarish maydonlarida malakasini oshirish xarajatlarini qoplash yo‘nalishida bir kalendar yilida bir marotaba mutaxassislarni malakasini oshirish uchun tashabbuskorlarning ixtiyoriga ko‘ra brend egalari yoki ularning vakolatli vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzilganda xarajatlarning 100 foizi miqdorda, tashabbuskorlar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro brendlar ostida kamida 1 million AQSh dollari miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilganda — grantlar ajratish yo‘nalishida nufuzli xalqaro brendlar ostida mahsulot ishlab chiqarish boshlangan vaqtdan kelgusi 12 oy ichida kamida 1 million AQSh dollari ekvivalentida mahsulot ishlab chiqarib, realizatsiya qilinganda bir marotaba 500 million so‘m miqdorda grant ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) milliy brend egalari uchun quyidagi xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplab berishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish xarajatlarini qoplash yo‘nalishida, bir kalendar yilida ko‘pi bilan 3 ta xalqaro sertifikat uchun, bunda bitta xalqaro sertifikatni olish uchun — 50 foiz, biroq 10 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, tashabbuskorlar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarini qoplash yo‘nalishida — 50 foiz, biroq bir tashabbuskor uchun bir kalendar yilida 5 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, tashabbuskor tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro savdo maydonchalariga (marketpleyslarga) chiqish xarajatlarini qoplash yo‘nalishida 50 foiz, biroq bir tashabbuskor tashkilot uchun bir kalendar yilida 5 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, tashabbuskor tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlardagi “Made in Uzbekistan” shourumida mahsulotlarini joylashtirish xarajatlarini qoplash yo‘nalishida 50 foiz, biroq bir tashabbuskor uchun bir kalendar yilida 5 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, tashabbuskor tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy savdo uylarini tashkil qilishda binolarni ijaraga olish xarajatlarini qoplash yo‘nalishida 50 foiz, biroq bir tashabbuskor uchun bir oyda 2 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, tashabbuskor tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishda ro‘yxatdan o‘tish, joyni ijaraga olish, ko‘rgazma stendlarini tashkil etish yo‘nalishida tashabbuskor alohida o‘zi ijaraga olgan maydonda qatnashgan holatlarda bir kalendar yilida 3 ta xalqaro ko‘rgazma uchun 50 foiz miqdorda, biroq bitta tashabbuskor uchun bitta ko‘rgazma bo‘yicha 10 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, tashabbuskor tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar reklamasini Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish xarajatlarini qoplash yo‘nalishida 50 foiz, biroq bir tashabbuskor uchun bir kalendar yilida 5 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, tashabbuskorlar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha (CRM, ERP, CERM) axborot tizimlarini joriy qilish xarajatlarini qoplash yo‘nalishida 50 foiz, biroq bir tashabbuskor tashkilot uchun bir kalendar yilida 10 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, tashabbuskor tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar ro‘yxatiga muvofiq kamida bir yilga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning ish haqini to‘lash yo‘nalishida bir kalendar yilida bitta xorijiy mutaxassis ish haqining 50 foizi, biroq bir oyda bitta mutaxassis uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sanoat sohalari uchun talab yuqori bo‘lgan mahalliy mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish yo‘nalishida 100 foiz miqdorda haqiqiy xarajatlar bo‘yicha moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xorijiy valyutadagi xarajatlar bo‘yicha ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam miqdori tashabbuskorlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning xizmatidan foydalangan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada hisoblanib to‘lab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Moliyaviy yordam bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kompaniya tomonidan beriladigan moliyaviy yordamlar Jamg‘armada mavjud mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘zbekiston Respublikasi hududida xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xorijdagi shartnomalar bo‘yicha xarajatlar Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘larini samarali boshqarish to‘g‘risida” 2020-yil 23-maydagi 329-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom qoidalarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jamg‘armaning mablag‘laridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Kompaniyaga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy brend egalarini va nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy yordam olish bo‘yicha tashabbuskorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashabbuskor

Tegishli hujjatlarni tayyorlaydi va elektron shaklda taqdim etadi.

Ixtiyoriga ko‘ra

2-bosqich

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

Arizani ko‘rib chiqish va moliyaviy yordam ko‘rsatish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kuni mobaynida

3-bosqich

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

Tashabbuskorga qabul qilingan qaror to‘g‘risida bildirishnoma yuboradi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida

4-bosqich

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

Tashabbuskorning arizasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga tegishli mablag‘larni o‘tkazib beradi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/748/0909-son)