O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Mamlakatimizda tovar yoki moliya bozorlarida raqobat cheklanishiga, raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitlarida iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoxud olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni nazorat qilish hamda ularga chek qo‘yish sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
Raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining vakolatli davlat organi tomonidan ish qo‘zg‘atmasdan ko‘rib chiqilib, ko‘rsatma beriladigan ayrim holatlari;
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun monopoliyaga qarshi organ tomonidan moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish to‘g‘risida sudga murojaat qilish;
monopoliyaga qarshi organ tabiiy monopoliya subyektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) tartibga solishda ishtirok etmasligi;
monopoliyaga qarshi komplaens tizimi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, yagona yetkazib beruvchi hamda tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda, yuridik shaxslar va yuridik shaxslarning birlashmalarida majburiy tartibda joriy etilishi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-iyul,
405-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarorida:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va uni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
b) muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”;
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va uni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
g) ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik buzilganligi) to‘g‘risidagi ishni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi) tomonidan ko‘rib chiqilishining tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilaydi.
2. Vakolatli davlat organi o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, faoliyatning ayrim turlariga litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beruvchi, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qiluvchi, ro‘yxatdan yoki akkreditatsiyadan o‘tkazish vakolatlari berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari (keyingi o‘rinlarda — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar), yuridik shaxslarning birlashmalari hamda jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilik buzilganligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atadi va ularni ko‘rib chiqadi, ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
3. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi masalalar quyidagi hollarda vakolatli davlat organi tomonidan ish qo‘zg‘atmasdan ko‘rib chiqilib, ko‘rsatma beriladi:
tovarlarning (ish, xizmatlarning) nazorat xaridi doirasida ularning ekspertiza qilish yoki akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalarida testdan o‘tkazish natijasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
tovarlarning (ish, xizmatlarning) saqlash qoidalariga rioya etilmasdan savdoga chiqarilganligi natijasida sifati o‘zgarganligi tasdiqlanganda;
tovarlarning (ish, xizmatlarning) iste’mol qilinishi, foydalanilishi natijasida iste’molchilarning sog‘lig‘i, mol-mulkiga zarar yetkazilganligi aniqlangan yoki zarar yetkazish xavfi tug‘ilgan holatlarda;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish holatlarida;
yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni, shuningdek, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan tovarlarni ularning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddatini ko‘rsatmagan holda, realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik holatlarida;
qonunchilik buzilishi o‘z tasdig‘ini topgan va chora ko‘rish uchun asoslar yetarli bo‘lgan holatlarda;
huquqbuzar xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki jismoniy shaxs qonunchilik talablarini buzganligiga iqror bo‘lgan va (yoki) ixtiyoriy tartibda bartaraf etgan holatlarda;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risida, shuningdek, tovarlar (ish, xizmatlar) to‘g‘risida ma’lumot taqdim etmaganda;
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19 va 21-moddalaridan tashqari boshqa talablari buzilganda;
reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganda aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha huquqbuzarning e’tirozi mavjud bo‘lmaganda;
savdo obyekti tomonidan sotuvga qo‘yilgan tovarga narxnoma qo‘yilmaganda, sotuvga qo‘yilgan tovarning narxi kassa chekidagi narxdan farq qilganda.
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalarining mansabdor shaxslari hamda jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishlarni tegishli sudlar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ko‘rib chiqadi.
2-bob. Qonunchilik buzilganligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish tartibi
5. Qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ish jismoniy shaxsga, xo‘jalik yurituvchi subyektga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga, yuridik shaxslar birlashmalariga nisbatan ular joylashgan joy bo‘yicha tegishli vakolatli davlat organi tomonidan qo‘zg‘atiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining markaziy apparati Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining qarori asosida:
hududiy organlar vakolatlariga tegishli bo‘lgan ishlarni o‘zi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilishga;
o‘zining tekshirish va o‘rganish materiallarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun hududiy organga yuborishga haqlidir.
6. Quyidagilar qonunchilik buzilganligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish uchun asos hisoblanadi:
vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda nazorat funksiyalarining amalga oshirilishi, shuningdek, o‘rganish davomida qonunchilik buzilganligi holatlari (belgilari) mavjudligini ko‘rsatuvchi yetarlicha ma’lumotlarning aniqlanishi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa organlardan kelib tushgan axborot yoki taqdimnomalar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalaridagi qonunchilik buzilganligi holatlari (belgilari) mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan xabarlar (keyingi o‘rinlarda — ariza).
7. Jismoniy va yuridik shaxsning arizasi vakolatli davlat organiga qonunchilik buzilganligi holatlaridan (belgilaridan) dalolat beruvchi hujjatlar va arizaning nusxasi ish qo‘zg‘atilishi talab qilinayotgan shaxsga yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilingan holda beriladi.
Jismoniy va yuridik shaxsning arizasida ariza beruvchi va unga nisbatan ariza berilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi, qonunchilik buzilishi holatlari (belgilari) tavsiflanishi zarur.
8. Vakolatli davlat organi mazkur Nizomga rioya qilgan holda berilgan arizani oldindan ko‘rib chiqadi hamda ariza bilan birga berilgan hujjatlar va materiallarni o‘rganadi.
Quyidagilar vakolatli davlat organi tomonidan arizani oldindan ko‘rib chiqishda hamda boshqa hujjatlar va materiallarni o‘rganishda aniqlanadi:
mazkur masalani hal etish bo‘yicha vakolatli davlat organining vakolati;
qonunchilik buzilishi belgilari mavjudligi;
ish qo‘zg‘atish uchun materiallar yetarli ekanligi;
ishda ishtirok etish uchun jalb etilishi kerak bo‘lgan shaxslar doirasi;
ishning to‘g‘ri va har tomonlama ko‘rib chiqilishi uchun zarur bo‘lgan boshqa masalalar.
9. Vakolatli davlat organi ariza va materiallarni oldindan ko‘rib chiqish davomida:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalaridan va fuqarolardan tanishish uchun zarur materiallar va hujjatlarni so‘rab olishga, ulardan nusxa ko‘chirishga hamda ularni ish materiallariga qo‘shib qo‘yishga;
ariza beruvchi, shuningdek, jismoniy shaxs ularga nisbatan ariza berilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalari vakillari bilan suhbat o‘tkazishga;
ariza beruvchidan va ularga nisbatan ariza berilgan shaxslardan ariza bilan murojaat qilishga sabab bo‘lgan holatlar (belgilar) bo‘yicha yozma yoki og‘zaki tushuntirishlar olishga;
har tomonlama, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa choralarni ko‘rishga;
arizani oldindan ko‘rib chiqish materiallari bo‘yicha xulosalar va tushuntirishlar berish uchun vakolatli ekspertlar yoki mutaxassislarni jalb etishga haqlidir.
Vakolatli davlat organining ariza va materiallarni oldindan ko‘rib chiqish bilan bog‘liq harakatlari tekshirish hisoblanmaydi.
10. Qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organida qonunchilik buzilganligini ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolatli davlat organining mas’ul xodimlaridan iborat maxsus komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
Komissiya tarkibiga komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar yuzasidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va tadbirkorlik subyektlari faoliyati erkinligi kafolatlarini ta’minlash sohasidagi boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritilishi mumkin.
Komissiya raisi va uning tarkibi vakolatli davlat organi rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Agar aniq bir ishni ko‘rib chiqishda komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi, shu jumladan, rais qatnashayotgan bo‘lsa, Komissiya vakolatli (kvorumga ega) bo‘ladi.
