1-ILOVA
T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Mablag‘ ajratadigan xalqaro moliya tashkiloti | Ijro muddati | Xorijiy elchilar va vakolatxonadan biriktirilgan mas’ullar | Oliy ta’lim yoki ilmiy muassasalardan biriktirilgan mas’ullar | Mas’ul ijrochilar |
I. Iqlim o‘zgarishiga bog‘liq holda hududlarda amalga oshirilayotgan tashkiliy tadbirlarni samarali tashkil etish. | |||||||
1. | BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi bilan birgalikda respublika qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishlarini monitoring qilish hamda iqlimga moslashish bo‘yicha platformani ishlab chiqish va joriy qilish. | 1. Mintaqada iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha yer, suv, yaylov, o‘rmon resurslarini integratsiyalashgan holda iqlimga moslashishga qaratilgan kichik grant takliflarini ishlab chiqish. | BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil sentabr | O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi (F. Sidiqov) | Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi so hasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Sh. Akramov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduhakimov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
2. Respublika qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishlarini monitoring qilish platformasining konsepsiyasi va strukturasini ishlab chiqish (Monitoring, reporting, verification-MRV) | 2024-yil dekabr | ||||||
3. Iqlim o‘zgarishiga oid tadbirlar, tashabbuskorlar, loyihalar hamda bevosita va bilvosita 50 ming nafar ishtirokchini platformaga qamrab olish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil may | ||||||
4. Platformadan fermerlar, agroklasterlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar erkin foydalanishlari uchun sharoit yaratish. | 2025-yil iyun | ||||||
2. | Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Ikarda” hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan birgalikda Qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashtirish xalqaro ilmiy markazini tashkil etish. | 1. “Ikarda” hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan ilmiy markazni ochish bo‘yicha kelishish choralarini ko‘rish. | Global ekologik jamg‘arma hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) mablag‘lari hisobidan | 2024-yil iyul | O‘zbekistonning Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (A. Fayzullayev) | Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti (O. Amanov), Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti (Z. Muqimov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov) |
2. “Ikarda” hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ekspertlarini jalb qilish. | 2024-yil oktabr | ||||||
3. Qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashtirish xalqaro ilmiy markazini tashkil etish. | 2025-yil mart | ||||||
3. | Qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha yosh mutaxassislar orasidan boshqaruv kadrlarini tayyorlash va stajirovkaga yuborish hamda maxsus stipendiya ta’sis etish. | 1. Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yosh va istiqbolli kadrlarni saralash va tanlab olish. | Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil avgust | O‘zbekistonning Belgiya Qirolligi va Yevropa Ittifoqidagi Favqulodda va muxtor elchisi (G‘. Fozilov) | Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (Sh. Otajonov), agrar sohadagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov) |
2. Xorijdagi hamkor oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalar bilan kelishuvlarni imzolash. | 2024-yil sentabr | ||||||
3. Tanlovdan o‘tgan yosh istiqbolli kadrlarni xorijga malaka oshirish yoki stajirovkaga yuborish. | 2024-yil oktabr | ||||||
4. Maxsus stipendiyani joriy qilish va tanlovlar o‘tkazish, saralash hamda doimiy rag‘batlantirib borish choralarini ko‘rish. | 2024-2025-yillar | ||||||
4. | Yaylovlardan samarali foydalanish maqsadida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish. | 1. Yaylov hududlarining gidrologik jarayonlarini o‘rganish va tahlil qilish. | Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ), BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti(FAO) mablag‘lari hisobidan | 2024-yil sentabr | O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (D. Axatov) | Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (B. Jollibekov), Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti (E. Shaptakov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi (E. Hayitov) |
2. O‘rganish natijasiga asosan yaylovlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, loyiha tashabbuskorlarini aniqlash. | 2024-yil noyabr | ||||||
3. Yaylovlarda sug‘orish uchun tik quduqlarni qazish hududlarini aniqlash. | 2025-yil mart | ||||||
4. Muqobil (quyosh panellari) energiyasidan foydalangan holda intensiv sug‘orish tizimlarini 500 gektar yaylov maydonlarida namunaviy loyihasini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil avgust | ||||||
5. | Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori atrofida iqlim o‘zgarishi va ekologik muhitni yaxshilash hamda foydalanishdan chiqqan yerlarni o‘zlashtirish. | 1. Hudud iqlimiga moslashgan ertapishar serhosil navli bog‘ barpo etish loyihalarini ishlab chiqish. | BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil sentabr | O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlardagi Favqulodda va muxtor elchisi (F. Sidiqov) | Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona filiali (A. Mashrapov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Farg‘ona viloyati hokimligi (X. Bozorov) |
2. Tanlangan hududlarda pavloniya va boshqa tez o‘suvchi hamda sanoatbop daraxt navlarini ekish va ko‘paytirish. | 2025-yil oktabr | ||||||
3. Xususiy sektor vakillarini jalb qilgan holda o‘rmonzor va ekoturizm zonasini tashkil etish loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | ||||||
4. Pavloniya daraxtini sanoatda foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha pilot loyiha taklifini ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | ||||||
