ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish |
|||||
|
1. Oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani va huquqiy madaniyatni yuksaltirish |
|||||
|
1. |
Bolalar uchun huquqiy, mantiqiy, ko‘ngilochar interaktiv portal — “bolahuquqlari.uz” faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, portalni bolalar uchun mo‘ljallangan vizual ma’lumotlar bilan boyitish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova) |
|
2. |
O‘quvchi-yoshlarga motivatsiya berishga qaratilgan turli aksiya va boshqa tadbirlar tashkil qilish. Bunda muvaffaqiyatga erishgan yoshlar bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr |
- |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
3. |
Yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Yoshlar va qonun” tanlovini tashkil qilish. |
Idoraviy hujjat |
2024-yil oktabr, 2025-yil aprel |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
4. |
Bolalar uchun mo‘ljallangan huquqiy mavzularda, shu jumladan, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, darslarga muntazam qatnashish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni targ‘ib qiladigan videoroliklar tayyorlash va tarqatish. |
Videoroliklar |
2024-yil oktabr, 2025-yil iyul |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova) |
|
5. |
Professional va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ta’lim jarayonlari, stipendiya olish, yotoqxona bilan ta’minlanish, ta’lim kreditlari, to‘lov-kontrakt turlari, o‘qishdan chetlashtirish, o‘qishni qayta tiklash, akademik ta’til olish, oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy ta’lim bilan bog‘liq boshqa jarayonlarni qamrab olgan maxsus qo‘llanmani tayyorlash va elektron shaklda tarqatish. |
Qo‘llanma |
2024-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
6. |
Yoshlarning intellektual salohiyatini, bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ular o‘rtasida “Intellektual marafon” loyihasini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr, |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
Bunda quyidagilarni qamrab olish: “Zukko kitobxon” tanlovini tashkil etish; “Zakovat” intellektual tanlovini tashkil etish; “Huquq va mantiq chizig‘i” test tanlovini tashkil etish; Shaxmat va shashka musobaqalarini tashkil etish; “Do‘stimga kitob ulashaman” aksiyasini o‘tkazish. |
2025-yil iyun |
||||
|
7. |
Maktablarda “Huquq olamiga sayohat” o‘quv dasturlarini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2025-yil oktabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H Umarova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
8. |
O‘quvchilar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish. |
Tanlovlar |
2024-yil oktabr 2025-yil avgust |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova) |
|
9. |
Tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirishga qaratilgan “Islohotlarga daxldorman!” keng qamrovli targ‘ibot aksiyasini o‘tkazish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-yil oktabr, 2025-yil iyun |
- |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
10. |
Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar uchun davlat ramzlarini e’zozlash, yoshga mos huquq va burchlarni tushuntirish mavzularida ochiq darslar, o‘quv mashg‘ulotlarini tizimli va uzluksiz tashkil qilish. |
Ochiq darslar, o‘quv mashg‘ulotlari |
2024-2025 o‘quv yili davomida |
- |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
11. |
“Konstitutsiya — huquqlarim poydevori” mavzusida barcha umumta’lim maktablarini qamrab olishga qaratilgan ijodiy insholar tanlovini tashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-2025 o‘quv yili davomida |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
12. |
Ta’lim muassasalarida yoshlarni o‘z huquqiy savodxonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirishdek ezgu maqsadlar atrofida birlashtiruvchi “Huquqiy bilimlar oyligi”ni o‘tkazish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr, 2025-yil oktabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova) |
|
13. |
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Moddalar gapiradi” nomli turkum videoroliklar tayyorlash va ta’lim muassasalariga yetkazish. |
Videoroliklar |
2024-yil noyabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova) |
|
14. |
Ta’lim muassasalarida “Konstitutsiyada yoshlar huquqlari” shiori ostida huquqiy oylik o‘tkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil noyabr-dekabr, 2025-yil noyabr-dekabr |
- |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
15. |
Adliya vazirligi yuridik texnikumlarning o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Idrok” intellektual o‘yinlarini o‘tkazish. |
Tanlovlar |
2024-yil noyabr-dekabr, 2025-yil noyabr-dekabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
16. |
O‘quvchilar va talabalar o‘rtasida korrupsiyag‘a qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini o‘tkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil noyabr-dekabr, 2025-yil noyabr-dekabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova) |
|
17. |