11. Vakolatli davlat organi tomonidan nazorat funksiyalarining amalga oshirilishi natijasida to‘plangan yoki arizani oldindan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha taqdim etilgan materiallar asosida komissiya raisi:
qonunchilik buzilganligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish;
jismoniy va yuridik shaxsning arizasi bo‘yicha murojaatda ko‘rsatilgan masalalar, vakolatli davlat organining vakolatiga tegishli emasligi yoxud qonunchilik buzilganligi belgilari yo‘qligi munosabati bilan ish qo‘zg‘atish rad etilishi to‘g‘risidagi masalani hal qiladi.
12. Qonunchilik buzilganligi holati (belgisi) bo‘yicha ish qo‘zg‘atish yoki ish qo‘zg‘atish rad etilishi to‘g‘risida komissiya raisi tomonidan ajrim chiqariladi.
Ajrim topshirilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birgalikda buyurtma xat orqali ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Ishni ko‘rib chiqish bo‘yicha qatnashuvchilarga ajrim, shuningdek, tilxat bo‘yicha vakolatli davlat organida yoki ular joylashgan joy bo‘yicha topshirilishi mumkin.
Zarur bo‘lganda, qonunchilik buzilganligi holati (belgisi) bo‘yicha ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrim xabardor qilinganligi qayd etilishini ta’minlaydigan axborot tizimlaridan foydalangan holda yuborilishi mumkin.
13. Ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrim kirish va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Ajrimning kirish va xulosa qismida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
a) kirish qismida:
vakolatli davlat organining to‘liq nomi;
ishning tartib raqami, ajrimning chiqarilgan sanasi va joyi;
o‘ziga nisbatan ish qo‘zg‘atilayotgan shaxs;
buzilish alomatlari mavjud bo‘lgan qonunchilik hujjat nomi va rekvizitlari;
b) xulosa qismida:
buzilish alomatlari mavjud bo‘lgan qonunchilikni ko‘rsatgan holda ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida qabul qilingan qaror bayoni;
ishni ko‘rib chiqishga qatnashuvchilarni jalb qilish to‘g‘risidagi qabul qilingan qaror bayoni;
komissiya majlisi sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumot;
ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchilarning majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etishga bo‘lgan huquqlari haqida tushuntirish;
ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchilarning majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish istagini bildirgan taqdirda, kamida uch kun oldin vakolatli davlat organi yoki videokonferensaloqa rejimidagi majlisni o‘tkazishga ko‘maklashadigan vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qilishi lozimligi haqida tushuntirish;
ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchilar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan videokonferensaloqa rejimidagi majlisni o‘tkazishga ko‘maklashadigan vakolatli davlat organi manzili haqida ma’lumot;
ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar va materiallar haqida ma’lumot;
ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchilar advokat yoki boshqa ishonchli vakil xizmatlaridan, shuningdek, tarjimonning xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega ekanliklari to‘g‘risida tushuntirish;
ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchilarning uzrli sabablarsiz kelmasligi yoki ular tomonidan ish ko‘rib chiqishni boshqa kunga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnoma berilmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rilishiga va tegishli qaror qabul qilinishiga asos bo‘lishi to‘g‘risida tushuntirish.
Ajrimda zaruratga ko‘ra boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
14. Ish qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim kirish, asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Ajrimning kirish, asoslantirish va xulosa qismlarida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
a) kirish qismida:
vakolatli davlat organining to‘liq nomi;
ajrimning tartib raqami, chiqarilgan sanasi va joyi;
o‘ziga nisbatan ish qo‘zg‘atilishi talab qilingan shaxs;
buzilganligi ish qo‘zg‘atish haqidagi talabga asos sifatida ko‘rsatilgan qonunchilik hujjati;
b) asoslantirish qismida:
arizani dastlabki tarzda ko‘rib chiqishda aniqlangan holatlar, ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalariga asos bo‘lgan dalillar;
ish qo‘zg‘atishni rad etish uchun asos bo‘lgan qonunchilik normalari;
u yoki bu dalillarni rad etish yuzasidan vajlar;
v) xulosa qismida:
buzilganligi ish qo‘zg‘atish haqidagi talabga asos sifatida ko‘rsatilgan qonunchilik hujjatini ko‘rsatgan holda, ish qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qabul qilingan qaror bayoni;
ajrim ustidan shikoyat bildirish mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Ajrimda zaruratga ko‘ra boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
3-bob. Qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish
15. Quyidagilar qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar hisoblanadi:
vakolatli davlat organi;
qonunchilik buzilganligi to‘g‘risida o‘ziga nisbatan ish ko‘rib chiqilayotgan shaxs;
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish ko‘rib chiqilishi munosabati bilan huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl qilinayotgan manfaatdor shaxslar;
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa ko‘maklashuvchi shaxslar.
Vakolatli davlat organining ishni to‘g‘ri hal etishi uchun ahamiyatga ega ma’lumotlar va holatlardan xabardor har qanday shaxs guvoh bo‘lishi mumkin.
Fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida xulosa berish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilimlarga ega jismoniy shaxs ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
Maslahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda yordam ko‘rsatish yo‘li bilan dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda ko‘maklashish maqsadida fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilim va malakaga ega bo‘lgan, voyaga yetgan, ish natijasidan manfaatdor bo‘lmagan shaxs vakolatli davlat organi tomonidan mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin.
Tarjima qilish uchun zarur tillarni biladigan hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan jalb etiladigan shaxs tarjimon bo‘lishi mumkin.
Qonunchilik buzilganligi haqidagi ishda tijorat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishtiroki cheklanishi mumkin.
16. Qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar (vakolatli davlat organidan tashqari) ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan boshlab:
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha materiallar bilan tanishish (davlat siri hisoblangan va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa maxfiy ma’lumotlardan tashqari) va ulardan ko‘chirma olish;
og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish;
dalillar taqdim etish;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha dalillarni o‘rganishda qatnashish;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslarga savollar berish;
iltimosnoma berish;
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari va dalil-isbotlariga e’tiroz bildirish;
mazkur Nizomda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish huquqiga egadir.
17. Komissiya a’zosi quyidagi holatlarda ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etishi mumkin emas va rad etilishi lozim, agar u:
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ularning vakillarining qarindoshi bo‘lsa;
ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning xolisligiga shubha tug‘diruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, komissiya a’zolari o‘zini o‘zi rad etish haqida arz qilishi shart.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga ko‘ra ularni rad etish haqida arz qilinishi mumkin.
Komissiya a’zosini rad etish to‘g‘risidagi masala rad etilishi talab etilayotgan komissiya a’zosining ishtirokisiz komissiya tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad etishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolsa, komissiya a’zosi rad etilgan hisoblanadi.
Rad etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
18. Komissiya majlisida qo‘zg‘atilgan ish rais tomonidan ishning holatlari eng to‘liq va har tomonlama o‘rganilishi va unga baho berilishini ta’minlaydigan, qonunchilik buzilishini bartaraf etadigan va uning oldini oladigan, qonunchilik buzilishi to‘g‘risida unga nisbatan ish olib borilayotgan shaxslar, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslarning huquq va manfaatlari ta’minlanadigan tarzda ko‘rib chiqiladi.
19. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi haqidagi ish ariza tushgan yoki nazorat funksiyalari amalga oshirilishi va o‘rganishlar natijalariga ko‘ra ish qo‘zg‘atilgan paytdan boshlab, bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi. Istisno holatlarda, ko‘rsatilgan muddat uzaytirilishi mumkin, biroq ushbu muddat bir oydan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi to‘g‘risidagi ish komissiya tomonidan ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish uchun dalillar yetarli deb topish uchun zarur bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ishning ko‘rib chiqilishi vaqti va joyi to‘g‘risida ularga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan jismoniy shaxslar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalari, ishda qatnashish uchun jalb etiladigan boshqa shaxslar xabardor qilinadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish to‘g‘risida kamida uch kun oldin vakolatli davlat organi yoki videokonferensaloqa rejimidagi majlisni o‘tkazishga ko‘maklashadigan vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qilingan taqdirda, ushbu shaxslar majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etadi, boshqa holatlarda majlis ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchilarning shaxsan ishtirokida o‘tkaziladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan komissiyaga yozma fikr yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar bo‘yicha ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Komissiya majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan ishtirok etuvchi shaxslar majlisga kelmasa, ish ularning yo‘qligida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ishlar o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi.
Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan qatnashuvchilarning tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha), komissiya harakatlarida ishtirok etish hamda vakolatli davlat organida o‘z ona tilida yoki erkin tanlangan muloqot tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Komissiya muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan hujjatlar komissiya majlisi qaysi tilda o‘tkazilgan bo‘lsa, shu tilda tuziladi.
Ish yuritiladigan tilni bilmaydigan qatnashuvchilar o‘z hisobidan tarjimon yollashga haqli.
Ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchilar ish yuritiladigan tilni bilmasliklari va o‘z hisobidan tarjimon yollamasliklari ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qila olmaydi, komissiyaning birinchi majlisida o‘z hisobidan tarjimon yollash haqida iltimosnoma kiritgan holatlar bundan mustasno.
20. Ishni ko‘rib chiqish komissiya tarkibini e’lon qilishdan boshlanadi. Komissiya majlisida raislik qiluvchi qanday ish ko‘rib chiqilishi kerakligini e’lon qiladi va o‘ziga nisbatan ish ko‘rilayotgan shaxsning nomini aytadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquqlari tushuntiriladi.
21. Ishni ko‘rib chiqishda komissiya ish bo‘yicha dalillarni bevosita o‘rganadi, shu jumladan:
ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchilarning tushuntirishlarini, mutaxassislarning va boshqa manfaatdor shaxslarning xulosalarini, guvohlarning ko‘rsatmalarini eshitadi;
yozma dalillar bilan tanishadi va ularni e’lon qiladi.
Qonunchilik buzilganligi mavjudligi yoki buzilmaganligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradigan dalillar yetarli bo‘lmaganda yoki mavjud bo‘lmaganda, ishda ishtirok etuvchi shaxslardan qo‘shimcha materiallar talab qilinishi mumkin.
Ish bo‘yicha dalillar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olingan ma’lumotlar bo‘lib, ular asosida komissiya ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va e’tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek, nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning ko‘rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talablari va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalarining raqobatni cheklaydigan hujjatlari hamda harakatlarini taqiqlashga doir qonunchilik buzilishi to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda isbotlash majburiyati mazkur shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Muayyan savolga aniqlik kiritish uchun ekspert jalb etish zarurati bo‘lsa va bunday jalb etish xarajat talab etsa, ekspertni jalb etish va uni jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarni vakolatli davlat organiga qoplab berish ishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxs zimmasiga yuklanadi.
22. Ishni ko‘rib chiqish quyidagi holatlarda komissiyaning navbatdagi majlisi sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda komissiya tomonidan keyinga qoldirilishi mumkin:
vakilning majlisda qatnasha olmasligi sababli ishni ko‘rib chiqish kechiktirilishi to‘g‘risida subyektning asoslangan iltimosnomasi munosabati bilan;
ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning qonunchilik buzilishini ko‘rsatmasiz ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risidagi iltimosnomasi munosabati bilan;
qo‘shimcha dalillar olish zarurati munosabati bilan;
ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasining hozir bo‘lmaganligi yoki tomonning vakilida ishonchnoma yo‘qligi munosabati bilan;
komissiya fikriga ko‘ra ishni ko‘rib chiqishga ekspertlarni jalb etish yoki boshqa shaxslarning ishtiroki albatta zarurligi munosabati bilan;
majlis videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilayotganda, videokonferensaloqa o‘rnatish imkoni bo‘lmagan taqdirda;
ishga daxldor bo‘lmagan o‘ziga nisbatan qonunchilikni buzganlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan shaxsni ishga daxldor bo‘lgan shaxs bilan almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda;
komissiya raisi yoki kvorum mavjud emasligi munosabati bilan;
komissiyaning birinchi majlisida ish yuritiladigan tilni bilmaydigan ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchilar o‘z hisobidan tarjimon yollash haqida iltimosnoma kiritgan taqdirda;
ishni ushbu majlisda hal etish mumkin bo‘lmaganda.
23. Ishni ko‘rib chiqish quyidagi holatlarda to‘xtatib turilishi mumkin:
sudda xulosalari ishni ko‘rib chiqish natijalari uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa ish ko‘rilayotganda;
ekspertizadan o‘tkazish yoki tegishli ekspertning yoki mutaxassisning xulosasi zarur bo‘lganda.
materiallarni qo‘shimcha o‘rganish va so‘rash talab qilinadigan holatlar vujudga kelganda;
tabiiy ofatlar, epidemiyalar va ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qiluvchi boshqa obyektiv sabablar paydo bo‘lganda;
o‘ziga nisbatan ish yuritilayotgan yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda;
tergov harakatlari olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar ko‘rish mumkin bo‘lmaganda.
Ishni ko‘rib chiqish to‘xtatib turilganda, ishni ko‘rib chiqish muddati ham to‘xtatib turiladi.
Ishni ko‘rib chiqish uni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilgandan keyin davom ettiriladi.
24. Ishni ko‘rib chiqish komissiya tomonidan quyidagi holatlarda to‘liq yoki qisman tugatiladi:
qonunchilik buzilishi holatlari tasdiqlanmaganda;
qonunchilik buzilishi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalari tugatilganda yoki jismoniy shaxs vafot etganda;
ish qo‘zg‘atilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalari va jismoniy shaxs qonun buzilishini ixtiyoriy ravishda bartaraf etganda;
vakolatli davlat organi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan qonunchilik buzilishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud tomonidan qaror qabul qilinganda.
25. Ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish, to‘xtatib turish, qayta tiklash va tugatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, u majlisda ishtirok etgan komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi, uning nusxasi ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchilarga ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan tartibda jo‘natiladi.
26. Komissiya o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta ishni, agar bu to‘g‘ri qaror qabul qilishga ko‘maklashsa, bitta ish yuritishga birlashtirishga haqli.
Ishlarni birlashtirishga komissiyaning ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha hujjati qabul qilinguniga qadar yo‘l qo‘yiladi. Ishlar birlashtirilganda ular bo‘yicha ishni ko‘rish muddati keyinroq tayinlangan ish bo‘yicha belgilanadi.
Komissiya o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta masalalar bo‘yicha bir ishni ajratib ko‘rishni maqsadga muvofiq deb topsa, u ish bo‘yicha bir yoki bir nechta masalani alohida ish yuritishga ajratishga haqli.
Alohida ish yuritishga ajratishga ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha komissiya hujjati qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda yo‘l qo‘yiladi.
27. Ishni mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha komissiya:
qonunchilik buzilganligi aniqlanganligi va tegishli huquqiy ta’sir choralarining ko‘rilishi haqida qaror;
ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim qabul qiladi.
28. Komissiya tomonidan qaror ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha taklif etilgan shaxslar ishtirokisiz, ochiq ovoz berish orqali ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, komissiya raisi ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya raisi va a’zolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emas. Komissiya raisi eng oxirida ovoz beradi.
Agar komissiya raisi yoki a’zosi qarorga rozi bo‘lmasa, u uni imzolashi shart va o‘zining alohida fikrini bayon qilishga haqlidir
Alohida fikr ishga qo‘shib qo‘yiladi, lekin e’lon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar alohida fikr bilan tanishtirilmaydi.
29. Komissiyaning qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan qarori ishni ko‘rib chiqish tugallangach, majlis o‘tkazilgan sanada darhol e’lon qilinadi. Bunda uning faqat ko‘rsatma qismi ma’lum qilinadi, matni esa ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Komissiyaning qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan qarori shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etgan holda ommaviy axborot vositalarida yoritilishi mumkin.