6. | Italiyaning “Civi Italia” ko‘chatchilik uyushmasi va Tushia universiteti bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatidagi agrar sohadagi oliy ta’lim muassasasida “Intensiv urug‘chilik va ko‘chatchilik xalqaro markazi”ni tashkil etish. | 1. Yevropa Ittifoqi bilan mablag‘larni jalb qilish va Italiyaning “Civi Italia” ko‘chatchilik uyushmasi hamda Tushia universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. | Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil noyabr | O‘zbekistonning Belgiya Qirolligi va Yevropa Ittifoqidagi Favqulodda va muxtor elchisi (G‘. Fozilov) | Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti (A. Jurayev), Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti (N. Nizomov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov) |
2. “Intensiv urug‘chilik va ko‘chatchilik xalqaro markazi”ni tashkil etish. | 2025 yil dekabr | ||||||
3. Intensiv urug‘chilik va ko‘chatchilik markazida sinovdan o‘tgan urug‘lik va ko‘chat materiallarini tajriba maydonlarida sinovdan o‘tkazish. | 2026 yil oktabr | ||||||
7. | Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv tejovchi texnologiyalar jihozlarini ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish. | 1. Suv tejovchi texnologiyalar jihozlarini hududini tanlash va belgilash. | Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil iyul | O‘zbekistonning Belgiya Qirolligi va Yevropa Ittifoqidagi Favqulodda va muxtor elchisi (G‘. Fozilov) | Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (B. Jollibekov | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. “Orol agro” korxonasi tomonidan suv tejovchi texnologiyalar jihozlari (quvur, shlang va montaj jihozlari)ni ishlab chiqarishni tashkil etish. | 2024-yil noyabr | ||||||
8. | Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida O‘zbekiston — Vengriya kartoshkachilik markazi bilan urug‘lik kartoshka yetishtirish. | 1. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida kartoshka urug‘ligini tashkil etish uchun yer maydonini ajratish bo‘yicha taklif kiritish. | BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti(FAO) hamda Jahon banki mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | O‘zbekistonning Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (A. Fayzullayev) | Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti (R. Nizomov), Urug‘chilikni rivojlantirish markazi (Sh. Mamajonov) | Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik markazi bilan birgalikda urug‘lik mahsulotlarini yetkazib berish. | 2025-yil mart | ||||||
3. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida urug‘lik kartoshka yetishtirish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil avgust | ||||||
9. | Qashqadaryo viloyati va Navoiy viloyatida cho‘llanishni oldini olish maqsadida kavrak o‘simligini madaniy usulda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish. | 1. Kavrak o‘simligini madaniy usulda ko‘paytirish uchun Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani va Navoiy viloyati Nurota tumanidan ekin maydonlarini belgilash va ajratish. | Global ekologik jamg‘arma hamda Jahon banki mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | - | Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti (O. Amanov), Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti (E. Shaptakov) | Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi (E. Hayitov), Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov), Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov) |
2. Kavrak o‘simligini yetishtirish bo‘yicha ilmiy yondashuvlarni yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil fevral | ||||||
3. Kavrak o‘simligi ekiladigan maydonlarni kengaytirish hisobiga cho‘llanishni oldini olish va uning sanoat sohasida samaradorligini oshirish. | 2025-yil mart | ||||||
10. | Qashqadaryo viloyatida cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklarining iqlim o‘zgarishiga mos, qurg‘oqchilik, issiqlik va sho‘rlanishga chidamli birlamchi urug‘chilik maydonlarini tashkil etish. | 1. Cho‘l hududlarda ozuqabop mahsulotlarni ishlab chiqarishni intensivlashtirishning ilmiy va amaliy asoslarini ishlab chiqish. | BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti(FAO) hamda Global ekologik jamg‘arma mablag‘lari hisobidan | 2025-yil mart | O‘zbekistonning Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (A. Fayzullayev) | Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti (O. Amanov), Urug‘chilikni rivojlantirish markazi (Sh. Mamajonov) | Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi (I. Ergashev), Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi (E. Hayitov), Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov) |
2. Ozuqabop o‘simliklarning istiqbolli navlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va ilg‘or agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | ||||||
3. Yaylovlar tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda mos navlarni tanlash va ularni ko‘paytirish. | 2025-yil noyabr | ||||||
11. | Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida xandon pista bo‘yicha ko‘chatchilikni tashkil etish. | 1. Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida xandon pista yetishtirish uchun yer ajratish choralarini ko‘rish. | BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti(FAO) va Global ekologik jamg‘arma mablag‘lari hisobidan | 2024-yil sentabr | O‘zbekistonning Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (A. Fayzullayev) | Toshkent davlat agrar universiteti (A. Abduvasikov), O‘rmonchilik ilmiy-tadqiqot instituti (S. Arabov) | Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), O‘rmon xo‘jaligi agentligi (N. Bakirov) |
2. Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 50 gektar yer maydonida xandon pistaning ko‘chatchiligini tashkil etish. | 2025-yil mart | ||||||
12. | Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda xorijiy hamkorlikni yanada rivojlantirish. | 1. Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti moddiy va moliyaviy holatini tahlil qilish. | Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil avgust | O‘zbekistonning Belgiya Qirolligi va Yevropa Ittifoqidagi Favqulodda va muxtor elchisi (G‘. Fozilov) | Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Sh. Akramov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti (M. Aminova) |
2. Xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuvlarni ishlab chiqish va aloqalarni yo‘lga quyish. | 2024-yil oktabr | ||||||
3. Xorijga almashinuv dasturi bo‘yicha professor o‘qituvchilar va talabalarni tanlash va yuborish. | 2025-yil yanvar | ||||||
13. | Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari tajriba xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil etish. | 1. Tajriba xo‘jaligida ko‘rgazmali dala maydonini tashkil etish uchun loyiha takliflarini ishlab chiqish. | Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil avgust | O‘zbekistonning Belgiya Qirolligi va Yevropa Ittifoqidagi Favqulodda va muxtor elchisi (G‘. Fozilov) | Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Sh. Akramov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Toshkent davlat agrar universiteti (A. Abduvasikov) |
2. Iqlim o‘zgarishiga mos bo‘lgan ekinlarni tanlash va ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil etish. | 2025-yil mart | ||||||
14. | Respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan ko‘rgazmali bog‘dorchilik bo‘yicha dala maydonlarini tashkil etish. | 1. Respublikamiz hududlarida ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil etish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish. | Yevropa Ittifoqi va Jahon banki mablag‘lari hisobidan | 2024-yil avgust | O‘zbekistonning Belgiya Qirolligi va Yevropa Ittifoqidagi Favqulodda va muxtor elchisi (G‘. Fozilov) | Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti (A. Eshonqulov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi (N.Abdullayev), O‘rmon xo‘jaligi agentligi (N. Bakirov) |
2. Ko‘rgazmali dala maydonlarni tashkil etishga xalqaro ekspertlarni jalb etish va ko‘rgazmali dala maydonlarni tashkil etish choralarini ko‘rish. | 2024-yil dekabr | ||||||
3. Toshkent shahri Bektemir tumanida meva, gul, manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqali “Yashil o‘rmon kamari” tashkil etish. | 2025-yil mart | ||||||
15. | Chorvachilikda iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda ozuqa ekinlarining yangi navlarni sinash va joriy etish orqali ozuqa bazasini mustahkamlash. | 1. Iqlim o‘zgarishini hisobga olib, ozuqa bazasini yaxshilash uchun xorijdan yangi navlar kolleksiyasi olib kelish va tanlab olish. | Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil avgust | O‘zbekistonning Belgiya Qirolligi va Yevropa Ittifoqidagi Favqulodda va muxtor elchisi (G‘. Fozilov) | Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti (E. Shaptakov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Chorvachilik xo‘jaliklarining yer maydonlarida yangi navlarni sinovdan o‘tkazish va keng maydonlarda joriy qilish. | 2025-yil mart | ||||||
16. | Samarqand viloyati Ishtixon tumani va Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida mahalliy uzum navlarini yetishtirish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun dala maydonlarini tashkil etish. | 1. Samarqand viloyati Ishtixon tumani va Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida mahalliy uzum navlaridan ko‘rgazmali maydonlarni tashkil etish uchun yer maydonini tanlash. | Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil avgust | O‘zbekistonning Belgiya Qirolligi va Yevropa Ittifoqidagi Favqulodda va muxtor elchisi (G‘. Fozilov) | Samarqand agroinnovatsiya va tadqiqotlar instituti (Sh. Xasanov) | Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi (N. Abdullayev), Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov) |
2. Ko‘rgazmali maydonlarni tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlar bilan kelishish. | 2024-yil oktabr | ||||||
3. Mahalliy uzum navlaridan ko‘rgazmali dala maydonlarni tashkil etish. | 2025-yil mart | ||||||
17. | Jizzax viloyati Baxmal tumanida intensiv bog‘dorchilik bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil etish. | 1. Jizzax viloyati Baxmal tumanida ko‘rgazmali bog‘ maydonlarni tashkil etish uchun yer maydonini tanlash va ajratish. | BMTning Taraqqiyot dasturi va Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan | 2024-yil oktabr | O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi (F. Sidiqov) | Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti (A. Eshonkulov | Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi (N. Abdullayev), Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev) |
2. Aholiga intensiv bog‘dorchilik bo‘yicha ko‘rgazmali maydonlarini tashkil etish. | 2025-yil aprel | ||||||
18. | Buxoro viloyati Jondor tumani va Qashqadaryo viloyati Qarshi, Nishon tumanlaridagi yashil hududlarni kengaytirish va aholining daromadlarini oshirish maqsadida ilg‘or tajribalardan foydalangan holda payvand usulida na’matak (atirgul) yetishtirishni yo‘lga qo‘yish. | 1. Na’matak ekish uchun salohiyati mavjud xonadonlarni va dehqon xo‘jaliklarni tanlab olish. | BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi, Jahon banki va Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi (F. Sidiqov) | Buxoro cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (B. Achilov), Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti (J. Imomov) | Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov), Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Gul yetishtiruvchilar uyushmasi |
2. Payvand qilish orqali atirgul yetishtirish bo‘yicha xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish va yangi intensiv usullaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish. | 2025-yil yanvar | ||||||
3. Hududlarda tanlab olingan yerlarda na’matak plantatsiyalarini tashkil etish orqali atirgul yetishtirishni yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil oktabr | ||||||
4. Na’matak yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni targ‘ib qilish. | 2025-yil noyabr | ||||||
19. | Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish dasturini ishlab chiqish. | BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi (F. Sidiqov) | Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (B. Jollibekov), Samarqand veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti (X. Yunusov) | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va tashabbuskorlar ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil fevral | ||||||
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kichik hajmdagi Xitoy texnologiyalari asosida resurstejamkor issiqxonalar barpo qilish. | 2025-yil aprel | ||||||
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Xorazm viloyatlarida chorva ozuqa bazasini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish. | 2025-yil oktabr | ||||||
