27.08.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2347-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 27.08.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2347-2
Kuchga kirish sanasi
29.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2347-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi 538-son “Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2012-yil 14-fevraldagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2347, 2012-yil 29-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 13-son, 150-modda) bilan tasdiqlangan Hujjatlarni qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. TASHKULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 21-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda EK deb yuritiladi) — davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarida hujjatlarning, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi, oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan doimiy faoliyat yurituvchi maslahat organi hisoblanadi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markaziy ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda MEK deb yuritiladi) — davlat organlari va tashkilotlarida hujjatlarning, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi, davlat organi va tashkiloti hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishni amalga oshirish uchun tuziladigan, oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan doimiy faoliyat yurituvchi maslahat organi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ekspert-tekshiruv komissiyasi (bundan buyon matnda ETK deb yuritiladi) /Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (bundan buyon matnda ETUK deb yuritiladi) — arxiv ishi hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston milliy arxivlarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni oʻtkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyalari va EK faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi (bundan buyon matnda METK deb yuritiladi) — uslubiy va amaliy ishlarni olib borish uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlarining MEKlariga rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzarxiv” agentligi deb yuritiladi) huzurida ish olib boradigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 20-banddan “davlat arxivlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 30-banddagi “tegishli” degan soʻz “kasbiy kompetentlik guvohnomasiga ega boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1, 1b, 2, 2b, 3, 3b, 4, 4b va 5b-ilovalar matnidagi “Arxiv muassasasi ETK (ETUK)ning” degan soʻzlar “ETK (ETUK)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2347-2/0671-son)