30. Qaror komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
Komissiya tomonidan qarorning xulosa qismi e’lon qilingan sana qarorning qabul qilingan sanasi hisoblanadi.
31. Komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, u komissiya a’zolarining bittasi tomonidan yoki komissiya raisi bayonnomani tuzish uchun maxsus jalb etgan vakolatli davlat organi mutaxassisi tomonidan tuziladi.
Komissiya majlisi bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
ishni ko‘rib chiqayotgan vakolatli davlat organining nomi;
ishning nomi va tartib raqami;
majlisning o‘tkazilgan yili, oyi, kuni va joyi;
komissiya tarkibi;
ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning hozir bo‘lganligi va ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning og‘zaki iltimosnomalari;
ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari va dalillariga qarshi e’tirozlari;
ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, mutaxassislarning izohlari, yozma dalillarni e’lon qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
guvohlarning ko‘rsatmalari;
komissiya qabul qilgan qaror;
boshqa ma’lumotlar.
Majlis bayonnomasi komissiya raisi, a’zolari va komissiya majlisi kotibi tomonidan imzolanadi.
4-bob. Ko‘rsatmalar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish
32. Komissiyaning qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan qaroriga asosan o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsga ko‘rsatma beriladi.
Ko‘rsatma komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
Ish qo‘zg‘atmasdan ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi aniqlangan taqdirda, qonunchilikni buzgan shaxsga vakolatli davlat organi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma beriladi. Bunda ko‘rsatma vakolatli davlat organining rahbari yoki o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Ko‘rsatmani bajarish uchun bir oy muddat beriladi. Qonunchilik buzilishini tezkorlik bilan bartaraf etish zarurati bo‘lganda ko‘rsatmada belgilangan talablarni bajarish uchun bir oydan kam bo‘lgan muddat berilishi mumkin.
33. Ko‘rsatma unda belgilangan muddatda bajarilishi lozim.
Ko‘rsatmani muddatida ijro etmaganlik qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Qaror va ko‘rsatmaning jo‘natilganligini bildiruvchi pochta hujjatlari yoki boshqa hujjatlar ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Ko‘rsatmaning bajarilganligi subyektni tekshirish dalolatnomasi bilan yoxud qonunchilik buzilishi bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjat bilan tasdiqlanadi, ushbu hujjatlar ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Ish ko‘rsatma bajarilgandan keyin tugallangan deb hisoblanadi.
Agar tekshirish chogida qonunchilik buzilishlari tugatilmaganligi, bartaraf etilmaganligi, dastlabki holat tiklanmaganligi yoki tugatish, bartaraf etish, dastlabki holatni tiklash chora-tadbirlari ko‘rilmaganligi, shuningdek, ko‘rsatmani bajarishdan bo‘yin tovlash yoki qisman bajarish yoxud o‘z vaqtida bajarmaslik holatlari aniqlansa, qaror va ko‘rsatma bajarilmagan hisoblanadi.
Ko‘rsatma quyidagi holatlarda qisman bajarilmagan hisoblanadi:
ko‘rsatmaga muvofiq tugatilishi, bartaraf etilishi yoki dastlabki holat tiklanishi kerak bo‘lgan barcha qonunchilik buzilishlari tugatilmaganda, bartaraf etilmaganda yoki dastlabki holat tiklanmaganda;
ko‘rsatmada nazarda tutilgan barcha jismoniy shaxslarga yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yoxud respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga nisbatan qonunchilik buzilishi tugatilmaganda, bartaraf etilmaganda yoki dastlabki holat tiklanmaganda.
Ko‘rsatma o‘z vaqtida bajarilmagan deganda, ko‘rsatmaning unda ko‘rsatilgan muddatni buzgan holda bajarilishi tushuniladi.
34. Ko‘rsatma berilgan shaxslar ko‘rsatmani bajarish muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma berishi mumkin.
Iltimosnomada ko‘rsatilgan holatlar uzrli deb topilgan taqdirda, ko‘rsatmani bajarish muddati ko‘pi bilan uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
Qo‘zg‘atilgan ish yakuni bo‘yicha berilgan ko‘rsatma bajarish muddatini uzaytirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, u komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi, uning nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ish qo‘zg‘atmasdan ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha berilgan ko‘rsatma muddati uzaytirilganligi haqida xat iltimosnoma kiritgan shaxsga yuboriladi. Bunda xat vakolatli davlat organining rahbari yoki o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
35. Vakolatli davlat organi o‘z ko‘rsatmalari bajarilishi ustidan nazorat qiladi, qabul qilingan qarorlar va berilgan ko‘rsatmalar hisobini yuritadi.
36. Komissiya ajrimlar, qarorlar, ko‘rsatmalar qabul qiladi.
Komissiyaning ishni mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan hujjatlari ajrimlar shaklida chiqariladi.
Komissiyaning ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha qabul qilinadigan hujjatlari ishni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim yoki qaror shaklida chiqariladi.
Komissiyaning qarori asosida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishini to‘xtatish, bartaraf etish, keyinchalik qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan o‘ziga nisbatan ko‘rsatma berilayotgan shaxs tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan aniq xatti-harakatlar ko‘rsatilgan hujjatlari ko‘rsatma shaklida chiqariladi.
37. Komissiya ajrimni alohida hujjat shaklida chiqaradi.
Komissiya ajrimi kirish, asoslantirish hamda xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Ajrimning kirish, asoslantirish va xulosa qismlarida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
a) kirish qismida:
vakolatli davlat organining to‘liq nomi, ishning tartib raqami, ajrim chiqarilgan sana, komissiya tarkibi, ko‘rib chiqish predmeti;
o‘ziga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan (ko‘rsatma berilgan) shaxs (shaxslar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ajrim chiqariladigan masala;
b) asoslantirish qismida komissiyaning qonunchilikka asoslangan holda, o‘z xulosasini chiqarishiga asos bo‘lgan sabablar;
v) xulosa qismida ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha qaror.
Ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish va qayta tiklash to‘g‘risidagi ajrimning xulosa qismida quyidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi:
komissiya majlisi sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumot;
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etishga bo‘lgan huquqlari haqida tushuntirish;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish istagini bildirgan taqdirda, kamida uch kun oldin vakolatli davlat organi yoki videokonferensaloqa rejimidagi majlisni o‘tkazishga ko‘maklashadigan vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qilishi lozimligi haqida tushuntirish;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan videokonferensaloqa rejimidagi majlisni o‘tkazishga ko‘maklashadigan vakolatli davlat organi manzili haqida ma’lumot;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar va materiallar haqida ma’lumot, agar bunga zarurat bo‘lsa;
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning uzrli sabablarsiz kelmasligi yoki ular tomonidan ishni ko‘rib chiqishni boshqa kunga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnoma berilmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishiga va tegishli qaror qabul qilinishiga asos bo‘lishi haqida tushuntirish.
38. Komissiya qarori kirish, asoslantirish hamda xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Komissiya qarorining kirish, asoslantirish hamda xulosa qismlarida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
a) kirish qismida:
qaror qabul qilgan vakolatli davlat organining nomi;
lavozimlari ko‘rsatilgan holda komissiya tarkibi;
ishning tartib raqami;
qarorning qabul qilingan sanasi va joyi;
ishni ko‘rib chiqish predmeti;
o‘ziga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan shaxs, shuningdek, ishni ko‘rib chiqishning boshqa qatnashuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
b) asoslantirish qismida:
ishni ko‘rib chiqishda aniqlangan holatlar;
komissiyaning ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalariga asos bo‘lgan dalillar;
komissiya asoslangan normativ-huquqiy hujjatlar normalari;
sodir etilgan qonunchilik buzilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunchilikka asoslanishning bayoni;
v) xulosa qismida:
komissiyaning o‘ziga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan shaxs tomonidan buzilgan qonunchilik normalarini aniq ko‘rsatgan holda, qonunchilik buzilgan deb topish to‘g‘risidagi xulosasi, reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi uchun nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar miqdori, moliyaviy sanksiyalarni ixtiyoriy ravishda to‘lash muddati va tartibi haqidagi tushuntirish;
bajarish muddatlarini ko‘rsatgan holda qonunchilik buzilishini to‘xtatish, bartaraf etish, shu jumladan, asossiz olingan daromadning miqdori aniq ko‘rsatilib, yakuniy iste’molchilarga qaytarish, yakuniy iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ixtiyoriy ravishda davlatga to‘lash, bundan keyin qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, dastlabki holatni tiklash, raqobatni tiklash va boshqalarga oid bajarilishi kerak bo‘lgan aniq xatti-harakatlarni bajarish haqida ko‘rsatma berish to‘g‘risidagi xulosa;
qaror yuzasidan shikoyat bildirish mumkinligi to‘g‘risidagi tushuntirish;
boshqa ma’lumotlar.