20. | Yevropa Ittifoqining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq hududlarida barqaror turmush tarzi hamda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini rivojlantirishda budjet ko‘magi” dasturi tomorqa va dehqon xo‘jaliklari hamda kichik va o‘rta biznes subyektlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash hajmlarini oshirish. | 1. Respublikaning turli iqlim sharoitlariga ega hududlarida sherikchilik tamoyillari asosida tomorqa va dehqon xo‘jaliklari hamda kichik va o‘rta biznes subyektlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalar va amaliyotlarni joriy etishni rag‘batlantirish taklifini ishlab chiqish. | Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil noyabr | O‘zbekistonning Belgiya Qirolligi va Yevropa Ittifoqidagi Favqulodda va muxtor elchisi (G‘. Fozilov) | Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Sh. Akramov), Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti (M. Aminova) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Yevropa Ittifoqining “ASK Facility” dasturi |
2. Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish. | 2024-yil noyabr | ||||||
3. Milliy dastur doirasida ta’lim va axborot-maslahat tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2024-yil noyabr | ||||||
4. Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish mexanizmlari samaradorligi va natijadorligini benefitsiarlar kesimida monitoring qilish hamda baholash tizimini ishga tushirish. | 2025-yil mart | ||||||
II. Iqlim o‘zgarishlari sharoitida qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro grant loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar. | |||||||
21. | Qashqadaryo viloyati Qamashi, G‘uzor hamda Buxoro viloyati Buxoro, Kogon va Romitan tumanlarining cho‘l va sho‘rlangan landshaftlarda tabiiy resurslarni kompleks boshqarish. | 1. Buxoro viloyati Buxoro va Kogon tumanlarida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tuproqlarini tahlil va monitoring qilish uchun UzSoilAI tizimini ishlab chiqish. | BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Global ekologik jamg‘arma mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | O‘zbekistonning Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (A. Fayzullayev) | Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti (J. Imomov), Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti (Z. Muqimov) | Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov), Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov), BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan birgalikda |
2. Tuproqlarning sho‘rlanish darajasini aniqlaydigan “Soil doktor” dasturini amalga oshirish va “Tuproq doktori” mutaxassislarni tayyorlash. | 2025-yil mart | ||||||
3. Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba uchastkasida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish. | 2025-yil sentabr | ||||||
22. | Buxoro viloyati Jondor tumani va Navoiy viloyati Nurota tumanining qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlarida o‘rmon va yaylovlarni barqaror boshqarishni joriy etish. | 1. Buxoro va Navoiy viloyatlarida eroziyaga uchragan tuproqlarning unumdorligini oshirish tadbirlarini amalga oshirish. | Global ekologik jamg‘arma mablag‘lari hisobidan | 2024-yil noyabr | - | Buxoro cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (B. Achilov) | Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov), Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov) |
2. Navoiy viloyati Nurota tumanida xandon pista maydonlarini kengaytirish va Qizilqumda sug‘orma dehqonchilikni tashkil etish. | 2025-yil fevral | ||||||
3. Bioo‘g‘it ishlab chiqarish amaliyotini joriy qilish hamda o‘quv seminarlar tashkil qilish. | 2025-yil fevral | ||||||
23. | Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida zamonaviy issiqxonalarni tashkil etish. | 1. Andijon viloyati, Namangan viloyati hamda Farg‘ona viloyatida tanlangan hududlarda kam daromadli 60 ta aholi xonadonlarida issiqxona tashkil etish. | BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi (FAO) tashkiloti mablag‘lari hisobidan | 2025-yil mart | O‘zbekistonning Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (A. Fayzullayev) | Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (S. Iskandarov) | Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmonov), Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov), Farg‘ona viloyati hokimligi (X. Bozorov) |
2. Loyiha doirasida aholiga doimiy ko‘chat yetishtirib berish uchun 3 ta ko‘chatxonalarni tashkil etish. | 2025-yil avgust | ||||||
24. | Namangan viloyati Pop tumani, Qashqadaryo viloyati Kitob va Dehqonobod tumanlari hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo va Boyovut tumanlarida o‘rmonlarni kengaytirish. | 1. Namangan viloyati Pop tumani, Qashqadaryo viloyati Kitob va Dehqonabod tumanlari, Sirdaryo viloyati Sirdaryo va Boyovut tumanlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish tizimini takomillashtirish hamda yong‘oq, mevali va o‘tinbop, tez o‘suvchi daraxtlar plantatsiyalarni kengaytirish takliflarini ishlab chiqish. | Global ekologik jamg‘arma mablag‘lari hisobidan | 2024-yil noyabr | - | Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (S. Iskandarov), Toshkent davlat agrar universiteti (A. Abduvasikov), Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti (Sh. Xasanov) | Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov), Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov), Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. O‘rmonlarni barqaror boshqarish tizimiga jamoatchilik asosida aholini jalb qilib bandligini ta’minlash. | 2025-yil sentabr | ||||||
3. Hududlarda yashil qoplamali maydonlarni kengaytirish namunaviy loyihalarini amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | ||||||
25. | O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yerdan samarali foydalanish va yerni qayta tiklashga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish. | 1. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida qishloq xo‘jaligi urug‘larini saralaydigan asbob-uskunalarini olib kelish choralarini ko‘rish. | BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi (FAO) tashkiloti hamda Global ekologik jamg‘arma mablag‘lari hisobidan | 2025-yil sentabr | O‘zbekistonning Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (A. Fayzullayev) | Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (B. Jollibekov), Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti (O. Amanov) | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Qashqadaryo viloyat hokimligi (M. Azimov), Xorazm viloyat hokimligi (J. Raximov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida 10 ga ekin maydoniga suvni tejaydigan texnologiyalarni o‘rnatish. | 2025-yil sentabr | ||||||
