16.07.2024 yildagi PQ-257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlikni belgilashning samarali mexanizmlarini joriy etish, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tizimini takomillashtirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlikni erta aniqlash va oldini olishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami mutaxassislarining mas’uliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlikni belgilash jarayonlarining shaffofligini oshirish orqali sohadagi byurokratik to‘siqlar va korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslarning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (keyingi o‘rinlarda — funksionalligi) baholash natijalarini inobatga olgan holda nogironlikni belgilash tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini yaxshilash hamda ijtimoiylashtirish uchun ularning ehtiyojlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nogironlikni belgilashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatining tuman (shahar)larida, 2025-yil 1-iyulga qadar respublikaning qolgan hududlarida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida:
(2-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga nogironlikni belgilash bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — TIEK) ko‘rigi uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini yo‘llash oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda vrachlik-maslahat komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — VMK) oilaviy shifokorlar tomonidan tibbiy hujjatlar o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirilgan holda yuborilishiga uslubiy ko‘maklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi o‘rinlarda — “Inson” markazlari) xodimlari tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nogironlikni baholash shkalasining mahalliy xususiyatlar va shart-sharoitlarga moslashtirilgan mezonlari asosida shaxslarning funksionalligini baholash tartibi joriy etiladi. Bunda baholash natijalari 2027-yil 1-yanvarga qadar nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmaydi;
(2-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra “Inson” markazlariga borish imkoniga ega bo‘lmaganda sog‘lig‘ining holati va funksionallikni baholash shaxsning uyida yoki davolanishda bo‘lgan statsionarda o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2025-yil 1-apreldan boshlab fuqarolarni TIEK ko‘rigiga yo‘llash uchun lozim bo‘lgan amaldagi davolanish muddatlari bo‘yicha talab bekor qilinadi hamda har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib alohida belgilanadi;
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v1) 2025-yil 1-iyunga qadar Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025-yil 1-oktabrga qadar respublikaning qolgan hududlarida bosqichma-bosqich shaxslarga nogironlikni belgilashda shaxsning klinik-funksional buzilishlarining tavsifidan kelib chiqib nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligiga oid ma’lumotlar, shuningdek, har bir kasallikning kechishi va turi bo‘yicha fuqarolarni TIEK ko‘rigiga yo‘llash uchun lozim bo‘lgan muddatlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v2) 2025-yil 1-iyundan boshlab TIEK tomonidan kasbga, sportga va ta’limga tavsiya berish tartibi bekor qilinadi va TIEKning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilashga oid funksiyalari davlat tibbiyot muassasalariga o‘tkazilishi orqali tugatiladi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan “v1” va “v2” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2027-yil 1-yanvardan boshlab tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan faqat tibbiy hujjatlarga asosan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlikni shaxs sog‘lig‘ining holati va funksionallikni baholash natijalaridan kelib chiqib elektron tarzda belgilash tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:
(2-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs sog‘lig‘ining holati va funksionallikni baholash natijalari o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda nogironlikni belgilash yoki rad etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri TIEKlari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga birinchi marotaba nogironlik belgilangandan so‘ng “Inson” markazlari tomonidan ularni ta’lim va kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, sportga jalb etish hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejalari ishlab chiqiladi va ijrosi monitoring qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi tashkilotlarning shtat birliklari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etilsin. Bunda vazir maslahatchisini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish Agentlik direktori bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan 3 ta shtat birligidan iborat sho‘ba tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlikning oldini olish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlikni belgilash maqsadida shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborish jarayonini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VMK va oilaviy shifokorlar malakasi oshirilishini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy shifokorlar tomonidan TIEK ko‘rigi uchun tibbiy hujjatlarni yuborish jarayonini raqamlashtirish va tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish jarayonini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar, jumladan tibbiy reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024-yil 15-avgustga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati va Toshkent shahrida fuqarolarning tibbiy hujjatlari TIEKga o‘z vaqtida va elektron shaklda yo‘llanishi uchun oilaviy shifokorlarni zarur axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlasin hamda ularning malakasini oshirish maqsadida ishdan ajralmagan holda qisqa muddatli o‘qitish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda TIEK ko‘rigidan o‘tish uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini, shuningdek, mehnatga layoqatsizlik varaqalari haqidagi ma’lumotlarni elektron tarzda yuborish uchun zarur axborot tizimlari hamda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi o‘rtasida “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ysin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-yil 1-martga qadar Agentlik bilan birgalikda fuqarolarni TIEK ko‘rigiga yo‘llashdan oldin kasalliklar bo‘yicha davolanish lozim bo‘lgan muddatlar har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib alohida belgilanishini ta’minlasin;
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b1) mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslarga nogironlikni belgilashda inobatga olinadigan tibbiy mezonlarni qayta ko‘rib chiqib, nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligiga oid ma’lumotlar, shuningdek, har bir kasallikning kechishi va turi bo‘yicha fuqarolarni TIEK ko‘rigiga yo‘llash uchun lozim bo‘lgan muddatlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllantirib borilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilash tartibini ishlab chiqsin;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan “b1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2025-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlikni belgilashning yangi tartibi bo‘yicha TIEK mutaxassislarining malakasini oshirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning tibbiy hujjatlarini TIEKga o‘z vaqtida va sifatli yo‘llash natijalaridan kelib chiqib oilaviy shifokorlarni rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan TIEK xodimlarini ular faoliyati samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) bajarilishidan kelib chiqib rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlarning vazifalari va shtat birliklarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlarga o‘tkazgan holda tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilayotgan ixtisoslashtirilgan TIEKlarning shtat birliklari hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlarga pediatr, psixiatr, ftiziatr shtatlarini ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-yil 1-oktabrdan boshlab:
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) va tumanlararo TIEKlarni uch nafar vrach-ekspertdan iborat tarkibda shakllantirish;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tizimi tashkilotlari shtat birliklari doirasida Agentlik markaziy apparatida yuridik shaxs tashkil etmagan holda TIEKlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha alohida tarkibiy bo‘linma tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2025-yil 1-aprelga qadar quyidagi vazirlik va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib ularni kasbga, ta’limga va sportga yo‘naltirish tartibini ishlab chiqish uchun mas’ul etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi — tarbiya va ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — kasbga tayyorlash va yo‘naltirish bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — bandlikni ta’minlash bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi — ommaviy sport va parasportga yo‘naltirish bo‘yicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash (M. Olloyorov) mazkur qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarning hisobotlarini eshitib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur qarorga 2-ilovaning 1-bandi, 3-bandining “b” kichik bandi 2024-yil 1-oktabrdan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda shaxs funksionalligini aniqlash tartibini belgilashga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-sentabrga qadar bola sog‘lig‘ining holati va funksionalligini aniqlash natijalaridan kelib chiqib nogironlikni belgilash tartibini joriy etishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Agentlik direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 16-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-257-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirishga doir
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

