16.08.2024 yildagi 511-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-329-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududida joylashgan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tarkibidagi korxonalari tomonidan foydalanilayotgan hamda kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, ularga ajratilgan mintaqa chegaralarida joylashgan obyektlarning yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi asosida rasmiylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan foydalanilayotgan va davlat roʻyxatidan oʻtmagan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar egallagan yer uchastkalari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2. Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar hududida joylashgan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan foydalanilayotgan hamda huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, ularga amaldagi ajratilgan mintaqa chegaralarida joylashgan obyektlar boʻyicha yer uchastkalari ilovaga muvofiq doimiy foydalanish huquqi asosida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ajratilishini taʼminlasin.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda temir yoʻl transportining tuproq koʻtarmasi, sunʼiy inshootlari, yoʻl binolari, temir yoʻl aloqasi va elektr taʼminoti qurilmalari, temir yoʻl bekatlari, boshqa binolar, inshootlar va yoʻl qurilmalari, shuningdek, ihota daraxtzorlari egallagan yerlar oʻz maqomini saqlab qoladi hamda boshqa maqsadlarga ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, shu jumladan, tuproq koʻtarmasi, sunʼiy inshootlar, yoʻl binolari, temir yoʻl aloqasi va elektr taʼminoti qurilmalari, temir yoʻl bekatlari, boshqa binolar, inshootlar va yoʻl qurilmalari egallagan yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻllar qurilishi, temir yoʻllarni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash maqsadlarida ajratilishi lozim boʻlgan yerlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda uning tarkibidagi korxonalarga belgilangan tartibda ijara huquqi asosida berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda uning tarkibidagi korxonalarga ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Davlat budjetiga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bunda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan Davlat budjetiga toʻlanadigan soliqlar ijara toʻloviga tenglashtiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratilgan yer uchastkalari soliq solish maqsadida ushbu qaror 2-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan maqom saqlab qolinadi va mol-mulk hamda yer soliqlarini hisoblashda Soliq Kodeksiga muvofiq kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilishi tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
511-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-avgustdagi 511-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan foydalanilayotgan va davlat roʻyxatidan oʻtmagan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar egallagan yer uchastkalari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tuman (shahar)

Joylashgan manzil

Obyekt nomi

Yer uchastkasi,

(gektar)

Toshkent shahri

1.

Olmazor tumani

Chuqursoy — Salar temir yoʻl yoʻnalishi

Chuqursoy — Salar temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Chuqursoy temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

50,14

2.

Mirzo Ulugʻbek tumani

Chuqursoy — Salar — Nurhayot temir yoʻl yoʻnalishi

Chuqursoy — Salar va Salar — Nurhayot temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Salar va Nurhayot temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

24,63

3.

Sergeli tumani

Toʻqimachi — Sergeli, Toʻqimachi — Hamza va Toʻqimachi — Rahimova temir yoʻl yoʻnalishi

Toʻqimachi — Sergeli, Toʻqimachi — Hamza va Toʻqimachi — Rahimova temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Raximova va Toshkent-Janubiy temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

37,72

4.

Yakkasaroy tumani

Toʻqimachi — Sergeli va Toʻqimachi — Toshkent temir yoʻl yoʻnalishi

Toʻqimachi — Sergeli va Toshkent — Toʻqimachi temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Toshkent-Janubiy temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

17,1

5.

Mirobod tumani

Salar — Toʻqimachi va Toʻqimachi — Hamza temir yoʻl yoʻnalishi

Salar — Toshkent-yoʻlovchi, Toshkent-yoʻlovchi — Toʻqimachi va Toʻqimachi — Hamza temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Salar, Toshkent-yoʻlovchi va Hamza temir yoʻl bekatlaridagi yer maydonlari

23,5

6.

Yashnobod tumani

Salar — Toshkent yoʻlovchi va Toshkent -Hamza temir yoʻl yoʻnalishi

Toshkent — Hamza va Salar — Toshkent-yoʻlovchi temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Salar, Hamza, Toshkent-yoʻlovchi va Toshkent temir yoʻl bekatlaridagi yer maydonlari

29,3

7.

Chilonzor tumani

Toshkent — Janubiy va Toshkent shahar chegarasi temir yoʻl yoʻnalishi

Toshkent — Raximova temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Raximova va Toshkent-Janubiy temir yoʻl bekatlaridagi yer maydonlari

9,7

8.