Ko‘zi ojiz o‘quvchi-yoshlar uchun ularning huquqlariga oid qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning audio shakllarini tayyorlash hamda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga yetkazish. |
Audio materiallar |
2024-yil dekabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
18. |
Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodxonlik maktabini tashkil etish va u orqali bepul huquqiy o‘quv kurslarini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil dekabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
|
19. |
Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda ularda vatanparvarlik, jamiyatga daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan “Huquq oyligi” loyihasini tashkil qilish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-yil dekabr 2025-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
|
20. |
Oilaviy ajrimlar, oilalardagi notinchlik, zo‘ravonlikning huquqiy va bolalar tarbiyasidagi salbiy oqibatlarini yoritib beruvchi ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi telekanallar orqali tarqatish. |
Ijtimoiy videorolik |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida bitta material) |
- |
MTRK (A. Jo‘raboyev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
21. |
Yoshlarda huquqshunoslik kasbiga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, ularga huquqiy ta’lim bilan joyiga chiqqan holda tanishish imkoniyatini yaratish maqsadida yuridik ta’lim muassasalari, shu jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik texnikumlarda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini o‘tkazish. |
“Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
22. |
Yoshlarning o‘z huquqlaridan xabardorlik darajasini so‘rovnomalar o‘tkazish orqali aniqlash va uning natijalariga ko‘ra yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan manzilli tadbirlar tashkil qilish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
23. |
“Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
24. |
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlarini o‘tkazib borish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
25. |
Yoshlarda huquqiy muammolarni hal qilishning amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan “Street law” loyihasini ommalashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
26. |
Yoshlar o‘rtasida huquqshunoslik kasbining obro‘si va nufuzini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida maktablarda, o‘rta maxsus va professional hamda oliy ta’lim muassasalarida uchrashuvlar tashkil qilish |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
27. |
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati va mohiyatini o‘rganish maqsadida: barcha ta’lim turlari bo‘yicha Konstitutsiyani o‘rganishga oid uslubiy ko‘rsatmalar va boshqa didaktik vositalarni qayta ko‘rib chiqish; Konstitutsiyani o‘rganish bo‘yicha qo‘llanmalar, darsliklar va boshqa maxsus adabiyotlarni qayta nashr etish choralarini ko‘rish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2025-yil avgust |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
2. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish |
|||||
|
28. |
“Mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda muntazam ravishda tizimli yetkazishni Yagona huquqiy axborot almashish tizimini “Online-mahalla” platformasiga integratsiya qilish orqali yo‘lga qo‘yish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Quranbayev) (kelishuv asosida), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
29. |
“Mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatiga huquqiy ko‘maklashish maqsadida ularning vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari va boshqa masalalar bo‘yicha huquqiy ma’lumot beruvchi qo‘llanma tayyorlash va elektron shaklda tarqatish. |
Huquqiy qo‘llanma |
2024-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
30. |
Mahallalarda haftaning har chorshanba kuni quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihasini o‘tkazish: aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish; ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha tizimli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish; kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Quranbayev) (kelishuv asosida), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
31. |
Mahalla raislarining huquqiy bilim va ko‘nikmalarini qisqa muddatli bepul o‘quv kurslarini tashkil etish orqali uzluksiz oshirib borishni nazarda tutuvchi “Mahalla huquqshunosi” loyihasini amalga oshirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) |
|
32. |
“Online-mahalla” platformasida “mahalla yettiligi” tomonidan kiritilgan aholining turli qatlamlari orasida ko‘p uchrayotgan muammolardan kelib chiqib huquqning muayyan sohalari bo‘yicha manzilli va predmetli huquqiy aksiyalar o‘tkazish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Quranbayev) (kelishuv asosida), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
33. |
Mahallalarda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, migratsiya, moddiy yordam, yer olish, uy-joy olish, kommunal masalalar, imtiyozlar, aliment, ishga joylashish, ta’lim olish va boshqalar bo‘yicha huquqiy axborotni buklet, flayer, liflet va plakatlar shaklida aholiga yetkazish. |
