27.11.2021 yildagi PQ-22-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni ortiqcha ovoragarchilik va byurokratik to‘siqlarsiz tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘laqonli hayot tarzini yuritish hamda o‘z huquqlari va salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni reabilitatsiya qilishga to‘g‘ri yo‘naltirish hamda tegishli chora-tadbirlar bilan qamrab olish ko‘lamini yanada kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6195-son Farmoniga muvofiq Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimiga o‘tkazilganligi hamda unga fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish va nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish vazifasi yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish va nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga nogironlikni belgilashda korrupsiyaning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlikni belgilashda fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklarini bartaraf etish, sohada mavjud byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish orqali fuqarolarga zamon talablariga javob beradigan samarali xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil 1-dekabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga borish imkoniga ega bo‘lmagan holatda nogironlikni belgilash biriktirilgan hududlarga chiqib ko‘chma majlislarda, shaxsning uyida yoki davolanishda bo‘lgan statsionarda hamda sirtdan ko‘rikdan o‘tkazish orqali tashkil etiladi;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni klinik-funksional ma’lumotlarni olishga doir qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazmasdan turib, tasdiqlangan kasalliklar ro‘yxati asosida fuqaroning ishtirokisiz ular nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganda nogironlik muddatsiz davrga belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2022-yil 1-avgustdan boshlab, dastlab Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning yangi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, fuqarolarga nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanadigan (tibbiy yo‘llanma, kasallik tarixi va ambulator kartadan ko‘chirmalar va boshqa) ma’lumotlar axborot tizimiga elektron tarzda kiritilishi ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab axborot tizimi respublikaning boshqa barcha hududlarida to‘liq joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlikni belgilashda davolash-profilaktika muassasalarining yo‘llanmalari, kasallik tarixidan ko‘chirmalar, ambulator karta, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi hamda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holdagi baxtsiz hodisa yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi to‘g‘risidagi hujjatlar to‘liq axborot tizimi orqali qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi hamda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holdagi baxtsiz hodisa yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparati hamda axborot tizimi orasida ma’lumot almashinuvi asosida olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimidagi fuqaroga tegishli ma’lumotlardan kelib chiqib, organizmning funksiyasi buzilishi va hayot faoliyati chegaralanishini hisobga olgan holda nogironlikni fuqarolarning ishtirokisiz belgilash tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxsga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar, davolovchi hamda tibbiy xulosa bergan shifokorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimida qayd etib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlik belgilangan shaxslarga pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun elektron ma’lumotlar “Pensiya” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm va Namangan viloyatlarida qo‘shimcha ravishda bittadan tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning elektron axborot tizimini yaratish va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligining 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni belgilash masalalari uchun mas’ul tibbiyot muassasalaridagi nogironlikka oid tibbiy xulosani berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlar belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazilishini va tegishli pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga topshirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda davlat tibbiyot muassasasi tomonidan fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish tartibini nazarda tutuvchi vrachlik — maslahat komissiyasi to‘g‘risida nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, reabilitologiya, tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya mutaxassislarini tayyorlashdagi magistratura, klinik ordinatura, qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv dasturlarini xalqaro ta’lim standartlari asosida takomillashtirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har besh yilda kamida bir marta tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tizimining tibbiyot xodimlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari va respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida mutaxassisligi va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza bo‘yicha malaka oshirishi hamda birlamchi ixtisoslashtirish kurslaridan bepul o‘tishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qaror qabul qilingunga qadar berilgan nogironlik to‘g‘risidagi eski namunadagi ma’lumotnomalar hamda rasmiylashtirilgan eski namunadagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlari navbatdagi qayta ko‘rik o‘tkazilgunga qadar yoki reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish (agar nogironlik muddatsiz belgilangan bo‘lsa) tugagungacha haqiqiy hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar BMTning Taraqqiyot dasturi, Jahon banki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISEFning texnik ko‘magini jalb qilgan holda nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, xalqaro tajribani o‘rgangan holda Sog‘lig‘i va hayot faoliyatining (funksiyalarining) cheklanishi xalqaro klassifikatsiyasi asosida fuqarolarga nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga o‘tish Konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining asoslantirilgan takliflariga muvofiq ushbu qarorda ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarini transport vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, axborot tizimini yaratish, kadrlar tayyorlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2021-yilda Davlat budjeti parametrlarida sog‘liqni saqlash sohasi uchun nazarda tutilgan mablag‘larning cheklangan miqdorlari doirasida ajratilishini hamda 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Davlat budjeti parametrlari doirasida tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyatini takomillashtirishga ajratilgan mablag‘lar hisobiga 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning nogironligi va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron ma’lumotlarini o‘zida jamlaydigan elektron ma’lumotlar bazasini takomillashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-avgustga qadar ilg‘or chet el tajribasini o‘rgangan holda, fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning yangi elektron axborot tizimini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlik belgilangan shaxslarning nogironlik muddati tugayotganligi hamda qayta ko‘rikka kelishi to‘g‘risida qisqa xabarni beg‘araz tarzda ularning mobil aloqa vositalariga bir oy oldin yuborish mexanizmini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, vazirlik va idoralarga nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron tarzda yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) bilan birgalikda bir oy muddatda hududiy tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining binolari va xonalari hamda jihozlar uchun minimal talablarni ishlab chiqsin hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) 2022-yil 1-avgustdan Toshkent shahar hamda 2023-yildan boshlab respublikaning barcha hududlaridagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan yo‘llanmalarni, kasallik tarixidan ko‘chirmalarni, ambulator kartalarni, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi hamda kasb kasalligini belgilash uchun asos bo‘ladigan maxsus vakolat berilgan sog‘liqni saqlash muassasasi xulosasidan ko‘chirmalarni axborot tizimiga elektron tarzda kiritib borishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, nogironlikni belgilash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlar davolash-profilaktika muassasalarining IT operator-hamshiralari tomonidan shaxsiy identifikatsion login va parollar asosida axborot tizimiga kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarorini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda barcha hududiy tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarini belgilangan talablarga javob beradigan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar tashrifi uchun qulay bo‘lgan binolar va xonalarda beg‘araz asosda joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qaror maqsadi va vazifalarini ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot resurslari orqali keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul ijrochi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-iyulga qadar axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 27-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-22-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-noyabrdagi PQ-22-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning elektron axborot tizimini yaratish va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yo‘l xaritasi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimini yaratish

