04.11.2024 yildagi 733-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning temir yoʻl transportida yoki shaharlararo avtobusda bepul foydalanishi uchun qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) yuritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrga kiritilgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga va ularga bevosita hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bir yilda bir marta temir yoʻl yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar (borish va qaytish uchun) ajratilishi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalari beriladigan shaxslar toifasiga kiritish vazifasi yuklanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga temir yoʻl transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Raqamli texnologiyalar vazirligi bir oy muddatda Transport vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari, shaharlararo qatnovchi avtobuslar avtovokzal va avtostansiyalaridagi masʼul xodimlarning “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestridan foydalanish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 4-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
733-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-noyabrdagi 733-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga temir yoʻl transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — reyestr) kiritilgan shaxslarga temir yoʻl transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar (borish va qaytish uchun) berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar bepul chiptani rasmiylashtirishda masʼul xodimga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat chiptani olish vaqtida, shuningdek, temir yoʻl yoki shaharlararo avtobusda foydalanish vaqtida amal qilish muddati oʻtmagan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amal qilish muddati oʻtgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida bepul chiptalarni rasmiylashtirishga, temir yoʻl yoki shaharlararo avtobusda olib yurish xizmatlarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar tanloviga koʻra temir yoʻl yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalardan bir yilda faqat bir marta foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temir yoʻl yoki avtobus) turidan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar hamda ularni kuzatib borayotgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning temir yoʻl transportida yoki shaharlararo avtobuslarda bepul yurish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bepul yurishga chiptalarni berish hamda ularning hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul yurish chiptalari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari, shaharlararo qatnovchi avtobuslar avtovokzal va avtostansiyalari masʼul xodimlari tomonidan reyestr yordamida shaxsni tasdiqlovchi hujjatni solishtirish yoʻli bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul yurishga chiptalarni beruvchi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari, shaharlararo qatnovchi avtobuslar avtovokzal va avtostansiyalari toʻgʻrisidagi batafsil axborot joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul yurishga chiptalarni beruvchi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari, shaharlararo qatnovchi avtobuslar avtovokzal va avtostansiyalari masʼul xodimlari reyestrga kiritilgan imtiyozli shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron hamkorlik yoʻli bilan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidan oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga temir yoʻl transportida bepul yurishlari uchun kupeli vagon tarifi boʻyicha chiptalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda boshqa yuqori tarifdagi chiptalar olinganda narxlar oʻrtasidagi farq yoʻlovchi va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari, shaharlararo qatnovchi avtobuslar avtovokzal va avtostansiyalari masʼul xodimlari ushbu Nizomga muvofiq taqdim etilgan chiptalar hisobini yuritadilar hamda chiptalarning nusxalarini yoki yoʻnalish qaydnomasini (elektron yoʻlkira hujjatlari uchun) ilova qilgan holda, tashishning imtiyozli va amaldagi qiymati koʻrsatilib rasmiylashtirilgan hujjatlarning onlayn reyestrini shakllantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bepul yurishga xarajatlarni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning bepul yurishi uchun chiptalar bilan taʼminlash xarajatlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning bepul yurishi uchun chiptalar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari hamda shaharlararo qatnovchi avtobuslar avtovokzal va avtostansiyalari har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ushbu Nizomga muvofiq taqdim etilgan chiptalarning nusxalarini yoki yoʻnalish qaydnomasini (elektron yoʻlkira hujjatlari uchun), shuningdek, zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojning hisob-kitobini ilova qilgan holda, tashishning imtiyozli va amaldagi qiymati koʻrsatilib rasmiylashtirilgan hujjatlar reyestrlarini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi ajratish uchun zarur mablagʻlarga ehtiyojning hisob-kitoblarini olgandan keyin besh ish kuni mobaynida ushbu mablagʻlarni tegishlicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari hamda shaharlararo qatnovchi avtobuslar avtovokzal va avtostansiyalarining hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar bepul yurishlari uchun chiptalar bilan oʻz vaqtida va maqsadli taʼminlash yuzasidan masʼuliyat ushbu Nizomga muvofiq “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda shaharlararo qatnovchi avtobuslar avtovokzal va avtostansiyalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Reyestrga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqiqiyligi uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan budjet mablagʻlari sarflanishining asoslanganligi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga temir yoʻl transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning temir yoʻl transportida yoki shaharlararo avtobuslarda yurish tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — reyestr) kiritilgan shaxslarga bepul yurishga chiptalarni beruvchi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari, shaharlararo qatnovchi avtobuslar avtovokzal va avtostansiyalari toʻgʻrisidagi batafsil axborotni tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradi.

Doimiy

2-bosqich

Reyestrga kiritilgan shaxslar

Bepul yurishga chiptani olish (sotib olish) uchun Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari, shaharlararo qatnovchi avtobuslar avtovokzal va avtostansiyalari kassalariga murojaat qiladilar.

Bir yilda bir marta

3-bosqich

Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, shaharlararo qatnovchi avtobuslar avtovokzal va avtostansiyalari

1. Reyestrga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron hamkorlik yoʻli bilan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidan olgan holda bepul chiptalar rasmiylashtiradi.

Murojaatga koʻra

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etilgan chiptalarning nusxalarini yoki yoʻnalish qaydnomasini (elektron yoʻlkira hujjatlari uchun), shuningdek, zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojning hisob-kitobini ilova qilgan holda, tashishning imtiyozli va amaldagi qiymati koʻrsatilib rasmiylashtirilgan hujjatlar reyestrlarini taqdim etadilar.

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha boʻlgan muddatda

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ajratish uchun zarur mablagʻlarga ehtiyojning hisob-kitoblarini olgandan keyin ushbu mablagʻlarni tegishlicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari hamda shaharlararo qatnovchi avtobuslar avtovokzal va avtostansiyalarining hisobvaraqlariga oʻtkazadi.

5 ish kuni mobaynida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2024-y., 09/24/733/0883-son)