Tarqatma targ‘ibot materiallari |
2024-2025-yillar davomida |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
34. |
Aholining huquqiy muammolarini mahallalarning o‘zida hal etish maqsadida “Mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, ular uchun o‘quv-seminarlar tashkil qilish. |
O‘quv-seminarlar |
2025-yil yanvar — mart |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Quranbayev) (kelishuv asosida) |
|
3. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish |
|||||
|
35. |
Jamiyat va davlat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilariga doimiy ravishda yetkazib berish maqsadida “Qonunchilikdagi yangiliklar” rukni ostida huquqiy videoroliklar tayyorlash. |
Huquqiy videoroliklar |
2024-yil oktabr |
- |
Vazirlik va idoralar |
|
36. |
Davlat xizmatchilari o‘rtasida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinini o‘tkazish. |
Intellektual o‘yin |
2024-yil noyabr, 2025-yil sentabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), “Zakovat” NNT (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar |
|
37. |
Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari va ularni tushuntirishga qaratilgan materiallar Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali yetkazilishini joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-yil noyabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
38. |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy tuzilmalari binolarining kirish joylarida “Konstitutsiya burchaklari”ni tashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil noyabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Vazirlik va idoralar |
|
39. |
Davlat organlari va tashkilotlari uchun ijro intizomi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy qo‘llanma tayyorlash. |
Huquqiy qo‘llanma |
2024-yil dekabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
40. |
Davlat organlari va tashkilotlarining barcha bo‘g‘inlari tomonidan amalga oshirilgan, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali baholash va monitoring qilish imkoniyatini yaratish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-yil dekabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
41. |
Davlat xizmatchilarining yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini kuchaytirish maqsadida onlayn o‘quv kurslarini tashkil qilish. |
O‘quv kurslari |
2024-2025-yillar davomida |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
42. |
Davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatchilarining huquqlari hamda majburiyatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bilimlarini kuchaytirishga qaratilgan: “Huquqiy bilimlar oyligi”; “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”; “Konstitutsiyaviy huquq oyligi”ni o‘tkazish. |
Idoraviy hujjat asosida huquqiy oyliklarni o‘tkazish |
2024-2025-yillar davomida (iyul, noyabr, dekabr) |
- |
Vazirlik va idoralar |
|
43. |
Mahalliy davlat organlari xodimlariga jamiyat va davlat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan “Hokimlik soatlari” tadbirlarini tashkil qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikki marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
44. |
Davlat xizmatchilarining ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro munosabatlari, huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishning yangicha yondashuvlarini qamrab olgan qo‘llanma tayyorlash va elektron shaklda tarqatish. |
Qo‘llanma |
2025-yil aprel |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
4. Aholining barcha qatlamlari huquqiy madaniyatini yuksaltirish |
|||||
|
45. |
Chekka va olis hududlarda yashovchi xotin-qizlar uchun “Ayollarga huquqiy madad” qo‘llanmasini bepul tarqatish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
46. |
Aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, har bir fuqaroga individual yondashuvni joriy etishga qaratilgan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida aholiga huquqiy yordam berishga qaratilgan huquqiy aksiya o‘tkazish. |
Huquqiy aksiya |
2024-yil oktabr, 2025-yil may |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
47. |
Aholining davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini yanada kuchaytirish, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslardan foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida axborot beruvchi mediamateriallar (videorolik, animatsiya, infografikalar) tayyorlash va tarqatish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
48. |
Haydovchilar va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari huquq hamda majburiyatlarini aks ettiruvchi, ularni qoidalarga rioya qilishga chorlovchi mediamateriallar tayyorlash va ommalashtirish. |
Mediamateriallar |
2024-yil oktabr, 2025-yil mart |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
49. |
Nogironligi bo‘lgan hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ijtimoiy loyihalar, xayriya aksiyalarini o‘tkazish (“Biz birgamiz” , “Ranglar dunyosi”). |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr, 2025-yil oktabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
50. |
