1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. “Davlat va huquq asoslari” fanini rivojlantirish yo‘nalishida |
||||
|
1. |
“Davlat va huquq asoslari” fani reja va dasturlarini qayta ko‘rib chiqish. Bunda kriminologiya asoslari, jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlikning mazmuni, javobgarlik choralari hamda salbiy oqibatlari yoritilishiga e’tibor qaratish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish. |
2024-yil oktabr |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
2. “Davlat va huquq asoslari” fani reja va dasturlarini qayta ko‘rib chiqish. 3. “Davlat va huquq asoslari” fani reja va dasturlariga “Kriminologiya asoslari” bobini kiritish. Bunda mazkur bobni jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlikning mazmuni, javobgarlik choralari hamda salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan mavzular bilan to‘ldirish. |
2024-yil noyabr-dekabr |
|||
|
2. |
“Davlat va huquq asoslari” fanining 11-sinf uchun mo‘ljallangan darsligining yangi tahririni tayyorlash. |
1. “Davlat va huquq asoslari” fani mutaxassislaridan iborat idoralararo mualliflar guruhini tuzish. |
2024-yil sentabr |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
2. “Davlat va huquq asoslari” fanining 11-sinf uchun mo‘ljallangan darsligining yangi tahririni belgilangan tartibda tayyorlash. |
2024-yil oktabr — dekabr |
|||
|
3. “Davlat va huquq asoslari” fanining 11-sinf uchun mo‘ljallangan darsligini Adliya vazirligi tomonidan ekspertizadan o‘tkazish. |
2025-yil yanvar |
|||
|
4. Ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Davlat va huquq asoslari” fani darsligini o‘quv jarayoniga tatbiq etish choralarini ko‘rish. |
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab |
|||
|
3. |
“Tarbiya” fanining o‘quv dasturlarini takomillashtirish. |
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilarida huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida “Tarbiya” faniga qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan mavzularni kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
2024-yil dekabr |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Y. Risyukova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
2. Ishlab chiqilgan takliflar asosida “Tarbiya” fani o‘quv dasturlari va darsliklarini takomillashtirib borish. |
Nashr etish rejasiga asosan |
|||
|
4. |
“Davlat va huquq asoslari” fanidan elektron resurslar, jumladan, elektron darsliklar, o‘quv-metodik majmualar, videodarslarni tayyorlash va ulardan masofaviy ta’lim jarayonida samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish. |
1. “Davlat va huquq asoslari” fanidan o‘tiladigan mavzular ro‘yxatini shakllantirish. |
2024-yil sentabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) |
|
2. Elektron darsliklar, o‘quv-metodik majmualar hamda videodarslar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tuzish. |
2024-yil oktabr |
|||
|
3. Shakllantirilgan mavzular ro‘yxati asosida elektron darsliklar, o‘quv-metodik majmualar hamda videodarslar tayyorlash. |
2024-yil noyabr |
|||
|
II. Voyaga yetmaganlar va yoshlarda huquqiy savodxonlik darajasini oshirish yo‘nalishida |
||||
|
5. |
Bolalar uchun mo‘ljallangan huquqiy mavzularda, shu jumladan, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, darslarga muntazam qatnashish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni targ‘ib qiladigan videoroliklar tayyorlash va tarqatish. |
1. Bolalarning kundalik hayotida eng ko‘p uchraydigan munosabatlarni tartibga soluvchi normalar mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan videoroliklar tayyorlash. |
2025-yil yanvar — mart |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Tayyorlangan videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatish. |
Doimiy |
|||
|
6. |
Bolalar uchun huquqiy, mantiqiy, ko‘ngilochar-interaktiv portal — “bolahuquqlari.uz” faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan, portalni bolalar uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bilan boyitish. |
1. “bolahuquqlari.uz” portali faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha huquqiy o‘yinlar, huquqiy darsxona bo‘limlarini ma’lumotlar bilan boyitish. 2. Portalni bolalar orasida ommalashtirish choralarini ko‘rish. |
2024-yil noyabr-dekabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) |
|
7. |
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yoshga mos huquq va burchlarni tushuntirish mavzularida ochiq darslar, o‘quv mashg‘ulotlarni tizimli va uzluksiz tashkil qilish. |
1. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun o‘tkaziladigan ochiq darslar, o‘quv mashg‘ulotlari mavzulari ro‘yxatini shakllantirish. |
2024-yil sentabr |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
2. Yoshga mos huquq va burchlarni tushuntirishga qaratilgan ma’ruza matni, taqdimotlar hamda videoroliklarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tuzish. |
2024-yil oktabr |
|||
|
3. Shakllantirilgan mavzular ro‘yxati asosida ma’ruza matni, taqdimotlar hamda videoroliklarni tayyorlash. |
2024-yil noyabr |
|||
|
8. |
Ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun ularning huquqlariga oid qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning audio shakllarini tayyorlash hamda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga yetkazish. |
1. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini keng yoritishga qaratilgan audio materiallar tayyorlash. 2. Tayyorlangan materiallarni ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga yetkazish. |
2024-yil dekabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
9. |
Professional va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ta’lim jarayonlari, stipendiya olish, yotoqxona bilan ta’minlanish, ta’lim kreditlari, to‘lov-kontrakt turlari, o‘qishdan chetlashtirish, o‘qishni qayta tiklash, akademik ta’til olish, oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy ta’lim bilan bog‘liq boshqa jarayonlarni qamrab olgan maxsus qo‘llanma tayyorlash va elektron shaklda tarqatish. |
1. Professional va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun qo‘llanma loyihasini tayyorlash va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2025-yil fevral |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
2. Tayyorlangan qo‘llanmani manfaatdor vazirlik va idoralarga tarqatish. |
2025-yil mart |
|||
|
10. |
Ommaviy axborot vositalari (OAV), jumladan, televideniye va radioda bolalar huquqlariga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil qilish. Bunda huquqiy mavzularni sodda va qiziqarli tarzda yoritish. |
1. OAVda yoritiladigan bola huquqlariga oid mavzular ro‘yxatini shakllantirish. |
2024-yil oktabr |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xadjayev) |
|
2. Mavzular ro‘yxatiga asosan televideniye, radio va boshqa OAVlarda bola huquqlariga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar orqali chiqishlarni tashkil etish. |
Doimiy |
|||
|
11. |
Bolalar oromgohlarida bolalar uchun turli huquqiy mavzularda mashg‘ulot va tadbirlar o‘tkazib borish. |
1. Oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari orasidan tegishli targ‘ibot guruhlarini shakllantirish hamda targ‘ibot materiallarini (flayer, banner, slayd, infografika va boshqa tarqatma materiallar) tayyorlash. |
Har yili may oyida |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Bolalar oromgohlarida huquqiy mavzularda o‘tkaziladigan tadbirlar reja-grafigini tasdiqlash. |
Har yili may oyida |
|||
|
3. Reja-grafikka asosan tizimli ravishda huquqiy mavzularda mashg‘ulot va tadbirlar o‘tkazib borish. |
Doimiy |
|||
|
III. Ta’lim muassasalarida qonunga itoatkor hamda huquqbuzarliklarga toqatsiz yoshlarni tarbiyalash yo‘nalishida |
||||
|
12. |
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazilishini tashkil etish. Bunda voyaga yetmaganlarning huquqlari, burchlari, huquqbuzarlik tushunchasi hamda uning oqibatlari, shaxsiy huquq va erkinliklar, inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi, davlat hokimiyatining tizimi, O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi kabi masalalarni yoritishga e’tibor qaratish. |
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan o‘tkaziladigan amaliy dars mashg‘ulotlari ro‘yxatini shakllantirish. |
2024-yil oktabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Oliy sud (B. Islamov), Advokatlar palatasi (Sh. Sadikov) |
|
2. Shakllantirilgan mashg‘ulotlar ro‘yxati asosida har oyda kamida bir marotaba amaliyotchi huquqshunoslar (profilaktika inspektorlari, sudyalar, prokurorlar, advokatlar, adliya xodimlari) tomonidan huquqiy mavzularda darsdan tashqari amaliy dars mashg‘ulotlarini o‘tkazilishini tashkil etish. |
2024/2025 o‘quv yili davomida |
|||
|
13. |
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish. |
1. “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasini tashkil etish. |
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Olimpiadaning respublika bosqichini yuqori saviyada o‘tkazish. |
Doimiy |
|||
|
14. |
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovini tashkil etish. |
1. “Yosh huquqshunos” ko‘rik tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha nizom loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil noyabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Nizom loyihasini Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi qo‘shma qarori bilan tasdiqlash. |
2024-yil dekabr |
|||
|
3. To‘rt bosqichli (ta’lim muassasasi, tuman/shahar, hududiy hamda respublika) “Yosh huquqshunos” ko‘rik tanlovini tashkil etish. |
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab |
|||
|
15. |
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish. |
1. “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish yuzasidan konsepsiyani ishlab chiqish. |
2024-yil dekabr |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
2. Uch bosqichli (tuman/shahar, hududiy hamda respublika) “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish. |
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab |
|||
|
16. |
Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqiy bilimlarni mustahkamlash bilan birga ijodkorlik qobiliyatlarini ham rivojlantirishga qaratilgan huquqiy mavzularda insho, rassomlik va boshqa ijodiy tanlovlar o‘tkazish. |
1. Ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazib borish. 2. Tanlovda sovrinli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarni homiylar xayriyalari hisobidan rag‘batlantirish. |
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
|
17. |
Zamonaviy ko‘rgazmali o‘qitish vositalari bilan ta’minlangan “Huquq sinflari”ni bosqichma-bosqich tashkil etish. |
1. “Huquq sinf”lari tashkil etiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxatini shakllantirish. |
Har yili (sentabr-oktabr) |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Belgilangan umumiy urta ta’lim muassasalaridagi “Huquq sinf”larini zamonaviy ko‘rgazmali o‘qitish vositalari bilan ta’minlash. |
Rejaga asosan |
|||
|
18. |
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini huquqiy metodik qo‘llanmalar bilan bepul ta’minlash. |
1. O‘quvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatini inobatga olgan holda, kundalik hayotda to‘qnash keladigan huquqiy vaziyat va muammolarni sodda shaklda tushuntirishga qaratilgan turli ko‘rgazmali ko‘rinishdagi tarqatma materiallarni tayyorlash. 2. Tayyorlangan tarqatma materiallarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga bepul tarqatish. |
2024-2026-yillar davomida |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
IV. Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish |
||||
|
19. |
Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini ilmiy tadqiq qilish va uning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. |
1. Kriminologiya sohasidagi yetakchi olimlar va tadqiqotchilar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilish sabablarini viloyatlar kesimida joylarga chiqib, ilmiy tadqiq qilish va ma’lumotlar to‘plash. |
2024-yil noyabr-dekabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
2. To‘plangan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan ilmiy ishlanmalarni respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida muhokamadan o‘tkazish. |
2024-yil dekabr |
|||
|
3. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida shakllantirilgan ilmiy xulosani tegishli tashkilotlarga yuborish. |
2025-yil fevral |
|||
|
20. |
Yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar hajmini oshirish. |
1. Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishga ustuvorlik berish tartibini ishlab chiqish. 2. Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning minimal kvotasini belgilash. |
2024-yil noyabr |
Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
21. |
Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va uning oldini olishga qaratilgan doktorlik va magistrlik tadqiqotlar sonini oshirish. |
1. Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va uning oldini olishga qaratilgan magistrlik tadqiqot mavzularining sonini oshirish. 2. Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va uning oldini olishga qaratilgan tadqiqotlarni olib bormoqchi bo‘lgan talabgorlarga tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul bosqichida ustuvorlik berish. |
2024-yil noyabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
IV. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining huquq fani o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo‘nalishida |
||||
|
22. |
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog xodimlarni malakasini oshirish. |
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar ro‘yxatini shakllantirish. |
2024-yil noyabr |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
2. Ro‘yxat asosida ularni Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida bepul asosda malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish. |
2024 — 2026-yillar (reja-grafik asosida) |
|||
|
23. |
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining “Davlat va huquq asoslari” fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovini tashkil etish. |
1. “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha nizom loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil avgust |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
2. Nizom loyihasini Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi qo‘shma qarori bilan tasdiqlash. |
2024-yil sentabr |
|||
|
3. To‘rt bosqichli (ta’lim muassasasi, tuman/shahar, hududiy hamda respublika) “Yosh huquqshunos” ko‘rik tanlovini tashkil etish. 4. Hamkor tashkilotlar tomonidan sovrinli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni rag‘batlantirish. |
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab |
|||
|
24. |
Pedagogika yo‘nalishida ta’lim beruvchi davlat oliy ta’lim muassasalari o‘quv rejalarini qayta ko‘rib chiqish. |
1. Pedagogik yo‘nalishda ta’lim beruvchi davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejasini qayta ko‘rib chiqib, tahlil qilish. |
2025-yil aprel |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
2. Tahlil asosida pedagogik yo‘nalishda ta’lim beruvchi davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejasini takomillashtirish choralarini ko‘rish. Bunda tegishli fanlarning o‘quv dasturiga bo‘lajak o‘qituvchilarning qonunga itoatkorlik layoqatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv modulini kiritishni nazarda tutish. |
2025-yil may |
|||
2-ILOVA
|
“ |
||||
|
161 |
Davlat va huquq asoslari fani |
+ |
+ |
+ |
|
”. |