1.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning elektron axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar miqdorini aniqlash va ularni ajratish.

1. Axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha loyihaoldi ma’lumotlar tahlilini amalga oshirish, texnik talabnoma ishlab chiqish.

2. Tegishli kompaniyalarni jalb qilgan holda loyihani amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan mablag‘ miqdorini aniqlash hamda dastlabki smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Ishlab chiqilgan smeta hujjatlariga asosan zarur mablag‘larni ajratish.

2021-yil dekabr

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

2.

Axborot tizimi bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

1. Axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiquvchi va ekspertizadan o‘tkazuvchi tashkilotni aniqlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish.

2. G‘olib deb topilgan tashkilot bilan birgalikda axborot tizimini yaratish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish. Hujjatlarda axborot tizimini manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilishni nazarda tutish.

2022-yil fevral

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov)

3.

Axborot tizimini ishlab chiqish va funksional jihatdan ishga tushirish.

1. Ishlab chiqilgan texnik-topshiriq hujjatlari asosida axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish uchun zarur mablag‘ni ajratish.

2022-yil mart

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), vazirlik va idoralar

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish bo‘yicha tashkilotni aniqlash yuzasidan tanlov o‘tkazish.

2022-yil aprel

3. G‘olib deb topilgan tashkilot bilan birgalikda axborot tizimini ishlab chiqish va aprobatsiyadan o‘tkazish.

2022-yil avgust

4.

Axborot tizimini hududlarda yo‘lga qo‘yish va joriy etish uchun joylardagi muassasalarni kompyuter jamlanmasi bilan ta’minlash.

140 ta kompyuter jamlanmasini o‘rnatilgan tartibda xarid qilish va Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi tasarrufidagi tashkilotlarga yetkazish.

2022-yil may

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

5.

Axborot tizimidan foydalanish tartibini ishlab chiqish, joylardagi xodimlarni platformadan foydalanishga o‘rgatish (o‘qitish) va ish jarayoniga tayyorlash.