Qarorda ishni ko‘rib chiqish davomida aniqlangan jinoyat belgilari bo‘yicha materiallarni huquqiy baho berish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga jo‘natish haqida tavsiyalar berilishi mumkin.
39. Qo‘zg‘atilgan ish yakuni bo‘yicha berilgan ko‘rsatma kirish va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Ish qo‘zg‘atmasdan ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha berilgan ko‘rsatma kirish, asoslantirish hamda xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Ko‘rsatmaning kirish, asoslantirish (ish qo‘zg‘atmasdan ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha berilgan ko‘rsatma bo‘yicha) hamda xulosa qismlarida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
a) kirish qismida:
vakolatli davlat organining to‘liq nomi, ishning tartib raqami, ko‘rsatma berilgan sana va joy;
ko‘rsatma berilishiga asos bo‘lgan qaror to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qo‘zg‘atilgan ish yakuni bo‘yicha berilgan ko‘rsatma bo‘yicha);
o‘ziga nisbatan ko‘rsatma berilayotgan shaxsning nomi;
qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxsga nisbatan qo‘llanilgan qonunchilik hujjati;
b) asoslantirish (ish qo‘zg‘atmasdan ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha berilgan ko‘rsatma bo‘yicha) qismida:
aniqlangan holatlarning, ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalarga asos bo‘lgan dalillarning, asoslangan normativ-huquqiy hujjatlar normalarining qonunchilik buzilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunchilikka asoslanish bayoni;
o‘ziga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan shaxs tomonidan buzilgan qonunchilik normalarini aniq ko‘rsatgan holda qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi xulosasi;
v) xulosa qismida:
shaxs tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan aniq xatti-harakatlar (qonunchilik buzilishini to‘xtatish, bartaraf etish, shu jumladan, asossiz olingan daromadning miqdori aniq ko‘rsatilgan holda, yakuniy iste’molchilarga qaytarish, yakuniy iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ixtiyoriy ravishda davlatga to‘lashni tavsiya etish, bundan keyin qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, dastlabki holatni tiklash, raqobatni tiklash va boshqalar) hamda bajarish muddatlari;
reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar miqdori, moliyaviy sanksiyalarni ixtiyoriy ravishda to‘lash muddati va tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish;
ko‘rsatmani bajarmaganlik uchun qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda javobgarlik to‘g‘risida tushuntirish;
ko‘rsatma yuzasidan shikoyat bildirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish.
40. Yo‘l qo‘yilgan xatolarni, imloviy (orfografik) xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlar yozuvning mazmunini o‘zgartirmagan holda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra yoki komissiya yoxud vakolatli davlat organi rahbari yoki o‘rinbosari tashabbusi asosida tuzatilishi mumkin.
Yozuvdagi yo‘l qo‘yilgan xatolarni, imloviy (orfografik) xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risidagi ariza u berilgan kundan e’tiboran yigirma kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha chiqarilgan qaror, ajrim va ko‘rsatmalardagi yozuvdagi yo‘l qo‘yilgan xatolarni, imloviy (orfografik) xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risidagi ariza ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchilarni xabardor qilgan holda, komissiya tomonidan ko‘riladi. Mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha chiqarilgan qaror, ajrim va ko‘rsatmalardagi yozuvdagi xatolarni, imloviy (orfografik) xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risida yoki tuzatishni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
Ish qo‘zg‘atilmasdan ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha chiqarilgan ko‘rsatmalardagi yozuvdagi xatolarni, imloviy (orfografik) xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risida yoki tuzatishni rad etish haqida xat yuboriladi.
Qaror, ajrim va ko‘rsatmalardagi yozuvdagi xatolarni, imloviy (orfografik) xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risidagi yoki tuzatishni rad etish haqidagi ajrim yoki xat ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
41. Ajrimlar, qarorlar va ko‘rsatmalar namunalari O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiyaning ajrimi, qarori va ko‘rsatmasi topshirilgani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan buyurtma xat orqali jo‘natiladi yoxud qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchilarga yoki ularning vakillariga tilxat bo‘yicha taqdim etiladi.
42. Moliyaviy sanksiya qo‘llanishi nazarda tutilgan reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi aniqlanganligi to‘g‘risida o‘ziga nisbatan qaror yoki ko‘rsatma chiqarilgan va aniqlangan huquqbuzarliklardagi aybini tan olgan shaxs vakolatli davlat organi belgilagan muddat mobaynida qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda to‘lashga haqlidir.
Moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, uning to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov hujjati to‘lov vaqtidan boshlab ikki ish kuni mobaynida vakolatli davlat organiga taqdim etilishi kerak.
43. Agar reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan va aniqlangan huquqbuzarliklardagi aybini tan olgan shaxs belgilangan muddat mobaynida qonunchilikni buzgani uchun qonunchilikda nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda to‘lamasa, vakolatli davlat organi tegishli moliyaviy sanksiyalar belgilash to‘g‘risida sudga murojaat qiladi.
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun vakolatli davlat organi moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi, mazkur bandning uchinchi — o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Raqobatga qarshi kelishuv tuzgan yoki o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatni sodir etgan jismoniy yoki yuridik shaxs bu haqda vakolatli davlat organiga birinchi bo‘lib ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, vakolatli davlat organi ushbu shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish to‘g‘risida sudga murojaat qilmaydi.
Vakolatli davlat organi raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzganligining iqtisodiy ta’sir darajasi past holatlar bo‘yicha birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish to‘g‘risida sudga murojaat qilmaydi, ularga nisbatan profilaktik tushuntirish tadbirlari amalga oshiradi.
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi natijasida iste’molchilar, raqobatchilar yoki boshqa manfaatdor subyektlarga keskin zarar yetkazilmagan, shu jumladan, raqobatni cheklashga, bozordagi raqobat muhitiga ta’sir qilmagan holatlar iqtisodiy ta’sir darajasi past holatlar hisoblanadi.
Quyidagilar raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzganligining iqtisodiy ta’sir darajasi past holatlar bo‘lishi mumkin:
a) tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishda monopoliyaga qarshi organga uning so‘roviga asosan ma’lumotlarni taqdim etmaslik, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganlik;
b) savdolar o‘tkazilishida ularni o‘tkazish tartibining buzilishi:
savdolar bo‘yicha yakuniy natijalarning e’lon qilinishi yoki savdolar natijalari bo‘yicha shartnomalar tuzilgunga qadar aniqlanganda;
savdolarni o‘tkazish tartibini buzish savdolar natijasiga ta’sir etmaganda;
v) raqobatni cheklashga olib kelgan harakat bozor ishtirokchilari, iste’molchilarga bevosita moliyaviy zarar keltirib chiqarmaganda;
g) ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kontragentlari yoki iste’molchilari bilan tuzilgan shartnomalarga raqobatni cheklovchi yoki kamsituvchi shartlarni kiritganlik holatlari amaliy jihatdan hayotga tatbiq etilgunga qadar aniqlanganda.