3. Xorazm viloyati Urganch tumanida aholi xonadonlarida sholi ko‘chatini yetishtirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. | 2025-yil noyabr | ||||||
26. | Orolbo‘yi mintaqasida oziq-ovqat xavfsizligini iqlimga chidamligini oshirish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli, Chimboy va Xo‘jayli tumanlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatlarini baholash. | BMTning Taraqqiyot dasturi, Global ekologik jamg‘arma, BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi (F. Sidiqov) | Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti (A. Eshonkulov), Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (B. Jollibekov), Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti (B. Turdishev) | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari kengashi (A. Xaitov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Iqlim o‘zgarishiga chidamli, innovatsion 10 ta ko‘rgazmali maydon va 20 gektar maydonda intensiv mevali bog‘larni barpo etish. | 2025-yil mart | ||||||
3. Aqlli qishloq xo‘jaligi amaliyotini 100 ta aholi xonadonlarida (10 ta fermer xo‘jaligida) alternativ tarzida (gidroponika, baliqchilik, issiqxona, tomchilatib sug‘orish tizimi va boshqalar) joriy qilish. | 2025-yil iyul | ||||||
4. Eksport salohiyati yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash. | 2025-yil avgust | ||||||
5. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini iqlim tahdidlaridan oldindan ogohlantiruvchi onlayn va oflayn axborot almashish platformasini yaratish. | 2025-yil sentabr | ||||||
27. | Sholichilik bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish va joriy qilish. | 1. Xalqaro sholichilik instituti (International Rise Institute IRRI) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va 300 ta namunadagi sho‘r va qurg‘oqchilikka chidamli yangi navlarni olib kelish va tajriba sinovdan o‘tkazish. | BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi (F. Sidiqov) | Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori (M. Sattorov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Ijobiy natijalarga erishgan sholi navlarini keng maydonlarda joriy etish. | 2025-yil may | ||||||
28. | Iqlim o‘zgarishiga moslashgan don va makkajo‘xorining yangi nav va tizmalari yaratish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish. | 1. Xalqaro makkajo‘xori va bug‘doy markazi (International Maize and Wheat Improvement — CYMMIT) bilan hamkorlikni o‘rnatish. | BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi (F. Sidiqov) | O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti (Z. Ziyayev), Makkajo‘xori stansiyasi rahbari (Q. Azizov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Xalqaro makkajo‘xori va bug‘doy markazidan yangi navlarni olib kelish va tajriba sinovdan o‘tkazish. | 2025-yil may | ||||||
3. Ijobiy natijalarga erishgan makkajo‘xori va bug‘doy navlarini keng maydonlarda joriy etish. | 2025-yil sentabr | ||||||
29. | Kartoshkachilik sohasida xorijiy hamkorlikni kuchaytirish. | 1. Xalqaro kartoshkachilik markazi (Center International Potato — CIP) bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish. | BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi (F. Sidiqov) | Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti (R. Nizomov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Xalqaro kartoshkachilik markazidan olib kelingan 100 ta namunadagi kartoshkachilik nav va duragaylarini tajriba sinovdan o‘tkazish va joriy etish. | 2025-yil mart | ||||||
30. | Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish. | 1. Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 17 ta nasos stansiyalari rekonstruksiya qilish, 38 ta tik quduqlar qurish va 16 km uzunlikdagi kanal liniyalari rekonstruksiya qilish. | Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro markazi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan | 2025-yil sentabr | O‘zbekistonning Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (A. Fayzullayev) | Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (S. Iskandarov), Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti (R. Siddiqov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev) |
2. Hududlarda 5 ta agrometeorologiya stansiyalari tashkil qilish hamda Farg‘ona viloyati O‘simliklar karantini laboratoriyasi asbob uskuna, jihoz va kimyoviy preparatlar bilan ta’minlash. | 2025-yil dekabr | ||||||
31. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlimiga mos kunjut va qovunning nav va tizmalarini sinovdan o‘tkazish va joriy etish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitlariga mos bo‘lgan kunjut va qovun navlarini tajriba sinovdan o‘tkazish. | BMTning Taraqqiyot dasturi, Global ekologik jamg‘arma, BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi (F. Sidiqov) | Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (B. Jollibekov), Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti (B. Turdishev) | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining yashil iqtisodiyotga o‘tish loyihasi doirasida 200 gektar maydonga iqlim o‘zgarishiga moslashtirilgan qishloq xo‘jaligi tadbirlari, tuproqqa ishlov bermasdan (No till) ekish texnologiyalari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekinlarni diversifikatsiya qilish. | 2025-yil aprel | ||||||
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 100 gektar maydonga agroo‘rmonchilik hamda ekin yerlarida ixota o‘rmonzorlarni tashkil qilish pilot loyihasini amalga oshirish. | 2025-2026-yillar | ||||||
32. | Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni tahlil qilish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida pilot loyiha doirasida 10 gektar maydonda Qizilmiyaning yangi serhosil va mahsuldor navlarini ekish. | Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti va BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil noyabr | O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (D. Axatov) | Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (B. Jollibekov), Samarqand veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti (X. Yunusov) | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida 30 gektar maydonda na’matak o‘simligi yetishtirish va eksportga yo‘naltirish. | 2024-2025-yillar | ||||||