1. Axborot tizimining tegishli qismida axborotni taqdim etish va kiritishni belgilovchi foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil iyun

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), vazirlik va idoralar

2. Axborot tizimidan foydalanuvchi barcha xodimlarni grafik asosida foydalanishga o‘rgatish (o‘qitish) va ish jarayoniga tayyorlash.

2022-yil iyun-iyul

6.

Axborot tizimi doimiy ishlab turishi va kelgusida takomillashtirib borilishini ta’minlash.

1. Tegishli IT kompaniyalarni jalb qilgan holda axborot tizimini keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish hamda saqlash (server hajmlari) xarajatlari bo‘yicha tijorat takliflarini o‘rganish va taqdim qilish.

2. Axborot tizimini keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish hamda saqlash (server hajmlari) xarajatlari bo‘yicha 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlari doirasida zarur mablag‘larni ajratish.

2022-yil avgust

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

7.

Axborot tizimini manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish.

Axborot tizimini “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish jarayonlarida ishtirok etayotgan manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish.

2022-yil sentabr

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov)

8.

Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari xodimlarini axborot tizimida ishlash hamda fuqarolarga nogironlikni belgilashda tegishli hujjatlarni elektron tarzda dasturiy ta’minotga kiritish bo‘yicha o‘qitish grafiklarini tuzgan holda amaliy seminarlar tashkil etish.

Davolash-profilaktika muassasalari tomonidan yo‘llanmalarni, kasallik tarixidan ko‘chirmalarni, ambulator kartalarni, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi hamda kasb kasalligini belgilash uchun asos bo‘ladigan maxsus vakolat berilgan sog‘liqni saqlash muassasasi xulosasidan ko‘chirmalarni axborot tizimiga elektron tarzda kiritish borasida amaliy-o‘quv seminarlar tashkil qilish.

2022-yil iyul-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov)

9.

Davolash-profilaktika muassasalari xodimlarining axborot tizimida ishlashlari uchun zaruriy texnik imkoniyatlarni yaratish.

Davolash-profilaktika muassasalari xodimlarining axborot tizimida ishlashi va ma’lumotlarni kiritishi uchun individual parol va loginlar bilan ta’minlash.

Axborot tizimidagi ma’lumotlarni kiritgan va (yoki) ularga o‘zgartirish kiritgan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etish funksiyalarini joriy etish.

2022-yil avgust — dekabr

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Azizov)

10.

Axborot tizimini to‘liq ishga tushirish.

1. Axborot tizimini dastlab Toshkent shahrida ishga tushirish.

2022-yil avgust

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov)

2. Aprobatsiya natijalariga ko‘ra axborot tizimini respublikaning boshqa barcha hududlarida to‘liq joriy etish.

2022-yil dekabr

II. Pediatriya tibbiy-ijtimoiy va tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari mutaxassislarining bilim darajasi va ko‘nikmalarini rivojlantirish

15.

Nogironlikni belgilashning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish.

Mutasaddi vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlaridan iborat tematik ishchi guruhlarni tuzish va strategiya maqsadlaridan kelib chiqib tahliliy o‘rganishlar o‘tkazish.

2022-yil mart

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), BMTning Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Jahon banki (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar

BMTning Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlarning texnik ko‘magi asosida xalqaro tajribani o‘rgangan holda fuqarolarga nogironlikni belgilash milliy strategiyasini tayyorlash.

2022-yil may

16.

Sog‘lig‘i va hayot faoliyatining (funksiyalarining) cheklanishi xalqaro klassifikatsiyasini amaliyotga qo‘llash bo‘yicha xalqaro o‘quv-amaliy seminar tashkil qilish.

Xalqaro va nufuzli ekspertlarni jalb qilgan holda Toshkent shahrida Sog‘lig‘i va hayot faoliyatining (funksiyalarining) cheklanishi xalqaro klassifikatsiyasini amaliyotga qo‘llash bo‘yicha xalqaro o‘quv-amaliy seminarini o‘tkazish.

2022-yil aprel

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), BMTning Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Jahon banki (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2021-y., 07/21/22/1105-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 28.02.2024-y., 07/24/88/0159-son; 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)