18 yoshdan katta shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) baholashning vaqtinchalik tartibini ishlab chiqish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

oilaviy shifokorlar tomonidan fuqarolarning tibbiy hujjatlarini tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yo‘llash tartibi;

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlari tomonidan 18 yoshdan katta shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) suhbat o‘tkazish orqali baholashdan o‘tkazish tartibi;

18 yoshdan katta shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini), shuningdek sog‘lig‘ining holatini aniqlash natijalari 2025-yil 1-sentabrga qadar nogironlik belgilash uchun asos hisoblanmasligi.

2. Loyihani o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil avgust

Mablag‘ talab qilinmaydi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2.

Shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) baholash jarayonini tahlil qilish va natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlash.

1. Shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) baholash natijalarini xorijiy ekspertlar bilan birgalikda umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek nogironlikni belgilashning amaldagi tartibi bilan taqqoslagan holda hisobot tayyorlash.

2025-yil mart

Mablag‘ talab qilinmaydi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Baholash natijalaridan kelib chiqib, kelgusida ushbu amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida ham tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif tayyorlash.

2025-yil aprel

3.

Shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini), shuningdek sog‘lig‘ining holatini aniqlash natijalaridan kelib chiqib nogironlikni belgilash bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlari, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari mutaxassislari, shuningdek oilaviy shifokorlarning malakasini oshirish.

1. Toshkent shahri va Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlarini shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) aniqlash bo‘yicha, oilaviy shifokorlarni esa tibbiy hujjatlarni shakllantirish va TIEKga yo‘llash tartibi bo‘yicha qisqa muddatli o‘qitish.

2024-yil avgust

Mablag‘ talab qilinmaydi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida:

Sog‘liqni saqlash vazirligi

tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining vrach ekspertlarini reabilitolog mutaxassisligi bo‘yicha bepul qayta tayyorlash;

2025-yil aprel — may

tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari mutaxassislari va oilaviy shifokorlar malakasini bepul oshirib borish.

2025-yil sentabr, keyinchalik doimiy

3. Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) aniqlash bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlari malakasini oshirib borish.

2025-yil sentabr,

keyinchalik doimiy

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

4.

Fuqarolarga nogironlik belgilash jarayonida oilaviy shifokorlar tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari ko‘rigi uchun tibbiy hujjatlarni yuborish tizimini yo‘lga qo‘yish va ularning mas’uliyatini oshirish.

1. Fuqarolarga nogironlik belgilash uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yuboriladigan yo‘llanma (088/u) shaklini qayta ko‘rib chiqish orqali ma’lumotlarni to‘liq aks ettirish imkonini yaratish.

2024-yil avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligining rivojlantirish dasturlariga ajratilgan mablag‘lar,

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari

(Hisob-kitoblarga ko‘ra)

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. Toshkent shahri va Navoiy viloyatidagi oilaviy shifokorlarni zarur axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash.