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani hamda Xorazm viloyati Urganch va Shovot tumanlarida 10 gektardan Kunjut ekinini tajriba maydonlari tashkil etish. | 2025-yil aprel | ||||||
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy va Xo‘jayli tumanlarida 30 gektarda Aritmiya yetishtirish. | 2025-yil may | ||||||
33. | Qoraqalpog‘iston Respublikasida geoaxborot tizimlari (GAT) laboratoriyasini tashkil qilish. | 1. Germaniyaning aerokosmik markazi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish. | Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti mablag‘lari hisobidan | 2024-yil avgust | O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (D. Axatov) | Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (B. Jollibekov) | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Germaniyaning aerokosmik markazi vakillarini Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini tashkil etish va ta’minlash. | 2024-yil oktabr | ||||||
3. Geoaxborot tizimlari (GAT) bo‘yicha laboratoriyani tashkil qilish. | 2024-yil dekabr | ||||||
34. | Orol mintaqasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida kichik grant loyihalarini e’lon qilish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida kichik issiqxonalar barpo etish. | BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi (F. Sidiqov) | Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (B. Jollibekov), Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti (B. Turdishev) | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro viloyati va Navoiy viloyatlarida mevali bog‘lar va ko‘chatchilik markazini tashkil etish. | 2025-yil fevral | ||||||
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatlarida chorva ozuqa bazasini rivojlantirish. | 2025-yil mart | ||||||
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunjut yetishtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil may | ||||||
35. | Iqlim o‘zgarishi sharoitlarida chorva ozuqa bazasi uchun yuqori komponentli ozuqa logistikasini yaratish. | 1. Germaniya-O‘zbekiston ekspert muloqoti doirasida iqlimga chidamli ozuqa ekinlari urug‘ligi va yem-xashak yetishtirish. | Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti hamda Germaniya oziq-ovqat vazirligi (BMEL) mablag‘lari hisobidan | 2025-yil sentabr | O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (D. Axatov) | Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (B. Jollibekov), Samarqand veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti (X. Yunusov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (B. Norqobilov), Germaniya Federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda |
2. Xususiy urug‘chilik korxonalarini jalb qilgan holda mahalliy sharoitga moslashgan va stressga chidamli yem-xashak urug‘larini ishlab chiqish imkoniyatlarini kengaytirish. | 2025-yil oktabr | ||||||
3. Texnik almashinuvni oshirish hamda oson moslashuvchi, tejamkor texnologiya va usullarga asoslangan urug‘lik ozuqa va ozuqa bo‘yicha maslahat xizmatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash. | 2025-yil dekabr | ||||||
4. Parij kelishuviga muvofiq, Milliy aniq hissalar (NDS)ni yaxshilash va erishishni qo‘llab-quvvatlash. | 2025-yil dekabr | ||||||
36. | Jahon banki tomonidan aholini iqlim o‘zgarishga oid bo‘lgan loyihalarni qo‘llab quvvatlash. | 1. Farg‘ona viloyati So‘x tumanida 200 gektar maydonda bog‘ va 75 gektar maydonda malinazor tashkil etish. | Jahon banki mablag‘lari hisobidan | 2024-yil avgust | O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi (F. Sidiqov) | Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti (A. Eshonqulov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Namangan viloyati Pop tumanida foydalanishdan chiqqan 200 gektar maydonda Na’matak plantatsiyalarini tashkil etish. | 2024-yil avgust | ||||||
3. Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida 130 gektar maydonda yangi bog‘larni tashkil etish. | 2024-yil avgust | ||||||
37. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida gidroponika usulida chorva ozuqasini yetishtirish majmuasini tashkil qilish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida chorvachilik sohasi uchun gidroponika usulida yiliga 5 ming tonna ozuqa yetishtirish majmuasini tashkil qilish. | BMTning taraqqiyot dasturi va Rossiya Federatsiyasi Trast jamg‘arma texnik ko‘magi doirasida | 2025-yil avgust | O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi (F. Sidiqov) | Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (B. Jollibekov), Samarqand veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali (K. Atanazarov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Gidroponika usulida chorvachilik uchun ozuqa yetishtirish majmuasini tashkil qilish hisobiga 10 ming bosh chorva mollarining ozuqa bazasini yaxshilash. | 2025-yil sentabr | ||||||
38. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ekin va suv havza yerlarining raqamli xaritalarini yaratish va yerlarni sun’iy yo‘ldosh orqali monitoring qilishni amalga oshirish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,3 million gektar, Xorazm viloyatida 700 ming gektar ekin va suv havza yerlarining raqamli xaritalari yaratish. | Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti mablag‘lari hisobidan | 2024-yil noyabr | O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (D. Axatov) | Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (B. Jollibekov), Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti (B. Turdishev) | Qishloq xo‘jaligi, vazirligi (I. Abduraxmonov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Xorazm viloyati hokimligi (J. Raximov) |
2. Qishloq xo‘jaligi yerlari va suv havzalaridan foydalanuvchilar, shu jumladan fermer, agroklasterlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari, suv zaxirasi, ekin yerlari, suv havza yerlari va yaylovlar degradatsiyasi, qishloq xo‘jaligi ekinlar kasalligi, zararkunandalari va hosildorligini bepul onlayn monitoring qilib borish tizimini yo‘lga qo‘yish. | 2024-yil dekabr | ||||||
III. Iqlim o‘zgarishiga bog‘liq holda tabiiy resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish. | |||||||
39. | Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish | 1. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish. | Davlat ilmiy-texnik dasturlar mablag‘lari hisobidan | 2025-yil mart | Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (Sh. Otajonov) | Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