Yangihayot tumani

Toʻqimachi — Sergeli temir yoʻl yoʻnalishi

Toʻqimachi — Sergeli temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Sergeli temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

10,5

9.

Yunusobod tumani

Chuqursoy — Salar temir yoʻl yoʻnalishi

Chuqursoy — Salar va Salar — Nurhayot temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Chuqursoy temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

39,39

Toshkent viloyati

1.

Nurafshon shahri

Kuchluk — Ozodlik temir yoʻl yoʻnalishi

Kuchlik — Toʻytepa va Toʻytepa — Ozodlik temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Toʻytepa temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

5,4

2.

Chinoz tumani

Yangiyoʻl — Yangi Chinoz temir yoʻl yoʻnalishi

Yangiyoʻl — Paxta, Olmazor — Chinoz va Chinoz — Yangi Chinoz temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Yangiyoʻl, Paxta, Olmazor, Chinoz va Yangi Chinoz temir yoʻl bekatlaridagi yer maydonlari

143,9

3.

Bekobod shahri

Bekobod — Farhod temir yoʻl yoʻnalishi

Bekobod — Tojikiston Respublikasi chegarasi va Bekobod — Farhod temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Bekobod temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

44,1

4.

Yangiyoʻl shahri

Oʻzbekiston — Paxta temir yoʻl yoʻnalishi

Oʻzbekiston — Yangiyoʻl va Yangiyoʻl — Paxta temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Yangiyoʻl temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

21,6

5.

Yangiyoʻl tumani

Oʻzbekiston — Paxta temir yoʻl yoʻnalishi

Oʻzbekiston — Yangiyoʻl va Yangiyoʻl — Paxta temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hududlardagi yer maydonlar

40

6.

Zangiota tumani

Rahimova — Oʻzbekiston va Oʻzbekiston — Yangiyoʻl temir yoʻl yoʻnalishi

Raximova — Oʻzbekiston va Oʻzbekiston — Yangiyoʻl temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Oʻrta Ovul temir yoʻl bekatidagi yer maydonlar

290,2

7.

Qibray tumani

Nurhayot — Chirchiq temir yoʻl yoʻnalishi

Nurhayot — Qodiriya, Qodiriya — Baytqoʻrgʻon va Baytqoʻrgʻon — Bozsu temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Qodiriya, Baytqoʻrgʻon, Bozsu va Chirchiq temir yoʻl bekatlaridagi yer maydonlari

50,4

8.

Chirchiq shahri

Bozsu — Aranchi temir yoʻl yoʻnalishi

Bozsu — Chirchiq va Chirchiq — Aranchi temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Bozsu va Chirchiq temir yoʻl bekatlaridagi yer maydonlari

36,4

9.

Boʻstonliq tumani

Chirchiq — Xojikent temir yoʻl yoʻnalishi

Chirchiq — Aranchi, Aranchi — Baraj va Baraj — Xojikent temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Aranchi, Baraj va Xojikent temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

46,6

10.

Oʻrtachirchiq tumani

Jaloir — Toʻytepa temir yoʻl yoʻnalishi

Jaloir — Kuchlik va Kuchlik — Toʻytepa temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Kuchlik temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

107,7

11.

Toshkent tumani

Chuqursoy — Keles, Keles — Oq koʻprik va Oq koʻprik — Nazarbek temir yoʻl yoʻnalishi

Chuqursoy — Keles, Keles — Oq koʻprik va Oq koʻprik — Nazarbek temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Keles temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

64,6

12.

Ohangaron tumani

Ozodlik — Obliq temir yoʻl yoʻnalishi

Ozodlik — Ohangaron, Ohangaron — Aqcha va Aqcha — Obliq temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Ohangaron, Aqcha va Obliq temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

174,8

13.

Angren shahri

Obliq — Koʻl temir yoʻl yoʻnalishi

Obliq — Angren va Angren — Koʻl temir yoʻl bekatlari oraligʻidagi hudud hamda Angren temir yoʻl bekatidagi yer maydonlari

79,5

JAMI

1 347,18

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar egallagan yer uchastkalariga kadastr hujjatlarini tayyorlash jarayonida aniqlik kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/511/0636-son)