Agar reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ygan yuridik yoki jismoniy shaxs jarima solish to‘g‘risidagi qarorni darhol bajarish uning moliyaviy ahvolini yomonlashtirishi mumkinligini isbot qilsa, vakolatli davlat organi ushbu shaxsga undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida jarimani kechiktirib yoki har oylik to‘lovlar bilan bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishga haqlidir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami 20 foizidan ortiq bo‘lgan moliyaviy sanksiyalar undiriladigan summani to‘lovchiga undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda undiriladi.
Moliyaviy sanksiyalarni to‘lash vakolatli davlat organining qarorini yoki ko‘rsatmasini bajarish yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod qilmaydi.
5-bob. Vakolatli davlat organining qarorlari, ajrimlari, ko‘rsatmalari va xatlari yuzasidan shikoyat qilish
44. Qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar komissiyaning qarorlari, ish qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi, ko‘rsatmasi, vakolatli davlat organi rahbari yoki o‘rinbosarining ko‘rsatmasi yoki xati ustidan qaror, ajrim, ko‘rsatma yoki xat qabul qilingan yoxud chiqarilgan kundan boshlab bir oy muddatda bevosita sudga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga shikoyat qilishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng berilgan shikoyatlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi, uzrli sabablarga ko‘ra shikoyat qilish muddati o‘tkazib yuborilgan holatlar bundan mustasno.
45. Komissiyaning qarorlari (ko‘rsatmalari), vakolatli davlat organi rahbari yoki o‘rinbosarining ko‘rsatmasi ustidan shikoyat qilinishi ularning bajarilishini tegishlicha sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga, yuqori turuvchi organning yoxud mansabdor shaxsning qarori qabul qilinguniga qadar to‘xtatib turadi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar (ko‘rsatmalar) bundan mustasno”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishni tartibga solish to‘g‘risida” 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qarorida:
a) muqaddimadagi “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, tabiiy monopoliyalar” so‘zlari “Tabiiy monopoliyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
1-banddagi “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-banddagi “monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni oladigan korxonalar va tashkilotlar” so‘zlari “monopoliya subyektidan tovarni oluvchi, tovarga buyurtma beruvchi yoxud tovarni olish yoki unga buyurtma berish niyatida bo‘lgan yuridik shaxs” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddan “tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilish bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari 1-bandining birinchi xatboshisidagi “Tabiiy monopoliyalar” so‘zlari “Raqobat” so‘zi bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishi tartibi to‘g‘risida” 2014-yil 10-maydagi 118-son qarorida:
a) muqaddimadagi “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
1-banddagi “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “va tabiiy monopoliyalar” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “tabiiy monopoliyalar” so‘zlari “raqobat” so‘zi bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarorining muqaddimasidagi “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi” so‘zlari “Raqobat to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 35-bandidagi “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining hududiy bo‘linmalari “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va” so‘zlari “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
30-banddagi “manipulatsiya” so‘zi “hiyla-nayrang” so‘zlari bilan almashtirilsin;
311-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“311. Birja savdolarida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
savdolarni o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish;
savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
savdolarga oid hujjatlarga va qoidalarga, shu jumladan, e’lonning matniga ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan talablarni kiritish;
savdolarning o‘tkazilish jarayoniga va natijalariga ta’sir ko‘rsatish;
savdolarning operatorlari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari va (yoki) savdolar ishtirokchilari tomonidan raqobatga qarshi kelishuvlarni hamda muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish;
savdolarda narxlarning sun’iy ravishda shakllantirilishiga olib keladigan narx algoritmidan, ya’ni tovarlar narxini oldindan belgilangan parametrlarga asosan monitoring qilish, hisob-kitob qilish, belgilash va nazorat qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minotdan foydalanish;
savdolarda savdo shartlarini bir necha marta bajarmaslik natijasida tovar narxlarini raqobat mavjud bo‘lganda shakllangan narxlardan (talab, taklif yoki ishlar hajmidan) ancha oshirish;
buyurtmachining yoki sotuvchining savdolar natijalariga ko‘ra shartnoma tuzishdan asossiz ravishda bo‘yin tovlashi;
birja savdolarini o‘tkazish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan, shu jumladan, hiyla-nayrang hisoblanadigan harakatlar, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
birjada sotilayotgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotning narxiga, talabiga, taklifiga va uni yetkazib berish shartlariga sun’iy ravishda ta’sir etish, shu jumladan, oldindan kelishish va til biriktirishlar orqali asossiz foyda olish, savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, axborotdan foydalanish orqali boshqa ishtirokchilarga mahsulotni sotib olish imkoniyatini cheklash, birja savdolari ishtirokchilarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin ko‘tarilishi, qat’iy belgilanishiga olib keladigan harakatlar;
savdolarda talabning o‘zgarishiga, narxlarning sun’iy ravishda oshirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yolg‘on, asossiz ma’lumotlarni tarqatish;
birja shartnomasi bo‘yicha barcha xaridorlarga savdolarda teng ishtirok etish imkoniyatini cheklaydigan lotlarni belgilash;
to‘lovning va yetkazib berishning asoslanmagan muddatlarini, shuningdek, o‘xshash mahsulotni sotuvchilar tomonidan belgilangan shartlardan jiddiy farq qiluvchi alohida shartlarni joriy etish;
birja shartnomalarida ishtirokchilar sonini cheklaydigan alohida shartlarni ko‘rsatish;
tovarlarni savdoga qo‘yish jadvallarini birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik;
mahsulotlarni savdoga qo‘yish jadvallarida ularning hajmlarini forvard va spot shartnomalari bo‘yicha asossiz ravishda nomuvofiq qo‘yish;
forvard shartnomasi bo‘yicha mahsulotni bir oydan kam bo‘lgan muddatda yuklab jo‘natish;
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotni savdoga qo‘yish jadvallarida nazarda tutilgan muddatlarda birjaga qo‘ymaslik yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq bo‘lmagan hajmda qo‘yish;
birja savdolari davomida birjaning muayyan ishtirokchisi tomonidan boshqa ishtirokchilarning buyurtmalariga nisbatan narxi noodatiy tarzda katta farq qiluvchi buyurtmalar berish, keyinchalik mazkur buyurtmalarni savdolar tugaguniga qadar olib tashlash yoki tuzilgan bitimni jarima to‘lamasdan asossiz ravishda bekor qilish;
narxi qonunchilik bilan tartibga solinadigan mahsulotning boshlang‘ich narxini shakllantirishning belgilangan tartibiga rioya etmaslik;
boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish;
birja shartnomasi bo‘yicha muayyan xaridor ishtirokida bekor qilingan bitimning bahosi ayni shu xaridor bilan mazkur birja shartnomasi bo‘yicha keyingi ikki savdoda amalga oshirilgan bitimning eng past bahosidan past bo‘lishiga olib keluvchi harakatlarni bajarish;
birja savdolarida realizatsiya qilinmagan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarning bir qismini takroran savdolarga qo‘ymaslik;
faqat birja savdolariga qo‘yish yo‘li bilan sotilishi lozim bo‘lgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar hajmlarini birja savdolariga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish;
mahsulotni transportning muqobil turi bilan jo‘natish imkoni bo‘lgani holda, uni transportning muayyan turi bilan asossiz ravishda jo‘natishni nazarda tutuvchi shartnomalar bo‘yicha savdolarga qo‘yish;
birjada tuzilgan bitimlar va shartnomalarni jarima sanksiyalarisiz asossiz ravishda yoki muntazam asosda bekor qilish, bir tarafning yengib bo‘lmas kuch holatlari munosabati bilan majburiyatlarini bajarish imkoniyati yo‘qligi isbotlangan holatlar, ya’ni favqulodda va oldini olib bo‘lmaydigan (fors-major) holatlar bundan mustasno;
tovarni yuklab jo‘natish navbatining izchilligiga rioya etmaslik;
birja shartnomalarida tovarlarning sifat ko‘rsatkichlari (turi, navi, markasi va boshqalar) to‘g‘risidagi yetarlicha axborotni ko‘rsatmaslik yoki ularning ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi chalg‘ituvchi axborotni kiritish;
savdolar tashkilotchilari tomonidan birja savdolarining ishtirokchilari uchun teng bo‘lmagan sharoitlar yaratish;
savdolar tashkilotchilari tomonidan birja savdolarining natijalarini asossiz ravishda bekor qilish;
sotuvchi va xaridor o‘rtasida ayni bir shaxsiy hisobvaraqda bitim tuzish;
tovarning narxi xususida chalg‘itish maqsadida bahosi raqobat muhitida tarkib topgan darajadan jiddiy farq qiladigan bir nechta bitimni bir kunda bir ishtirokchi tomonidan yoki bir ishtirokchining manfaati uchun tuzish”;
32-banddagi “manipulatsiya” so‘zi “hiyla-nayrang” so‘zlari bilan almashtirilsin;
321-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birja savdolari ishtirokchilari tomonidan raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar natijasida, mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno, joriy birja narxlarining keskin ko‘tarilishiga yoki qat’iy belgilanishiga olib keladigan harakatlar aniqlanganda, oldingi birja savdolarida shakllangan mahsulotning o‘rtacha sotilish narxi bilan raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar natijasida shakllangan mahsulot sotilish narxi o‘rtasidagi farq summasini raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar sodir etilgan savdolarda sotilgan mahsulot hajmiga ko‘paytirish orqali hisoblangan mablag‘ olib qo‘yiladi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 2-martdagi 114-son qarorida:
“1. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoniga (keyingi o‘rinlarda — Farmon) muvofiq faoliyatning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini ta’minlash, ularning buzilish xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish bo‘yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimi (monopoliyaga qarshi komplaens):