2. Ichki suv obyektlari va inshootlarini texnik jihatdan soz holatda saqlanishini ta’minlash. | 2025-yil aprel | ||||||
3. Suv resurslari va suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda belgilangan qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish. | 2025-yil II-choragidan doimiy | ||||||
40. | Tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Siderat ekinlarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. | Davlat ilmiy-texnik dasturlar mablag‘lari hisobidan | 2024-yil sentabr | Toshkent davlat agrar universiteti (K. Sultonov), Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti (A. Nurmatov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (Sh. Otajonov) | |
2. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarning siderat ekinlarni ekish orqali tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha bilimlarini oshirish. | 2025-yil mart | ||||||
3. Qishloq xo‘jaligida mahalliy o‘g‘itlardan issiqxona gazlarini kam hosil qiluvchi yuqori samara beruvchi usullardan foydalanishni kengaytirish. | 2025-yil may-iyun | ||||||
4. Sirdaryo viloyatida Sinov tariqasida tanlab olingan 10 gektar yer maydonida loyihani amalga oshirish. | 2025-yil avgust | ||||||
41. | Iqlim o‘zgarishiga chidamli mavjud navlarni tahlil qilish, yangi navlarini yaratish tadqiqotlarini kengaytirish va introduksiya qilish. | 1. Iqlim o‘zgarishi sharoitida mahsulot yetishtirish bo‘yicha yetakchi davlatlar tajribalarini o‘rganish. | Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (Sh. Otajonov) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) | |
2. Iqlim o‘zgarishiga chidamli ekin navlarini tahlil qilish, yangi navlarni yaratish tadqiqotlarini amalga oshirish. | 2025-yil mart | ||||||
3. Istiqbolli yangi ekin navlari samarasi bo‘yicha hududlarda ko‘rgazmali seminarlar tashkil etish. | 2025-yil sentabr | ||||||
42. | Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga mos almashlab ekishni kengaytirish. | 1. Ekinlarni almashlab ekishning zamonaviy usullarini o‘rganish. | - | 2024-yil sentabr | Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (Sh. Otajonov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) | |
2. O‘rganishga ko‘ra hududlar tuproq-iqlim sharoitlariga mos usullarni amaliyotga joriy etish va kengaytirish. | 2024-yil dekabr | ||||||
3. Almashlab ekish muddatlarni optimallashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalarini tahlil qilish va samarali natijalarni amaliyotda qo‘llash. | 2025-yil mart-aprel | ||||||
43. | Iqlim o‘zgarishiga chidamli boshoqli don va ozuqabop ekin navlarini yaratish va unda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. | 1. Don va ozuqabop ekin navlarini yaratish bo‘yicha xorijiy hamkorlar tashkilotlar bilan aloqalarni o‘rnatish. 2. Boshoqli va dukkakli don ekinlarini turli ekstremal sharoitlarga chidamli navlarini yaratishda Speed Breeding (jadallashgan) seleksiya usulidan foydalanish uchun fitotron obyektini tashkil etish. | Tashabbuskor mablag‘lari hisobidan | 2024-yil sentabr-oktabr | Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti (R. Siddiqov), Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (T. Sultonov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), tegishli vazirlik va idoralar | |
IV. Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishi moslashishi hamda yaylovlardan samarali foydalanish va muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish. | |||||||
44. | Iqlim o‘zgarishlariga chidamli chorva mollari zotlarini ko‘paytirish choralarini ko‘rish. | 1. O‘zbekiston hududlarida issiqqa chidamli hayvon turlari va zotlarini aniqlash hamda yangi zotini yaratish borasida ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish. | Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma mablag‘lari hisobidan | 2025-yil mart | Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (Sh. Otajonov), Veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti (X. Yunusov) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) | |
2. Qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan chorva mollarni mahalliy genofondini asrash va ko‘paytirish borasida choralar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 2025-yil avgust | ||||||
45. | Qishloq xo‘jaligi korxonalari, ilmiy jamoatchilik va soha mutaxassislarni gidrometeorologik va iqlim o‘zgarishiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlashni rivojlantirish. | 1. Qishloq xo‘jaligi korxonalari, ilmiy jamoatchilik va soha mutaxassislariga tegishli gidrometeorologik, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ma’lumotlarni markazlashtirilgan web-sahifa va sms-xizmatlar orqali bepul taqdim etish. | Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (Sh. Otajonov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduhakimov) | |
2. Ob-havoning favqulodda o‘zgaruvchan holatlari va gidrometeorologik tezkor ma’lumotlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga bepul taqdim etib borish. | Doimiy | ||||||
46. | Yaylovlardan foydalanish uchun ularni ijaraga berish mezonlarini belgilash. | 1. Yaylovlardan foydalanish uchun ularni ijaraga berish bo‘yicha amaldagi holatni va huquqiy mexanizmini tahlil qilish. | - | 2024-yil sentabr | Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti (E. Shaptakov) | Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi (A. Hayitov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
2. Yaylovlardan foydalanish bo‘yicha chet el mamlakatlari tajribalarini o‘rganish. | 2024-yil oktabr | ||||||
3. Yaylovlarni ijaraga berishning namunaviy shartnomasini ishlab chiqish. | 2024-yil dekabr | ||||||
47. | Yaylovlardan samarali foydalanish va muhofaza qilishni tashkil etish. | 1. Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda, yaylov yerlarining suv bilan ta’minlangan va suv ta’minlanmagan yaylovlardan samarali foydalanish normalari va muddatlarini tasdiqlash. yaylovlarda zaruratga qarab quduq kovlash, yaylov o‘simliklarini ko‘paytirish zonalarini belgilash. pichan o‘rish va chorva mollarini yaylovlarda boqish muddatlari va normativlarini belgilash. | - | 2024-yil noyabr | Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti (E. Shaptakov), Veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti (X. Yunusov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduhakimov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi (E. Hayitov) | |