Mahallalar bilan hamkorlikda aholining Konstitutsiya mazmun-mohiyatidan xabardorlik darajasini yanada oshirish maqsadida quyidagi huquqiy aksiyalarni o‘tkazish: “Konstitutsiya — farovon hayot tayanchi”; “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi — inson qadri uchun”; “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi — mening Konstitutsiyam”. |
Huquqiy aksiyalar |
2024-yil noyabr, 2025-yil noyabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
51. |
Aholining yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga oid bilimlarini kuchaytirish va sinovdan o‘tkazish maqsadida qatnashish ixtiyoriy bo‘lgan umummilliy Konstitutsiya imtihonini o‘tkazish. |
Tanlov |
2024-yil dekabr, 2025-yil dekabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
52. |
Davlat va jamoat arboblari, san’atkorlar, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga oid munosabatlarini joylashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil dekabr, 2025-yil dekabr |
- |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
|
53. |
Aholiga kundalik hayotda zarur bo‘lgan huquq va majburiyatlarini oddiy, sodda va xalqchil tilda tushuntirish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot materiallari paketini (annotatsiya, videorolik, infografika va boshqa ko‘rgazmali materiallar) tayyorlash hamda ularni televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikkitadan material) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
54. |
Aholining turli qatlamlari uchun zarur bo‘lgan huquqiy ma’lumotlarni sodda shaklda tushuntirish bo‘ycha “10 savolga 10 javob, muhim 5 qoida” ruknlari doirasida turkum maqolalar tayyorlash va tarqatish. |
Huquqiy maqolalar |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikkitadan material) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
55. |
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, shu jumladan, yoshlar, xotin-qizlar uchun qonunchilikda berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtincha bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha kompleks targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish. |
Kompleks targ‘ibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikki marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
56. |
Aholi o‘rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarashni yanada mustahkamlashni targ‘ib qilishga qaratilgan kompleks targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda tegishli ma’lumotlarni infografika va komiks shaklda aholiga yetkazish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikki marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
57. |
“1008” ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish va uning natijasiga ko‘ra manzilli va predmetli huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish uchun targ‘ibot materiallarini tayyorlash va mas’ul davlat organlariga yetkazgan holda, aholiga qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
58. |
Xorijiy davlatlarda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar, ayniqsa, yoshlar uchun qonuniy mehnat migratsiyasi, xususiy bandlik agentliklari xizmatidan foydalanish tartibi, noqonuniy migratsiya oqibatlari, odam savdosi girdobiga tushib qolmaslik to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikki marotaba) |
- |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
59. |
Fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro muammolarni faqat huquqiy vositalar yordamida hal etish, o‘zboshimchalik bilan o‘zgalarning huquq va erkinliklariga daxl qilmaslik hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha kompleks targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish. |
Kompleks targ‘ibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
60. |
Yil yakunlari bo‘yicha aholidan eng ko‘p kelib tushgan murojaatlar asosida “TOP-100” huquqiy tavsiya va maslahatlarni turli ko‘rinishlarda keng jamoatchilikka taqdim etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-yil dekabr, 2025-yil dekabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
61. |
Davlat va jamiyat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot materiallari paketlarini davlat organlari va tashkilotlariga yetkazgan holda aholi o‘rtasida tadbirlar tashkil qilish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikki marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
62. |
Aholini turli huquqbuzarliklar, xususan, firibgarlik, tovlamachilik, o‘g‘irlikning jabrlanuvchisi bo‘lib qolishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida bir marotaba) |
- |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
63. |
Mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha har bir mahallaning toifasidan kelib chiqqan holda, har choraklik mahallabay dasturlar asosida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida |
- |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
64. |
Nizoli oilalar tomonidan oilaviy munosabatlar doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida “Turmush” maxsus profilaktik tadbirlarini o‘tkazish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida |
- |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
65. |
Aholida, ayniqsa, yoshlarda turli yot g‘oyalarga, shu jumladan, ekstrimizm, terrorizm, giyohvandlik va boshqa illatlarga qarshi kuchli mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida bir marotaba) |
- |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (O. Hasanov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
|
66. |
Aholi o‘rtasida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun muhim omil ekanligini tushuntirish bo‘yicha manzilli targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish, bunda ko‘rgazmali materiallardan keng foydalanish, mavzu doirasida mediamateriallar tayyorlash va tarqatish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida ikki marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
67. |
Aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, bu boradagi davlat dasturlari, yoshlar tadbirkorligi, tadbirkorlik faoliyati uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar bo‘yicha manzilli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish, bunda ko‘rgazmali materiallardan keng foydalanish, mavzu doirasida mediamateriallar tayyorlash va tarqatish. |
Manzilli targ‘ibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
68. |
Jazoni ijro etish muassasalarida “Huquq va men”, “Jinoyat olamidan qaytish” nomli ma’rifiy-huquqiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish. |
Ma’rifiy-huquqiy mashg‘ulotlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida bir marotaba) |
- |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (O. Hasanov) |
|
69. |
“Yoshlar huquqi”, “Yoshlarga huquqiy maslahatlar”, “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun huquqiy to‘plam” va “Tadbirkorlar uchun maslahatlar” kabi qo‘llanmalar tayyorlash va tarqatish. |
Huquqiy qo‘llanmalar |
2025-yil mart |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
|
II. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish |
|||||
|
70. |
Aholining barcha qatlamlari uchun mo‘ljallangan, kundalik hayotda eng zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni mustaqil o‘rgatish bo‘yicha mobil ilova yaratish. |
Mobil ilova |
2024-yil oktabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
71. |
Maktab o‘quvchilarining huquqiy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalar yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi, (A. Tashkulov) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
72. |
“Advice.uz” huquqiy axborot portali va “Gender-madad” platformasining muntazam ravishda yuritilishi va amaldagi qonunchilikka muvofiq yangilab borilishini ta’minlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
73. |
Ijtimoiy tarmoqlar orqali, shu jumladan, “Huquqiy axborot” telegram kanalida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan, kanalda berib borilayotgan ma’lumotlar asosida huquqiy test savollarini o‘z ichiga olgan onlayn “Sovrinli viktorina” o‘tkazish. |
Onlayn viktorina |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida bir marotaba) |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
74. |
Aholining kundalik hayotidagi muammolariga jonli javob berish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda, telegram orqali aholini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida ovozli suhbatlar (audiopodkast) o‘tkazish. |
Ovozli suhbatlar (audiopodkast) |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
75. |
“test.adliya.uz” platformasi orqali aholining huquqiy bilimlarini doimiy ravishda sinovdan o‘tkazib borish. |
Test sinovlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
76. |
Huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz rivojlantirib borish hamda ularni metodik ta’minlashga qaratilgan Adliya vazirligining maxsus elektron platformasini yaratish. |
Elektron platforma |
2025-yil yanvar |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi, (A. Tashkulov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H. Umarova) |
|
77. |
“yurkitob.uz” huquqiy platformasini aholining keng qatlami, shu jumladan, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun mo‘ljallangan huquqiy adabiyotlar bilan boyitish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2025-yil yanvar |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
78. |
“Advice.uz” huquqiy axborot portalidan 24/7 rejimida foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida portalga sun’iy intellekt tizimini joriy etish choralarini ko‘rish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2025-yil mart |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
III. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish |
|||||
|
79. |
Huquqiy ma’lumotlarni yoritishda amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil qilish. |
U quv-seminarlar |
2024-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) (kelishuv asosida) |
|
80. |
Bolalarga huquqiy tarbiya va odob-axloqning boshlang‘ich qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha turli ko‘rinishdagi teleloyihalarni amalga oshirish. |
Teleloyihalar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida ikkitadan material) |
- |
