27.12.2023 yildagi PQ-410-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatga integratsiya qilish va mustaqil hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonini raqamlashtirish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni (keyingi o‘rinlarda — yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar) aniqlash tartib-taomillarini optimallashtirish va raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish orqali mazkur xizmatlardan foydalanish qamrovini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning salomatligi va turmush sifatini yaxshilash orqali ularning ijtimoiylashuvini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya tizimida parvarishlash iqtisodiyotini shakllantirish orqali xususiy sektor ishtirokini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestri (keyingi o‘rinlarda — reyestr) yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularning murojaatlarini qabul qilish mahalla darajasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan o‘zgalarning parvarishiga muhtojlik darajasini baholash natijalari hamda individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish rejasi (keyingi o‘rinlarda — Individual ijtimoiy xizmatlar rejasi) tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yo‘qotilgan biometrik pasportlari (identifikatsiya ID-kartalari) ular reyestrga kiritilguniga qadar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida davlat boji undirilmagan holda almashtirib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli ijtimoiy xizmatlar va yordamni ko‘rsatish uchun boshqa davlat organlariga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoiti individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq moslashtirib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil 1-fevraldan boshlab reyestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar va yordam ijtimoiy xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida ko‘rsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlash va uning taqdirini hal etishga qaratilgan boshqa bitimlar notarial tasdiqlashdan avval “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelishiladi.
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2024-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pullik xizmat ko‘rsatish tartibi joriy etiladi. Bunda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxati Agentlik tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga va ularga bevosita hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bir yilda bir marta temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar (borish va qaytish uchun) ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-martdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har olti oyda bir marotaba ijtimoiy xizmatlar sifati hamda individual ijtimoiy xizmatlar rejasi natijalari “Inson” markazi xodimi, oilaviy shifokor hamda fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan monitoringdan o‘tkaziladi. Bunda:
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning oddiy va murakkab harakatlarni amalga oshirish imkoniyati baholab boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
individual ijtimoiy xizmatlar rejasida belgilangan xizmatlarning mas’ul xodim tomonidan ko‘rsatilgan muddati, natijasi, sifati, samaradorligi, bexatarligi baholanadi va monitoring ma’lumotlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi tomonidan xizmatdan qoniqish hosil qilganligi darajasi baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) notariuslar tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga umrbod renta shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan renta to‘lovchi tomonidan umrbod renta shartnomasi shartlariga rioya etilishi monitoring qilib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish dasturlari bo‘yicha axborot targ‘iboti yo‘nalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik buyurtmasiga asosan Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish dasturlari bo‘yicha ma’lumotlar mobil aloqa operatorlari va kontent-provayderlar orqali aholining mobil aloqa vositalariga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik buyurtmasi bo‘yicha mobil aloqa operatorlari va kontent-provayderlarning SMS-xabarni foydalanuvchiga uzatish bilan bog‘liq xarajatlari yuridik shaxslarning soliq bazasiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ijtimoiy xizmatlar va yordamlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mobil aloqa operatorlari va kontent-provayderlar tomonidan uzatilishi uchun SMS-xabar limiti ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlikning “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi sifatida qayta nomlash haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiylashuvini ta’minlash maqsadida ijtimoiy-mehnat reabilitatsiya xonalari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqomat qiluvchi har 100 kishiga Agentlik tizimidagi muassasalarning amaldagi shtat birliklari doirasida bir nafardan ijtimoiy xodim, reabilitolog va mehnat yo‘riqchisi shtat birliklari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqomat qiluvchilarning o‘z xohishiga ko‘ra mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil 1-apreldan boshlab Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida eksperiment tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularda joylashtirilgan shaxslarga ularning ehtiyoji hamda xohishiga ko‘ra qisqa va uzoq muddat qolish hamda internat uyidan butunlay chiqish imkoniyati yaratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari joylashgan hududdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATga kiritilgan oilalarning o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalari va nogironligi bo‘lgan shaxslariga shartnoma asosida mobil, kunduzgi qatnov shaklidagi, qisqa va uzoq muddatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi;
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur kichik bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan xizmatlar 2025-yil 1-iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlaridagi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida yo‘lga qo‘yiladi.
(5-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2024-yil 1-maydan boshlab reyestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga (yolg‘iz yashovchi keksalar va yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar bundan mustasno) har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Agentlik direktori M.P. Olloyorov Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvarga qadar Agentlik tizimidagi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar faoliyatini takomillashtirish hamda imtiyozli toifadagi shaxslarni sanatoriya muassasalarida davolash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik ikki oy muddatda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish shartnomasining namunasini hamda yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash, ularga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish reglamentini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Agentlik direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-410-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash.

1. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash, reyestrga kiritish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, monitoring qilish va reyestrdan chiqarish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil yanvar

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar qarindoshlarini ko‘rib kelishlari uchun ularga va ularni kuzatuvchi shaxsga bir yilda bir marotaba temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar (borish va qaytish uchun) ajratish tartibini belgilash.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar qarindoshlarini ko‘rib kelishlari uchun ularga va ularni kuzatuvchi shaxslarga bepul chiptalar ajratish tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil mart

-

Transport vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi

3.

Reyestrga kiritilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni shahar yo‘lovchilar transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalari beriladigan shaxslar toifasiga kiritish.

Reyestrga kiritilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozli transport kartalarini berish tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish

2024-yil mart

-

Transport vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi

4.

Reyestrga kiritilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirib berish.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida Reyestrga kiritilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga Yakka tartibdagi dastur talablariga muvofiq yashash sharoitini moslashtirish (pandus, tutqichlar, hojatxona, oshxona, yotoqxona va vannalarni moslashtirish).

Doimiy ravishda

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mablag‘lari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

5.

Uyda ijtimoiy-maishiy xizmatlarni ko‘rsatishga nodavlat notijorat tashkilotlari va volontyorlarni jalb etish.

Quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tyutorlik (zamonaviy texnologiya va onlayn xizmatlardan foydalanishga o‘rgatish) hamda ijtimoiy kuzatuv (tibbiyot va sport muassasasiga olib borish va ko‘rikdan o‘tkazish) xizmatlarini ko‘rsatishga nodavlat notijorat tashkilotlari va volontyorlar jalb etish;

bosqichma-bosqich volontyorlar jalb etiladigan ijtimoiy xizmatlar turlarini kengaytirib borish.

Doimiy ravishda

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

O‘zbekiston volonterlar assotsiatsiyasi,

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

6.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan ijtimoiy yordam berishda kasaba uyushmalari ishtirokini kengaytirish.

1. Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda Kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari bilan birgalikda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Reyestrga kiritilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy buyurtmalari asosida kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan ijtimoiy yordam berishni (oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, uy-joyni ta’mirlash, kommunal xizmatlarga haq to‘lash va shu kabilar) yo‘lga qo‘yish.

2024-yil apreldan boshlab har chorakda bir marta

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mablag‘lari,

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

7.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishda ijtimoiy sheriklik, xayriya va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikning boshqa shakllarini amalga oshirish platformasini yaratish.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida quyidagilarni nazarda tutuvchi platformani ishga tushirish:

nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun tashabbus kiritish;

nodavlat notijorat tashkilotlarini va volontyorlarni tanlab olishga tanlov mezonlarini belgilash;

muvaffaqiyatli ijtimoiy sheriklik loyihalari haqidagi ma’lumotlarni targ‘ib qilish;

homiylar, volontyorlar va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan ijtimoiy sheriklik loyihalarini amalga oshirayotgan subyektlar reyestri;

tijorat subyektlari, volontyorlik harakatlari va boshqa shaxslarni ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish va boshqalar.

2024-yil noyabr

Hisob-kitoblarga muvofiq

Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi va budjet mablag‘lari hisobidan

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

8.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning parvarishi bilan band bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tashkil etish.

Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning parvarishi bilan band bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil avgust

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Imtiyozga ega bo‘lmagan shaxslar uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida ko‘rsatiladigan xizmatlarni shartnoma asosida pullik xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratish.

Tuman (shahar) “Inson” markazlari hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pullik asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini tasdiqlash.

2024-yil aprel

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

10.

Reyestrga kiritilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlash tizimini takomillashtirish.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari tomonidan “Ijtimoiy karta” orqali imtiyozli dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflarni kiritish.

2024-yil sentabr

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Markaziy bank,

Adliya vazirligi

11.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish bo‘yicha ularning oila a’zolarini o‘qitish.

1. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish bo‘yicha ularning oila a’zolarini o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish bo‘yicha video-rolik, qo‘llanmalar yaratish va mazkur shaxslarning oila a’zolariga tarqatish va elektron platformaga joylashtirib borish.

2024-yil apreldan boshlab doimiy ravishda

Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Nodavlat notijorat tashkilotlari

12.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun joylarda ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish.

1. Nuroniylar maskanlari va mahalla guzarlarida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun haftaning bir kunini “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida tuman (shaharda)gi:

2024-yil aprel

“Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari,

mas’ul vazirlik va idoralarning mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

“Nuroniy” jamg‘armasi,

“Hunarmand” uyushmasi

sport maktablarini jalb qilgan holda sport tadbirlarini (shaxmat, shashka, fitnes va boshqalar);

musiqa maktablarini jalb qilgan holda musiqa to‘garaklarini;

hunarmandchilik yo‘nalishida to‘garaklarni;

nodavlat notijorat tashkilotlari va ko‘ngillilar bilan hamkorlikda zarur xizmatlardan (elektron davlat xizmatlaridan foydalanish, tovar (ish, xizmat) buyurtma qilish va boshqalar) foydalanish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi tyutorlik xizmatlarini yo‘lga qo‘yish.

2. Reja-grafik tasdiqlagan holda har bir to‘garak uchun haftaning bir kunida to‘garak soatlarini belgilash.

Doimiy ravishda

13.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga qilingan homiylik faoliyatini rag‘batlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga Reyestrga kiritilgan shaxslarga qilingan homiylik xayriyalarini foyda solig‘i bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritish bo‘yicha qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil may

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

14.

Harakat faolligi to‘liq cheklangan ruhiy kasallik bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning oila a’zolariga mazkur shaxslarni parvarishlash bo‘yicha ko‘maklashish.

Harakat faolligi to‘liq cheklangan ruhiy kasallik bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning oilalarga haftada bir marta patronaj hamshira parvarish xizmatini tashkil etishni nazarda tutuvchi sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘ini ishlab chiqish.

Bunda, oilaviy shifokor va psixiatrning bemor holatini baholash natijasiga muvofiq zarur hamshiralik parvarish (yotoq yaralar profilaktikasi, davolovchi mashqlar, buyurilgan dori vositalarni qabul qilinishi ustidan nazorat) tartibini nazarda tutish.

2024-yil mart

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

15.

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni targ‘ib qilish.

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qiynoqqa solish, zo‘ravonlik, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etish holatlarining oldini olish masalasida ommaviy axborot vositalarida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari faoliyatini jadallashtirishga oid davra suhbatlarini tashkil etish.

media-reja asosida

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning dolzarb muammolarini tadqiq qilish bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha grant e’lon qilish.

2024-yil sentabr

Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalariga ko‘ra ajratiladigan grantlar

Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti,

Oliy ta’lim, fan

va innovatsiyalar vazirligi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz yashovchi hamda keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini tahlil qilish, so‘rovnomalar o‘tkazish va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish

2024-yil oktabr

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘lari

Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti,

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

18.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yo‘qotilgan biometrik pasportlari (identifikatsiya ID-kartalarini) ular Reyestrga kiritilguniga qadar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida almashtirib berishda davlat bojidan ozod qilish.

1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yo‘qotilgan biometrik pasportlari (identifikatsiya ID-kartalarini) ular Reyestrga kiritilguniga qadar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida almashtirib berishda davlat bojidan ozod qilish bo‘yicha o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish va kelishish.

2. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil may

-

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

19.

Nuroniylar maskanlari, madaniyat markazlari va mahalla guzarlarida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport, musiqa, hunarmandchilik yo‘nalishida to‘garaklarni yo‘lga qo‘yish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi amaliyotni yo‘lga qo‘yish:

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mahallalar kesimida ijtimoiy buyurtmani shakllantirish;

ijtimoiy buyurtmadan kelib chiqib Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi va “Hunarmand” uyushmasining hududiy bo‘linmalari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Nuroniylar maskanlari, madaniyat markazlari va mahalla guzarlarida to‘garaklarni reja-grafik asosida tashkil etish.

2024-yil 1-maydan boshlab doimiy ravishda

Mas’ul tashkilotlarning mablag‘lari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi,

“Hunarmand” uyushmasi

20.

Ota-onasini qarovsiz qoldirgan voyaga yetgan mehnatga layoqatli shaxslarning ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish.

1. Ota-onasini qarovsiz qoldirgan voyaga yetgan mehnatga layoqatli shaxslardan qarovsiz qoldirilgan ota-onasiga ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘rsatilgan uyda parvarish xizmatlari uchun kompensatsiya undirish bo‘yicha milliy qonunchilik va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish.

2. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil iyul

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura

21.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish jarayoniga nodavlat sektorni jalb etish yuzasidan taklif tayyorlash.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga Toshkent shahrida eksperiment tariqasida nodavlat tashkilotlar orqali ijtimoiy xizmatlarni (kunduzgi qatnov, transport xizmati, uyda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar, boshpana (shelter) va boshqalar) ko‘rsatish yuzasidan takliflar kiritish.

2024-yil iyun

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

22.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar faoliyatini takomillashtirish.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar faoliyatini takomillashtirish hamda imtiyozli toifadagi shaxslarni sanatoriya muassasalarida davolash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil dekabr

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi

23.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga oila tarkibi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritib borish.

Oila tarkibi bo‘yicha ma’lumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga integratsiya qilish va doimiy ravishda kiritib borish.

2024-yil yanvardan boshlab doimiy ravishda

-

Adliya vazirligi

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/410/1005-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)