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berishni amalga oshiruvchi, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qiluvchi, ro‘yxatdan yoki akkreditatsiyadan o‘tkazish vakolatlari berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalarida (keyingi o‘rinlarda — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar);
tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda;
oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning o‘rtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i davlatga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarda;
oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning o‘rtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizni va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarda;
yuridik shaxslarning birlashmalarida joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
a) monopoliyaga qarshi komplaens tizimi faoliyatning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish bo‘yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimini o‘z ichiga oladi;
b) quyidagilar monopoliyaga qarshi komplaens tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalari faoliyatining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash hamda monitoring qilish;
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilish xatarlarini boshqarish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish;
insofli raqobatni shakllantirish va tartibga solish”;
b) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga ichki muvofiqlikni ta’minlashni nazarda tutuvchi Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 1-ilovada:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yuridik shaxslarning birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi to‘g‘risida nizom”;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom quyidagilarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish, uning faoliyat yuritish va monitoring qilish tartibini belgilaydi:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berishni amalga oshiruvchi, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qiluvchi, ro‘yxatdan yoki akkreditatsiyadan o‘tkazish vakolatlari berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalarida (keyingi o‘rinlarda — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar);
tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda;
oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining o‘rtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i davlatga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarda;
oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining o‘rtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizni va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarda;
yuridik shaxslarning birlashmalarida”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“monopoliyaga qarshi komplaens — faoliyatning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish bo‘yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimi”;
beshinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mas’ul shaxs (bo‘linma) — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmasi rahbariga, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ijro etuvchi organga yoki kuzatuv kengashiga bevosita bo‘ysunadigan va monopoliyaga qarshi komplaens tizimini ishlab chiqish, joriy etish va uning tegishli monitoringini, shuningdek, ishlashini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linma yoki shaxs”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“xo‘jalik yurituvchi subyektlar — tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning o‘rtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i davlatga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar, oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning o‘rtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizni va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar”;
“3. Mazkur Nizom quyidagilar uchun tatbiq etiladi:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
yuridik shaxslarning birlashmalari.
4. Quyidagilar monopoliyaga qarshi komplaens tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari faoliyatining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash hamda monitoring qilish;
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilishi xatarlarini boshqarish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish;
insofli raqobatni shakllantirish va tartibga solish”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etish, uning ishlashini ta’minlash hamda monitoring qilish maqsadida tashkiliy tuzilma, shtatdagi xodimlari soni va faoliyat xususiyatiga muvofiq mas’ul shaxs (bo‘linma) tayinlanadi”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplaens tizimini tashkil etish va uning ishlash samaradorligini baholash respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda rahbar tomonidan va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ijro etuvchi organ yoki kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi”;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish, uning ishlashini ta’minlash hamda monitoring qilish mas’ul shaxs (bo‘linma) tomonidan amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshidagi “Vakolatli shaxs” so‘zlari “Mas’ul shaxs” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “xavflarini” so‘zi “xatarlarini” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi — o‘n uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlarini aniqlaydi, xatarlar bilan bog‘liq holatlar hisobini yuritadi va yuzaga kelish ehtimolini belgilaydi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalari faoliyatida raqobat cheklovlarini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvini aniqlaydi, bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalarining xodimlariga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi”;
o‘n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarning loyihalarini o‘rganadi va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan normalar aniqlangan taqdirda, bu haqda rahbarni xabardor qiladi”;
o‘n yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“har yili birinchi fevralga qadar monopoliyaga qarshi komplaens haqidagi hisobotni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalarining rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etadi”;
birinchi xatboshidagi “Vakolatli” so‘zi “Mas’ul” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “davlat boshqaruvi” so‘zlari “respublika ijro etuvchi hokimiyat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “davlat boshqaruv” so‘zlari “respublika ijro etuvchi hokimiyat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshida quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mahalliy davlat hokimiyat organlarida — viloyat, tuman (shahar) mahalliy davlat hokimiyat organi rahbari tomonidan”
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“yuridik shaxslar birlashmalarida — rahbar tomonidan”;
beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilardagi “davlat boshqaruvi” so‘zlari “respublika ijro etuvchi hokimiyat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mas’ul shaxs (bo‘linma) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, yuridik shaxslar birlashmalarida rahbarga, xo‘jalik yurituvchi subyektda ijro etuvchi organga yoki kuzatuv kengashiga (agar mavjud bo‘lsa) bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi”;
birinchi xatboshidagi “Vakolatli” so‘zi “Mas’ul” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “davlat boshqaruvi” so‘zlari “respublika ijro etuvchi hokimiyat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “xavflarni” so‘zi “xatarlarni” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish va faoliyatini yuritishda hamda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlarini kamaytirish bo‘yicha bir yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ning ishlab chiqilishida ko‘maklashadi”;
uchinchi xatboshidagi “xavflarini” so‘zi “xatarlarini” so‘zi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan taqdim etilgan monopoliyaga qarshi komplaens haqidagi hisobotni o‘rganadi hamda kamchiliklar va qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar yuridik shaxslar birlashmalariga tegishli ogohlantirishlar beradi”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish va uning ishlashini ta’minlash hamda monitoring qilish, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlarini aniqlash va baholash, monopoliyaga qarshi komplaens tizimi samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari va uni baholash tartibi hamda boshqa chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi namunaviy nizomni ishlab chiqib tasdiqlaydi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalariga yetkazadi hamda Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida joylashtiradi”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalarida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlarini aniqlash maqsadida mas’ul shaxs (bo‘linma) tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi”;
to‘rtinchi xatboshidagi “tender va birja savdolariga” so‘zlari “eng yaxshi takliflarni tanlash, tender, auksion, birja va boshqa savdolarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “xavflarini” so‘zi “xatarlarini” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshidagi “savdolar va birja savdolarini” so‘zlari “eng yaxshi takliflarni tanlashda, tenderlarda, auksionlarda, birjalarda va boshqa savdolarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“vujudga kelish ehtimoli bo‘lgan monopoliyaga qarshi xatarlarni tahlil qilish va ularning ro‘yxatini komplaens-xatarlar xaritasi ko‘rinishida tuzish”;
o‘n ikkinchi xatboshidagi “xavflarini” so‘zi “xatarlarini” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublika ijro etuvchi organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalari faoliyatining xususiyatidan kelib chiqqan holda, monopoliyaga qarshi komplaens tizimining samarali ishlashiga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ham amalga oshiriladi”;
12-banddagi “xavflar vakolatli” so‘zlari “xatarlar mas’ul” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlari bo‘yicha o‘tkazilgan baholash ishlari asosida mas’ul shaxs (bo‘linma) tomonidan xatarlar tavsifi tuziladi, unga xatarlarning paydo bo‘lish sabablari va shartlarini baholash ishlari ham kiritiladi”;
14-banddagi “xavflarini” so‘zi “xatarlarini” so‘zi bilan almashtirilsin;
15 — 18-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Mas’ul shaxs respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplaens tizimining samaradorligini baholash uchun asosiy ko‘rsatkichlar belgilanadi.
16. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplaens tizimining samaradorligini baholash bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarni hisoblash metodikasi monopoliyaga qarshi organ tomonidan ishlab chiqiladi.
17. Mas’ul shaxs (bo‘lim) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplaens tizimining erishilgan asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholaydi (yilda kamida bir marta).
18. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplaens tizimining samaradorligini baholash bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarga erishilgani to‘g‘risidagi axborot monopoliyaga qarshi komplaens haqidagi hisobotga kiritiladi.”;
19-bandning ikkinchi xatboshisidagi “xavflari” so‘zi “xatarlari” so‘zi bilan almashtirilsin;
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan tasdiqlangan monopoliyaga qarshi komplaens bo‘yicha hisobot o‘zlarining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va uch ish kuni ichida monopoliyaga qarshi organga yuboriladi”;
g) 2-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”.
9. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish to‘g‘risida” 2021-yil 22-sentabrdagi 594-son qarori 6-bandining oltinchi xatboshisidan “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomga 32-ilovaning 9-pozitsiyasi “z” kichik bandi o‘n yettinchi xatboshisidagi “manipulatsiyasi” so‘zi “hiyla-nayrangi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xomashyo birjalarining faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 30-noyabrdagi 687-son qarorida:
a) 1-band “b” kichik bandining birinchi — uchinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “manipulatsiyasi” so‘zi tegishli kelishikdagi “hiyla-nayrangi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
nomi va 1-banddagi “manipulatsiyasi” so‘zi “hiyla-nayrangi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hiyla-nayrang — birja savdolari ishtirokchilarining qo‘shimcha daromad olish maqsadida narxlarni sun’iy o‘zgartirishga, bir darajada ushlab turishga va boshqa ishtirokchilarning xatti-harakatlariga ta’sir etishga qaratilgan harakatlari, shu jumladan, savdolarda talabning o‘zgarishiga, narxlarning sun’iy ravishda oshirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yolg‘on, asossiz ma’lumotlarni tarqatish”;
2-bobning nomi, 3 — 5-bandlar, 3-bobning nomi, 6 — 8-bandlar, 9-bandning ikkinchi xatboshisi, 10-bandning birinchi xatboshisi va 4-bobning nomidagi tegishli kelishikdagi “manipulatsiya” so‘zi tegishli kelishikdagi “hiyla-nayrang” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Birja ishtirokchilarining quyidagi qasddan qilingan har qanday harakatlari hiyla-nayrang hisoblanadi va ularni amalga oshirish taqiqlanadi:
savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
savdolarning o‘tkazilish jarayoniga va natijalariga ta’sir ko‘rsatish, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
savdolarda narxlarning sun’iy ravishda shakllantirilishiga olib keladigan narx algoritmidan, ya’ni tovarlar narxini oldindan belgilangan parametrlarga asosan monitoring va hisob-kitob qilish, belgilash va nazorat qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minotdan foydalanish;
birjada sotilayotgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotning narxiga, talabiga, taklifiga va uni yetkazib berish shartlariga sun’iy ravishda ta’sir etish, shu jumladan, oldindan kelishish va til biriktirishlar orqali asossiz foyda olish, savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda ishtirok etish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratish, birja savdolari ishtirokchilarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin ko‘tarilishi, qat’iy belgilanishiga olib keladigan harakatlar;
savdolarda talabning o‘zgarishiga, narxlarning sun’iy ravishda oshirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yolg‘on, asossiz ma’lumotlarni tarqatish;
birja shartnomasi bo‘yicha yirik, ya’ni barcha xaridorlarga savdolarda teng qatnashish imkoniyatini cheklaydigan lotlar belgilash;
to‘lovning va yetkazib berishning asoslanmagan muddatlarini, shuningdek, o‘xshash mahsulotni sotuvchilar tomonidan belgilangan shartlardan jiddiy farq qiluvchi alohida shartlarni joriy etish;
birja shartnomalarida ishtirokchilar sonini cheklaydigan alohida shartlarni ko‘rsatish;
mahsulotlarni savdoga qo‘yish jadvallarida ularning hajmlarini forvard va spot shartnomalari bo‘yicha asossiz ravishda nomuvofiq qo‘yish;
birja savdolari davomida birjaning muayyan ishtirokchisi tomonidan boshqa ishtirokchilarning buyurtmalariga nisbatan narxi noodatiy tarzda katta farq qiluvchi buyurtmalar berish, keyinchalik mazkur buyurtmalarni savdolar tugaguniga qadar olib tashlash yoki tuzilgan bitimni jarima to‘lamasdan asossiz ravishda bekor qilish;
boshlang‘ich narxlarni belgilashda monopol yuqori narx qo‘llash;
birja shartnomasi bo‘yicha muayyan xaridor ishtirokida bekor qilingan bitimning bahosi ayni shu xaridor bilan mazkur birja shartnomasi bo‘yicha keyingi ikki savdoda amalga oshirilgan bitimning eng past bahosidan past bo‘lishiga olib keluvchi harakatlarni bajarish;
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotni tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda savdoga qo‘ymaslik yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq bo‘lmagan hajmda qo‘yish;
birjada tuzilgan bitimlar va shartnomalarni jarima sanksiyalarisiz asossiz ravishda yoki muntazam asosda bekor qilish, bir tarafning yengib bo‘lmas kuch holatlari munosabati bilan majburiyatlarini bajarish imkoniyati yo‘qligi isbotlangan holatlar, ya’ni favqulodda va oldini olib bo‘lmaydigan (fors-major) holatlar bundan mustasno;
buyurtmalarni birlashtirish va birja savdolari g‘olibini aniqlash jarayonida, jumladan, ruxsat berilmagan birja dasturi ta’minotidan foydalanish;
faqat birja savdolariga qo‘yish yo‘li bilan sotilishi lozim bo‘lgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar hajmlarini birja savdolariga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish;
birja shartnomalarida tovarlarning sifat ko‘rsatkichlari (turi, navi, markasi va boshqalar) to‘g‘risidagi yetarlicha axborotni ko‘rsatmaslik yoki ularning ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi chalg‘ituvchi axborotni kiritish;
savdolar tashkilotchilari tomonidan birja savdolarining natijalarini asossiz ravishda bekor qilish”;
v) 4-ilovaning 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizomning 5-bandida:
birinchi xatboshidagi “Davlat muassasasi” so‘zlari “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vakolatini berish ko‘zda tutilgan davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “organ tomonidan” so‘zlaridan keyin “tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vakolatini berish ko‘zda tutilgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida tarif siyosatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 15-iyundagi 337-son qaroriga 4-ilovaning 7-bandi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)