2. Hududiy dasturlarni amalga oshirish hamda ularda belgilangan norma va muddatlariga rioya etilishini nazorat qilish. | 2024-yil III-choragidan boshlab doimiy | ||||||
3. Yaylovlarda veterinariya-zootexniya xizmatlarini tizimli joriy etish. | 2024-yil dekabr | ||||||
48. | Yaylovlarning holati va o‘zgarish dinamikasini monitoring qilish tizimini yaratish. | 1. Chorva mollarini boqishning yaylovlar almashuvi kalendar rejasini ishlab chiqish. | - | 2024-yil avgust | Buxoro cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (E. Shaptakov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi (E. Hayitov) | |
2. Shu asosida chorva mollari boqiladigan uchastkalar joylashuvi va holati to‘g‘risidagi xaritani yaratish. | 2024-yil dekabr | ||||||
49. | Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon fondi yaylovlardan foydalanuvchilarga yaylovlardan mavsumiy almashlab foydalanish samaradorligini keng targ‘ib qilish. | 1. Yaylovlarning holati yomonlashib ketishining oldini olish maqsadida ulardan foydalanish tartibi, me’yorlari to‘g‘risida ko‘rgazmali seminarlar tashkil etish. 2. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy tushunchalar va tavsiyalar berib borish. | - | Doimiy | Buxoro cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (B. Achilov) | O‘rmon xo‘jaligi agentligi (N. Bakirov), Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi (E. Hayitov) | |
50. | Yaylovlarda chorva mollarini oziqlantirish uchastkalarini belgilash. | 1. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon fondi yaylovlarda chorva mollarini boqish bo‘yicha mexanizmini ishlab chiqish. | Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti (A. Nurmatov), Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti (E. Shaptakov) | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi (E. Hayitov) | |
2. Aholining chorva mollarini ruxsat beriladigan yaylovlarda o‘tlatish va uchastkalarini almashinish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2024-yil dekabr | ||||||
3. Chorva mollarini boqishda yaylov sxemasini hamda almashlab boqishning kalendar-rejasi ishlab chiqish va xaritalash. | 2024-yil dekabr | ||||||
51. | Degradatsiyaga uchragan yaylovlarni tiklash. | 1. Yaylovlarning holatini yaxshilashning texnik iqtisodiy asoslarini o‘rganish. | - | 2024-yil avgust | Buxoro cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (B. Achilov), Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti (Sh. Bobomurodov) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi (E. Hayitov) | |
2. Degradatsiyaga uchragan yaylov maydonlari ro‘yxatini shakllantirish va yer tuzish xaritalarida aks ettirish. | 2024-yil dekabr | ||||||
3. Degradatsiyaga uchragan yaylovlarni tiklash, shu jumladan degradatsiya jarayonlarining oldini olish va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish. | 2024-yil yakuni bilan doimiy | ||||||
52. | Yaylovlarda serhosil cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘larini ekishni tashkil etish. | Yaylovlarda cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘larini ekishni tashkil etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | - | 2024-yil noyabr | Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti (E. Shaptakov) | Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi (E. Hayitov) | |
2-ILOVA
|
1. |
J.A. Xodjayev |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — ishchi guruh rahbari |
|
2. |
I.Y. Abduraxmonov |
— |
qishloq xo‘jaligi vaziri — ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari |
|
3. |
G‘.A. Baxadirov |
— |
Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi |
|
4. |
I.I. Norqulov |
— |
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
5. |
O.A. Pekos |
— |
raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
6. |
B.R. Mamatkarimov |
— |
energetika vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
7. |
A.N. Shukurov |
— |
qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari |
|
8. |
J.S. Kazbekov |
— |
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari |
|
9. |
X.F. Teshabayev |
— |
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari |
|
10. |
R.J. Qarshiyev |
— |
suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari |
|
11. |
O.M. Mahkamov |
— |
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari |
|
12. |
B.T. Norqobilov |
— |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi |
|
13. |
I.O. Ergashev |
— |
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi |
|
14. |
I.K. Ergashev |
— |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori |
|
15. |
B.S. Mirzayev |
— |
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori |
|
16. |
A.A. Abduvasikov |
— |
Toshkent davlat agrar universiteti prorektori |
|
17. |
Sh.I. Akramov |
— |
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) direktori |
|
18. |
Kelishuv asosida |
— |
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori |
|
19. |
A.N. Ungalov |
— |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi bo‘lim boshlig‘i — ishchi guruh kotibi |
3-ILOVA
|
“ |
|||||
|
36. |
Ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan ilmiy-tadqiqotni takomillashtirish. |
1. Barcha hududlarda va 33 ta tumanda (AKIS) agroxizmatlar markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Har bir hududiy agroxizmatlar markazlariga 12 nafardan (8 ta yo‘nalishda — o‘simliklar himoyasi va karantini, zootexniya, mexanizatsiya, agrokimyo-tuproqshunoslik, agronomiya, veterinariya, iqtisodiyot, irrigatsiya) jami 156 nafar xodimni jalb etish. 2. Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman bo‘limlari faoliyatini xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirish. Bosqichma-bosqich tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlarini AKIS markazlari bilan transformatsiya qilish. Ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini tijoratlashtirish. Bunda 2 ta ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tijoratlashtiriladi, 12 ta ilmiy-tadqiqot institutida tajribali xorijiy ekspertlarning ma’ruza bilan ishtirok etishi ta’minlanadi. |
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari grantlari va institutlarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
2024-yil sentabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi |
|
”. |