MTRK (A. Jo‘raboyev), O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxo‘ja) (kelishuv asosida) |
|
81. |
Aholining qonunchilikdagi yangiliklar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlardan xabardorligini oshirish maqsadida “Huquqiy axborot”, “Huquqiy daqiqa” radioloyihalarini amalga oshirish. |
Radioloyihalar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida ikkitadan material) |
- |
MTRK (A.Jo‘raboyev), O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxo‘ja) (kelishuv asosida), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
82. |
Aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, migratsiya, moddiy yordam, yer olish, uy-joy olish, kommunal masalalar, imtiyozlar, aliment, ishga joylashish, ta’lim olish va boshqalar bo‘yicha ko‘rsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish. |
Ko‘rsatuvlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida ikkitadan material) |
- |
MTRK (A.Jo‘raboyev), O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxo‘ja) (kelishuv asosida), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
83. |
Jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning shaxsiy rivojlanish hamda jamiyat taraqqiyoti uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishiga oid teledasturlar tayyorlash va efirga uzatish. |
Teledasturlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida ikkitadan material) |
- |
MTRK (A. Jo‘raboyev), O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxo‘ja) (kelishuv asosida), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
84. |
Hafta davomida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining qisqacha mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan videoroliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalari orqali keng tarqatish. |
Videoroliklar |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikkitadan material) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), MTRK (A. Jo‘raboyev), O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxo‘ja) (kelishuv asosida) |
|
85. |
Davlat va jamiyat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlari hamda huquqiy islohotlar bo‘yicha matbuot anjumanlari va brifinglar tashkil qilish. |
Brifing va matbuot anjumanlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikki marotaba) |
- |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) (kelishuv asosida), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), MTRK (A. Jo‘raboyev), O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxo‘ja) (kelishuv asosida) |
|
86. |
Ijtimoiy tarmoqlarda va aholi o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarning huquqiy asoslarini yoritib berishga qaratilgan videopodkastlar tashkil qilish va ularni ommalashtirish. |
Videopodkastlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
87. |
Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy qo‘llanma tayyorlash. |
Huquqiy qo‘llanma |
2025-yil iyun |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) (kelishuv asosida) |
|
IV. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish |
|||||
|
88. |
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishlari samaradorligini ilmiy tadqiq etish va tavsiyalar ishlab chiqish. |
Tadqiqot va tahlillar |
2024-yil dekabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
89. |
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini o‘rganish uchun so‘rovnomalar o‘tkazish. |
So‘rovnoma |
2024-yil dekabr, 2025-yil iyun |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Raximova) |
|
90. |
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni onlayn monitoring qilgan holda baholash va natijasi bo‘yicha Oliy Majlis Senati va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish. |
Tahliliy ma’lumotnoma |
2024-2025-yillar davomida (har yarim yillik yakunlari bo‘yicha) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
91. |
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda, telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalida huquqiy axborotni yetkazish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish va so‘rovnoma natijasiga ko‘ra axborot tarqatishni yo‘lga qo‘yish. |
So‘rovnoma |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
92. |
“Aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish: milliy va xalqaro tajriba” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish. |
Konferensiya |
2025-yil fevral |
Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
93. |
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning zamonaviy yondashuvlari, yangicha uslublar va boshqa masalalarni qamrab olgan davra suhbatlari tashkil qilish. |
Davra suhbati |
2025-yil aprel |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
94. |
Huquqshunoslikning dolzarb masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish. |
Tadqiqot ishlanmalari |
2025-yil iyun |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
95. |
Yuridik ta’lim va huquqiy xizmat ko‘rsatish sohalarini huquqiy texnologiyalarni qo‘llash orqali rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish. |
Tadqiqot va tahlillar |
2025-yil sentabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |