10.05.2014 yildagi 118-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni olishi tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni olishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 10-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2014-yil 10-maydagi 118-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni olishi tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq ushbu Nizom tovar bozorlarida tabiiy monopoliyalar subyektlarining faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish maqsadida monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni (hisobotni) olishi tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy organlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Monopoliyaga qarshi organ quyidagi hollarda tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni soʻrash va olish huquqiga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilishda;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining murojaatlari asosida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va prokuratura organlariga taqdim etishda;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga oʻzgartirishlar kiritish masalasini koʻrib chiqishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan xizmat koʻrsatilishi shart boʻlgan isteʼmolchilarni aniqlash boʻyicha oʻrganish ishlarini olib borishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar va tariflarni tahlil qilishda, shuningdek tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan taqdim etiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining asossiz oshirib yuborilishiga va sifati pasayishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy monopoliyalar subyektlari uchun deklaratsiyalashtiriladigan (tasdiqlanadigan) narxlarni shakllantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ularning xarajatlarini pasaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Monopoliyaga qarshi organning ushbu Nizomda nazarda tutilgan axborot va hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovi asoslangan boʻlishi va amalga oshirilishi uchun ushbu axborot soʻralayotgan maqsadlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tabiiy monopoliyalar subyektlari monopoliyaga qarshi organ, uning mansabdor shaxslari tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan toʻsiqsiz foydalanishlarini taʼminlashi, shuningdek monopoliyaga qarshi organ tomonidan qonunchilikda unga yuklangan funksiyalar amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar, tushuntirishlar va boshqa axborotni yozma yoki elektron shaklda taqdim etishi shart.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Monopoliyaga qarshi organ tomonidan olingan yoki qonunchilikda unga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish tufayli maʼlum boʻlgan tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor qilinmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tabiiy monopoliyalar subyektlari monopoliyaga qarshi organning soʻrovi olingan sanadan boshlab oʻn kun muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 09/24/256/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan 1 va 2-shakllar boʻyicha moliyaviy hisobotni;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan va/yoki realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning asosiy isteʼmolchilari roʻyxatini (jismoniy shaxslar, budjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar boʻyicha alohida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy vositalarni xarid qilish uchun oʻtkazilgan savdolar materiallarini (tanlov hujjatlari, tanlov komissiyalarining bayonnomalari, ekspert guruhlarning bayonnomalari va xulosalari nusxalari, tanlov takliflarini baholash jadvallari, qatnashchilarning ofertasi va shu kabilarni);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy monopoliyalar subyektlari yoki ularning yuqori tashkilotlari (ular mavjud boʻlganda) tomonidan qabul qilingan tabiiy monopoliya sohasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilish shartlarini nazarda tutuvchi hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilar bilan tuziladigan shartnomalar nusxalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy monopoliya sohasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar)ni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi batafsil tushuntirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarning koʻrib chiqish uchun yuboriladigan shikoyatlari boʻyicha batafsil tushuntirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻralayotgan davr uchun aniq isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblarning tafsilotini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy sogʻlomlashtirish, tannarxni pasaytirish boʻyicha qabul qilingan dasturlar amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan xizmat koʻrsatilishi shart boʻlgan isteʼmolchilarni aniqlashni monopoliyaga qarshi organ tomonidan oʻrganib chiqishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldingi ikki yil uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va/yoki realizatsiya qilishning amaldagi chiqimlari, shu jumladan ish haqi, xom ashyo va materiallar qiymati, yuklama sarf-xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va jadvallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy ishlab chiqarish vositalarining balans qiymati, ularni takror ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan investitsiyalarga ehtiyoj va amortizatsiya ajratmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy (yoki keyingi) hisobot yili uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning har xil narxlar (tariflar) boʻyicha realizatsiya qilinishidan tushishi mumkin boʻlgan prognozlashtiriladigan foyda toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy isteʼmolchilar roʻyxati va ular ayrim guruhlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va/yoki realizatsiya qilish joyidan uzoqdaligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqariladigan va/yoki realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatining isteʼmolchilar talabiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi besh yil uchun dotatsiyalar mavjudligi va ularning miqdorlari hamda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir boshqa chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Monopoliyaga qarshi organ qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ularga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshirishda ular faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrashi mumkin. Monopoliyaga qarshi organning soʻrovida taqdim etilishi kerak boʻlgan tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati toʻgʻrisidagi aniq maʼlumot koʻrsatiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tabiiy monopoliyalar subyektlari ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan axborot va tegishli hujjatlarni monopoliyaga qarshi organga elektron shaklda taqdim etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tabiiy monopoliyalar subyektlari oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborot va hujjatlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etmaganligi, oʻz vaqtida taqdim etmaganligi yoxud atayin yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun ushbu Nizomning II boʻlimiga muvofiq, qonunchilikda nazarda tutilgan tarzda javob beradilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 09/24/256/0320-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 224-modda, 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son; 02.05.2024-y., 09/24/256/0320-son; 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)