2024-yil avgust

3. Fuqarolarning tibbiy hujjatlari o‘z vaqtida tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yuborilishini oilaviy shifokorlar faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri etib belgilash orqali ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil mart

5.

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish.

Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari xodimlarini ular faoliyati samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) bajarilishidan kelib chiqib, rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2024-yil sentabr

Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan

(Hisob-kitoblarga ko‘ra)

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

6.

Tibbiy ijtimoiy ekspertiza xizmatini standartlashtirish hamda nogironlikni belgilash yo‘nalishidagi axborot almashinuvini raqamlashtirish.

1. Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ko‘rigidan o‘tishi uchun yo‘llashdan oldin davolanish lozim bo‘lgan muddatlarni kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib belgilash.

2025-yil mart

Sog‘liqni saqlash vazirligining rivojlantirish dasturlariga ajratilgan mablag‘lar,

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari,

Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari

(Hisob-kitoblarga ko‘ra)

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Nogironlikni belgilashda inobatga olinadigan tibbiy mezonlarni qayta ko‘rib chiqib, nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, shuningdek protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligini belgilash jarayonini Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, keyinchalik respublikaning qolgan hududlarida raqamlashtirish.

2025-yil iyun — sentabr

3. Ambulator va statsionar tibbiyot muassasalari hamda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini tashkil etish, shuningdek, tibbiyot muassasalarining tegishli axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2025-yil sentabr

7.

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash;

ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining faoliyatini tugatish;

tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazishni yigirma kalendar kundan kechiktirmay amalga oshirish;

tumanlararo, tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalarining ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish.

2024-yil oktabr

Mablag‘ talab qilinmaydi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Nogironlikni belgilashning biopsixoijtimoiy modeliga o‘tgan davlatlar tajribasini o‘rganish.

Nogironlikni belgilashning biopsixoijtimoiy modeliga o‘tgan davlatlar tajribasini o‘rganish maqsadida rivojlangan xorijiy mamlakatlarga (Portugaliya, Shveysariya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Tayvan, Latviya) xizmat safarlarini tashkil etish.

2024-yil sentabr — dekabr

Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari

(Hisob-kitoblarga ko‘ra)

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

9.

Infarkt, insult va jarrohlik amaliyotidan so‘ng tibbiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish.

Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda infarkt, insult va jarrohlik amaliyotidan so‘ng ko‘rsatiladigan tibbiy reabilitatsiya xizmatlari tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish.

2025-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

10.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ta’lim va kasbga yo‘naltirish hamda sportga jalb etishning mezonlarini ishlab chiqish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib, ularni tarbiya va ta’limga yo‘naltirish tartibi;

nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib, ularni kasbga tayyorlash va yo‘naltirish tartibi;

nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib, ularning bandligini ta’minlash tartibi;

nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib, ularni ommaviy sport va parasportga yo‘naltirish tartibi;

vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarning maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilash tartibi.

2025-yil fevral

Mablag‘ talab qilinmaydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sport vazirligi,

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi,

Adliya vazirligi

2. Takliflarni umumlashtirish va yagona normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil mart

11.

Tibbiyot yo‘nalishidagi davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘quv dasturlariga tibbiy-ijtimoiy ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini kiritish.

2025/2026-yil o‘quv yilidan boshlab tibbiyot yo‘nalishidagi davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavr, klinik ordinatura va magistratura yo‘nalishlarining o‘quv dasturlariga shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) hamda shaxsning salomatligi holatini baholashdan o‘tkazish orqali nogironlikni aniqlash, shuningdek reabilitologiya asoslari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini kiritish.

2025-yil sentabr

Davlat budjeti mablag‘lari

(Hisob-kitoblarga ko‘ra)

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy ta’lim, fan

va innovatsiyalar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

12.

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari moddiy texnik-bazasini yanada mustahkamlash hamda aholiga o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash.

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar, shuningdek Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalarini avtotransport vositalari bilan ta’minlash.

2024-yil dekabr

Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari,

Davlat budjeti mablag‘lari

(Hisob-kitoblarga ko‘ra)

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PQ-254-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 07/25/254/0763-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-noyabrdagi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-22-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4 va 5-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm va Namangan viloyatlarida qo‘shimcha ravishda bittadan tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 12-banddan “yangi tashkil etilayotgan pediatriya va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ilovaning 14-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-230-son qarorining 2-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-74-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-banddan “pediatriya” so‘zi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-319-son qarori 2-ilovasi 14-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “nogironlikni baholash va aniqlashning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga” so‘zlari “shaxsning funksionalligini baholash natijalaridan kelib chiqib nogironlik belgilash tizimiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 22.08.2025-y., 07/25/254/0763-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)